Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarning davlat statistika organlarida shu yil yanvar-aprel oylaridagi ijrosi bo`yicha
MA`LUMOT

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish bo`yicha tasdiqlangan Davlat statistika qo`mitasining chora-tadbirlar dasturini tizim organlari tomonidan ijrosini ta`minlanishi yuzasidan doimiy nazorat olib borilmoqda.

“Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturining ijrosi monitoringi uchun, so`rovlar asosida, davlat statistika organlari tomonidan statistik ma`lumotlar shakllantirilib, tegishli davlat va xo`jalik boshqaruvi organlariga taqdim etib borilmoqda.

Shu bilan birga, joylardagi xotin-qizlar qo`mitalari va sog`liqni saqlash tizimi vakillari bilan hamkorlikda, “Ona va bola sog`lom bo`lsa, oila baxtli, jamiyat mustahkam bo`ladi”, “Sog`lom bolani tarbiyalash – bizning umumiy vazifamiz”, “Nikoh va oila”, “Sog`lom turmush tarzi – baxtli oila garovi” mavzularida tizim xodimlari, jumladan xotin-qizlar va yoshlar o`rtasida davra suhbatlari tashkil etildi va ushbu tadbirlarda jami 454 nafar tizim xodimlari ishtirok etdi.

Davlat statistika tizimining oila qurayotgan va farzand ko`rgan 13 nafar xodimlariga 4,6 mln so`mlik moddiy yordamlar ko`rsatildi hamda 3 nafar xodimga qo`shimcha ta`tillar berish orqali ularni har tomonlama moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash choralari ko`rildi.

Tizimda ishlovchi xotin-qizlarning 132 nafari Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida o`z malakalarini oshirdilar hamda 6 nafari tibbiy ko`rikdan o`tkazildi.

Shuningdek, tizimda ishlayotgan kam ta`minlangan, boquvchisini yo`qotgan, ko`p bolali oilalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash maqsadida, tizimda ishlayotgan 42 nafar xodimga 9,7 mln so`m miqdorida moddiy yordamlar berildi.

Xodimlar, ularning oilalari va farzandlarining dam olishini unumli tashkil etish maqsadida, ulardan 180 nafarini bepul chiptalar asosida respublika va viloyatlardagi kinoteatrlar, teatrlar, kontsert tomoshalari va boshqa madaniy-ma`rifiy tadbirlarga tashriflari tashkil etildi.

Tizimda ishlovchi ayollar va yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida, sportning turli xil yo`nalishlari bo`yicha musobaqalar tashkil etilib, musobaqa g`oliblari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga, tizimda ishlovchi xotin-qizlar uchun respublikamizdagi tarixiy joylar va mustaqillik yillarida barpo etilgan zamonaviy arxitektura ob`ektlari bilan tanishtirish uchun sayyohlik safarlari tashkil etildi.

Tizimda onalar va bolalarga e`tibor hamda g`amxo`rlikni yanada kuchaytirish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni keng yoritib borish maqsadida, davlat statistika organlarining rasmiy saytlarida “2016 yil – Sog`lom ona va bola yili” maxsus ruknlari tashkil etilgan bo`lib, maxsus rukn orqali amalga oshirilgan ishlar to`g`risidagi ma`lumotlar yoritib borilmoqda.

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash