Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

 

Kichik biznes va xususiy tadbirkor

Joriy yilning yanvar – sentyabrida 30 mingdan ortiq kichik biznes (dehqon va fermer xo`jaliklarisiz) sub`ektlari tashkil etildi yoki  2016  yilning shu davriga  nisbatan  132,4  foizga ko`paydi. 

Eng ko`p kichik biznes sub`ektlari sanoat tarmog`ida (26,8%), savdo soha-sida (20,4%), qishloq, o`rmon va baliq xo`ja-ligida (13,9 foiz) va qurilishda (9,9%) tashkil etilgan.

2017 yilning yanvar–sentyabrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan:

– 14488,8 mlrd. so`mlik investitsiyalar (umumiy investitsiyalar hajmining 36,6 foizi) o`zlashtirildi va 2016 yilning yanvar–sentyabriga nisbatan o`sish sur`ati 99,7 foizni tashkil etdi;

– 16861,5 mlrd. so`mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 67,0 foizi) bajarildi va 2016 yilning yanvar–sentyabriga nisbatan o`sish sur`ati 102,2 foizni tashkil etdi;

– sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 40854,9mlrd. so`mni (jami sanoat ishlab chiqarishining 41,2 foizi) yoki 2016 yilning yanvar–sentyabriga nisbatan o`sish sur`ati 100,4 foizni tashkil etdi;

43418,5 mlrd.so`mlik xizmatlar ko`rsatilib (respublika jami xizmatlar xajmining 56,2 foizi), 2016 yilning yanvar–sentyabriga nisbatan o`sish sur`ati 98,6 foizni tashkil etdi;

– chakana tovar aylanmasi umumiy hajmining 88,9 foizi yoki 67880,5 mlrd. so`mi (o`sish sur`ati 3,1 foiz) shakllantirildi;

– 2672,4 mln. AQSh dollari (umumiy eksport hajmining 25,8 foizi) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) eksport qilindi, 4688,7 mln. AQSh dollari (umumiy import hajmining 48,9 foizi) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) import qilindi;

– avtomobil transporti yuk aylanmasining 4,9 foizga (respublika jami avtomobil transporti yuk aylanmasining 86,3 foizi), yo`lovchi aylanmasining esa 5,2 foizga (umumiy yo`lovchi aylanmasining 93,4 foizi) ko`payishi ta`minlandi;

– 10514,1 ming nafar kishining bandligi ta`minlandi (jami iqtisodiyotda band bo`lganlarning 77,8 foizi), shu jumladan band bo`lganlarning 8381,1 ming nafari yakka tartibdagi tadbirkorlar, 2133,0 ming nafari kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to`g`ri keldi.

 

2017 yilning yanvar–sentyabrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yaIMdagi ulushi 54,6 foizga, o`zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 36,6 foizga, sanoatda 41,2 foizga, qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligida - 98,5 foizga, qurilishda - 67,0 foizga, chakana tovar aylanmasida - 88,9 foizga, xizmatlar sohasida – 56,2 foizga, eksportda - 25,8 foizga va bandlikda - 77,8 foizga o`sgan.

 

Hududlar bo`yicha yanvar–sentyabrda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaHMdagi ulushi

2017 yilning yanvar–sentyabrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yaHMdagi ulushi Jizzax viloyatida yuqori darajaga yetib, 75,5 foizni tashkil etdi. Shuningdek, bu ko`rsatkich Andijon viloyatida – 71,2 foizni, Samarqand viloyatida – 71,0 foizni va Surxondaryo viloyatida 70,6 foizni tashkil etdi.

Namangan, Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm, Buxoro, Farg`ona, Toshkent viloyati, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Toshkent shahrida kichik biznes

va xususiy tadbirkorlikning yaHMdagi ulushi 51-69 foizlar oralig`ida bo`lib, o`rta darajani qayd etdi. Shu bilan birga, past darajada qolayotgan Navoiy viloyatida bu ko`rsatkich 41,5 foizni tashkil etdi (1 jadval).

1 jadval

 

Hududlar bo`yicha yanvar–sentyabrda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaHMdagi ulushi

foizda

 

Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boshqarmasi

Mas`ul: Ravshanov O.

(71) 230-80-75

 

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash