Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Murojaat uchun shaxs №1

F.I.SH.:

Umarov Muxtor Turayevich

Lavozimi:

Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig`i

Tashkilot:

O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi

Manzil:

Mustаqillik shoh ko‘chаsi, 63-uy

Viloyat:

Toshkent shahar

Davlat:

O‘zbekiston Respublikаsi

Pochta indeksi:

100170

Telefon (davlat kodi/shahar kodi/raqam)

998 – 71 – 230 8036

Faks(davlat kodi/shahar kodi/raqam)

-

Elektron pochta:

Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. Вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

Murojaat uchun shaxs №2

F.I.SH.:

Daliyev Shuxrat

Lavozimi:

Iste`mol narxlari statistikasi va iste`mol narxlari indeksi bo`limi bosh mutaxassisi

Tashkilot:

O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi

Manzil:

Mustаqillik shoh ko‘chаsi, 63-uy

Viloyat:

Toshkent shahar

Davlat:

O‘zbekiston Respublikаsi

Pochta indeksi:

100170

Telefon (davlat kodi/shahar kodi/raqam)

998– 71 – 230 8174

Elektron pochta:

-

 

0-1. ASOSLAR

0.2 Resurslar

0.2.1 Kadrlar, moddiy-texnik, elektron hisoblash va moliyaviy resurslar

INIni shakllantirish bo`yicha markaziy devonda 6 xodim shug`ullanadi, hududiy statistika organlarida – 1tadan xodim tuman statistika bo`limlarida, 2-3tadan xodim - viloyat statistika boshqarmalarining narx statistikasi bo`limlarida shug`ullanadi.

Iste`mol narxlari statistikasini shakllantirish bo`yicha belgilangan vazifalar amalga oshirishda xodimlar soni yetarlidir.

Xodimlarning hammasi oliy ma`lumotga ega bo`lib, har 2 yilda kamida 1 marta Davlat statistika qo`mitasining Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi o`quv kurslarida o`z malakalarini oshiradi. Oxirgi 3 yilda Markaziy devon xodimlarining 3 nafari xorijda bo`lib o`tgan halqaro o`quv kurs va seminarlarda ishtirok etib qaytishdi.

Har bir ish o`rni lokal tarmoqqa ulangan personal kompyuterlar bilan ta`minlangan.

Dasturiy ta`minotlar bevosita Davlat statistika qo`mitasining o`zida ishlab chiqilgan bo`lib, bu o`z navbatida, zarurat tug`ilganda mavjud va bo`lg`usi topshiriqlarni dasturga kiritish, yangilash va unga qo`shimchalar kiritishga imkon beradi

Davlat statistika ishlari dasturi bo`yicha belgilangan Iste`mol narxlari statistikasi ishlarini amalga oshirishda berilayotgan moddiy resurlar yetarlidir.

Elektron hisoblash resurslarni himoyalash yetarli darajada yo`lga qo`yilgan.

 

2. METODOLOGIYA

2.1 Kontseptsiya va ta`riflar

2.1.1 Kontseptsiya va ta`riflar

Iste`mol narxlari indeksi (INI)inflyatsiya darajasini ifodalaydigan asosiy ko`rsatkichlardan biri bo`lib, o`rtacha iste`molchi xarid qiladigan tovar
va xizmatlarning o`zgarmas to`plami qiymatining umumiy o`zgarishini hisoblaydi, ya`ni ma`lum davr mobaynida, tovar va xizmatlar iste`moli miqdorining o`zgarmas bo`lgan holida, aholining iste`mol xarajatlari umumiy miqdorining o`zgarishini ifodalaydi. Iste`mol narxlari indeksida, mamlakatning barcha hududlari bo`yicha xilma-xil tovar va xizmatlar narxlarining harakati o`rtacha holga keltiriladi.

O`zbekiston Respublikasida iste`mol narxlari indeksini hisoblash tizimi 1994 yilning yanvar oyidan boshlab Xalqaro Valyuta Fondi (XVF)ning texnik ko`magi asosida amalga oshirila boshladi.

INI “Iste`mol narxlari indeksi bo`yicha qo`llanmaga: Nazariya va amaliyot” (XVF, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti, Yevrostat, BMT YeIK, Butunjahon banki va XMT, 2007 yil) asosan O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining 2012 yil 8 iyundagi 10-sonli qaroriga muvofiq Tovar va xizmatlarning iste`mol narxlari (tariflari) kuzatuvini tashkil etish bo`yicha uslubiy nizom bo`yicha shakllantiriladi.

2.2 Statistik qamrov

2.2.1 Statistik qamrov

2.2.1.1 Ma`lumotlarning statistik qamrovi

Instituttsion birlik qamrovi: uy-xo`jaliklari daromad va xarajatlari kuzatuvi bo`yicha tanlov 2010 yildagi aholini ro`yxatga olishga asoslangan. Tanlov hajmi hozirgi kunda ham o`zgarmay turib, o`z ichiga 10 000 uy-xo`jaliklarini oladi. Tanlanma hajmi umumiy uy-xo`jaliklari hajmining 0,2%ini tashkil qiladi. Har oyda yangi 833 uy-xo`jaliklari so`rovi o`tkaziladi. Respublikaning har qaysi viloyatidagi taqdim etilgan turli darajadagi daromadga ega uy-xo`jaliklari, shuningdek, shahar va qishloq joylaridagi aholi ham Uy-xo`jaliklari soni tanlovi uchun tegishli usulda ishlatiladi.

Geografik qamrov: uy-xo`jaliklari byudjeti kuzatuvi va iste`mol narxlari kuzatuvi barcha hududlar - Qoraqalpag`iston Respublikisi, viloyatlar va Toshkent shahri bo`yicha amalga oshiriladi. Narx ma`lumotlari ijtimoiy-iqtisodiy va hududlarning geografik joylashuvi ko`rsatgichi hamda tovar va xizmatlarning iste`mol bozori to`yinganligi darajasi e`tiborga olingan holda Nukus shahri, Toshkent shahri, viloyat markazlari, tanlangan shaxar va tuman markazlaridan yig`iladi. Narx kuzatuvi uchun aholi soni va hududlarning chakana tovar aylanmasi haqidagi ma`lumotlar hududlar tanloviga asos bo`lib xizmat qiladi. 2017 yil holati bo`yicha iste`mol narxlari kuzatuvi uchun respublika aholi sonining qariyb 63%idan va mamlakat tovar aylanmasining 70%idan yuqori ko`rsatgichga ega bo`lgan hududlari qamrab olingan.

2.2.1.2 Statistik qamrovdan istisnolar

Aholi qamrovi: Uy xo`jaliklari kuzatuvi harbiy qism, qamoqxona, monastir, qariyalar uyi va talabalar uchun mo`ljallangan yotoqxona kabi muassasalarda yashovchi shaxslarni qamrab olmaydi.

Maxsulot qamrovi: INIni shakllantirishda ishlatilgan maxsulotlar, xususiy uy-joy qiymati, shaxsiy iste`mol uchun ishlab chiqarilgan maxsulotlar narxlari hisobga olinmaydi.

Savdo va xizmat ob`ektovlari qamrovi: Tanlanma narx kuzatuviga narxlari o`rtacha narxdan ancha qimmat bo`lgan eksklyuziv mahsulot va xizmatlar bilan savdo qiluvchi savdo ob`ektlari va pullik xizmat ko`rsatish joylari narxlari kuzatilmaydi.

Boshqalar: INIni hisoblashda obligatsiya va aktsiya kabi moliyaviy aktivlar hisobga olinmaydi, chunki bu kabilar hech qanday mahsulot turiga kirmaydi va uy xo`jaliklari a`zolarining shaxsiy ehtiyoj va talablarini qondirmaydi. Chet el valyuta birliklari bilan oldi-sotdilardan ham INIni hisoblashda foydalanilmaydi.

2.2.1.3 Aniqlanmagan faoliyat

Noqonuniy maxsulot va xizmatlar, masalan, fohishabozlik va giyohvandlik moddalari savdosi INIni hisoblashga kiritilmagan.

2.3 Klassifikatsiya/sektorlar bo`yicha bo`lish

2.3.1 Klassifikatsiya/sektorlar bo`yicha bo`lish

Uy xo`jaliklarida tanlama kuzatuvlar o`tkazish bo`yicha qo`llanma Jahon Banki va BMT YeIKning tavsiyasi asosida amalga oshiriladi.

2000 yilning aprelidan KIPTSga asoslangan va milliy sharoitimizga moslashgan uy xo`jaliklarida kuzatuvlar o`tkazishning milliy tasniflagichi yo`lga qo`yilgan.

INIni shakllantirishda mahsulot (xizmat)larning milliy tasniflagichidan foydalaniladi.

2.4 Hisobga olish asosi

2.4.1 Baholash

INIni salmog`i haridorning aniq narxga (tarif) baxolangan iste`mol xarajatlariga asalangan ma`lumotlar asosida shakllanadi (savdo va transport ustama harajatlari, qo`shimcha qiymat solig`i, aktsiz va boshqa soliqlar bilan).

INIni hisoblash uchun xaridorning aynan harid qilgan tovar (xizmat) narxlari, shuningdek, xaridorning barcha ustama va soliqlarni o`z ichiga olgan xoldagi xarid narxlari ro`yxatga olinadi.

Tovar narxlarini aniqlash parametri mahsulot va xizmat turlari orasidagi siljish xususiyatlari hisobga olinmagan holda amalga oshiriladi.

2.4.2 Hisobga olish asosi

Tovar va xizmatlarning aynan xarid qilish vaqtidagi narxlari ro`yxatga olinadi. Ayrim turdagi xizmatlar bo`yicha (masalan, elektroenergiya, gaz va boshqa turdagi ta`minotlar) ustama hisobi tamoyili asosida amalga oshiriladi.

2.4.3 Yalpi/sof ko`rsatkichlarni hisoblash tartiblari

 

 

3. ANIQLILIK VA ISHONCHLILIK

3.1 Boshlang`ich ma`lumotlar

3.1.1 Boshlang`ich ma`lumotlarni yig`ish dasturlari

Uy xo`jaliklari kuzatuvi qismi: istemol xarajatlari to`g`risidagi ma`lumotlar har yillik iste`molchining xarid qilishdagi o`zgaruvchan faolligi va xarakati ma`lumotlari asosida shakllantiriladi.

Tanlanma uy xo`jaliklari majmui shakllanishi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

  1. a) birinchi bosqichda dastlabki tanlov birliklari miqdori har bir hududning shahar va qishloqlari uchun alohida aniqlashtiriladi.

Kuzatuvda dastlabki tanlov birliklaridan yarim yil davomida foydalanilib, undan so`ng butunlay yangisiga almashtiriladi (100% yarim yillik o`zgarish). Shu tariqa, bir yil davomida ikki marta dastlabki tanlov birliklari amalga oshiriladi. Har yarim yil uchun dastlabki tanlov birliklari 216 tani tashkil etadi, shuningdek har yil uchun 408 DTB. Bunaqa raqamlar har bir hudud (Qoraqalpag`iston Respublikisi, viloyatlar va Toshkent sh.) uchun o`rtacha 15 va 30 DTB tashkil qiladi.

  1. b) ikkinchi bosqichda DTB tanlovi o`tkazilgandan keyin, barcha tanlab olingan maxalla va qishloqlarda ishlar boshlanguniga qadar, ularda yashovchi barcha uy-xo`jaliklar ro`yxati tuzilib, hududlar bo`yicha shahar va qishloqlar kesimida oddiy tasodifiy tanlov orqali tanlanadi.

Istisno kuzatuv natijalari tanlovi reprezentativligi va haqqoniyligi zaifligini ko`zlamaydi, barcha rezidentlar qamrab olinadi.

Uy-xo`jaliklari tanlanma kuzatuv anketasi ma`lumotlarning dolzarbligini hisobga olib, muntazam ravishda qayta ko`rib chiqiladi

Narx ma`lumotlari yig`ish qismida: iste`molchilar uchun ommabop, miqdori, turi hamda savdo va pullik xizmat ko`rsatish ob`ektlari geografik qamrovi, har bir tovar va xizmatlarga aloqador, shuningdek, tanlangan ob`ektlar o`rtasida narx va tariflarni taqsimlash, narx va tariflar kuzatuvi tanlovi uchun tovar va xizmatlar moxiyatini aks ettiradi.

yangi tovar va xizmatlar aholi umumiy iste`mol xarajatlarining 0,1% dan kam bo`lmagan ulushni tashkil qilganda, iste`mol narxlari kuzatuvi to`plamiga kiritiladi.

Narx ma`lumotlari to`plami batafsil bo`lib, har bir davr uchun taqqoslama ma`lumot hisoblanadi.

yangi tartib-qoidalarni aniqlash uchun INI tizimini tartibga soluvchi xalqaro standartlar kuzatuvi olib borilmoqda.

3.1.2 Ta`riflar, statistik qamrov, klassifikatsiyalar, baholashlar va boshlang`ich ma`lumotlarni hisobga olish davri

Statistik narx tadqiqotlarini olib borish uchun e`lon qilinib borilayotgan oylik indekslar davriyligi yetarlidir.

Hududiy qamrov va tanlanma ob`ektlar kuzatuvi to`liq talabga javob beradi.

Dastlabki ma`lumotlar bazaviy va hisobga olish davri bilan muvofiqlashtiriladi.

3.1.3 Boshlang`ich ma`lumotlarning o`z vaqtida tayyor bo`lishi

INIni hisoblash uchun narxlarni ro`yxatga olish hisobot oyining 10-sanasidan 20-sanasigacha har oy hamda qo`shimcha ravishda 14 asosiy turdagi oziq-ovqat tovarlari bo`yicha haftalik kuzatuvlar amalga oshiriladi.

Dastlabki ma`lumotlar MTUTning tavsiyasiga muvofiq INIni va keyingi kerakli ko`rsatgichlarni shakllantirish uchun o`z vaqtida taqdim etiladi.

3.2 Boshlang`ich ma`lumotlarni baholash

3.2.1 Boshlang`ich ma`lumotlarni baholash

Tanlov bo`yicha amalga oshirilgan har bir kuzatuvdagi xatoliklar to`g`risidagi ma`lumotlar muntazam ravishda kuzatib boriladi. Narxlar o`zgarishi, noto`g`ri tasniflash va ekstremal belgilar to`g`risidagi ma`lumotlar doimiy suratda tekshirib boriladi. Uy-xo`jaliklarning xarajatlari kuzatuvi jarayonida javoblar borasida xatoliklar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, uy-xo`jaliklari alkagol ichimliklari guruxiga mansub mahsulotlarga bo`lgan xarajatlarni pasaytirib ko`rsatishlari mumkin. Ushbu sababga ko`ra alkagol mahsulotlari chakana savdosi to`g`risidagi ma`lumotlarga asosan uy-xujaliklari kuzatuvi ma`lumotlarida o`zgartirishlar amalga oshiriladi.

Narxlar to`g`risidagi barcha noodatiy ma`lumotlarda yuz bergan tub burilish sabablari avvalgi davrlardagi ko`rsatkichlar bilan aniqlashtirilgan holda tekshiriladi.

3.3 Statistik usullar

3.3.1 Boshlang`ich ma`lumotlar bilan ishlashda statistik usullar

XVJ missiyasining tavsiyasi bo`yicha Respublikaning o`ziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda (17 fevral-2 mart 1998 yil) 1998 yil may oyidan e`tiboran sabzavot maxsulotlar narxlarini hisobga olishning yana bir usullaridan biri, bunda yilning alohida mavsumlarida bo`lmaydigan tovar narxlari kartoshka yoki boshqa sabzavot, yil davomida sotuvda mavjud maxsulotlar, lekin yilda 2 marta yig`iladigan hosilning o`rtacha salmoq narxi, bu tovarning sotuvda oshib boruvchi hajmi hisoblanib yangi hosil salmog`i yuritila boshladi. Shuningdek, XVJ missiyasining tavsiyasi bilan (noyabr 1999 yil) 2001 yildan boshlab INIni oylik hisoblashiga kiruvchi, 14 asosiy turdagi oziq-ovqat maxsulotlari narxlarining haftalik kuzatuvi usuli qullanila boshladi.

Mavsumiy sabzavot va mevalarning to`liq yuq bo`lib qolishida narxni shartli hisoblash uchun quyidagi indekslar qo`llaniladi:

  1. a) meva va poliz maxsulotlari – olma narxi o`zgarishi bo`yicha;
  2. b) sabzavotlar - piyoz narxi o`zgarishi bo`yicha.

 

2003 yildan meva-sabzavot maxsulotlari bo`yicha INIni hisoblashda har oy yangilanadigan salmoqlardan, turli salmoqlarning o`rtacha hisoblangan narxlaridan foydalaniladi.

yangi tovar va xizmatlar joriy etish tartibi alohida mezonga kura, aholi umumiy iste`mol xarajatlarining o`lushi 0,1% dan ortiq bo`lgan holda, iste`mol narxlari kuzatuvi to`plamiga kiritiladi.

3.3.2 Boshqa statistik jarayonlar

Uy xo`jaliklarini sarf-xarajatlarini aniklashda solishtirma og`irlik ma`lumotlaridan foydalaniladi.

Ro`yxatga olingan tovar narxlari va xizmatlarga shu fursatda to`lanadigan xak- iste`molchining iktisodiy xarajatlari hisobga olinadi.

Narxlar indeksini hisoblashda aloxida savdo nuqtalari va xizmat ko`rsatish ob`ektlari o`rta arifmetik miqdorda amalga oshiriladi.

Qiska muddatli narxlar indeksini hisoblashda ma`lumotlar o`tgan oy bazasiga qabul kilinadi, uzok muddatli narx indekslariga o`tgan yilgi dekabr oyi kiradi. Bundan tashqari narx indekslari tegishli oy va yil boshi tegishli davr o`tgan oyiga va chorak indekslari (o`tgan chorak va o`tgan yil mos choragi) hisoblanadi.

Indeksovlarni agregatsiyalashda Davlat statistika ko`mitasida Laspeyres formulasidan foydalanish orkali amalga oshiriladi.

INI solishtirma og`irlik xajmi xar yili yangilanadi va INI fevral oyida kiritiladi. Indekslarning bog`lanishi o`zgartirilgan og`irlik hajmida o`tgan yilgi indekslarni, koeffitsientlarni tadbik etish orkali amalga oshiriladi.

3.4 Ma`lumotlarni taqqoslash

3.4.1 Oraliq natijalarni taqqoslash

Hududlardan olingan ma`lumotlar muhokama va tahlil qilinadi, hududlarni solishtirish va muvofiklashtirish mavjud bo`lgan ma`lumotlar ma`muriy yo`l bilan tartibga solinadi.

Shuningdek axborotlar boshka manbadan olingan ma`lumotlar (misol uchun: respublika ichida narxlar sanoatda ishlab chikaruvchi tovarlar yoki Davlat statistika doirasida monitoring bo`yicha amalga oshirilgan ishlar) bilan solishtirilib ko`riladi.

3.4.2 Oraliq ma`lumotlarni baholash

 

3.4.3 yakuniy statistik ma`lumotlardagi farqlarni va boshqa muammolarni baholash

 

3.5 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish tahlili

3.5.1 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqishni o`rganish va tahlil qilish

INI ma`lumotlari shakllantirilmaydi va qaytadan ko`rilmaydi.

Solishtirma og`irli taxlil kilish o`tmish nuktai nazaridan qaralganda tavsif, ta`sir etish, kuzatish natijasida o`rin almashish maqsadida amalga oshirilar edi.

 

4. AMALIY YAROQLILILIK

4.1 Davriylik va o`z vaqtidaligi

4.1.1 Davriylik

INI xar oyda halkaro stardartlar mos keluvchi ma`lumotlarni tarqalishini tadbik etadi.

4.1.2 O`z vaqtidaligi

Oylik natija tarqalishiga muvofiq davlat statistika programmasida tavsiya uchun ma`lum muddat MTUT va ko`zda tutilgan kalendar ma`lumotlari chiqariladi.

4.2 Qiyosiylik

4.2.1 Ichki qiyosiylik

Respublika buyicha INI quyidagi yiriklashgan xarajat shakllariga bo`linadi.

  • Barcha tovarlar va xizmatlar
  • Ozik-ovkat mollari
  • Nooziq-ovqat mollari
  • Xizmatlar

4.2.2 Vaqt bo`yicha qiyosiylik

INI oylik dinamik qatorlarini navbatma-navbat 1994 yildan foydalanishlari mumkin. 2003 yildan INI sabzavot va mevalar o`zgaruvchan vazn gruppalarida shakllantirilishi qo`llay boshlagan.

4.2.3 Sektorlar va sohalar o`rtasidagi qiyosiylik

 

4.3 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish

4.3.1 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish jadvali

INI ma`lumotlari oxirgisi bo`lib qaytadan ko`rilmaydi. yangilanish davriyligi yilda bir marta og`irlik vazni yetarlicha va barqaror hisoblanadi

4.3.2 Dastlabki va/yoki qayta ko`rib chiqilgan ma`lumotlarni aynan shu toifasi bo`yicha belgilash

INI bo`yicha ma`lumotlar qat`iy aniklangan bo`lib qaytadan ko`rib chiqilmaydi

4.3.3 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqishni tahlil qilish va o`rganish bo`yicha olingan natijalarni tarqatish

INI bo`yicha ma`lumotlar qat`iy aniklangan bo`lib qaytadan ko`rib chiqilmaydi

 

5. QULAYLIGI

5.1 Ma`lumotlar

5.1.1 Statistik ma`lumotlarni taqdim etish shakli

INI bo`yicha ma`lumotlar byulleten shaklida nashr etiladi. «Iste`mol narxlari indeksi tovarlar va xizmatlar» , shuningdek qiziqqan foydalanuvchiga oldindan rasmiy talab asosida elektron kqrinishida yoki bosma shaklda takdim etiladi.

Bulardan tashqari axborot narx indekslari rasmiy veb-saytda bayon kilingan.

Davlat statistika ko`mitasi www.stat.uz saytida, «narx indekslari» bo`limida.

5.1.2 Ma`lumotlarni tarqatish vositalari va shakllari

5.1.2.1 Bosma shaklida – yangi nashrlar

 

5.1.2.2 Bosma shaklida – yangi nashrlar

Mavjud emas

5.1.2.3 Bosma shaklida – Oylik byulletenlar

Oylik byulleten «iste`mol narxlari indeksi tovarlar va xizmatlar uchun»

5.1.2.4 Bosma shaklida – Choraklik byulletenlar

Ishlab chiqarilmaydi.

5.1.2.5 Bosma shaklida – Boshqalar

Foydalanuvchiga ma`sus savollar uchun jadval.

5.1.2.6 Elektron shaklda – Onlayn byulletenlar yoki ma`lumotlar

Narx indekslari bo`yicha ma`lumotlar Davlat statistika ko`mitasining rasmiy veb-saytidan foydalanishlari mumkin. «Narx indekslari» bo`limida .

. 5.1.2.7 Elektron shaklda – Boshqalar

Saytda (http://stat.uz/ru/opendata

5.1.5 So`rov bo`yicha ma`lumotlarni tarqatish

O`zbekiston Respublikasi «Davlat satistika to`g`risida» qonuniga binoan, «O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika ko`mitasi» nizomi dasturi bo`yicha tayyorlangan reglament va statistika axborotlarni tarqalishi va boshqa normativ xujjatlar statistika ma`lumotlaridan foydalanishga rasmiy talab asosida taqdim etiladi.

Statistika yuridik va jismoniy shaxslarning yozma murojaatlariga ma`lumotlarni bosma yoki elektron jadval ko`rinishida taqdim etadi. Statistika byulletenlari to`plami shuningdek ekspress-informatsiyalar, axborotlar o`zaro shartnoma asosida takdim etiladi.

5.2 Metama`lumotlar

5.2.1 Kontseptsiyalar, statistik qamrov, klassifikatsiyalar, hisobga olish asosi, ma`lumotlar manbasi va statistik usullar to`g`risidagi hujjatlarni tarqatish

Veb-saytda statistika ko`rsatkichi bo`yicha joy olgan, statistika iste`mol narxlari xisob-kitob shakllanishi metodikasi joylashtirilgan. https://lib.stat.uz/ru/metodicheskie-materialy/tseny

 

9. REJALAR

9.1 Oxirgi

9.1.1 Takomillashtirish rejalari – Oxirgi takomillashtirishlar

2017 yilda ro`yxat bo`yicha olib boriladigan iste`mol tovarlar va xizmatlar narxlari kuzatuvi yangilandi va kengaytirildi. Oldin 334ta tovar va xizmatlar mahsulotlari, kuzatuvi amalga oshirilar edi, 2017 yildan nomenklatura ro`yxatiga qo`shimcha 16 mahsulot qo`shildi

9.2 Umumiy

9.2.1 Takomillashtirish rejalari – Qisqa muddatlilari

Kelgusidagi rejalar:

- INIni ijtimoiy-iktisodiy va geografik xarakter barqarorligi xisobidan me`zonlarini takomillashtirish, mexanizmini tanlash va optimallash territorial qamrab olinadi;

- savdo va xizmatlarda tanlangan ob`ektlarini hisobga olish, milliy va xalkaro tajribaga tasniflash;

- Iste`mol bozorlari monitoring nomenklaturasida tanlangan tovarlar va xizmatlar narxlari kuzatuvini mexanizmini yangilash;

- INIda qo`llaniladigan Salmoqni aniklash uchun ma`lumotlar bazasini sifatli takomillashtirish, byudjet uy-xo`jaliklari va iste`mol narxlar statistikasi kuzatuvida KIPTS bo`yicha maqsadli individual iste`mol tasnifi mexanizmi(SNS-2008)ga boskichma-boskich o`tishni joriy kilish;

- umum tan olingan xalkaro standartlar bilan INIning mavsumiy ozik-ovqat guruxi tovarlari bo`yicha hisoblash usulini uygunlashtirish ( shu jumladan INIning meva- sabzavot gurux tovarlari bo`yicha salmoqni hisoblash uchun foydalanishga o`tiladi);

9.2.2 Takomillashtirish rejalari – O`rta muddatlilari

yaqin rivojlanish tadbirlari rejalarida ilg`or xalqaro tajriba va zamonaviy texnologiya imkoniyatlarini hisobga olib, narxlar kuzatuvi usullarini takomillashtirish rejalashtirilmokda. Jumladan «skanirovaniya» usuli asosida «pilotniy» kuzatuvni o`tkazish.

9.3 Moliyaviy

9.3.1 Takomillashtirish rejalari – Texnik yordam/moliyalashtirishga ehtiyojlar – Qisqa muddatli

Davlat statistika ishlarini tashkil etish dasturi har yili belgilangan doirada moliyalashtiriladi

9.3.2 Takomillashtirish rejalari - Texnik yordam/moliyalashtirishga ehtiyojlar– O`rta muddatli

 
  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash