Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2016 yil yakuni bo`yicha 24309,4 mln. AQSh dollarini yoki o`tgan yilning shu davriga nisbatan 97,5 foizni, shu jumladan MDH mamlakatlari bo`yicha 8461,5 mln. AQSh dollarini (88,6 foiz), boshqa xorijiy mamlakatlar bo`yicha 15847,9 mln. AQSh dollarini (103,1 foiz) tashkil qildi. eksport hajmi 12178,7 mln. AQSh dollarini, import esa 12130,7 mln. AQSh dollarini tashkil qildi.

2016 yilda tashqi savdo aylanmasi 2000 yilga nisbatan 3,9 martaga o`sdi. Tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 34,8 foizni, boshqa xorijiy davlatlarning ulushi 65,2 foizni tashkil etdi.

Eksport hajmi 2000 yilda 3264,7 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo`lsa, 2016 yil yakuni bo`yicha bu ko`rsatkich 12178,7 mln. AQSh dollariga teng yetdi va o`sish sur`ati 3,7 barobarga o`sdi. 2016 yilda eksport hajmida MDH davlatlarining ulushi 36,3 foizni, boshqa xorijiy davlatlarning ulushi esa 63,7 foizni tashkil etdi.

2000 yilda import hajmi 2947,4 mln. AQSh dollariga bo`lgan bo`lsa, 2016 yil yakuni bo`yicha bu ko`rsatkich 12130,7 mln. AQSh dollarini tashkil qildi va 4,1 barobarga o`sdi. Import hajmida MDH davlatlarining ulushi 33,4 foizni, boshqa xorijiy davlatlarning ulushi 66,6 foizni tashkil etdi.

Eksport va import o`rtasidagi ijobiy saldo 2000 yilda 317,3 mln. AQSh dollarni va 2016 yilda esa ushbu ko`rsatkich 48 mln. AQSh dollarni tashkil etdi (1-jadval).

1-jadval

O’zbekiston Respublikasining 2000-2016 yillardagi tashqi savdo aylanmasi

mln.AQSh.dollari

  2000 y. 2016 y.

2016 yil

2000 yilga nisbatan, da

Tashqi savdo aylanmasi

6212,1 24309,4 3,9 m.

MDH davlatlari

2297,8 8461,5 3,7 m.

boshqa xorijiy davlatlar

3914,3 15847,9 4,0 m.

Eksport

3264,7 12178,7 3,7 m.

MDH davlatlari

1172,2 4415,3 3,8 m.

boshqa xorijiy davlatlar

2092,5 7763,4 3,7 m.

Import

2947,4 12130,7 4,1 m.

MDH davlatlari

1125,6 4046,2 3,6 m.

boshqa xorijiy davlatlar

1821,8 8084,5 4,4 m.

Saldo

317,3 48,0 x

MDH davlatlari

46,6 369,1 x

boshqa xorijiy davlatlar

270,7 -321,1 x

 

O`zbekiston Respublikasi 2016 yil mobaynida jahonning 175 ta mamlakati bilan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirdi va 86 ta mamlakat bilan ijobiy saldoga erishgan.

Shu bilan birga, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 2000 yilda 37,0 foizni tashkil etgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 2016 yilda 34,8 foizga teng bo`ldi, shunga muvofiq boshqa xorijiy davlatlarning ulushi 63,0 foizdan 65,2 foizga oshgan (1-rasm).

1-rasm

MDH va boshqa xorijiy davlatlarning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi

(foizda)

Eksport hajmida MDH davlatlarining ulushi 2000 yildagi 35,9 foizdan 2016 yilda 36,3 foizgacha o`sdi, shunga muvofiq boshqa xorijiy davlatlarning ulushi 64,1 foizdan 63,7 foizgacha kamaydi (2-rasm).

2-rasm

MDH va boshqa xorijiy davlatlarning eksportdagi ulushi

(foizda)

2000 yilda import hajmida 38,2 foizni tashkil etgan MDH davlatlarining ulushi, 2016 yilda 33,4 foizgacha kamaydi, boshqa xorijiy davlatlarning ulushi esa 61,8 foizdan 66,6 foizgacha o`sdi (3-rasm).

3-rasm

MDH va boshqa xorijiy davlatlarningimportdagi ulushi

(foizda)

Mamlakatimizda so`nggi yillarda sanoat tuzilmasini diversifikatsiya qilinishi natijasida respublikaning eksport tarkibi sezilarli darajada o`zgarishiga erishildi. Ta`kidlash lozimki, o`tgan davr mobaynida xom-ashyo eksportidan tayyor mahsulot eksport qilinishiga erishildi. Xususan, 2000 yilda eksport tarkibida paxta tolasining ulushi 27,5 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2016 yil natijalariga ko`ra bu ko`rsatkich 5,2 foizni, qora va rangli metallar 6,6 foiz o`rniga 5,8 foizni tashkil qildi. Oziq-ovqat mahsulotlari esa 5,4 foizdan 5,7 foizga, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar 2,9 foizdan 6,9 foizga, energiya manbaalari va neft mahsulotlari 10,3 foizdan 14,1 foizga, xizmatlar 13,7 foizdan 26,3 foizga va boshqa tovarlar 30,2 foizdan 34,2 foizga o`sishiga erishildi (4-rasm).

4-rasm

O'zbekiston Respublikasining eksport va import tarkibi

Tashqi savdo bo`yicha asosiy hamkorlar MDH davlatlar orasida Rossiya va Qozog`iston bo`lsa, boshqa mamlakatlar orasida Xitoy, Turkiya, Afg`oniston, eron va Koreya Respublikasi hisoblanadi.

Hozirgi davrda deyarli 2000 turdagi tovar va xizmatlar dunyoning 168 dan ortiq mamlakatlariga (Evropa mamlakatlari, MDH, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika va Avstraliya davlatlarini qo`shgan holda) yetkazib berilmoqda. 2000 yilga nisbatan eksport bo`yicha hamkor davlatlar soni 31 taga ko`paygan (5-rasm).

5-rasm

O'zbekiston Respublikasining yirik eksport hamkorlari

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING EKSPORTDAGI O'RNI

Bozor islohotlarini chuqurlashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobatni rivojlantirish va xususiy mulkni himoya qilishga qaratilgan kompleks tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida so'nggi yillarda turli sohalarda kichik biznes sub'ektlari soni ko'paymoqda. Eksportga yo'naltirilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi ularni eksport hajmini o’sishihga qo'shgan hissasini oshishiga yordam berdi.

6-rasm

Eksportda kichik biznesning ulushi

Statistik ko'rsatkichlarning dinamikasi shuni ko'rsatadiki, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli yildan yilga ortib bormoqda.

2016 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan 3223,2 million AQSh dollari miqdorida tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksport qilindi (umumiy eksport hajmining 26,5 foizi), bu 2010 yilga nisbatan 80,8 foizga ko'p va 2000 yilga qaraganda deyarli 10 baravar ko'p.

Korxonalarning aksariyat qismi xizmat ko’rsatishga ixtisoslashganiga qaramasdan, eksport qilishda kichik biznes qariyb 45 foizni tashkil etsada, ularning faoliyati ko'plab ishlab chiqarish segmentlarini qamrab oladi.

Asosiy eksport qilinadigan mahsulotlar sirasiga ho’l va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari, shuningdek, tayyor to'qimacilik va charm mahsulotlari, zamonaviy qurilish va pardozlash buyumlari, mexanik asboblar, elektrotexnika va maishiy buyumlar kiradi.

7-rasm

Eksport tarkibi

2016 yilda 3000 ortiq kichik biznes subyektlari tomonidan 154 mamlakatga eksport amalga oshirildi.

Toshkent shahri tashqi savdo bilan shug'ullanuvchi korxonalar soni jihatidan va eksport faoliyatidan olingan tushumlar bo'yicha peshqadam hisoblanadi. 2016 yilda 1150 dan ziyod tadbirkorlar eksportning 15 foizini ta’minladi, bu shaharning jami eksportining 18,3 foizini tashkil etadi.

Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni Toshkent va Samarqand viloyatlari egallaydi. Tashqi bozorlarda faoliyat ko'rsatayotgan kichik korxonalar va mikrofirmalarning soni bo’yicha ular tegishlicha taxminan 10 foiz va 9 foizdan sal ko'proqni tashkil etadi.

8-rasm

Eksportda kichik biznesning hududlardagi ulushi 1)

1) Xududlar bo'yicha taqsimlanmagan ma'lumotlarni qo’shmagan holda

Andijon, Farg'ona va Namangan viloyatlarining ulushi bir oz kamroq. Shu bilan birga, hududining umumiy eksport hajmida Namangan viloyati kichik tadbirkorligining eksporti hajmi 87,4 foizni, Andijonda - 72,0 foizni tashkil etdi.

9-rasm

Eksportda kichik biznesning hududlardagi jami eksportdagi ulushi


Eksportga bo'lgan talabning oshishi mamlakatni rivojlantirish uchun muhim manbadir. Doimiy tashqi iqtisodiy faoliyat olib boradigan tadbirkorlik sub'ektlari mavjudligiga qaramasdan, korxonalarning eksport imkoniyati to'liq amalga oshirilmayapti. Buning sabablari haqida gapirganda, tashqi bozorlarning imkoniyatlari va talablari bo’yicha ma'lumotlarning yetarli emasligi, chet elda raqobatning yuqoriligi, shuningdek chet ellik sheriklar bilan muloqotni tashkil etishning murakkabligini aytib o’tish lozim.

Axborot xizmati 

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

Tugmani bosing Tinglash