Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

“Keksalarni e`zozlash yili” Davlat dasturining ijrosi yuzasidan Davlat statistika qo`mitasi tizimida 2015 yilning yanvar-noyabr oylarida quyidagi tadbirlar amalga oshirildi.

Davlat statistika organlarida uzoq yillar ishlab, hozirda nafaqada bo`lgan 1941-1945–yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari holidan xabar olinib, ularni moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash bo`yicha tadbirlar amalga oshirildi.

Tizimda ko`p yillar ishlagan va nafaqaga chiqqan kam ta`minlangan, yolg`iz, nogiron va bemor 193 nafar qariyalarning holidan xabar olindi hamda umumiy qiymati 12,3 mln. so`mlik moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatilib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa yordamlar berildi.

Shuningdek, tizimda ishlovchi keksalar va pensionerlarning 132 nafari tibbiy ko`rikdan o`tkazildi.

Bundan tashqari, mehnat faxriylari va pensionerlarning sog’lig’ini mustahkamlash maqsadida tizimda ishlovchi 24 nafar keksalarni sanatoriylarda bepul dam olishlari ta’minlandi.

Shu bilan birga, tizimda ishlayotgan keksa kishilarning dam olishini unumli tashkil etish maqsadida, ulardan 218 nafarining bepul chiptalar asosida respublika va viloyatlardagi teatrlar, konsert tomoshalari va boshqa madaniy-ma`rifiy tadbirlarga tashriflari tashkil etildi. Keksa avlodga manzilli ijtimoiy yordam berish va ularni moddiy qo`llab-quvvatlashni kengaytirish maqsadida:

- tizimda ishlayotgan pensiya yoshidagi 29 nafar shaxslarga pensiyaga chiqishdan oldin bir yo`la 9,3 mln. so`m miqdorda moddiy yordam berildi va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi;

- yubiley sanalari munosabati bilan pensiyaga chiqish arafasidagi va pensiya yoshidagi 48 nafar shaxslarga 16,3 mln. so`m miqdordagi moddiy yordam berilib, 3,6 mln. so`mlik qimmatbaho sovg`alar topshirildi.

“Keksasi bor xonadon – fayzli xonadon”, “Farzandning ota-ona oldidagi burchi va vazifalari”, “Keksalar duosini olaylik” mavzularida milliy ma`naviy qadriyatlar va an`analarni targ`ib etish maqsadida ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uch avlod vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi va ushbu tadbirlarga jami 667 nafar keksa yoshdagi kishilar taklif etildi.

Tizimda ishlayotgan katta yoshdagi va keksa kishilar o’rtasida “Keksalar zavqi” shiori ostida sportning turli xil yo’nalishlari (shaxmat, shashka, velopoyga, futbol va stol tennisi) bo’yicha musobaqalar tashkil etilib, musobaqa g’oliblari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandi.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida keksalarni e`zozlash va ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar ahamiyati mavzusida taniqli olimlar, yozuvchilar, shoirlar, fan, madaniyat va san’at arboblari bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Davlat statistika organlarida avval ishlab ketgan hamda ishlovchi pensiya yoshidagi 305 nafar shaxslarga pensiya hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ularning so`rovlariga asosan zarur bo`lgan ma`lumotlar tayyorlab taqdim etildi.

“Hech kim mehr va e`tibordan chetda qolmasin” shiori ostida amalga oshirilgan tadbirlar doirasida tizimdagi 199 nafar xodimlarni tarixiy joylar va mustaqillik yillarida barpo etilgan zamonaviy arxitektura ob’ektlari bilan tanishtirish uchun sayyohlik safarlari tashkillashtirildi. Shuningdek, tizimga ishlab hozirda nafaqada bo’lgan 241 nafar keksalar, pensioner va nogironlarning holidan xabar olinib, ularga umumiy qiymati 29,2 mln so`mlik uy-ro`zg`or buyumlari topshirildi va moddiy yordamlar ko’rsatildi.

 

Ro'yhatga qaytish

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash