Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Murojaat uchun shaxs №1

F.I.SH.:

Mamirov Aziz Otaxonovich

Lavozimi:

Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasining o`rinbosari

Tashkilot:

O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi

Manzil:

Mustаqillik shoh ko‘chаsi, 63-uy

Viloyat:

Toshkent shahar

Davlat:

O‘zbekiston Respublikаsi

Pochta indeksi:

100192

Telefon (davlat kodi/shahar kodi/raqam)

998 – 71 – 230 8032

Faks(davlat kodi/shahar kodi/raqam)

998 – 71 – 230 8022

Elektron pochta:

Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. Вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

Murojaat uchun shaxs №2

F.I.SH.:

Ganiyev Farxod Rustamovich

Lavozimi:

Joriy hisoblar bo`limi boshlig`i

Tashkilot:

O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi

Manzil:

Mustаqillik shoh ko‘chаsi, 63-uy

Viloyat:

Toshkent shahar

Davlat:

O‘zbekiston Respublikаsi

Pochta indeksi:

100192

Telefon (davlat kodi/shahar kodi/raqam)

998– 71 – 230 8035

 

0-1. ASOSLAR

0.2 Resurslar

0.2.1 Kadrlar, moddiy-texnik, elektron hisoblash va moliyaviy resurslar

Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasida 20 nafar xodim ishlaydi. Boshqarma quyidagi 4 bo`limdan tashkil topgan:

  1. Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil qilish bo`limi;
  2. Joriy hisoblar bo`limi;
  3. Jamg`arma va yordamchi hisoblar bo`limi;
  4. Xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasi bo`limi.

Milliy hisoblar uslubiyati bo`yicha xodimlarni o`qitish muntazam ravishda olib boriladi. Boshqarma xodimlari quyidagi o`quv kurslarida o`z malakalarini oshiradilar:

- Davlat statistika qo`mitasining Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi tomonidan tashkil etiladigan o`quv kurslarida;

- Xalqaro Valyuta Jamg`armasi tomonidan Birlashgan Vena Instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan o`quv kurslarida, hamda boshqa xalqaro statistika tashkilotlarining seminarlarida;

- Osiyo va Tinch okeani statistika instituti tomonidan tashkil etilgan elektron shakldagi onlayn o`quv kurslarida.

Boshqarmada kompyuterlar soni yetarlicha bo`lib, har bir xodim o`ziga biriktirilgan kompyuterda ishlaydi. Hamma kompyuterlar lokal tarmoqqa ulangan, shuningdek, internetga kirish imkoniga ham ega.

Moliyaviy mablag`lar Davlat statistika ishlari dasturi doirasida taqdim etiladi va Dasturda ko`zda tutilgan statistika ishlarini bajarish, shuningdek, yangilangan «Milliy hisolar tizimi 2008» qo`llanmasini statistika amaliyotiga joriy etish bo`yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun yetarli.

 

2. METODOLOGIYA

2.1 Kontseptsiya va ta`riflar

2.1.1 Kontseptsiya va ta`riflar

Davlat statistika qo`mitasi tomonidan yaIM MHT 1993 qo`llanmasida tavsiya etilgan tushunchalar va ta`riflardan kelib chiqib, yillik va choraklik davriylikda shakllantiriladi. Hozirgi kunda MHT 2008 ning yangi qoidalarini statistika amaliyotiga joriy etish bo`yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda Davlat statistika qo`mitasi amaliyotida yaIM ikki xil usulda hisoblanadi:

- Ishlab chiqarish usulida (rezidentlar tomonidan ishlab chiqarilgan yalpi qo`shilgan qiymat yig`indisiga sof soliqlarni (mahsulotlarga subsidiyalarni ayirib tashlagan holda) qo`shish yordamida shakllantiriladi);

- Xarajatlar usulida (institutsion birliklarning yakuniy iste`molga xarajatlari, yalpi jamg`arish va sof eksport yig`indisini o`zida aks ettiradi).

YAIM ni hisoblashning uslubiy asoslari bo`lib «yaIM ni ishlab chiqarish usulida hisoblash bo`yicha uslubiy nizom» (Davlat statistika qo`mitasining 29.06.2016y. №9-sonli qarori), «yaIM ni yakuniy iste`mol usulida hisoblash bo`yicha uslubiy nizom» (Davlat statistika qo`mitasining 01.04.2011y. №3-sonli qarori) hisoblanadi.

2.2 Statistik qamrov

2.2.1 Statistik qamrov

2.2.1.1 Ma`lumotlarning statistik qamrovi

Hozirgi kunda O`zbekistonning milliy hisoblar tizimi milliy iqtisodiyotimizning institutsional birliklari va iqtisodiy faoliyat turlari kesimida shakllantiriladigan quyidagi hisoblarni o`z ichiga oladi:

tovarlar va xizmatlar hisobi;

qo`shilgan qiymatni iqtisodiy faoliyat turlari kesimida shakllanishini aks ettiruvchi ishlab chiqarish hisobi;

YAIM tarkibini tahlil qilish uchun iqtisodiy faoliyat turlari kesimida daromadlarni shakllantirish hisobi;

birlamchi daromadlar taqsimlanishi hisobi;

ishlab chiqarish faoliyati va qayta taqsimlanish jarayonlari natijasida olinadigan daromadlarning umumiy hajmini aniqlash uchun daromadlarning ikkilamchi taqsimlanish hisobi;

o`zida uy xo`jaliklarining va davlat boshqaruvi organlarining yakuniy iste`mol xarajatlarini aks ettiruvchi ixtiyordagi daromadlardan foydalanish hisobi;

kapital xarajatlar va ulardan jamg`arishda foydalanish uchun resurslarning shakllanishi aks ettiruvchi kapital bilan operatsiyalar hisobi.

Bugungi kunda milliy hisoblar ma`lumotlari iqtisodiy faoliyat turlari kesimida O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy hududining barcha rezident birliklarining faoliyatlarini qamrab oladi. Iqtisodiyotning norasmiy sektori bo`yicha, o`zining yakuniy iste`moli uchun mahsulot ishlab chiqarishni qo`shgan holda, «yashirin» iqtisodiyot va norasmiy faoliyat ko`rsatkichlarini inobatga olmagan holda, statistik ko`rsatkichlarni baholash ishlari amalga oshiriladi.

2.2.1.2 Statistik qamrovdan istisnolar

Hech qanday istisnolar yo`q.

2.2.1.3 Aniqlanmagan faoliyat

Iqtisodiyotning norasmiy sektori bo`yicha statistik ma`lumotlar, «yashirin» iqtisodiyot va norasmiy faoliyat ko`rsatkichlarini qo`shmagan holda baholanadi.

2.3 Klassifikatsiya/sektorlar bo`yicha bo`lish

2.3.1 Klassifikatsiya/sektorlar bo`yicha bo`lish

O`zbekiston MHT da milliy iqtisodiyotning quyidagi ko`rinishdagi institutsional sektorlari mavjud: nomoliyaviy korporatsiyalar; moliyaviy korporatsiyalar; davlat boshqaruvi; uy xo`jaliklari; uy xo`jaliklariga xizmat ko`rsatuvchi notijorat tashkilotlar. Ichki iqtisodiyot sektorlarining boshqa mamlakatlar bilan o`zaro aloqasi «tashqi dunyo» hisoblarida o`z aksini topadi, ya`ni, bu hisoblar barcha norezident institutsional birliklarni milliy iqtisodiyotning rezidentlari bilan o`zaro bog`langan faoliyatini birlashtiradi.

yaIMni ishlab chiqarish usulida tarmoqlar kesimida baholash uchun iqtisodiy faoliyat turlari kesimida umumdavlat tasniflagichi (IFUT -2 tah.) dan foydalaniladi.

2.4 Hisobga olish asosi

2.4.1 Baholash

Oqimlar va zaxiralarni hisobga olishda foydalaniladigan qiymatni baholash qoidalari to`laligicha MHT 2008 taxririyatiga mos keladi:

    • Bozor mahsulotlarining qiymati asosiy baholarda aks ettiriladi;
    • O`z iste`moli uchun mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi bozor baholariga tenglashtirilgan narxlarda baholanadi;
  • Import SIF baholar asosida, eksport esa FOB baholari asosida baholanadi;
  • Xorijiy valyutadagi operatsiyalar bozorda jarayonni amalga oshirish vaqtidagi o`rtacha almashinuv kursi orqali qayta hisoblanadi;
  • MHTda iqtisodiy operatsiyalarni hisob ga olish, asosan, operatsiyalarning amalga oshirish jarayonidagi hisoblangan narxlar (joriy narxlar) asosida amalga oshiriladi;

Nobozor tovarlar va xizmatlarni baholashda agarda ularning bozor narxlari ma`lum bo`lmasa, ishlab chiqarishga xarajatlari orqali yoki shu kabi tovarlar va xizmatlar uchun qo`llash mumkin bo`lgan bozor narxlaridan foydalangan holda baholanadi. Xususan, davlat boshqaruv xizmatlari va uy xo`jaliklariga xizmat ko`rsatuvchi notijorat tashkilotlari xizmatlari ishlab chiqarish xarajatlarini baholash orqali hisoblanadi.

2.4.2 Hisobga olish asosi

Operatsiyalar va oqimlar MHT 2008 ning tavsiyalariga muvofiq hisoblab yozish tamoyili asosida hisoblanadi. Davlat boshqaruvi sektori bo`yicha ma`lumotlar kassa xarajatlari usulida hisoblanadi.

2.4.3 Yalpi/sof ko`rsatkichlarni hisoblash tartiblari

YAIM yalpi asosda hisoblanadi, ya`ni yalpi qo`shilgan qiymat ishlab chiqarish ayrilgan oraliq iste`molga teng. Tarmoqlarning yalpi qo`shilgan qiymati asosiy kapitalning iste`molini qo`shgan holda hisoblanadi.

 

3. ANIQLILIK VA ISHONCHLILIK

3.1 Boshlang`ich ma`lumotlar

3.1.1 Boshlang`ich ma`lumotlarni yig`ish dasturlari

Ishlab chiqarish usuli

Ishlab chiqarish usulida yaIMni baholash uchun ma`lumotlar manbai bo`lib, quyidagilar xizmat qiladi: iqtisodiy faoliyat turlarining qisqa muddatli kuzatuvlari, kichik korxonalar, mikrofirmalar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tanlanma kuzatuvlari, uy xo`jaliklari byudjeti kuzatuvlari, korxonalar va tashkilotlarning tarkibiy kuzatuvlari, shuningdek, davlat byudjetining ijrosi to`g`risida, bojxona va soliq organlarining ma`muriy ma`lumotlari, byudjetdan tashqari jamg`armalarning, Markaziy bankning moliyaviy ko`rsatkichlari va boshqalar.

Choraklik statistik ma`lumotlar yirik korxonalarning statistik hisobotlari va kichik korxonalarning tanlanma kuzatuvi ma`lumotlari asosida to`liq xajmda shakllantiriladi. Choraklik va yillik baholashni amalga oshirishda hisobot davriga mos bo`lgan davlat statistika kuzatuvlari va korxonalarning moliyaviy hisobotlari ma`lumotlaridan foydalanadi.

Xarajatlar usuli.

Uy xo`jaliklarining yakuniy iste`molga xarajatlari tovar va xizmatlar guruhlari bo`yicha Davlat statistika hisobotining chakana savdo, pullik xizmat ko`rsatish hisobotlari ma`lumotlari, asosiy oziq-ovqat resurslari balansi ma`lumotlari hamda uy xo`jaliklari so`rovnomalarining ma`lumotlaridan foydalangan holda aniqlanadi.

O`z iste`moli uchun ishlab chiqarilgan tovarlarlarning qiymati, tovarlarning joriy bozor narxlari asosida hisoblanadi. Davlat boshqaruv organlarini xarajatlarini baholash O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat byudjeti ijrosi to`g`risidagi hisoboti ma`lumotlari asosida amalga oshiriladi.

Uy xo`jaliklariga xizmat ko`rsatuvchi notijorat tashkilotlarining yakuniy iste`molga qilgan xarajatlari uy xo`jaliklariga bepul taqdim etilgan iste`mol tovarlari va xizmatlariga qilingan xarajatlardan iborat. Shuningdek, bu xarajatlarga o`z ishchilariga bepul xizmatlar ko`rsatish uchun korxona va tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat muassasalari xarajatlari ham kiradi.

Ushbu ko`rsatkichni hisoblashda yaIMning ishlab chiqarish usulidagi hisoblaridan olingan ijtimoiy-madaniy soha ob`ektlarini saqlab turishga qilingan xarajatlar hajmi bo`yicha ma`lumotlardan foydalaniladi. Uy xo`jaliklariga nodavlat-notijorat tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan tovarlar va xizmatlar hajmi notijorat tashkilotlarining davlat statistika kuzatuvlari asosida aniqlanadi.

yalpi jamg`arish va moddiy aylanma vositalar zaxirasining o`zgarishi to`g`risidagi ko`rsatkichlar Davlat statistika kuzatuvlarining ma`lumotlari asosida shakllantiriladi.

Tovar va xizmatlarning eksporti va importi xajmi Davlat bojxona qo`mitasi ma`lumotlari va Davlat statistika qo`mitasining kuzatuvlari asosida hisoblanadi.

3.1.2 Ta`riflar, statistik qamrov, klassifikatsiyalar, baholashlar va boshlang`ich ma`lumotlarni hisobga olish davri

Birlamchi ma`lumotlar milliy hisoblarning ta`riflariga, statistik qamroviga va tasnifiga, hamda hisobga olish vaqti, hisobot davri va baholash tamoyillariga to`la mos keladi.

Milliy hisoblarni takomillashtirish maqsadida davlat statistika kuzatuv shakllari muntazam ravishda ko`rib chiqiladi.

3.1.3 Boshlang`ich ma`lumotlarning o`z vaqtida tayyor bo`lishi

Ma`lumotlar, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Davlat statistika ishlari dasturida belgilab berilgan vaqtdan kechiktirilmagan holda taqdim etib boriladi.

3.2 Boshlang`ich ma`lumotlarni baholash

3.2.1 Boshlang`ich ma`lumotlarni baholash

Milliy hisoblarni shakllantirishda ma`lumotlar manbai sifatida quyidagilardan foydalaniladi: yuridik shaxslarning (korxona va tashkilotlar) Davlat statistika kuzatuvi ma`lumotlari, Davlat statistika ishlarida ko`zda tutilgan iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha norasmiy sektorning muntazam kuzatuvlari natijalari, uy xo`jaliklari byudjetining tanlanma kuzatuvlari, Moliya vazirligining Davlat byudjetining ijrosi to`g`risidagi ma`lumotlari, Davlat soliq qo`mitasining ma`lumotlari, Davlat bojxona qo`mitasining ma`lumotlari, Iqtisodiyot vazirligining to`lov balansi hamda boshqa ma`muriy manbalar.

3.3 Statistik usullar

3.3.1 Boshlang`ich ma`lumotlar bilan ishlashda statistik usullar


YAIM ishlab chiqarish usulida

Doimiy narxlarda hisoblash usullari.

YAIM tarkibiy qismlarini doimiy narxlarda hisoblash ikki asosiy usuldan foydalangan holda amalga oshiriladi:

- joriy narxlardagi hisobot davri ma`lumotlarini mos narxlar indeksi orqali deflyatsiya qilish;

- joriy narxlardagi o`tgan yilning mos davri ma`lumotlarini fizik hajm indekslari yoki ushbu iqtisodiy faoliyat turining rivojlanish sur`atlarini mantiqan to`g`ri ifodalovchi natural indikatorlar orqali ekstrapolyatsiya qilish.

Ayrim hollarda ko`rsatkichlarni doimiy narxlarda hisoblashning to`g`ridan-to`g`ri qayta baholash usuli ham qo`llaniladi, bu usul hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini o`tgan yilni mos davri narxlariga ko`paytirish orqali amalga oshiriladi.

YAIM tarkibiy qismlarini hisoblashda asosan deflyatsiya usulidan foydalaniladi, mos narxlar indeksi mavjud bo`lmagan hollarda ekstrapolyatsiya qilish usuli qo`llaniladi.

YAIMning tarkibiy qismlari jamlangan qiymatlar bo`lganligi sababli, ularni baholash usullari yuqorida aytib o`tilgan usullar birikmasidan iborat bo`ladi.

YAIM yakuniy iste`mol usulida

yaIMni doimiy narxlarda baholash usullari

yaIM bo`yicha iste`mol ko`rsatkichlarini doimiy narxlarga o`tkazish uchun quyidagilar qo`llaniladi:

- uy xo`jaliklarining yakuniy iste`molga qilgan xarajatlari uchun iste`mol narxlari indeksi;

- davlat muassasalari xarajatlari uchun natural ko`rsatkichlar, masalan, tarmoqlarda band bo`lganlar sonining o`zgarishi;

- asosiy kapital jamg`arilishi uchun asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar bo`yicha narxlar indeksi;

- moddiy aylanma vositalar zaxiralarining o`zgarishi uchun sanoatda ishlab chiqaruvchilar narxlarining indekslari;

- eksport va import uchun milliy valyutaning ayirboshlash kursini hisobga olgan holda, eksport va import qilinadigan mahsulotlar bo`yicha narxlar indekslari.

3.3.2 Boshqa statistik jarayonlar

Yillik va choraklik milliy hisoblarda qonun bilan taqiqlangan faoliyatlar baholanmaydi. Norasmiy faoliyatni maxsus tadqiqotlar, ma`muriy ma`lumotlar va uy xo`jaliklarining tanlanma kuzatuv ma`lumotlari asosida baholanadi.

3.4 Ma`lumotlarni taqqoslash

3.4.1 Oraliq natijalarni taqqoslash

Ayrim ma`lumotlar manbalari keskin farq qiluvchi qiymatlar bor yoki yo`qligi tekshirilib boriladi. Keskin farq qiluvchi qiymatlar aniqlanganda milliy hisoblarni shakllantiruvchi xodimlar tegishli bo`linmalarga ma`lumotlarni tekshirish uchun murojaat qiladilar. Dastlabki ma`lumotlar tahlil qilinadi va dinamik mosligi tekshiriladi.

3.4.2 Oraliq ma`lumotlarni baholash

Asosiy oraliq ma`lumotlarda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan farqlar tahlil qilib boriladi va bu farqlarni bartaraf etish uchun moslashtirish ishlari amalga oshiriladi. Xususan, quyidagi koeffitsentlar ehtiyotkorlik bilan tekshiriladi: oraliq iste`mol/ishlab chiqarish, yalpi qo`shilgan qiymat/ishlab chiqarish. Bundan tashqari, faoliyat turlari kesimida qo`shilgan qiymatning tarkibi xronologik mosligi tekshiriladi.

3.4.3 yakuniy statistik ma`lumotlardagi farqlarni va boshqa muammolarni baholash

YAIM ni ishlab chiqarish va xarajatlar (yakuniy iste`mol) usullari orqali hisoblaganda yuzaga kelgan tafovutlar tahlil qilinadi.

Resurslar va ishlatilishi jadvallari har yili shakllantiriladi hamda tahlil qilib boriladi.

3.5 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish tahlili

3.5.1 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqishni o`rganish va tahlil qilish

YAIM ko`rsatkichlarini qayta ko`rib chiqish tartibi har yili tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturida aks etadi. YAIM ni yillik (dastlabki) baholash hisobot yili yakunlangandan so`ng 14 kuni taqdim etiladi. yaIM ni ushbu baholanishi hisobot yilidan keyin 15 oydan so`ng yillik statistik hisobot ma`lumotlari asosida qayta ishlanadi.

 

4. AMALIY YAROQLILILIK

4.1 Davriylik va o`z vaqtidaligi

4.1.1 Davriylik

YAIM ni choraklik va yillik davriyliklarda shakllantiriladi.

4.1.2 O`z vaqtidaligi

YAIM ni choraklik dastlabki baholash hisobot choragidan bir oy keyin shakllanadi.

YAIM ni choraklik dastlabki baholashni qayta baholash 12 oydan so`ng.

YAIM ni yillik yakuniy baholash 15 oydan so`ng.

4.2 Qiyosiylik

4.2.1 Ichki qiyosiylik

YAIM ni ishlab chiqarish va xarajatlar (yakuniy iste`mol) usullari orasidagi statistik tafovutlar aniq ko`rsatilib o`tiladi. YAIM ni baholashdagi tafovutlar tahlil qilinadi.

4.2.2 Vaqt bo`yicha qiyosiylik

YAIM ni 1993 yildan boshlab yillik hisob-kitoblari hamda 2000 yildan boshlab choraklik hisob-kitoblari mavjud. YAIM 1993 yilgacha rublda, 1994 yildan so`mda ifodalangan. 2016 yil I chorakdan boshlab YAIM ni IFUT-2 ga asoslangan holda baholanadi. IFUT-2 tarkibi bo`yicha yillik yaIM ni 2010 yildan boshlab qayta hisoblab chiqilgan.

4.2.3 Sektorlar va sohalar o`rtasidagi qiyosiylik

Milliy hisoblarni tuzishda to`lov balansining ba`zi moddalari, shuningdek, davlat moliyasi statistikasi ma`lumotlari ishlatiladi. Hozirgi vaqtda MHT-93 va MHT-2008 da nazarda tutilgan iqtisodiyotning institutsional sektorlari bo`yicha integrallashgan milliy hisoblar shakllantirilmoqda.

4.3 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish

4.3.1 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish jadvali

Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish davri oldindan belgilab boriladi va yildan yilga barqarorlashib boradi. Choraklik YAIM ko`rsatkichlarini qayta ko`rib chiqish tartibi har yili tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturida aks etadi.

4.3.2 Dastlabki va/yoki qayta ko`rib chiqilgan ma`lumotlarni aynan shu toifasi bo`yicha belgilash

Dastlabki ma`lumotlar nashr qilinganda belgilanadi va zaruriyatga qarab, ularga izoh berib qo`yiladi.

4.3.3 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqishni tahlil qilish va o`rganish bo`yicha olingan natijalarni tarqatish

Qayta ko`rib chiqilgan (yakuniy) ma`lumotlar Davlat statistika qo`mitasi nashrlari va rasmiy veb sayt orqali taqdim etiladi.

 

5. QULAYLIGI

5.1 Ma`lumotlar

5.1.1 Statistik ma`lumotlarni taqdim etish shakli

Choraklik va yillik ma`lumotlar foydalanuvchilarga «O`zbekiston Resublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati», «O`zbekiston Respublikasining statistik axborotnomasi», «O`zbekiston Respublikasining milliy hisoblari», «O`zbekiston Respublikasi yillik statistik to`plami», «O`zbekiston raqamlarda» va boshqa statistik to`plamlar, shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining www.stat.uz nomli rasmiy saytida nashr qilish orqali taqdim etiladi.

YAIM ko`rsatkichlari, o`sish sur`atlari va tarmoqlarning ulushlari tushunarli ko`rinishda grafiklar, jadvallar, qisqacha tahliliy sharhlar bilan nashr etiladi. yaIM ishlab chiqarish usulida ham, xarajatlar usulida ham batafsil nashr etiladi.

Nashrlarda ma`lumotlarni to`g`ri talqin qilish uchun asosiy ko`rsatkichlarga metodologik tushuntirishlar beriladi, bundan tashqari, veb-saytda statistik ko`rsatkichlarni shakllantirish va ularni hisoblash bo`yicha uslubiy nizomlar joylashtiriladi. Nashrlar va veb-saytlardagi ma`lumotlarni solishtirish uchun jadvallar va grafiklar shaklida bir nechta davrlar uchun indikatorlar keltiriladi.

Statistik ma`lumotlarni nashr etilishi muddatlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturida aks ettiriladi.

 

5.1.2 Ma`lumotlarni tarqatish vositalari va shakllari

5.1.2.1 Bosma shaklida – yangi nashrlar

Ma`lumotlar O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining «O`zbekiston Resublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati» (har chorakda), «O`zbekiston Respublikasining statistik axborotnomasi» (har chorakda), «O`zbekiston Respublikasining milliy hisoblari» (ikki yilda bir marta), «O`zbekiston Respublikasi yillik statistik to`plami» (ikki yilda bir marta), «O`zbekiston raqamlarda» (yilda bir mart) nashrlari orqali chop etilgan shaklda foydalanuvchilarga taqdim etib boriladi. Bundan tashqari, ma`lumotlar davlat boshqaruvi organlariga va boshqa foydalanuvchilarga ularning talablariga binoan kelishilgan jadvallar ko`rinishida taqdim etib boriladi.

Makroiqtisodiy ko`rsatkichlar jadvallar, grafiklar va diagrammalar shaklida qisqa tahliliy sharhlar bilan nashr etiladi.

5.1.2.2 Bosma shaklida – yangi nashrlar

Mavjud emas

5.1.2.3 Bosma shaklida – Oylik byulletenlar

Mavjud emas

5.1.2.4 Bosma shaklida – Choraklik byulletenlar

Har chorakda «O`zbekiston Resublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati», «O`zbekiston Respublikasining statistik axborotnomasi» nashrlari taqdim etiladi, bundan tashqari statistik ma`lumotlar davlat boshqaruvi organlariga va boshqa foydalanuvchilarga ularning talablariga binoan kelishilgan jadvallar ko`rinishida taqdim etib boriladi.

5.1.2.5 Bosma shaklida – Boshqalar

Yillik ma`lumotlar «O`zbekiston Respublikasi yillik statistik to`plami» (ikki yilda bir marta)», «O`zbekiston Respublikasining milliy hisoblari» (ikki yilda bir marta), «O`zbekiston raqamlarda» (yilda bir marta) nashrlari orqali, bundan tashqari, davlat boshqaruvi organlariga va boshqa foydalanuvchilarga ularning talablariga binoan kelishilgan jadvallar ko`rinishida taqdim etib boriladi.

5.1.2.6 Elektron shaklda – Onlayn byulletenlar yoki ma`lumotlar

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida statistik ma`lumotlar – elektron jadvallar ko`rinishidagi dinamik qatorlar har chorakda joylashtiriladi va muntazam yangilanadi, shu bilan birga, «O`zbekiston Respublikasining statistik axborotnomasi» taqdim etiladi.

. 5.1.2.7 Elektron shaklda – Boshqalar

Choraklik va yillik ma`lumotlar davlat boshqaruv organlariga va boshqa foydalanuvchilarga ularning talablariga binoan elektron jadvallar ko`rinishida taqdim etib boriladi

5.1.5 So`rov bo`yicha ma`lumotlarni tarqatish

O`zbekiston Respublikasining «Davlat statistikasi to`g`risida»gi Qonuni, «O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi to`g`risida»gi Nizom, Statistik axborotlarni tayyorlash va tarqatish ishlarini tashkil etish qoidalari va boshqa me`yoriy xujjatlarga muvofiq, statistik ma`lumotlar foydalanuvchilarga ularning so`rovlari bo`yicha belgilangan tartibda taqdim etib boriladi. Statistik axborotlarni tarqatish yuridik yoki jismoniy shaxslarning yozma so`rovlari bo`yicha bosma yoki elektron jadval ko`rinishida, statistik to`plamlar, byulletenlar, tezkor axborot shaklida, shuningdek tomonlar o`rtasidagi axborot almashinuvi to`g`risidagi bitimlarga asosan amalga oshiriladi.

5.2 Metama`lumotlar

5.2.1 Kontseptsiyalar, statistik qamrov, klassifikatsiyalar, hisobga olish asosi, ma`lumotlar manbasi va statistik usullar to`g`risidagi hujjatlarni tarqatish

Ma`lumotlar to`g`risidagi kontseptsiyalar, statistik qamrovlar, tasniflar, hisoblash asoslari, ma`lumotlar manbalari va statistik usullar tarqatiladigan asosiy ko`rsatikichlarga uslubiy tushuntirishlar ko`rinishidagi statistik to`plamlarda o`z aksini topadi. Statistik ko`rsatkichlarni shakllantirish, hisoblash bo`yicha uslubiy nizomlar veb saytga joylashtiriladi.

 

9. REJALAR

9.1 Oxirgi

9.1.1 Takomillashtirish rejalari – Oxirgi takomillashtirishlar

IFUT-2 statistik amalyotga joriy etildi

Turizm yordamchi hisobi joriy etildi.

9.2 Umumiy

9.2.1 Takomillashtirish rejalari – Qisqa muddatlilari

MHT 2008 ni yangi qoidalarini amaliyotga joriy etish;

Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni hisobga olishni takomillashtirish;

Sof choraklar bo`yicha milliy hisoblarning asosiy agregatlarini doimiy narxlarda hisoblashni takomillashtirish.

9.2.2 Takomillashtirish rejalari – O`rta muddatlilari

Moliya hisobini ishlab chiqish va joriy etish

9.3 Moliyaviy

9.3.1 Takomillashtirish rejalari – Texnik yordam/moliyalashtirishga ehtiyojlar – Qisqa muddatli

MHT 2008 ga muvofiq makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni hisoblashni takomillashti-rish uchun texnik yordam ko`rsatish talab qilinadi.

9.3.2 Takomillashtirish rejalari - Texnik yordam/moliyalashtirishga ehtiyojlar– O`rta muddatli

Moliya hisobini ishlab chiqish uchun texnik yordam ko`rsatish talab qilinadi.

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash