Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif 18-noyabr kuni poytaxtimizdagi Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Muhammad Navoz Sharif ushbu muazzam maydonda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga yuksak baho berdi.

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi. Pokiston Bosh vaziriga buyuk muhaddis Imom Buxoriyning boy ma’naviy merosi, muqaddas dinimiz rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, mustaqillik yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bu yerda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari haqida so‘zlab berildi.

Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyi bilan tanishuv chog‘ida oliy martabali mehmonga Mirzo Ulug‘bekning jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, alloma yaratgan ilmiy maktab haqida atroflicha ma’lumot berildi. Muzeydagi noyob eksponat va tarixiy ashyolar ajdodlarimizning buyuk zakosi, yurtimiz ilm-fanining chuqur ildizlari va taraqqiyotidan dalolat berishi alohida ta’kidlandi.

Amir Temur maqbarasi va Registon majmuasi pokistonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ular bu yerdagi milliy hunarmandlik buyumlari ko‘rgazmasi, qo‘li gul ustalarimiz tayyorlagan mahsulotlarni qiziqish bilan tomosha qildilar.

Muhammad Navoz Sharif qadim madaniyatimiz va milliy davlatchiligimiz timsoli, me’morlik san’atining yuksak namunasi bo‘lgan Samarqand obidalari unutilmas taassurot qoldirganini alohida ta’kidladi.

Shu bilan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharifning mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi.

O‘zA

  • ГЛАВНАЯ
  • О КОМИТЕТЕ
  • ИНФОРМАЦИОННАЯ СЛУЖБА
  • ИНТЕРАКТИВНЫЕ УСЛУГИ
  • ОТКРЫТЫЕ ДАННЫЕ
  • ОБРАЩЕНИЯ
  • КОНТАКТЫ
  • Tugmani bosing Tinglash