Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Korxonalar va obyektlarni xususiylashtirish

 

O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasining ma`lumotiga ko`ra, 2017 yilning yanvar - sentyabr oylarida 404 ta (dastur doirasidagi va dasturdan tashqari ob`yektlarni qo`shgan holda) korxonalar va ob`yektlar (keyingi o`rinlarda – ob`yektlar) xususiylashtirildi

 Hisobot davrida eng ko`p xususiylashtirilgan ob`yektlar soni Toshkent viloyatida 82 tani (jami respublika bo`yicha xususiylashtirilgan ob`yektlari umumiy sonining 20,3 foizi), Surxondaryo viloyatida - 62 ta ob`yekt (15,3 foiz), Namangan viloyatida - 44 ta ob`yekt (10,9 foiz), Andijon viloyatida - 29 ta ob`yekt (7,2 foiz), Xorazm viloyatida - 28 ta ob`yekt (6 ,9 foiz) va Farg`ona viloyatida - 22 ta ob`yekt (5,4 foiz) tashkil etdi.  

 

   Xususiylashtirilgan davlat mulki ob`yektlari tarkibida eng ko`p ulush mahalliy hokimiyatlarga 275 ta ob`yekt (respublika bo`yicha jami xususiylashtirilgan ob`yektlarning 68,1 foizi), Sog`liqni saqlash vazirligiga – 50 ta ob`yekt (12,4 foiz), Xalq ta`lim vazirligiga – 45 ta ob`yekt (11,1 foiz), Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligiga – 9 ta ob`yekt (2,2 foiz) va “Navoiy kon metallurgiya kombinati” DK ga – 7 ta ob`yekt (1,7 foiz) to`g`ri keladi.
   Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boshqarmasi
Mas`ul: O. Ravshanov
(71)230-80-75

 

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash