Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

“2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”da belgilangan chora-tadbirlarning davlat statistika organlarida 2017 yil 1 may holatiga ijrosi to`g`risida ma`lumot

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi PF-4947-sonli Farmoni hamda ushbu Farmon bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida Davlat statistika qo`mitasining 2017 yil 13 fevraldagi 5-sonli buyrug`i qabul qilingan.

Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning ijrosini ta`minlash bo`yicha Davlat statistika qo`mitasining kompleks chora-tadbirlar rejasi 2017 yil 21 fevralda tasdiqlangan. Ushbu kompleks chora-tadbirlar rejasining har bir bandi bo`yicha tegishli mas`ul ijrochilar belgilangan va ijrosi nazoratga olingan.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining ijrosi yuzasidan joriy yilning yanvar-aprel oylari davomida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, joriy yilning yanvar-aprel oylarida Davlat statistika qo`mitasi tomonidan 51 ta O`zbekiston Respublikasi qonunlari va Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etilishi ta`minlandi.
Shu bilan birga, Qo`mitaning mas`ul xodimlari qator qonun loyihalari va Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqish bo`yicha tashkil etilgan ishchi guruhlarida faoliyat olib bormoqda.

Davlat statistika organlari faoliyatining ochiqligini ta`minlash, inson huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, yuridik shaxslarga aloqador axborotni taqdim etishning zamonaviy shakllarini amalga kiritish bo`yicha muhim masalalar, Buxoro va Navoiy viloyatlarida Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti xududiy bo`linmalarining mutaxassislari ishtirokida keng muhokama qilindi va ushbu muhokamalarda 131 nafar xodim ishtirok etdi.

Davlat statistika qo`mitasining Axborot xizmati tomonidan davlat statistika organlari faoliyatining muhim jihatlari yuzasidan matbuot anjumanlarini o`tkazish bo`yicha 2017 yilning 1-yarmi uchun ish rejasi tasdiqlandi. Ushbu ish rejaga muvofiq, joriy yilning 1 may kuni Milliy matbuot markazida “Zamonaviy usullar va metodikalarni joriy etish, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari statistik ko`rsatkichlarini hisobga olish va tahlil etish tizimini takomillashtirish hisobiga statistik ma`lumotlarning sifati hamda shaffofligini oshirish yo`nalishlari va istiqbollari haqida” mavzusida matbuot anjumani o`tkazildi va mazkur anjumanga ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi F-4849-sonli “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoyishiga asosan tashkil etilgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi joriy yilning 1 martidan boshlab Davlat statistika qo`mitasining Statistik ma`lumotlarni majburiy jo`natmalar reestriga kiritildi.

Joriy yilning 19 aprelida “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”da belgilangan chora-tadbirlarning davlat statistika organlarida ijrosini ta`minlash bo`yicha yanvar-mart oylarida amalga oshirilgan ishlar to`g`risidagi ma`lumotlar “Taraqqiyot strategiyasi” markaziga yuborildi.

Davlat statistika qo`mitasi raisining virtual qabulxonasini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va joriy yilning 6 martida tasdiqlandi. Mazkur chora-tadbirlar rejasiga asosan, Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida “Raisning virtual qabulxonasi”ni tashkil etish tizimi ishlab chiqildi. Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasining 2017 yil 22 martdagi 19-sonli buyrug`iga asosan “Raisning virtual qabulxonasi” tizimini ishlatish Reglamenti tasdiqlandi. Joriy yilning 24 martidan boshlab Davlat statistika qo`mitasining rasmiy sayti(www.stat.uz)da “Raisning virtual qabulxonasi” ishga tushirildi.

Davlat statistika organlarida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish, ularning og`zaki va elektron murojaatlarini qonunchilik talablari asosida ko`rib chiqilishini ta`minlashni yanada takomillashtirish maqsadida, joriy yilning 28 fevralida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarni ko`rib chiqish bo`yicha Davlat statistika qo`mitasining chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Mazkur chora-tadbirlar rejasiga asosan, Davlat statistika qo`mitasiga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosining o`z vaqtida bajarilishi doimiy nazoratga olindi va murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan doimiy monitoring tashkil etildi.

Xususan, joriy yilning yanvar-aprel oylarida Davlat statistika qo`mitasiga jami jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar soni 835 tani tashkil etgan. Shundan 17 tasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali, 35 tasi Davlat statistika qo`mitasi raisining virtual qabulxonasi orqali, 101 tasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan, 682 tasi to`g`ridan -to`g`ri kelib tushgan murojaatlardir.

Kelib tushgan murojaatlar Qo`mita rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, ularning barchasiga o`z muddatida to`laqonli javob yo`llanishi ta`minlandi.

Bundan tashqari, davlat statistika organlarida murojaatlar bilan ishlash bo`yicha olib borilayotgan tadbirlarning natijalari tegishli mas`ullar tomonidan tizimli tahlil va nazorat qilingan holda umumlashtirilib, joriy yil 21 aprelda kengaytirilgan tazda o`tkazilgan Qo`mitaning Hay`at yig`ilishida keng muhokama qilindi.

“2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 68-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash, davlat statistika organlariga kelib tushayotgan murojaatlarni qonun hujjatlari talablari asosida ko`rib chiqish ishlarini takomillashtirish va tizim organlarining bu boradagi faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida, 2017 yil 11 aprelda Davlat statistika qo`mitasining 56-k-sonli buyrug`i qabul qilindi. Mazkur buyruqqa asosan Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparatida Murojaatlar bilan ishlash va ijro nazorati boshqarmasi tashkil etildi.

Shu bilan birga, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari hamda Kadrlarni tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida murojaatlar bilan ishlash bo`yicha guruhlar tashkil etildi.

Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida “Onlayn maslahat” ruknini bosqichma-bosqich joriy etish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, joriy yilning 1 martida tasdiqlandi. Shu bilan birga, ochiq kod orqali “Onlayn konsultant” maxsus dasturiy ta`minot tizimiga kirish bilan bog`liq o`rganish ishlari amalga oshirildi va hozirgi kunda Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida Mibew Messenger 2.2.0 erkin dasturiy ta`minoti negizida “Onlayn-maslahat” tizimi joriy qilindi.

Davlat statistika qo`mitasi tizimi xodimlari o`rtasida yuksak ma`naviy muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan milliy g`oya targ`ibotini va ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan 2017 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi joriy yilning 6 martida tasdiqlangan. Mazkur chora-tadbirlar dasturi barcha quyi tizim organlariga yetkazilgan va ijrosi nazoratga olingan.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyatini targ`ib qilishga alohida e`tibor qaratgan holda, Davlat statistika qo`mitasi tizimida joriy yilning yanvar-aprel oylarida xodimlarning ma`naviy-ma`rifiy, g`oyaviy-mafkuraviy dunyoqarashini yanada oshirish, siyosiy va huquqiy bilimini rivojlantirish maqsadida 65 ta davra suhbatlari tashkil etildi hamda ushbu tadbirlarda tizim xodimlarining 2212 nafari ishtirok etdi.

Davlat statistika organlarida tashkil etilgan Jamoatchilik maslahat kengashlari tomonidan har chorakda, tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo`llab quvvatlash, ularga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlik sub`ektlari huquqlarining ustuvorligini ta`minlash borasida davlat statistika organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig`ilishlar tashkil etilib, ularda jumladan, tadbirkorlik sub`ektlaridan kelib tushayotgan murojaatlar, ularda ko`rilayotgan masalalar, har bir murojaatning o`z vaqtida, qonun talablari asosida, puxta va adolatli ko`rib chiqilishini hamda ularda keltirilgan masalalarni amaliy hal etilishini ta`minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilib borilmoqda.

Davlat statistika qo`mitasi rasmiy saytida nazorat organi sifatida olib borilayotgan faoliyatga doir idoraviy hujjatlar, axborotlar va ma`lumotlar muntazam ravishda joylashtirib borilmoqda. Jumladan, Qo`mita rasmiy saytida tadbirkorlik sub`ektlari bilan tashkil etiladigan profilaktika chora-tadbirlar rejasi, nazorat organi sifatida davlat statistika organlariga yuklatilgan qonun hujjatlari va idoraviy hujjatlar joylashtirilgan.

Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tavsiflovchi statistik kuzatuvlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda va statistik axborotlar hamda tahliliy ma`lumotlar Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga belgilangan muddatlarda taqdim etib borilmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2017 yil yanvar-mart oylaridagi yakunlari bo`yicha statistik ma`lumotlar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Iqtisodiyot vazirligiga va belgilangan tartibda boshqa vazirlik hamda idoralarga taqdim etildi.

Shuningdek, Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy statistik ko`rsatkichlari Qo`mitaning rasmiy saytida muntazam joylashtirib borilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining (8-ilova) 174-bandi ijrosi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda nazorat qiluvchi organlarning kichik tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga aralashuvini va ular tomonidan o`tkaziladigan rejali tekshirishlar sonini yanada qisqartirish bo`yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Mazkur Kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, hozirgi kunda Qo`mitaning tegishli bo`linmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining statistik hisobotlari keng tahlil qilinmoqda.

“2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning
187-bandi ijrosini ta`minlash maqsadida, Davlat statistika qo`mitasining ochiq statistik ko`rsatkichlari va statistik to`plamlaridagi statistik ko`rsatkichlari tarkibi tanqidiy tahlil qilingan holda o`rganildi. Bundan tashqari, 2017 yil uchun Davlat statistika ishlari dasturi loyihasiga xalqaro tashkilotlarning 17 ta so`rovnomasini O`zbekiston to`g`risidagi statistik ma`lumotlar bilan to`ldirish bo`yicha tegishli ishlar kiritildi.

Shu bilan birga, joriy yilning ikkinchi choragida Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Markaziy bank vakillari ishtirokida O`zbekistonning ob`ektiv reyting ko`rsatkichlarini egallashi va ulardagi mavqeini oshirish uchun talab qilinadigan statistik hamda boshqa ma`lumotlarning xalqaro hisobotlarda chop qilinishiga doir cheklovlarni bekor qilish bo`yicha takliflar tayyorlash maqsadida ishchi guruhini shakllantirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur Davlat dasturining 198-bandiga muvofiq, 2017 yilning II choragida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o`quv kurslarini o`tkazish bo`yicha nodavlat ta`lim muassasalari faoliyatini rag`batlantirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish bo`yicha tuzilgan ishchi guruhida Qo`mitaning mas`ul xodimi muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Davlat dasturining 199-bandiga muvofiq, Qo`mita tomonidan har bir tuman va shaharlar bo`yicha bilim va ta`lim sohalari kesimida kasb-hunar kollejlari soni, ulardagi o`quvchilar soni, qabul qilinganlar soni, bitiruvchilar va kutilayotgan bitiruvchilar soni to`g`risidagi statistik ma`lumotlar tayyorlanib, Mehnat vazirligiga taqdim etildi.

Davlat statistika tizimida ko`p yillar ishlagan va nafaqaga chiqqan kam ta`minlangan, yolg`iz, nogiron va bemor qariyalar hamda ishlovchi pensiya yoshidagi xodimlarni qo`llab-quvvatlash, rag`batlantirish, ularning madaniy xordiq chiqarishiga va sog`liqlarini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilib, pensiya yoshidagi xodimlarning 49 nafariga 27,9 mln so`m miqdorida moddiy yordamlar va 76 nafariga 5,2 mln so`m miqdorida esdalik sovg`alar berildi. Shuningdek, tizimda uzoq yillar mehnat qilgan 16 nafar keksa faxriylarning teatr, kontsert va boshqa madaniy tadbirlarga tashrifi tashkil etildi, 18 nafari tibbiy ko`rikdan o`tkazildi va 7 nafari yuqumli kasalliklarga qarshi vaktsinatsiya qilindi.

Keksa avlod vakillarining bilimi va tajribasidan foydalanish maqsadida mehnat jamoalarida “Avlodlar uchrashuvi”, “Kasbim faxrim” mavzusida tadbirlar tashkil etildi.

Davlat statistika organlarida ishlovchi yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak ma`naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat`iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashini yanada kengroq shakllantirish yuzasidan 742 nafar tizimda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar ishtirokida 16 ta davra suhbatlari va seminarlar o`tkazildi.

2017 yil 24 mart kuni Davlat statistika qo`mitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining mas`ul xodimlari ishtirokida kengaytirilgan davra suhbati bo`lib o`tdi.

Davra suhbatida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning mazmun-mohiyati hamda uning ijrosini ta`minlash bo`yicha Davlat statistika qo`mitasi tomonidan qabul qilingan kompleks chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning
o`z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Yanvar-iyul

Yanvar-iyun

Yanvar-may

Yanvar-mart

 

 

 

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash