Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Murojaat uchun shaxs №1

F.I.SH.:

Umarov Muxtor Turayevich

Lavozimi:

Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig`i

Tashkilot:

O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi

Manzil:

Mustаqillik shoh ko‘chаsi, 63-uy

Viloyat:

Toshkent shahar

Davlat:

O‘zbekiston Respublikаsi

Pochta indeksi:

100170

Telefon (davlat kodi/shahar kodi/raqam)

998 – 71 – 230 8036

Faks(davlat kodi/shahar kodi/raqam)

-

Elektron pochta:

Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. Вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

Murojaat uchun shaxs №2

F.I.SH.:

Daliyev Shuxrat

Lavozimi:

Iste`mol narxlari statistikasi va iste`mol narxlari indeksi bo`limi bosh mutaxassisi

Tashkilot:

O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi

Manzil:

Mustаqillik shoh ko‘chаsi, 63-uy

Viloyat:

Toshkent shahar

Davlat:

O‘zbekiston Respublikаsi

Pochta indeksi:

100170

Telefon (davlat kodi/shahar kodi/raqam)

998– 71 – 230 8174

Elektron pochta:

-

 

0-1. ASOSLAR

0.2 Resurslar

0.2.1 Kadrlar, moddiy-texnik, elektron hisoblash va moliyaviy resurslar

INIni shakllantirish bo`yicha markaziy devonda 5 ta xodim, viloyat statistika boshqarmasining narxlar statistikasi bo`limlarida 1-2 tagacha xodim, tuman statistika bo`limlarida esa 1 tadan xodim shug`ullanadi.

Ishlab chiqaruvchilar narxlari statistikasini shakllantirish bo`yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda xodimlar soni yetarlidir.

Xodimlarning hammasi oliy ma`lumotga ega bo`lib, har 2 yilda kamida 1 marta Davlat statistika qo`mitasining Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi o`quv kurslarida o`z malakalarini oshiradi.

Har bir ish o`rni lokal tarmoqqa o`langan, personal kompyuterlar bilan ta`minlangan.

Dasturiy ta`minotlar bevosita Davlat statistika qo`mitasining o`zida ishlab chiqilib, bu o`z navbatida, zarurat to`g`ilganda mavjud va bulg`usi topshiriqlarni dasturga kiritish, yangilash va unga qo`shimchalar kiritishga imkon beradi

Ishlab chiqaruvchilar narxlari statistikasi bo`yicha bajariladigan ishlar uchun yetarlicha moliyaviy resurslar berilishi Davlat statistika ishlari dasturida ko`zda tutilgan.

Davlat statistika ishlari dasturi bo`yicha belgilangan Ishlab chiqaruvchilar narxlari statistikasi ishlarini amlga oshirishda berilayotgan moliyaviy resurlar yetarlidir.

 

2. METODOLOGIYA

2.1 Kontseptsiya va ta`riflar

2.1.1 Kontseptsiya va ta`riflar

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari narxlari indeksi (INI) - ishlab chiqarish sohasidagi inflyatsiya jarayonlarining asosiy ko`rsatkichlaridan biri bo`lib, narx o`zgarishini tariflashda, ishlab chiqarish davomiyligi o`zgarmaydi.

Narx kuzatuvlari uchun INI ni hisobolash qo`llanmasi «Ishlab chiqaruvchilar narxlari kuzatuvi va sanoat mahsulotlari narxlarining indekslarini hisoblash bo`yicha uslubiy qo`llanma» si (O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi tomonidan 2016 yil 26 oktyabrdagi 16-sonli qarori bilan tasdiqlangan) hamda «Ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksi bo`yicha qo`llanma: nazariya va amaliyot» Halqaro valyuta Fondi (HVF) ekspertlarining ko`rsatmalariga tayangan holda amalga oshiriladi.

2.2 Statistik qamrov

2.2.1 Statistik qamrov

2.2.1.1 Ma`lumotlarning statistik qamrovi

INIni shakllantirishda Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichiga (IFUT-2) muvofiq asosiy iqtisodiy faoliyat turlari NACE rev.2. asosan V – “Tog`-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash”, S – “Ishlab chiqaradigan sanoat”, D – “elektr, gaz, bug` bilan ta`minlash va havoni konditsiyalash”, E – “Suv bilan ta`minlash; kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig`ish va utilizatsiya qilish” sektsiyalariga taalluqli bo`lgan korxonalar qamrab olinadi.

2.2.1.2 Statistik qamrovdan istisnolar

Sanoat maxsulotlarining ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksiga o`z iste`moli uchun tovarlarni ishlab chiqarish va o`z maxsulotlarini ishlab chiqarish, kapitalning o`z mablag`larini to`plash, noqonuniy tovarlarni ishlab chiqarish, o`z yakuniy iste`moli uchun muayyan xizmatlarni ishlab chiqarish, o`z kapitalining to`planishi va noqonuniy bozor xizmatlarini sotish uchun xizmatlar ishlab chiqarish kirmaydi.

2.2.1.3 Aniqlanmagan faoliyat

Ishchilar soni 50 tadan kam bo`lgan korxonalar ishlab chiqaruvchilar narxlari kuzatuviga kelishilgan xolda o`z xoxishi bilan a'zo bo`ladi

2.3 Klassifikatsiya/sektorlar bo`yicha bo`lish

2.3.1 Klassifikatsiya/sektorlar bo`yicha bo`lish

2016 yilgacha INI ni shakllantirishda milliy tasniflagich (XXTUT) qo`llanilgan bo`lib, 2016 yil yanvaridan boshlab ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksini hisob-kitobi O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichiga (IFUT-2) muvofiq amalga oshirilmoqda.

O`zbekiston Respublikasida iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagichi (MST) Yevropa iqtisodiy xamjamiyatining (CPA 2008-Statistical classification of products by activity in the European Economic Community) mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagichidan foydalanilgan.

2.4 Hisobga olish asosi

2.4.1 Baholash

Ro`yxatga olishda foydalaniladigan baholash qoidalari 2008 yil MXS ga to`liq mos keladi. Mazkur qiymatni (INI qiymati) va maxsulot narxini baxolash uchun ishlatiladigan baxolash qoida ishlab chiqaruvchilarning maqsadlariga asoslangan bo`lib, QQS, iste`mol solig`i va subsidiyalar chiqariladi. Oroliq iste`mol baholanmaydi. ishlab chiqaruvchilar narxlari haqidagi to`plangan ma`lumotlar, barcha hisob-kitoblarga ko`ra yakuniy ishlab chiqarilgan maxsulotlar uchun asoslangan.

2.4.2 Hisobga olish asosi

Korxonalar hisobot davri mobaynida ishlab chiqarilgan, yuklab jo`natilgan yoki ishlab chiqarilgan mahsulotlar to`g`risidagi ma`umotlarni hisobot davrining 20 sanasidan kechiktirmay taqdim etadilar.Tayyor maxsulotlar va ko`rsatilgan xizmatlar narxlari ular ishlab chiqarilgan davrda xisobga olinadi.

2.4.3 Yalpi/sof ko`rsatkichlarni hisoblash tartiblari

Ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksini hisoblash tartibi aniq bir mahsulot turi va faoliyat turi “Toza turdagi faoliyat” (mahsulotlarning tegishli turiga egalik qilish) tamoyili asosida amalga oshiriladi.

 

3. ANIQLILIK VA ISHONCHLILIK

3.1 Boshlang`ich ma`lumotlar

3.1.1 Boshlang`ich ma`lumotlarni yig`ish dasturlari

Elektron ma`lumotlar bazasi har oyda yig`iladi. Ma`lumotlar manbalari ma`lumotlar yig`ish dasturlarining to`liq tavsifi bilan tahlil qilinadi.

Korxonalarning asosiy namunaviy statistik kuzatuvlari amaldagi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 25 sentyabrdagi “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to`g`risida nizomni tasdiqlash to`g`risida“gi 274-son qaroriga asosan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrida doimiy yangilanib boradi.

3.1.2 Ta`riflar, statistik qamrov, klassifikatsiyalar, baholashlar va boshlang`ich ma`lumotlarni hisobga olish davri

Dastlabki ma`lumotlar aks ettirilgan paytga to`g`ri keladi.

 

3.1.3 Boshlang`ich ma`lumotlarning o`z vaqtida tayyor bo`lishi

Ishlab chiqarilayotgan tovarlarni ishlab chiqaruvchilarning narxlarini tahlil qilish bo`yicha dastlabki ma`lumotlar yig`ish tezligi, ishlab chiqaruvchilar narxlari statistikasi to`g`risidagi ma`lumotlarni tarqatish tizimi tomonidan taqdim etilgan talablarga muvofiq, iste`molchilar narxlari indekslarini ishlab chiqarish imkonini beradi.

Asosiy tashkilotlar (respondenlar) moliyaviy xisobotlarni taqdim yetishning belgilangan muddati to`g`risida xabardor qlinadi, yangi tashkil etilgan korxonalarga hisobotlarni taqdim etish muddatlari to`g`risida yozma ravishda xabardor qilinadi.

3.2 Boshlang`ich ma`lumotlarni baholash

3.2.1 Boshlang`ich ma`lumotlarni baholash

Nisbatan narxlar va ularning ekstremal qadriyatlari xaqidagi ma`lumotlar muntazam tekshiriladi. Shu va shunga o`xshash mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar uchun narxlarni tahlil qilish va taqqoslash amalga oshirilmoqda. Agar xaddan tashqari qiymatlar aniqlansa, ma`lumotlar to`g`ridan-to`g`ri korxonada aniqlanadi, monopolist korxonalar va boshqa maxsulotlarni ishlab chiqaradigan korxonadarning narxlarini tartibga soluvchi korxonalar narxlarni aniqlash uchun narxni tartibga solivchi davlat idoralari bilan yaqin xamkorlik mavud.

3.3 Statistik usullar

3.3.1 Boshlang`ich ma`lumotlar bilan ishlashda statistik usullar

Ma`lumotlarni to`plash jarayonlari joriy dasturiy ta`minot to`plami va mantiqiy nazoratni qo`llash orqali kodlashdagi xatoni kamaytiradi.

Muayyan turdagi tovarlar (masalan mavsumiy maxsulotlar) ishlab chiqarishning yetishmasligi davrida korxonalar odatda xisobot doirasidagi ma`lumotlarni o`zlarining doiralari bo`yicha aks etirmaydi. Biroq bunday tovarlarni ishlab chiqarish vaqtinchalik aylanmasi davrida ularni jo`natish (sotish) uzoq vaqt talab qilinishi mumkin. Bunday sharoitlarda korxonalarning xisobotlarida tovarlarning sotilishi to`g`risida ma`lumot beriladi.

3.3.2 Boshqa statistik jarayonlar

Og`irlik koefittsentlarini aniqlash uchun bir yil ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmiga oid ma`lumotlar ishlatilib, ular og`irliklar uchun asos bo`lib hisoblanadi. Vaqtinchalik davr 2 yilni tashkil etadi. Narxlar uchun baxaviy davr o`tgan yilning dekabr oyidir. Dekabrdagi narxlar ishlab chiqarishning o`rtacha yillik tuzilmasidan bog`lanish (barqarorlik) va shu kabi tuzilishga o`tish xalqaro miqyosda qabul qilngan metodologiyaga to`g`ri keladigan tuzatish omilini qo`llash orqali amalga oshiriladi. Zichlikning tuzilishi xar yili sanoat statistikasi ma`lumotlari asosida yangilanadi.

INI tashkil qilish uchun qisqa muddatli narxlar o`zgarishlarini o`tgan oy bilan, va o`zoq muddatli narxlar o`zgarishlarini (o`tgan yilning dekabriga nisbatan, yilning o`tgan shu davriga nisbatan) taqqoslashda modifikatsiyalashgan Laspeyres formulasi qo`llaniladi.

3.4 Ma`lumotlarni taqqoslash

3.4.1 Oraliq natijalarni taqqoslash

Nazorat qiladigan narxlarda ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun INIni tashkil etish bahosi to`g`isidagi ma`lumotlarni ma`muriy manbalardan olingan ma`lumotlar bilan taqqoslanadi (davlatni boshqarish organi)

3.4.2 Oraliq ma`lumotlarni baholash

 

3.4.3 yakuniy statistik ma`lumotlardagi farqlarni va boshqa muammolarni baholash

 

3.5 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish tahlili

3.5.1 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqishni o`rganish va tahlil qilish

Ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksini shakllantirish to`g`risidagi ma`lumotlar qayta ko`rib chiqilmaydi. INI uchun yangilangan solishtirma og`irlikni shakllantirish har yili amalga oshiriladi va har yilning yanvaridan boshlab hisoblanadi.

 

4. AMALIY YAROQLILILIK

4.1 Davriylik va o`z vaqtidaligi

4.1.1 Davriylik

MTUTning tegishli so`roviga qarab, har oyda INI tuziladi.

4.1.2 O`z vaqtidaligi

INI har oyda Davlvt statistika ishlari dasturiga muvofiq, kalendarlar ostida hisobotdan keyingi oyning 6 kunida taqsimlanadi va MTUT tavsiyalari va shartlariga mos keladi.

4.2 Qiyosiylik

4.2.1 Ichki qiyosiylik

Ishlab chiqauvchilar narxlari indekslari Respublikaning sanoat faoliyati maqsadlarida, shuningdek, iqtisodiy faoliyat va mahsulotlarning taqsimlanishida shakllanadi. Statistik ma`lumotlar ichki taqqoslash bilan tavsiflanadi.

4.2.2 Vaqt bo`yicha qiyosiylik

INI oylik dinamik katorlarni navbatma-navbat 1994 yildan foydalanishlari mumkin

2016 yilgacha INI ni shakllantirishda milliy tasniflagich (XXTUT) qo`llanilgan bo`lib, 2016 yil yanvaridan boshlab ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksini hisob-kitobi O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichiga (IFUT-2) muvofiq amalga oshirilmoqda.

4.2.3 Sektorlar va sohalar o`rtasidagi qiyosiylik

 

4.3 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish

4.3.1 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish jadvali

INI to`g`risidagi shakllantirilgan va chop etilgan ma`lumotlar qayta ko`rib chiqilmaydi.

4.3.2 Dastlabki va/yoki qayta ko`rib chiqilgan ma`lumotlarni aynan shu toifasi bo`yicha belgilash

Oxirgi aniqlangan ma`lumotlar tarqatiladi.

4.3.3 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqishni tahlil qilish va o`rganish bo`yicha olingan natijalarni tarqatish

 

 

5. QULAYLIGI

5.1 Ma`lumotlar

5.1.1 Statistik ma`lumotlarni taqdim etish shakli

INI buyicha ma`lumotlar ”Ishlab chiqaruvchi korxonalarning sanoat tovarlari narxlari indeksi” statistik to`plam orqali foydalanuvchilarga «O`zbekistonning yillik statistika ma`lumotlari to`plami», «O`zbekiston sanoatining rivojlanishi», «O`zbekistondagi qurilish» va boshqa ma`lumotlar, shuningdek Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida http://www.stat.uz saytidagi “Narxlar indekslari” bo`limida

Statistik nashrlarni (ma`lumotlarni) nashr etish jadvallari davlvt statisika ishlari dasturida aks etirilgan. Statistik to`plamlarda ma`lumotlar jadval va grafik shaklda taqdim etiladi.

5.1.2 Ma`lumotlarni tarqatish vositalari va shakllari

5.1.2.1 Bosma shaklida – yangi nashrlar

INI haqidagi har oylik ma`lumotlarni rasmiy saytning “narlar indeksi” bo`limida ko`rsa bo`ladi.

5.1.2.2 Bosma shaklida – yangi nashrlar

mavjud emas.

5.1.2.3 Bosma shaklida – Oylik byulletenlar

«Sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar narxlari indeksi» statistik byulleteni

5.1.2.4 Bosma shaklida – Choraklik byulletenlar

mavjud emas.

5.1.2.5 Bosma shaklida – Boshqalar

foydalanuvchilarning maxsus so`rovi bo`yicha jadvallar

5.1.2.6 Elektron shaklda – Onlayn byulletenlar yoki ma`lumotlar

 

. 5.1.2.7 Elektron shaklda – Boshqalar

Foydalanuvchilarning maxsus so`rovi bo`yicha saytda yoki elektron ko`rinishda

5.1.5 So`rov bo`yicha ma`lumotlarni tarqatish

«Davlat satistika to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuni, O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining nizomi, statistik axborotlarni tayyorlash va tarqatish bo`yicha tashkiliy reglamen va boshqa normativ hujjatlarga binoan statistik ma`lumotlardan foydalanishga rasmiy talab asosida takdim etiladi.

Statistika axborotlarni tarkatilishi yuridik va jismoniy shaxslarning yozma murojaatlari bosma yoki elektron jadval asosida amalga oshiriladi, statistika tuplami byulletenlari ekspress-informatsiyalar, shuningdek uzaro shartnoma asosida axborotlar takdim etiladi.

5.2 Metama`lumotlar

5.2.1 Kontseptsiyalar, statistik qamrov, klassifikatsiyalar, hisobga olish asosi, ma`lumotlar manbasi va statistik usullar to`g`risidagi hujjatlarni tarqatish

Veb-saytda metodika jihatdan joy olgan statistika ko`rsatkich ishlab chiqaruvchilar narxlari statistikasi hisob-kitob shakllanishi joylashtirilgan https://lib.stat.uz/ru/metodicheskie-materialy/tseny

 

9. REJALAR

9.1 Oxirgi

9.1.1 Takomillashtirish rejalari – Oxirgi takomillashtirishlar

Davlat statistika kuzatuvlari vositalarini (shakllari va anketalarini) takomillashtirish. yangi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarni tanlab olishni takomillashtirish va narxlari monitoringi uchun tovar gurxlari ro`yxatini kengaytirish rejalari.

9.2 Umumiy

9.2.1 Takomillashtirish rejalari – Qisqa muddatlilari

Ishlab chiqaruvchilar narxlarinining monitoringi uchun tovarlarning nomenklaturasi

9.2.2 Takomillashtirish rejalari – O`rta muddatlilari

Kichik biznes hisobidan korxonalar qamrovi oshdi.

9.3 Moliyaviy

9.3.1 Takomillashtirish rejalari – Texnik yordam/moliyalashtirishga ehtiyojlar – Qisqa muddatli

Moliyalashtirish yillik davlat statistika ishlari bo`yicha tasdiqlangan dastur doirasida amalga oshiriladi.

9.3.2 Takomillashtirish rejalari - Texnik yordam/moliyalashtirishga ehtiyojlar– O`rta muddatli

 
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash