Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarning davlat statistika organlarida shu yil yanvar-oktabr oylaridagi ijrosi bo`yicha
MA`LUMOT

  O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish bo`yicha tasdiqlangan Davlat statistika qo`mitasining chora-tadbirlar dasturini tizim organlari tomonidan ijrosini ta`minlanishi yuzasidan doimiy nazorat olib borilmoqda.

 “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturining ijrosi monitoringi uchun, so`rovlar asosida, davlat statistika organlari tomonidan statistik ma`lumotlar shakllantirilib, tegishli davlat va xo`jalik boshqaruvi organlariga taqdim etib borilmoqda.

  Shu bilan birga, joylardagi xotin-qizlar qo`mitalari va sog`liqni saqlash tizimi vakillari bilan hamkorlikda, “Ona va bola sog`lom bo`lsa, oila baxtli, jamiyat mustahkam bo`ladi”, “Sog`lom bolani tarbiyalash – bizning umumiy vazifamiz”, “Nikoh va oila”, “Sog`lom turmush tarzi – baxtli oila garovi” mavzularida tizim xodimlari, jumladan xotin-qizlar va yoshlar o`rtasida davra suhbatlari tashkil etildi va ushbu tadbirlarda jami 1760 nafar tizim xodimlari ishtirok etdi.

  Davlat statistika tizimining oila qurayotgan va farzand ko`rgan 79 nafar xodimlariga 22,9 mln so`mlik moddiy yordamlar ko`rsatildi hamda 14 nafar xodimga qo`shimcha ta`tillar berish orqali ularni har tomonlama moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash choralari ko`rildi.

  Tizimda ishlovchi xotin-qizlarning 307 nafari Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida, shuningdek 10 nafari halqaro tashkilotlar tomonidan statistika sohasiga oid tashkil etilgan o`quv trening va seminarlarda ishtirok etib o`z malakalarini oshirdilar hamda 92 nafari tibbiy ko`rikdan o`tkazildi.

  Shuningdek, tizimda ishlayotgan kam ta`minlangan, boquvchisini yo`qotgan, ko`p bolali oilalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash maqsadida, tizimda ishlayotgan 197 nafar xodimga 35,9 mln. so`m miqdorida moddiy yordamlar berildi.

Davlat statistika tizimida mehnat qilayotgan 31 nafar kam ta’minlangan oilalardagi ayollarga kasaba uyushmalari mablag’lari hisobidan elektr-maishiy texnika tovarlari berildi.

  Bundan tashqari, xodimlar, ularning oilalari va farzandlarining dam olishini unumli tashkil etish maqsadida, ulardan 1595 nafarini bepul chiptalar asosida respublika va viloyatlardagi kinoteatrlar, teatrlar, kontsert tomoshalari va boshqa madaniy-ma`rifiy tadbirlarga tashriflari tashkil etildi.

Tizimda ishlovchi ayollar va yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida, sportning turli xil yo`nalishlari bo`yicha musobaqalar tashkil etilib, musobaqa g`oliblari faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandi.

Tizimda mehnat qilayotgan 24 nafar xodimga sog’lig’ini qayta tiklashlari uchun sog’lomlashtirish sanatoriyalariga yo’llanmalar berildi hamda xodimlarning farzandlariga yoz mavsumida mazmunli dam olish va sog’liqlarini tiklash uchun bolalar oromgohlariga 
81 ta imtiyozli yo’llanmalar berildi.

Shu bilan birga, tizimda ishlovchi 296 nafar xotin-qizlar uchun respublikamizdagi tarixiy joylar va mustaqillik yillarida barpo etilgan zamonaviy arxitektura ob`ektlari bilan tanishtirish uchun sayyohlik safarlari tashkil etildi.

Shuningdek, “O’zbekiston Respublikasida ayollar va erkaklar” hamda “O’zbekistonda ijtimoiy rivojlanish va aholi turmush darajasi” nomli statistik to’plamlar tayyorlandi.

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash