Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Bandlik va mehnat bozori

 

E’tibor bering:

  • • Respublikada ish bilan band aholi soni o’tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 foizga oshdi.
  • • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda ish bilan bandlarning jami bandlikdagi ulushi 77,8 foizgacha o’sgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2017 yil yanvar-sentabr davri uchun respublikada ish bilan band bo'lganlar soni 13518,5 ming kishini tashkil etdi. Ish bilan band bo'lganlar soni quyidagi iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha sezilarli darajada o’sgan, ya’ni tashish va saqlashda (3,3 foizga), qurilishda (2,8 foizga), axborot va aloqada (2,4 foizga), savdoda (2,3 foizga) va yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlarda (2,3 foizga).

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ish bilan bandlarning asosiy ulushi qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida (27,1 foiz), sanoatda (13,5 foiz), savdoda (10,8 foiz), qurilishda (9,4 foiz), ta’limda (8,2 foiz) kuzatilmoqda.

Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda ish bilan bandlarning jami bandlikdagi ulushi 77,8 foizgacha o’sgan

 

Ish bilan band aholi sonining iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha taqsimlanishi
(2017 yil yanvar-sentabr, jamiga nisbatan foizda)

Iqtisodiyot sektorlari bo’yicha ish bilan bandlarning taqsimlanishi
(Dastlabki ma’lumot, 2017 yil yanvar-sentabr)

   Jami ish bilan bandlar tarkibida davlat sektorida bandlar ulushi 17,8 foizni (2016 yilda 18,1 foizni tashkil etgan), nodavlat sektorda 82,2 foizni (81,9 foiz) tashkil etdi.
Ishsizlik. Ish bilan bandlar sonining iqtisodiy faol aholi sonidagi ulushi 94,6 foizni, mos ravishda ishsizlik darajasi 5,4 foizni tashkil etdi.

 

   Davlat statistika qo’mitasining
Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi
Nashr uchun mas’ul: B.Shodiyev
(71) 230-80-65

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash