Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Sanoat ishlab chiqarish

 

Respublika sanoat korxonalarida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish hamda ishlab chiqarish quvvatlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlarining jadallashishi natijasida, 2017 yilning yanvar-sentabr oylarida o’tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish hajmini 5,6 foizga, mehnat unumdorligini 3,9 foizga o’sishi ta’minladi. Sanoat mahsulotlarini ishlabchiqarish hajmi 99 trln.so’mdan ko’proqni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarish tarkibida ko’proq qayta ishlash sanoati korxonalarining ulushi to’g’ri keladi - 79,0 foiz. Shu bilan birga, sanoat ishlab chiqarishning oshishiga tog’- kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari hammunosib hissa qo’shdi (2016 yil 9 oyga nisbatan o’sish 108,4 foiz, sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 11,7 foiz).

 

Sanoat ishlab chiqarishning oshishiga mashina va uskunalarni ishlab chiqarish, ta’mirlash va o’rnatish, avtotransport vositalari, treylerlar, yarim priseplar va boshqa tayyor metal buyumlarni ishlab chiqarish korxonalari hissasi ham sezilarli, respublikaning umumiy hajmida 12 foizdan ko’proq qismini tashkil etib, 2016 yil 9 oyga nisbatan 139,2 foiz o’sish kuzatildi.

O’tgan yilning mos davriga nisbatan mahsulotlar ishlab chiqarishning yuqori o’sishi quyidagi faoliyat turlarida kuzatilmoqda: yozilgan materiallarni nashr qilish va aks ettirish (2016 yil yanvar-sentabrga nisbatan o’sish sur’ati - 134,8 foiz), asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlarini ishlab chiqarish (117,3 foiz), ko’mir, lignit neft va tabiiy gaz qazib chiqarish (112,3 foiz), boshqa nometall mineral mahsulotlarni ishlab chiqarish (108,0 foiz).

2017 yil yanvar-sentabr oylarida hududlar bo’yicha sanoatning o’sish sur’atlari

(o’tgan yilning mos davriga nisbatan, foizda)

Hududlarning sanoat salohiyatini oshirish bo’yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida respublika hududlarida  mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirishga sharoit yaratdi.

 Respublika sanoat ishlab chiqarish hajmi tarkibida Toshkent shahar (umumiy hajmning 19,2 foizi),

 Toshkent (14,9 foizi), Navoiy (9,4 foizi), Andijon (9,2 foizi), Qashqadaryo (7,8 foizi) viloyatlari korxonalarining hissasi yuqori bo’lib kelmoqda.

2017 yil yanvar-sentabr oylarida hududlarning respublika sanoat ishlab chiqarish hajmidagi ulushi, foizda

Kichik biznes sub’yektlari tomonidan sanoatning umumiy hajmida salmoqli hissa qo’shilgan bo’lib, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ulushi 41,2 foizni tashkil etdi. Tayyor mahsulot turlarining kengayishi va ishlab chiqarilishini qo’llab quvvatlash, iste’mol tovarlar ishlab chiqarilishining 2016 yil yanvar-sentabrga nisbatan 105,0 foizga o’sishini ta’minladi, ularning jami sanoatdagi ulushi esa o’tgan yilning mos davridagi 39,8 foizga nisbatan 41,5 foizni tashkil etdi.


 

2017 yil yanvar-sentabr oylarida iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi va o’sish sur'ati

Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish tarkibi

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish tabaqalanishining tahlili, Navoiy viloyati, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o’rtacha respublika darajasi ko’rsatkichidan (3065,4 ming so’m) ancha yuqoriligini ko’rsatmoqda.

2017 yil yanvar-sentabr oylarida hududlar bo’yicha aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari va iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, ming so’mda

Respublika sanoati salohiyatining rivojlanishiga o’z ta’sirini mahalliy korxonalar (davlat ulushi yuqori bo’l-gan korxonalarsiz) ham ko’rsatdi, ular tomonidan 52,8 trln.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib (jami sanoat-dagi ulushi 53,3 foiz), o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 103,9 foizni tashkil etdi.

 Respublika bo’yicha ushbu korxonalarning ishlab chiqarish hajmi eng ko’proq Toshkent shahri, Toshkent va  Samarqand viloyatlari korxonalari salmog’iga to’g’ri keladi. Eng yuqori o’sish sur’atlari esa Toshkent (110,0 foizga), Andijon (107,6 foizga), Farg’ona (106,6 foizga) viloyatlarida ta’minlandi.

  

2017 yil yanvar-sentabr oylarida jami sanoat ishlab chiqarish hajmida mahalliy korxonalar va davlat ulushi yuqori bo’lgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari ulushi (o’tgan yilning mos davriga nisbatan, foizda)

 

Ayni paytda respublikada 48 mingdan ko’proq sanoat korxonalari faoliyat yuritayotgan bo’lib, ulardan 8,3 mingta korxona, Farg’ona viloyatiga 926 ta korxona, Toshkent viloyatiga 831 ta korxona, Samarqand viloyatiga - 753 ta, Namangan va Andijon viloyatlariga 600 tadan ortiq korxona, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qash-qadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlariga 300 tadan ortiq korxona, Navoiy viloyatiga 200 tadan ortiq korxona va Sirdaryo viloyatiga 150 dan ortiq korxona to’g’ri keladi.

 Davlat statistika qo’mitasi

 Sanoat statistikasi boshqarmasi

Nashr uchun mas’ul: Avakova А.

Aloqa telefoni: (0371) 230-80-48

 

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash