Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Murojaat uchun shaxs №1

F.I.SH.:

Shodiyev Bexzod Serojidinovich

Lavozimi:

Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig`i

Tashkilot:

O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi

Manzil:

Mustаqillik shoh ko‘chаsi, 63-uy

Viloyat:

Toshkent shahar

Davlat:

O‘zbekiston Respublikаsi

Pochta indeksi:

100192

Telefon (davlat kodi/shahar kodi/raqam)

998 – 71 – 230 8065

Faks(davlat kodi/shahar kodi/raqam)

998 – 71 – 230 8153

Elektron pochta:

Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. Вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

Murojaat uchun shaxs №2

F.I.SH.:

Yuldoshev Zoyir Toshkanovich

Lavozimi:

Mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq to`lash ko`rsatkichlarini shakllantirish va tahlil etish bo`limi boshlig`i

Tashkilot:

O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi

Manzil:

Mustаqillik shoh ko‘chаsi, 63-uy

Viloyat:

Toshkent shahar

Davlat:

O‘zbekiston Respublikаsi

Pochta indeksi:

100192

Telefon (davlat kodi/shahar kodi/raqam)

998– 71 – 230 8126

Elektron pochta:

Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. Вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

 

0-1. ASOSLAR

0.2 Resurslar

0.2.1 Kadrlar, moddiy-texnik, elektron hisoblash va moliyaviy resurslar

Respublika miqyosida ish haqi bo`yicha ma`lumotlarni shakllantirishni Demografiya va mehnat statistikasi Boshqarmasi, Mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq to`lash ko`rsatkichlarini shakllantirish va taxlil etish bo`limi xodimlari amalga oshiradi, shuningdek viloyat darajasidagi ushbu ko`rsatkichlarni viloyat statistika Boshqarmasi demografiya va mehnat statistikasi bo`limlari xodimlari shakllantiradi.

Mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq to`lash ko`rsatkichlarini shakllantirish va taxlil etish bo`limida 7 ta xodim, viloyat boshqarmalari demografiya va mehnat bo`limlarida o`rtacha 5 tadan xodim ishlaydi.

Umuman ish haqi bo`yicha statistik ma`lumotlarni shakllantirish bo`yicha qo`yilgan topshiriqlarni bajarish uchun xodimlar soni yetarli, xodimlar saqlash va ko`nikmalarni rivojlantirish bo`yicha qo`yilgan topshiriqlarni bajarishni ta`minlaydi.

Hamma xodimlar oliy ma`lumotga ega. Davlat statistika qo`mitasining kadrlarni tayyorlash va statistik kuzatuvlar markazida doimiy 2 yilda 1 marta xodimlarni o`qitish ishdagi ko`nikmalarini qo`llab-quvvatlashga va rivojlantirishga yordam beradi.

Har bir ish o`rni lokal tarmoqqa ulangan shaxsiy kompyuter bilan ta`minlangan. Programma ta`minoti davriy yangilanadi, qo`yilgan va yuzaga kelishi mumkin bo`lgan masalaga javob beradi. Beriladigan moliyaviy manba davlat statistika ishlari Dasturida ko`rsatilgan mehnat statistikasi qismi bo`yicha ishlarni bajarish uchun yetarli.

 

2. METODOLOGIYA

2.1 Kontseptsiya va ta`riflar

2.1.1 Kontseptsiya va ta`riflar

Bandlik bo`yicha kontseptsiya va ta`riflar Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) standartiga asoslangan.

Metodologiya quyidagi xujjatlarga asoslangan:

Xalqaro mehnat tashkilotining bosh konferentsiyasida qabul qilingan Bitim 1985 yil mehnat statistikasi to`g`risida (№160) va Tavsiyalar 1985 yil mehnat statistikasi to`g`risida (№170).

Mehnat statistiklarining 11-Xalqaro Konferentsiyasida qabul qilingan “Ishchi kuchi xarajatlariga bag`ishlangan Rezolyutsiyasi” (1966 yil, oktyabr);

Mehnat statistiklarining 12-Xalqaro Konferentsiyasida qabul qilingan “Ish haqi statistikasining integratsiyalashgan tizimiga bag`ishlangan Rezolyutsiyasi” (1973 yil, oktyabr);

Bundan tashqari, mehnatga haq to`lash va o`rtacha ish haqini hisoblash MHT-93 printsiplariga asoslangan.

Nominal hisoblangan ish haqi-bu bir soat, kun, hafta, oy uchun hisoblangan pul summasidir.

Nominal hisoblangan ish haqi daromad solig`i va qonunda ko`rsatilgan boshqa ushlanmalar olib tashlanmagan holatdagi ko`rinishda bo`ladi, ya`ni brutto.

O`rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi yuridik shaxslarda ishlovchi xodimlarga hisoblangan ish haqi fondini (daromad solig`i va majburiy sug`urta badallarini qo`shgan holda) yuridik shaxslarda ishlovchi xodimlar soniga va oylar soniga bo`lish orqali aniqlanadi.

Real ish haqi-bu ish haqining sotib olish qobiliyatidir.

Real ish haqi nominal hisoblangan ish haqining iste`mol narxlari indeksiga nisbatan hisoblanadi.

“Ish haqi” tushunchasi o`z ichiga barcha ko`rinishdagi (shuningdek, turli mukofotlar, qo`shimcha haq, ustamalar va ijtimoiy imtiyozlar), pul shaklida hisoblangan (moliyalashtirish mabasidan qat`iy nazar), shuningdek qonun hujjatlaridan kelib chiqqan holda ishlanmagan vaqt uchun xodimlarga hisoblangan pul to`lovlari (yillik ta`til, bayramlar uchun va boshqalar)ni oladi.

Mehnatga haq to`lash ko`rinishidagi daromadlar, ish beruvchi va xodim o`rtasidagi mehnat shartnomasi asosida mehnat munosabatlariga kirishgan jismoniy shaxsga hisoblangan va to`langan to`lovlar.

Rag`batlantirish ko`rinishidagi to`lovlar, yillik ish yakunlari bo`yicha mukofotlar, yuridik shaxsning mukofotlash to`g`risidagi qoidasida nazarda tutilgan rag`batlantirish xususiyatiga ega to`lovlar, kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar, ta`tilga qo`shimcha haqlar, ko`p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to`lovlar, ratsionalizatorlik taklifi uchun to`lov, mehnat natijalari bilan bog`liq bo`lmagan bir yo`la beriladigan mukofotlar.

Kompensatsiya to`lovlari (kompensatsiya)

Ishlanmagan vaqt uchun haq to`lash

2.2 Statistik qamrov

2.2.1 Statistik qamrov

2.2.1.1 Ma`lumotlarning statistik qamrovi

Ma`lumotlarning geografik qamrovi o`z ichiga Qoraqalpog`iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahrini oladi.

Tarmoqlar qamrovi: Barcha iqtisodiy faoliyat turlari iqtisodiy faoliya turlari klassifikatoriga muvofiq IFTK 2 (NACE 2).

Kasbiy qamrov: Barcha kasblar.

Aholi qamrovi: Korxona va tashkilotlarga yoshidan qat`iy nazar bir va undan ko`p kunga doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy qabul qilingan xodimlar.

Institutsional qamrov: Ish haqi bo`yicha oylik va choraklik ma`lumotlar kichik tadbirkorlik sub`ektlaridan tashqari barcha tashkilotlarni qamrab oladi. Ish haqi bo`yicha yillik ma`lumotlar barcha tashkilotlarni o`z ichiga qamrab oladi.

Mavzu bo`yicha qamrov: Ma`lumotlar quyidagilarni o`z ichiga oladi:

- choraklik ma`lumotlar: iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha guruhlanadi;

- yillik ma`lumotlar: iqtisodiy faoliyat turlari, shahar va qishloq joylari bo`yicha guruhlanadi.

2.2.1.2 Statistik qamrovdan istisnolar

Oylik ish haqi to`g`risidagi ma`lumotlar kichik tadbirkorlik sub`ektlaridan tashqari barcha tashkilotlarni qamrab oladi.

2.2.1.3 Aniqlanmagan faoliyat

Ro`yxatga olinmagan faoliyat turlari kuzatilmaydi.

2.3 Klassifikatsiya/sektorlar bo`yicha bo`lish

2.3.1 Klassifikatsiya/sektorlar bo`yicha bo`lish

Tasniflash: 2016 yilgacha milliy klassifikator bo`yicha tasniflash olib borilgan, 2017 yil 1 yanvardan Umumdavlat iqtisodiy faoliya turlari klassifikatoriga muvofiq IFTK 2 (NACE 2).

Shuningdek ish haqi ma`lumotlari Respublika hududlari bo`yicha jamlanadi

2.4 Hisobga olish asosi

2.4.1 Baholash

O`rtacha oylik ish haqi milliy valyuta birligi-o`zbek so`mida hisoblanadi.

Xorijiy valyutada hisoblangan ish haqi O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining xorijiy valyutaning so`mga nisbatan kurslariga ko`ra qayta hisoblanadi.

2.4.2 Hisobga olish asosi

O`rtacha ish haqi bo`yicha ma`lumotlar oylik va yil boshidan davrlarga hisoblanadi.

2.4.3 Yalpi/sof ko`rsatkichlarni hisoblash tartiblari

XMT tavsiyalariga ko`ra o`rtacha ish haqi darajasi (o`rtacha oylik va o`rtacha yillik) jami ish haqi fondini xodimlar soniga va oylar soniga bo`lish bilan aniqlanadi:

O`rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi jami xodimlarga hisoblangan ish haqi fondini (tashqi o`rindoshlar va fuqarolik-huquqiy tarzda tuzilgan shartnomalar asoasida ishlovchi xodimlar)o`rtacha ish haqi hisoblash uchun qabul qilingan xodimlar soniga va tegishli hisobot davri oylari soniga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi.

O`rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi indeksi bita xodimga hisoblangan o`rtacha oylik nominal ish haqining o`tgan davrlarga nisbatan o`zgarishi aks ettiriladi.

Real ish haqi indeksi o`rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqini shu davr uchun tovar va xizmatlar uchun iste`mol narxlar indeksiga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi.

 

3. ANIQLILIK VA ISHONCHLILIK

3.1 Boshlang`ich ma`lumotlar

3.1.1 Boshlang`ich ma`lumotlarni yig`ish dasturlari

Ma`lumot manbalari: Dastlabki ma`lumot 3 oylik va yillik davriylik bilan mulkchilik shaklidan qat`iy nazar, barcha xo`jalik yurituvchi sub`ektlardan olinadi.
Ma`lumotlarni yig`ish: Dastlabki ma`lumotlarning to`plami korporativ statistikaga asoslangan milliy sharoitning xususiyatlarini hisobga olgan holda ma`lumotlar yig`ishning keng qamrovli dasturlari dorasida amalga oshiriladi. Mehnat ko`rsatkichlari bo`lgan xodimlar soni va ish haqi fondi bo`yicha dastlabki ma`lumotlarni yig`ish davlat statistika kuzatuvi asosida amalga oshiriladi.

Kichik biznes sub`ektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fermer xo`jaliklari mehnat ko`rsatkichlari mavjud yillik statistika hisobotlarini taqdim etadilar.

Yuqoridagilarga kirmaydiganyuridik shaxslar choraklik statistika hisobotini taqdim etadilar.

Yillik yig`ma ma`lumotlar 25 mayda tayyor bo`ladi.

3.1.2 Ta`riflar, statistik qamrov, klassifikatsiyalar, baholashlar va boshlang`ich ma`lumotlarni hisobga olish davri

Statistik qamrov, klassifikatsiya, baholash va boshlang`ich ma`lumotlarni hisobga olish davri talab qilinadigan ta`riflar parametriga yetarli darajada yaqin keladi.

O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga ko`ra o`rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi o`z ichiga xodimlarga hisoblangan pul ko`rinishidagi quyidagi to`lovlarni oladi:

ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo`lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to`lanadigan barcha to`lovlar mehnatga haq to`lash tarzidagi daromadlar rag`batlantirish ko`rinishidagi to`lovlar, yillik ish yakunlari bo`yicha mukofotlar, yuridik shaxsning mukofotlash to`g`risidagi qoidasida nazarda tutilgan rag`batlantirish xususiyatiga ega to`lovlar, kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar, ta`tilga qo`shimcha haqlar, ko`p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to`lovlar, ratsionalizatorlik taklifi uchun to`lov, mehnat natijalari bilan bog`liq bo`lmagan bir yo`la beriladigan mukofotlar kompensatsiya to`lovlari (kompensatsiya) ishlanmagan vaqt uchun haq to`lash

3.1.3 Boshlang`ich ma`lumotlarning o`z vaqtida tayyor bo`lishi

Ma`lumotlarni yig`ish dasturi ularni o`z vaqtida olishni ta`minlaydi.

Davlat statistika ishlari Dasturida belgilangan muddatda davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlarni har chorak yakuni bo`yicha jami respublika bo`yicha, viloyatlar kesimida va iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha ishlab chiqadi.

O`rtacha ish haqi ma`lumotlari choraklik va yillik statistika hisobotlariga asosan shakllantiriladi.

Choraklik: o`rtacha oylik ish haqi to`g`risidagi ma`lumotlar hisobot davridan keyingi 55 kun ichida shakllantiriladi.

Yillik: yillik ish haqi to`g`risidagi ma`lumotlar keyingi yilning 3 mayiga shakllantiriladi.

3.2 Boshlang`ich ma`lumotlarni baholash

3.2.1 Boshlang`ich ma`lumotlarni baholash

Chiquvchi ma`lumotlarni baholash choraklik davriylikda har bir iqtisodiy faoliyat turi va iqtisodiyot sektorlari bo`yicha amalga oshiriladi. Baholash natijalari statistika jarayonlarida kuzatiladi va hisobga olinadi.

Bundan tashqari, tashkilotlardan olinayotgan ma`lumotlar mantiqiy va arifmetik nazorat qilish predmeti bo`lib hisoblanadi.

3.3 Statistik usullar

3.3.1 Boshlang`ich ma`lumotlar bilan ishlashda statistik usullar

Statistik jarayonlardagi foydalanilayotgan usullar ma`lumotlarni qayta ishlashdagi xatoni kamaytirishga imkon beradi.

Respublika va hududlar va boshqa taksonomik birliklar bo`yicha, iqtisodiy faoliyat turi, iqtisodiyot sektorlari va xususiy sektorni qo`shgan holda nominal hisoblangan ish haqi quyidagicha hisoblanadi:

-oylik

-hisobot davriga o`rtacha oylik

Jami hududlar (respublika, region, tuman, shahar) bo`yicha oylik ish haqini hisoblash uchun jami xodimlarga (tashqi o`rindoshlar va fuqarolik-huquqiy tarzda tuzilgan shartnomalar asosida ishlovchi xodimlar) pul shaklida hisoblangan ish haqi fondi olinadi;

Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha oylik ish haqini aniqlash uchun ichki o`rindoshlarni qo`shgan holda, mehnat daftarchalariga ega bo`lgan xodimlar ish haqi fondi olinadi.

Jami hududlar (respublika, region, tuman, shahar) bo`yicha davr uchun ish haqini hisoblash uchun jami xodimlarga (tashqi o`rindoshlar va fuqarolik-huquqiy tarzda tuzilgan shartnomalar asosida ishlovchi xodimlar) pul shaklida hisoblangan ish haqi fondi olinadi;

Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha davr uchun ish haqini aniqlash uchun ichki o`rindoshlarni qo`shgan holda, mehnat daftarchalariga ega bo`lgan xodimlar ish haqi fondi olinadi. O`rtacha oylik ish haqini hisoblash uchun olingan ma`lumotlarni tegishli davr oylari soniga bo`linadi.

3.3.2 Boshqa statistik jarayonlar

 

3.4 Ma`lumotlarni taqqoslash

3.4.1 Oraliq natijalarni taqqoslash

Ish haqini choraklik solishtirish choraklik va yillik mehnat hisobotidan so`ng amalga oshiriladi.

Hisobot ma`lumotlarining to`g`riligi o`tgan davr ma`lumotlari bilan solishtirish yo`li bilan aniqlanadi.

3.4.2 Oraliq ma`lumotlarni baholash

Yakuniy va oraliq statistik ma`lumotlar muntazam ravishda baholanadi va solishtirib boriladi. Farq mavjud bo`lgan taqdirda ularni bartaraf etish choralari ko`riladi.

3.4.3 yakuniy statistik ma`lumotlardagi farqlarni va boshqa muammolarni baholash

 

3.5 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish tahlili

3.5.1 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqishni o`rganish va tahlil qilish

Nashr qilingan barcha mehnatga haq to`lash bo`yicha ma`lumotlar yakuniy bo`lib, qayta ko`rib chiqilmaydi.

 

4. AMALIY YAROQLILILIK

4.1 Davriylik va o`z vaqtidaligi

4.1.1 Davriylik

Ish haqi bo`yicha ma`lumotlar har choraklik va yillik shakllantiriladi.

4.1.2 O`z vaqtidaligi

Davlat statistika ishlari Dasturiga muvofiq o`rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi bo`yicha yakuniy ma`lumotlar keyingi yilning 25 may oyiga tayyorlanadi.

4.2 Qiyosiylik

4.2.1 Ichki qiyosiylik

Statistik ma`lumotlar davriylik, ichki qiyosiylik asosida tavsiflanadi.

4.2.2 Vaqt bo`yicha qiyosiylik

Taqqoslama ma`lumotlar mavjud, 1995 yildan 2016 yilgacha ma`lumotlar milliy klassifikator tarkibida, 2016 yildan so`ng OKED-red.2 tarkibida hisoblab chiqilgan (NACE Rev.2).

4.2.3 Sektorlar va sohalar o`rtasidagi qiyosiylik

O`rtacha ish haqi to`g`risidagi ma`lumotlar statistik hisobot asosida tuziladi, boshqa manbalar qo`llanilmaydi.

4.3 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish

4.3.1 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish jadvali

Nashr etiladigan ma`lumotlar yakuniy hisoblanadi.

4.3.2 Dastlabki va/yoki qayta ko`rib chiqilgan ma`lumotlarni aynan shu toifasi bo`yicha belgilash

Nashr etiladigan ma`lumotlar yakuniy hisoblanadi.

4.3.3 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqishni tahlil qilish va o`rganish bo`yicha olingan natijalarni tarqatish

Barcha nashr etiladigan ma`lumotlar yakuniy, ish haqi bo`yicha ma`lumotlar qayta ko`rib chiqilmaydi.

 

5. QULAYLIGI

5.1 Ma`lumotlar

5.1.1 Statistik ma`lumotlarni taqdim etish shakli

Ma`lumotlar jami respublika bo`yicha va viloyatlar kesimida, hamda iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha nashr etiladi.

5.1.2 Ma`lumotlarni tarqatish vositalari va shakllari

5.1.2.1 Bosma shaklida – yangi nashrlar

Statistik ma`lumotlar bosma shaklda O`zbekiston Respublika Davlat statistika qo`mitasining «O`zbekiston raqamlarda» nashri, hamda «Korxona va tashkilotlarda xodimlarning o`rtacha soni, ish haqi fondi va o`rtacha ish haqi» byulleteni orqali tarqatiladi.

Bundan tashqari, foydalanuvchilarning talabiga binoan statistik ma`lumotlar taqdim etiladi.

5.1.2.2 Bosma shaklida – yangi nashrlar

 

5.1.2.3 Bosma shaklida – Oylik byulletenlar

 

5.1.2.4 Bosma shaklida – Choraklik byulletenlar

 

5.1.2.5 Bosma shaklida – Boshqalar

Foydalanuvchilarning so`rovi bo`yicha jadvallar

5.1.2.6 Elektron shaklda – Onlayn byulletenlar yoki ma`lumotlar

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytining quyidagi manzilida: www.stat.uz

. 5.1.2.7 Elektron shaklda – Boshqalar

 

5.1.5 So`rov bo`yicha ma`lumotlarni tarqatish

Foydalanuvchilarning talabiga binoan ma`lumotlar belgilangan tartibda va shaklda taqdim etiladi

5.2 Metama`lumotlar

5.2.1 Kontseptsiyalar, statistik qamrov, klassifikatsiyalar, hisobga olish asosi, ma`lumotlar manbasi va statistik usullar to`g`risidagi hujjatlarni tarqatish

 

 

9. REJALAR

9.1 Oxirgi

9.1.1 Takomillashtirish rejalari – Oxirgi takomillashtirishlar

Ish xaqi bo`yicha ishonchli va sifatli ma`lumotlarni olish uchun choraklik mehnat hisoboti takomillashtirildi.

9.2 Umumiy

9.2.1 Takomillashtirish rejalari – Qisqa muddatlilari

 

9.2.2 Takomillashtirish rejalari – O`rta muddatlilari

Kasblar kesimida ish haqi ma`lumotlarini Davlat statistika hisobotlarida aks ettirish. Ish haqi xisobi bo`yicha uslubiy qo`llanma ishlab chiqish.

9.3 Moliyaviy

9.3.1 Takomillashtirish rejalari – Texnik yordam/moliyalashtirishga ehtiyojlar – Qisqa muddatli

Moliyalashtirish Davlat statistika ishlari dasturi doirasida amalga oshirilgan.

9.3.2 Takomillashtirish rejalari - Texnik yordam/moliyalashtirishga ehtiyojlar– O`rta muddatli

O`rta muddatli rejalarni amalga oshirish uchun xalqaro tavsiyalarini va eng yaxshi amaliyotlarni o`rganishda texnik yordam zarur.

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash