Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2017 yil 18 may kuni Davlat statistika qo`mitasida Qo`mitaning korruptsiyaga qarshi kurashish bo`yicha qabul qilingan chora-tadbirlarida belgilangan vazifalarni barcha darajadagi statistika organlarida ijrosini so`zsiz ta`minlash borasida tizim rahbar va xodimlari tomonidan mansab vakolatlarini suiste`mol qilishga yo`l qo`ymaslik, korruptsiya holatlarini oldini olish, amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat`iy rioya etilishini ta`minlash maqsadida, normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va ahamiyatini chuqur yetkazish hamda ulardan kelib chiqadigan vazifalarga bag`ishlangan kengaytirilgan seminar yig`ilishi tashkil etildi.

Xususan seminarda, tizim rahbar va xodimlarini mansab vakolatlarini suiste`mol qilishga yo`l qo`ymaslik, ularga normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va ahamiyatini yetkazib borish, ularning o`z kasbiga nisbatan mas`uliyat hissini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, xolislik, beg`arazlik tamoyillariga rioya qilish, har qanday ko`rinishdagi sansalorlik, o`zibo`larchilik, loqaydlik va boshqa salbiy holatlarga qat`iy chek qo`yish va ularning oldini olish bo`yicha tushuntirish ishlarini doimiy ravishda o`tkazib borish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, tizim organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sheriklik samaradorligini oshirish, aholi va tadbirkorlik sub`ektlari vakillari ishtirokida sohaga oid yangiliklar, elektron shakldagi statistik hisobotlarni to`ldirish qoidalari, afzalliklari va taqdim etish tartibi to`g`risida tushuntirish ishlarini tashkil etish, tizim organlari rasmiy veb-saytlarining uzluksiz faoliyatini ta`minlash hamda ulardagi ma`lumotlarni muntazam yangilab va to`ldirib borilishini ta`minlash, davlat statistika organlari faoliyatini ochiqligini yoritib beruvchi ma`lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazish bo`yicha amalga oshirilishi lozim bo`lgan masalalar atroflicha muhokama etildi.

Shuningdek seminarda, tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatini qo`llab-quvvatlash borasida qabul qilingan me`yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini, shuningdek O`zbekiston Respublikasining O`RQ-418-son Qonunining davlat statistika sohasiga oid talablarini faoliyat ko`rsatayotgan hamda yangi tashkil topgan tadbirkorlik sub`ektlariga tushuntirish ishlarini olib borish bo`yicha tizimli ko`rsatmalar berildi.

O`zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to`g`risida”gi Qonuni hamda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi tizimi xodimlarining odob-axloq qoidalarining mazmun-mohiyati va davlat statistika organlari xodimlarining ularga amal qilish shartlari muhokama etilib, bu borada mas`ul xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Seminar ishida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 fevraldagi “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ–2761-son qarori ijrosini ta`minlash bo`yicha davlat statistika organlarining vazifalari ko`rib chiqildi.

Seminar yig`ilishida barcha darajadagi davlat statistika organlarida mazkur yo`nalishlarda ishlarni yanada kuchaytirish va bu borada olib borilayotgan ishlar yuzasidan tizimli nazorat o`rnatish bo`yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Mazkur tadbirda Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparati, Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi, hududiy statistika boshqarmalari, shahar va tuman statistika bo`limlarining mas`ul rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

 

Davlat statistika qo`mitasi  Axborot xizmati

  • ГЛАВНАЯ
  • О КОМИТЕТЕ
  • ИНФОРМАЦИОННАЯ СЛУЖБА
  • ИНТЕРАКТИВНЫЕ УСЛУГИ
  • ОТКРЫТЫЕ ДАННЫЕ
  • ОБРАЩЕНИЯ
  • КОНТАКТЫ
  • Tugmani bosing Tinglash