Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Murojaat uchun shaxs №1

F.I.SH.:

G`ulomov Shovkat

Lavozimi:

Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig`i v.v.b

Tashkilot:

O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi

Manzil:

Mustаqillik shoh ko‘chаsi, 63-uy

Viloyat:

Toshkent shahar

Davlat:

O‘zbekiston Respublikаsi

Pochta indeksi:

100192

Telefon (davlat kodi/shahar kodi/raqam)

998 – 71 – 230 8051

Faks(davlat kodi/shahar kodi/raqam)

998 – 71 – 230 8112

Elektron pochta:

Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. Вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

Murojaat uchun shaxs №2

F.I.SH.:

Yuldashev Jahongir Rahmatovich

Lavozimi:

Qishloq xo`jaligida tarkibiy o`zgarishlar bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo`limi boshlig`i

Tashkilot:

O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi

Manzil:

Mustаqillik shoh ko‘chаsi, 63-uy

Viloyat:

Toshkent shahar

Davlat:

O‘zbekiston Respublikаsi

Pochta indeksi:

100192

Telefon (davlat kodi/shahar kodi/raqam)

998– 71 – 230 8111

 

0-1. ASOSLAR

0.2 Resurslar

0.2.1 Kadrlar, moddiy-texnik, elektron hisoblash va moliyaviy resurslar

Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish indekslarini shakllantirish bilan Markaziy apparatda – 4 nafar xodim, hududiy statistika organlarida: tumanlar statistika bo`limlarida – 1 nafar, hududiy statistika boshqarmalarining qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi bo`limlarida – 1-2 nafardan xodim shug`ullanadi.

Qishloq xo`jaligi statistikasi bo`yicha statistik ma`lumotlarni shakllantirish bo`yicha qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun xodimlar soni yetarli.

Barcha xodimlar iqtisodyot va qishloq xo`jaligi sohasida oliy ma`lumotga ega. Boshqarma xodimlari Davlat statistika qo`mitasining kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi kurslarida o`z malakasini oshiradilar.

Boshqarma yetarli miqdordagi kompyuterlarga ega – har bir xodim lokal tarmoqqa ulangan, muntazam ravishda dasturiy ta`minot yangilanib turiladigan alohida kompyuterda ishlaydi.

Qishloq xo`jaligi statistikasi bo`yicha davlat statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan ishlarni bajarish uchun ajratilayotgan moliyaviy manbalar yetarli.

 

2. METODOLOGIYA

2.1 Kontseptsiya va ta`riflar

2.1.1 Kontseptsiya va ta`riflar

Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish indekslari qishloq xo`jaligining qisqa muddatli rivojlanish tendentsiyasini milliy va hududiy darajada baholash, YaIMni baholash maqsadida hisoblanadi.

Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish indeksi MHT 1993 yil tavsiya qilgan tushunchalar va ta`riflardan kelib chiqib, yillik va choraklik asosda shakllantiriladi.

Indeksni hisoblash ishlab chiqarilgan mahsulotlarning natura va qiymat ko`rinishidagi hajmi bo`yicha ma`lumotlarga asoslangan.

Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish indeksi Laypeyres formulasiga muvofiq hisoblanadi va hisobot davrining bazaviy davriga nisbatan qiymat koeffitsienti hisoblanadi, bunda bazaviy davr narxlaridan foydalaniladi.

Har xil turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotlari baholash (tortish) bilan qiymat aniqlanadi.

2.2 Statistik qamrov

2.2.1 Statistik qamrov

2.2.1.1 Ma`lumotlarning statistik qamrovi

Ma`lumotlarning geografik qamrab olinishi Qoraqalpog`iston Respublikasi va 12 ta viloyatlarni o`z ichiga oladi.

Qishloq xo`jaligi statistikasi bo`yicha ko`rsatkichlarni shakllantirish quyidagi qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilari toifalari bo`yicha amalga oshiriladi:

a) fermer xo`jaliklari;

b) dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklar;

v) qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar.

2.2.1.2 Statistik qamrovdan istisnolar

Istisnolar yo`q

2.2.1.3 Aniqlanmagan faoliyat

Yashirin iqtisod hisobga olinmaydi.

2.3 Klassifikatsiya/sektorlar bo`yicha bo`lish

2.3.1 Klassifikatsiya/sektorlar bo`yicha bo`lish

Faoliyat turlari bo`yicha taqsimlash O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari tasniflagichi (OKeD 2-tahrir)ga, Yevropa Ittifoqi doirasidagi iqtisodiy faoliyat Tasniflagichi (KDES 2-tahrir) ekvivalentiga muvofiq amalga oshiriladi.

2.4 Hisobga olish asosi

2.4.1 Baholash

Qishloq xo`jaligi mahsulotlarining qiymat ko`rinishidagi hajmini aniqlash, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qachon sotilishidan qat`iy nazar, ular ishlab chiqarilgan vaqtdagi narxida baholashni nazarda tutadi.

2.4.2 Hisobga olish asosi

Operatsiyalar va oqimlar MHT 2008 ning tavsiyalariga muvofiq hisoblab yozish tamoyili asosida hisoblanadi.

2.4.3 Yalpi/sof ko`rsatkichlarni hisoblash tartiblari

 

 

3. ANIQLILIK VA ISHONCHLILIK

3.1 Boshlang`ich ma`lumotlar

3.1.1 Boshlang`ich ma`lumotlarni yig`ish dasturlari


Birlamchi davlat statistika hisobotlari ma`lumotlari, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish indeksini hisoblash uchun axborot bazasi hisoblanadi:

- yilda bir marta, fermer xo`jaliklari, fuqarolar yig`inlari, qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi yirik tashkilotlar uchun davlat statistika hisobotlari, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona hisobot ma`lumotlari asosida qishloq xo`jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi to`g`risidagi aniqlik kiritilgan axborotlar shakllantiriladi;

- har chorakda, qishloq xo`jaligi mahsulotlarining hajmi, fermer xo`jaliklari, fuqarolar yig`inlari, qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi yirik tashkilotlar hisobotlari va boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo`jaligi mahsulotlari hajmini baholash asosida tezkor tartibda hisoblanadi.

Fermer va dehqon xo`jaliklarining statistik kuzatuvlari yilda 2 marta o`tkaziladi.

3.1.2 Ta`riflar, statistik qamrov, klassifikatsiyalar, baholashlar va boshlang`ich ma`lumotlarni hisobga olish davri

Dastlabki ma`lumotlar asosiy davrda qilingan hisob-kitoblar vaqti bilan mos keladi Qishloq xo`jaligi mahsulotlari hajmi to`g`risidagi statistik axborotlar, asosiy faoliyat turi qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hisoblanadigan, shuningdek qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi qishloq xo`jaligi bo`lmagan barcha korxonalar tomonidan davlat statistika organlariga taqdim etiladi.

3.1.3 Boshlang`ich ma`lumotlarning o`z vaqtida tayyor bo`lishi

Dastlabki ma`lumotlar o`z vaqtida kelib tushadi, ma`lumotlarni taqdim etish muddatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat statistika ishlari dasturida belgilangan.

Dastlabki ma`lumotlar har chorakning 8-sanasida shakllantiriladi. Yillik –hisobot davridan keyingi 6 oydan kechiktirmay.

3.2 Boshlang`ich ma`lumotlarni baholash

3.2.1 Boshlang`ich ma`lumotlarni baholash

 

3.3 Statistik usullar

3.3.1 Boshlang`ich ma`lumotlar bilan ishlashda statistik usullar

Qishloq xo`jaligining fizik hajmi indeksini hisoblash uchun hisobot va bazaviy davrlardagi qishloq xo`jaligi mahsulotlarining solishtirma narxlardagi hajmi taqqoslanadi, iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha kengaygan individual indekslarni bosqichma-bosqich agregatsiyasi qo`llaniladi.

3.3.2 Boshqa statistik jarayonlar

Ma`lumotlarni tuzatish va qayta o`zgartirish asoslangan usullar yordamida amalga oshiriladi.

3.4 Ma`lumotlarni taqqoslash

3.4.1 Oraliq natijalarni taqqoslash

Baholangan va hisobot ma`lumotlari muntazam ravishda solishtirib boriladi.

Tezkor va aniqlashtirilgan ma`lumotlar orasidagi farq sezilarsiz darajada.

3.4.2 Oraliq ma`lumotlarni baholash

Oraliq ma`lumotlardagi statistik tafovutlarni baholash yillik aniqlashtirilgan ma`lumotlar asosida amalga oshiriladi. Oraliq ma`lumotlardagi tafovutlar muntazam ravishda tekshirib boriladi va ularni bartaraf etish uchun choralar ko`riladi.

3.4.3 yakuniy statistik ma`lumotlardagi farqlarni va boshqa muammolarni baholash

Chiquvchi statistik ma`lumotlardagi statistik tafovutlar o`rganiladi.

Tezkor ma`lumotlarni yakuniy natijalar bilan solishtirish amalga oshiriladi, farqlarning sabablariga aniqlik kiritiladi va tahlil qilinadi.

3.5 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish tahlili

3.5.1 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqishni o`rganish va tahlil qilish

Yanvar-dekabr oylari uchun dastlabki yillik ko`rsatkichlar yillik hisobot ma`lumotlar bilan hisobot davridan so`ng 6 oydan keyin taqqoslanadi.

2016 yildan boshlab OKED (2-tahrir) tasniflagichiga o`tilishi munosabati bilan, 2010 yildan 2015 yilgacha yillik hajmlar va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish indekslari qayta hisoblab chiqildi.

 

4. AMALIY YAROQLILILIK

4.1 Davriylik va o`z vaqtidaligi

4.1.1 Davriylik

Ishlab chiqarish indeksini hisoblash har chorakda amalga oshiriladi, aniqlashtirilgan ko`rsatkichlar esa yillik hisobot ma`lumotlari bo`yicha.

4.1.2 O`z vaqtidaligi

Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish indeksi hisobot davridan keyingi oyning 8 kuni, yillik ko`rsatkichlar-hisobot davridan keyingi 6 oydan kechiktirmay chop etiladi. MTUT ma`lumotlarni chop etish taqvimida belgilangan muddatlarga muvofiq chop etiladi.

4.2 Qiyosiylik

4.2.1 Ichki qiyosiylik

Statistik qatorlar ichki taqqoslash bilan tavsiflanadi.

4.2.2 Vaqt bo`yicha qiyosiylik

1991 yildan boshlab dinamik qatorlar mavjud (http://stat.uz/statinfo/dinamicheskie-ryady).

2016 yildan boshlab OKED (2-tahrir) tasniflagichiga o`tilishi munosabati bilan, 2010 yildan 2015 yilgacha yillik hajmlar va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish indekslari qayta hisoblab chiqildi.

4.2.3 Sektorlar va sohalar o`rtasidagi qiyosiylik

 

4.3 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish

4.3.1 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish jadvali

Davlat statistika ishlari dasturiga asosan, dasturda ko`zda tutilgan muddatlarda yanvar-dekabr uchun dastlabki ma`lumotlarga yillik statistik hisobotlar bilan aniqlik kiritiladi.

4.3.2 Dastlabki va/yoki qayta ko`rib chiqilgan ma`lumotlarni aynan shu toifasi bo`yicha belgilash

Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan muddatlarda, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish indeksi bo`yicha ma`lumotlar aniqlik kiritilgan yillik hisobotlarga asosan qayta ko`rib chiqiladi.

4.3.3 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqishni tahlil qilish va o`rganish bo`yicha olingan natijalarni tarqatish

Statistik to`plamlarda o`tgan yil uchun ayrim ko`rsatkichlar qayta ko`rib chiqilganligi ko`rsatib o`tiladi.Qayta ko`rib chiqilgan (yakuniy) ma`lumotlar Davlat statistika qo`mitasining nashrlari orqali tarqatiladi.

 

5. QULAYLIGI

5.1 Ma`lumotlar

5.1.1 Statistik ma`lumotlarni taqdim etish shakli

Ishlab chiqarish indeksi bo`yicha ma`lumotlar «O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati», «O`zbekiston Respublikasining statistik sharhi», «O`zbekiston Respublikasining milliy hisoblari» va boshqa nashrlar orqali foydalanuvchilarga taqdim etiladi.

5.1.2 Ma`lumotlarni tarqatish vositalari va shakllari

5.1.2.1 Bosma shaklida – yangi nashrlar

Ma`lumotlar O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining nashrlari orqali bosma shaklida foydalanuvchilarga tarqatiladi: «O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati» (har chorakda), «O`zbekiston Respublikasining statistik sharhi» (har chorakda), «O`zbekiston Respublikasining milliy hisoblari» (2 yilda 1 marta) va boshqalar.

5.1.2.2 Bosma shaklida – yangi nashrlar

 

5.1.2.3 Bosma shaklida – Oylik byulletenlar

 

5.1.2.4 Bosma shaklida – Choraklik byulletenlar

«O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati»

«O`zbekiston Respublikasining statistik sharhi»

«O`zbekiston Respublikasining milliy hisoblari»

5.1.2.5 Bosma shaklida – Boshqalar

Har yilgi statistik nashrlarda ma`lumotlar keltiriladi:

«Qishloq xo`jaligi»

«Hududlarning statistik yilnomasi»

«O`zbekiston raqamlarda»

Foydalanuvchilarning maxsus so`rovlari bo`yicha jadvallar

5.1.2.6 Elektron shaklda – Onlayn byulletenlar yoki ma`lumotlar

Har chorakda veb-saytda «O`zbekiston Respublikasining statistik sharhi» nashr etiladi.

. 5.1.2.7 Elektron shaklda – Boshqalar

Davlat boshqaruvi organlariga va boshqa foydalanuvchilarga so`rovlar bo`yicha har chorakda va har yili elektron jadval ko`rinishida ma`lumotlar taqdim etiladi.

5.1.5 So`rov bo`yicha ma`lumotlarni tarqatish

Foydalanuvchilarning maxsus so`rovlari bo`yicha jadvallar

5.2 Metama`lumotlar

5.2.1 Kontseptsiyalar, statistik qamrov, klassifikatsiyalar, hisobga olish asosi, ma`lumotlar manbasi va statistik usullar to`g`risidagi hujjatlarni tarqatish

«O`zbekiston qishloq xo`jaligi» to`plami chop etiladi. To`plamda qishloq xo`jaligi statistikasining muhim ko`rsatkichlarining qisqacha uslubiy tavsifi mavjud.

 

9. REJALAR

9.1 Oxirgi

9.1.1 Takomillashtirish rejalari – Oxirgi takomillashtirishlar

Davlat statistika kuzatuvlari instrumentariyasi (shakllar va so`rovnomalar)ni takomillashtirish.

9.2 Umumiy

9.2.1 Takomillashtirish rejalari – Qisqa muddatlilari

 

9.2.2 Takomillashtirish rejalari – O`rta muddatlilari

2018 yildan boshlab ishlab chiqarish indeksini diskret choraklar bo`yicha hisoblashni joriy etish.

9.3 Moliyaviy

9.3.1 Takomillashtirish rejalari – Texnik yordam/moliyalashtirishga ehtiyojlar – Qisqa muddatli

Moliyalashtirish davlat statistika ishlari Dasturi doirasida ta`minlangan

9.3.2 Takomillashtirish rejalari - Texnik yordam/moliyalashtirishga ehtiyojlar– O`rta muddatli

Moliyalashtirish davlat statistika ishlari Dasturi doirasida ta`minlangan

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
EKSPRESS-MA`LUMOTLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
USLUBIY MATERIALLAR
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI
Tugmani bosing Tinglash