Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Murojaat uchun shaxs №1

F.I.O.:

Berdikulov Kobil Gulomovich

Lavozim:

Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig`i

Tashkilot:

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi

Manzil:

Mustaqillik shah ko`chasi, 63

Viloyat:

Toshkent

Davlat:

O`zbekiston

Pochta indeksi

100192

Telefon: (davlat kodi/shahar kodi/raqam)

998 – 71 – 2308059

Faks (davlat kodi/shahar kodi/raqam)

Elektron manzil:

Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. Вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

Murojaat uchun shaxs №2

F.I.O.:

Umarov Akmal Rustamovich

Lavozim:

Boshqarma boshlig`i o`rinbosari – bo`lim boshlig`i

Tashkilot:

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi

Manzil:

Mustaqillik shah ko`chasi, 63

Viloyat:

Toshkent

Davlat:

O`zbekiston

Pochta indeksi:

100170

Telefon: (mamlakat kodi/shahar kodi/raqam)

998– 71 – 2308061

 

0-1. ASOSLAR

0.2 Resurslar

0.2.1 Kadrlar, moddiy-texnik, elektron hisoblash va moliyaviy resurslar

Bozor xizmatlarining fizik hajm indeksini shakllantirish bilan Markaziy apparatda 15 nafar, hududiy statistika organlarida 6 nafardan iborat xodimlar shug`ullanishadi.

Xizmatlar sohasi statistikasi bo`yicha statistik ma`lumotlarni shakllantirish yuzasidan qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun xodimlar soni yetarli.

Barcha xodimlar oliy ma`lumotga ega va har 2 yilda 1 marta Davlat statistika qo`mitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazining o`quv kurslarida malakalarini oshirishadi.

Har bir ish joyi lokal tarmoqqa ulangan shaxsiy kompyuterlar bilan ta`minlangan.

Dasturiy ta`minot bevosita Davlat statistika qo`mitasida ishlab chiqiladi, bu zarur hollarda mavjud va yuzaga keladigan vazifalarga muvofiq unga yangilash va o`zgartirishlar kiritish imkonini beradi.

Ajratilgan moliyaviy resurslar Davlat statistika ishlari dasturida xizmatlar sohasi statistikasi bo`yicha nazarda tutilgan ishlarni bajarish uchun yetarli.

 

2. METODOLOGIYA

2.1 Kontseptsiya va ta`riflar

2.1.1 Kontseptsiya va ta`riflar

Bozor xizmatlarining fizik hajm indeksini hisoblashda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining 2016 yil 19 maydagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarilgan (ko`rsatilgan), shu jumladan qishloq joylarida ko`rsatilgan xizmatlarning statistik hisobi bo`yicha uslubiy nizom” uslubiy asos bo`lib xizmat qiladi.

Bozor xizmatlarining fizik hajm indeksini hisoblash yaxlitlangan iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha individual indekslarni bosqichma-bosqich agregatsiyalash bilan bozor xizmatlari ishlab chiqarish dinamikasi to`g`risidagi ma`lumotlardan foydalangan holda deflyatsiyalash usuli orqali amalga oshiriladi.

Bozor xizmatlarining fizik hajm indeksi ma`lum bir davrda xizmatlar hajmini o`zgarishini aks ettiruvchi miqdorni anglatadi.

Agregatsiyalash uchun vaznlar sifatida iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha joriy yilda solishtirma narxlardagi xizmatlar hajmidan foydalaniladi.

2.2 Statistik qamrov

2.2.1 Statistik qamrov

2.2.1.1 Ma`lumotlarning statistik qamrovi

Ma`lumotlarning geografik qamrovi Qoraqalpog`iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahrini o’z ichiga oladi.

Jami xizmatlar hajmiga iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha:

a) yirik korxonalar tomonidan ko`rsatilgan xizmatlar;

b) kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan ko`rsatilgan xizmatlar;

v) fermer xo`jaliklari, notijorat tashkilotlari tomonidan ko`rsatilgan xizmatlar;

g) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ko`rsatilgan xizmatlar kiradi.

2.2.1.2 Statistik qamrovdan istisnolar

Istisnolar yo`q

2.2.1.3 Aniqlanmagan faoliyat

Yashirin iqtisodiyot hisobga olinmaydi.

2.3 Klassifikatsiya/sektorlar bo`yicha bo`lish

2.3.1 Klassifikatsiya/sektorlar bo`yicha bo`lish

Faoliyat turlari bo`yicha tasniflash O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari tasniflagichi (IFUT-2) ning xizmatlar qismiga taalluqli G-S sektsiyalari bo`yicha Yevropa xamjamiyatida iqtisodiy faoliyat turlari statistik tasnifi (KDES- red2) ekvivalenti asosida amalga oshiriladi.

Hisobning asosiy birligi – institutsional birliklar.

2.4 Hisobga olish asosi

2.4.1 Baholash

Agregatsiyalash uchun vaznlar sifatida iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha joriy yilda solishtirma narxlardagi xizmatlar hajmidan foydalaniladi.

2.4.2 Hisobga olish asosi

Yuridik shaxslar bo`yicha ma`lumotlar hisob-kitob qoidasi asosida shakllantiriladi.

2.4.3 Yalpi/sof ko`rsatkichlarni hisoblash tartiblari

 

 

3. ANIQLILIK VA ISHONCHLILIK

3.1 Boshlang`ich ma`lumotlar

3.1.1 Boshlang`ich ma`lumotlarni yig`ish dasturlari

Korxonalar statistik kuzatuvini o`tkazish uchun Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 25 sentyabrdagi 274-sonli “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to`g`risidaga nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq amal qiladigan, tizimli va doimiy yangilanib boruvchi Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri asos bo`lib xizmat qiladi.

Bozor xizmatlarining fizik hajm indeksini hisoblash uchun axborotlar bazasi bo`lib davlat statistika hisobotlarining birlamchi statistik ma`lumotlari va tanlanma kuzatuvlar asosida xizmatlar hajmini baholash hisoblanadi.

3.1.2 Ta`riflar, statistik qamrov, klassifikatsiyalar, baholashlar va boshlang`ich ma`lumotlarni hisobga olish davri

Bozor xizmatlarining fizik hajm indeksi ma`lum bir davrda xizmatlar hajmini o`zgarishini aks ettiruvchi miqdorni anglatadi.

Agregatsiyalash uchun vaznlar sifatida iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha joriy yilda solishtirma narxlardagi xizmatlar hajmidan foydalaniladi.

Statistik qamrov – iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha bozor xizmatlari hajmi har oyda yirik korxonalar bo`yicha yillik hisobotlar bo`yicha ma`lumotlarga aniqlik kiritishni hisobga olgan holda; har chorakda kichik korxona va mikrofirmalar bo`yicha baholash yillik hisobotlar bo`yicha ma`lumotlarga aniqlik kiritishni hisobga olgan holda; fermer xo`jaliklari, notijorat tashkilotlari; yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ko`rsatilgan xizmatlar hajmi.

Bozor xizmatlari hajmi barcha iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari tasniflagichi (IFUT-2) ning xizmatlar qismiga taalluqli G-S sektsiyalari bo`yicha shakllantiriladi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha ishlab chiqarilgan (ko`rsatilgan) xizmatlarning statistik hisobi xizmatlar ko`rsatilgan paytdagi narxlarda hisob-kitob asosida (amaldagi narxlarda) amalga oshiriladi.

Bozor xizmatlarining fizik hajm indeksi yaxlitlangan iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha individual indekslarni bosqichma-bosqich agregatsiyalash bilan bazis va joriy davrlar ma`lumotlaridan foydalangan holda deflyatorlash usuli asosida hisoblanadi.

Ma`lumotlarni e`lon qilish muddati: oylik – hisobot davridan keyin 12 ish kunida, yillik – hisobot davridan keyin 5 oydan oshmasdan.

3.1.3 Boshlang`ich ma`lumotlarning o`z vaqtida tayyor bo`lishi

Ma`lumotlarni yig`ish dasturi davlat statistika ishlari dasturi bilan tartibga solinadi.

Dastlabki ma`lumotlar har oyda 8 sanada tayyorlanadi. Yillik – hisobot davridan keyin 5 oydan oshmasdan.

3.2 Boshlang`ich ma`lumotlarni baholash

3.2.1 Boshlang`ich ma`lumotlarni baholash

 

3.3 Statistik usullar

3.3.1 Boshlang`ich ma`lumotlar bilan ishlashda statistik usullar

Bozor xizmatlarining fizik hajm indeksini hisoblash uchun bazis va joriy davrlarda solishtirma narxlardagi xizmatlar hajmi taqqoslanadi, bunda yaxlitlangan iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha individual indekslarni bosqichma-bosqich agregatsiyalashdan foydalaniladi.

3.3.2 Boshqa statistik jarayonlar

Hisob-kitoblarda soliq organlari ma`lumotlari, xizmatlar ko`rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning tanlanma kuzatuvi ma`lumotlaridan foydalaniladi.

3.4 Ma`lumotlarni taqqoslash

3.4.1 Oraliq natijalarni taqqoslash

 

3.4.2 Oraliq ma`lumotlarni baholash

 

3.4.3 yakuniy statistik ma`lumotlardagi farqlarni va boshqa muammolarni baholash

Avval nashr qilingan ma`lumotlarda nomuvofiqlik mavjud bo’lsa bu ma`lumotlarga keyingi nashrlarda o`zgartirish kiritiladi.

3.5 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish tahlili

3.5.1 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqishni o`rganish va tahlil qilish

2016 yildan IFUT-2 (G-S sektsiyalar bo`yicha) tasniflagichiga o`tilganligi munosabati bilan 2010-2015 yillarda bozor xizmatlari hajmi va fizik hajm indeksi qayta hisoblab chiqilgan.

 

4. AMALIY YAROQLILILIK

4.1 Davriylik va o`z vaqtidaligi

4.1.1 Davriylik

Bozor xizmatlarining fizik hajm indeksi har oyda hisoblanadi, aniqlashtirilgan ma`lumotlar esa yillik hisobot asosida.

4.1.2 O`z vaqtidaligi

Bozor xizmatlarining fizik hajm indeksi har oyning 12 kunida nashr qilinadi, yillik ko`rsatkichlar – hisobot davridan keyin 5 oydan oshmasdan.

4.2 Qiyosiylik

4.2.1 Ichki qiyosiylik

Bozor xizmatlarining fizik hajm indeksi bo`yicha ma`lumotlar “O`zbekiston raqamlarda”, “O`zbekistonda ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasi” statistik to`plamlardagi ma`lumotlar bilan mos keladi.

4.2.2 Vaqt bo`yicha qiyosiylik

2007 yildan boshlab ma`lumotlar O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining saytida taqdim etilgan (http://stat.uz/ru)

4.2.3 Sektorlar va sohalar o`rtasidagi qiyosiylik

 

4.3 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish

4.3.1 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish jadvali

Bozor xizmatlarining fizik hajm indeksi bo`yicha oylik ma`lumotlar qayta ko`rib chiqilmaydi. Yillik indekslar bo`yicha ma`lumotlar Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan muddatlarda aniqlashtiriladi.

4.3.2 Dastlabki va/yoki qayta ko`rib chiqilgan ma`lumotlarni aynan shu toifasi bo`yicha belgilash

Yakuniy ma`lumotlar tarqatiladi

4.3.3 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqishni tahlil qilish va o`rganish bo`yicha olingan natijalarni tarqatish

 

 

5. QULAYLIGI

5.1 Ma`lumotlar

5.1.1 Statistik ma`lumotlarni taqdim etish shakli

Bozor xizmatlarining fizik hajm indeksi to`g`risidagi ma`lumotlar yil boshidan hisobot davri uchun taqdim etiladi.

Bozor xizmatlarining fizik hajm indeksi jami xizmatlar va G – S sektsiyalariga tegishli faoliyat turlari bo`yicha hisoblanadi.

Statistik nashrlarda bozor xizmatlarining fizik hajm indeksi bo`yicha ma`lumotlar jadval va grafiklar ko`rinishida taqdim etiladi.

5.1.2 Ma`lumotlarni tarqatish vositalari va shakllari

5.1.2.1 Bosma shaklida – yangi nashrlar

“O`zbekiston raqamlarda”, “O`zbekistonda ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasi”

5.1.2.2 Bosma shaklida – yangi nashrlar

 

5.1.2.3 Bosma shaklida – Oylik byulletenlar

 

5.1.2.4 Bosma shaklida – Choraklik byulletenlar

“O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati”

“O`zbekiston Respublikasining statistik axborotnomasi”

5.1.2.5 Bosma shaklida – Boshqalar

Foydalanuvchilarning maxsus so`rovlari bo`yicha jadvallar

5.1.2.6 Elektron shaklda – Onlayn byulletenlar yoki ma`lumotlar

Ma`lumotlar “O`zbekiston Respublikasining statistik axborotnomasi” nashri tarkibida joylashtirilgan

. 5.1.2.7 Elektron shaklda – Boshqalar

Foydalanuvchilarning maxsus so`rovlari bo`yicha jadvallar

5.1.5 So`rov bo`yicha ma`lumotlarni tarqatish

O`zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to`g`risida”gi Qonuni, “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi to`g`risida”gi Nizom, Statistik axborotlarni tayyorlash va tarqatish bo`yicha ishlarni tashkil etish tartibi va boshqa huquqiy hujjatlarga muvofiq statistik ma`lumotlar foydalanuvchilarga ularning so`rovlariga muvofiq belgilangan tartibda taqdim etiladi. Statistik axborotlarni tarqatish yuridik va jismoniy shaxslarning yozma murojaati bo`yicha qog`oz yoki elektron jadvallar, statistik to`plamlar, byulletenlar, ekspress-ma`lumotlar shaklida hamda tomonlarning axborot almashinuvi bo`yicha kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi.

5.2 Metama`lumotlar

5.2.1 Kontseptsiyalar, statistik qamrov, klassifikatsiyalar, hisobga olish asosi, ma`lumotlar manbasi va statistik usullar to`g`risidagi hujjatlarni tarqatish

Davlat statistika qo`mitasining veb-saytida statistik ko`rsatkichlarni shakllantirish
va hisoblash bo`yicha uslubiy nizomlar joylashtiriladi

https://lib.stat.uz/ru/methodological-materials/services-sector)

 

9. REJALAR

9.1 Oxirgi

9.1.1 Takomillashtirish rejalari – Oxirgi takomillashtirishlar

 

9.2 Umumiy

9.2.1 Takomillashtirish rejalari – Qisqa muddatlilari

 

9.2.2 Takomillashtirish rejalari – O`rta muddatlilari

“Ishlab chiqarilgan (ko`rsatilgan), shu jumladan qishloq joylarida ko`rsatilgan xizmatlarning statistik hisobi bo`yicha uslubiy nizom”ni MHT 2008 tavsiyalarini hisobga olgan holda takomillashtirish.

2018 yildan boshlab bozor xizmatlarining fizik hajm indeksini toza chorak bo`yicha hisoblashni joriy etish.

9.3 Moliyaviy

9.3.1 Takomillashtirish rejalari – Texnik yordam/moliyalashtirishga ehtiyojlar – Qisqa muddatli

Davlat statistika ishlari dasturi doirasida moliyalashtirilgan

9.3.2 Takomillashtirish rejalari - Texnik yordam/moliyalashtirishga ehtiyojlar– O`rta muddatli

Davlat statistika ishlari dasturi doirasida moliyalashtirilgan

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash