Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

“Keksalarni e`zozlash yili” Davlat dasturining ijrosi yuzasidan Davlat statistika qo`mitasi tizimida 2015 yilning yanvar-mart oylarida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Davlat statistika organlarida uzoq yillar ishlab, hozirda nafaqada bo`lgan 1941-1945–yillardagi urush faxriylari holidan xabar olinib, ularni moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash bo`yicha tadbirlar amalga oshirildi.

Tizimda ko`p yillar ishlagan va nafaqaga chiqqan kam ta`minlangan, yolg`iz, nogiron va bemor 53 nafar qariyalarning holidan xabar olindi hamda umumiy qiymati 3,3 mln. so`mlik moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatilib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa yordamlar berildi.

Shuningdek, tizimda ishlovchi keksalar va pensionerlarning 12 nafari tibbiy ko`rikdan o`tkazildi.

Shu bilan birga, tizimda ishlayotgan keksa kishilarning dam olishini unumli tashkil etish maqsadida, ulardan 15 nafarining bepul chiptalar asosida respublika va viloyatlardagi teatrlar, kontsert tomoshalari va boshqa madaniy-ma`rifiy tadbirlarga tashriflari tashkil etildi.

Keksa avlodga manzilli ijtimoiy yordam berish va ularni moddiy qo`llab-quvvatlashni kengaytirish maqsadida:

- tizimda ishlayotgan pensiya yoshidagi 6 nafar shaxslarga pensiyaga chiqishdan oldin bir yo`la 2,2 mln. so`m miqdorda moddiy yordam berildi va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi;

- yubiley sanalari munosabati bilan pensiyaga chiqish arafasidagi va pensiya yoshidagi 16 nafar shaxslarga 3,7 mln. so`m miqdordagi moddiy yordam berilib, 1,3 mln. so`mlik qimmatbaho sovg`alar topshirildi.

“Keksasi bor xonadon – fayzli xonadon”, “Farzandning ota-ona oldidagi burchi va vazifalari”, “Keksalar duosini olaylik” mavzularida milliy ma`naviy qadriyatlar va an`analarni targ`ib etish maqsadida ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uch avlod vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi va ushbu tadbirlarga 14 nafar keksa yoshdagi kishilar taklif etildi.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida keksalarni e`zozlash va ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar ahamiyati mavzusida O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoir Axtamquli va Navoiyshunos olim Olim Davlatov ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Davlat statistika organlarida avval ishlab ketgan hamda ishlovchi pensiya yoshidagi 59 nafar shaxslarga pensiya hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ularning so`rovlariga asosan zarur bo`lgan ma`lumotlar tayyorlab taqdim etildi.

“Hech kim mehr va e`tibordan chetda qolmasin” shiori ostida amalga oshirilgan tadbirlar doirasida tizimda ishlab, hozirda nafaqada bo`lgan 23 nafar keksalar, pensioner va nogironlarning xolidan xabar olinib, ularga umumiy qiymati 897,5ming so`mlik uy-ro`zg`or buyumlari topshirildi.

Ro'yhatga qaytish

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash