Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

RAQAMLAR:

Faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar-
ning soni 6,4 foizga o’sdi

Faoliyat ko’rsatmayot-
gan korxonalarninig ulushi 1,2 f.p. kamaydi

Tugatilgan korxonalar-
ga nisbatan yangi tashkil etilgan korxonalar 1.7 barobarga ko’proq

Joriy yilning 9 oy yakuni bo’yicha Respublikada 32,8 mingdan ortiq korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etildi, bu esa o’tgan yilning shu davriga nisbatan 34,3 foizga ko’pdir.

Shuningdek faoliyati tugatilgan korxona va tashkilotlarning soni o’tgan yilning shu davriga nisbatan 7,8 foizga kamaygan hamda ularning soni 18,8 mingtani tashkil etganligini kuzatish mumkin.

Buning natijasida joriy yilning boshiga nisbatan faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 6,4 foiz (17,1 ming birlik) ga o’sgan hamda ularning umumiy soni 285,5 mingtani tashkil etgan.

Faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning asosiy ulushi Toshkent shahrida (21,1 foiz), Andijon (9,1 foiz), Toshkent (9,3 foiz) va Farg’ona (8,9 foiz) viloyatlarida kuzatilmoqda.

 

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan korxonalar va tashkilotlar soni
(fermer va dehqon xo`jaliklaridan tashqari)

 

 

Korxonalar va tashkilotlarning umumiy sonida faoliyat ko’rsatayotganlarning ulushi 95,3 foizni tashkil etgan, shu bilan birga jami korxona va tashkilotlarning umumiy soniga nisbatan faoliyat ko’rsatmayotganlarning ulishi 4,7 foizni taskil etganligini korsatmoqda va bu ko’rsatkich yil boshiga nisbatan taqqoslanganda 1,2 f.p. kamaygan.

 

 Iqtisodiy faoliyat turlari boyicha jami faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soniga nisbatan 22,4 foiz savdoda, 17,0 foiz sanoatda, 8,5 foiz qurulishda, 7,3 foiz qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida, 6,0 foiz yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlarda, 4,2 foiz tashish va saqlash, 2,3 foiz axborot va aloqa, 2,0 foiz sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish va 30,3 foiz boshqa faoliyat turlari hissasiga to’gri keladi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha o’tgan yilning shu davriga nisbatan faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning ulushi sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda hamda boshqa faoliyat turlarida (-1,1 f.p), savdoda (-0,5 f.p), axborot va aloqada (-0,1 f.p.) kamayganligi, buning natijasida sanoatda (+0,9 f.p.), qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida (+0,5 f.p.), yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlarda (+0,3 f.p.), shuningdek tashish va saqlash hamda qurulish (+0,2 f.p dan) faoliyat turlarida ulushining o’sishiga olib keldi.

 

 

 Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri (KTYDR) ma’lumotlari asosida tayyorlangan Davlat statistika qo’mitasi Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish boshqarmasi
Nashr uchun mas’ul: S.Begmatov
(0371) 230-80-91

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash