Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Davlat

O`zbekiston Respublikasi

Ma'lumotlar turkumi

Xalqaro investitsion pozitsiya

Kontaktlar uchun mas'ul shaxs

FISH:

Mamirov Aziz Otaxanovich

Lavozimi:

Boshqarma boshlig`i

Bo'linmaning nomi

Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi

Tashkilot

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi

Manzil:

Mustaqillik shoh ko`chasi,63

Shahar:

Toshkent

Davlat:

O`zbekiston Respublikasi

Pochta indeksi:

 

Telefon

+998712308030

Faks

+998712308022

Elektron pochta:

Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. Вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

 

Xalqaro investitsion pozitsiya (XIP) iqtisodiyotning ma`lum bir vaqtdagi tashqi moliyaviy aktivlari va majburiyatlari hajmini ifodalovchi statistik hisobotdir. Ushbu hajmlar aniq bir vaqtda joriy bozor qiymatlarida (joriy bozor narxlari va valyuta kurslari bo`yicha) baholangan tashqi operatsiyalar amalga oshirilishi va boshqa omillar (masalan, hisobdan chiqarishlar va tasniflashdagi o`zgarishlar) ning ta`siri natijasida yuzaga keladi.

XIP da tasniflashning asosiy ko`rinishi bu moliyaviy aktivlar vamajburiyatlarga ajratish hisoblanadi.

Moliyaviy aktivlarning aksariyati moliyaviy talablardir. Moliyaviy talablar va majburiyatlar bir institutsional birlik boshqa birlikka mablag`lar taqdim etganda, shartnomaviy munosabatlarga kirishilganda yuzaga keladi. Moliyaviy talab o`z egasi kreditorga qarzdordan to`lovni yoki bir nechta to`lovlarni ular o`rtasidagi shartnomada belgilangan ma`lum shartlarda olish huquqini beruvchi aktivdir. Talab qarzdor shartnomada kelishilgan mablag`ni to`lash bilan o`z majburiyatini bajarganda qaytariladi. Bundan tashqari, kreditor bir nechta foiz to`lovlarini, ya`ni mulkdan olinadigan daromadlarni olishi mumkin. Moliyaviy talablar naqd pul va depozitlar, kreditlar va qarzlar, bo`nak to`lovlari va boshqa kreditlar, shuningdek, veksel va obligatsiyalar kabi qimmatli qog`ozlar ko`rinishidagi moliyaviy vositalar bilan ifodalanadi.

Moliyaviy talab hisoblanmaydigan moliyaviy aktivlar- bu monetar oltin, SDR (Xalqaro valyuta jamg`armasi tomonidan tarqatiladigan), korporatsiyalar aktsiyalari va xosilaviy moliya vositalaridir.

Qulaylik uchun “moliyaviy aktiv” atamasi moliyaviy aktivlar kabi majburiyatlarga nisbatan ham ishlatilishi mumkin, kontekstda aniq ko`rsatilishi talab qilingan hollarda moliyaviy majburiyat atamasini ishlatiladi.

Tashqi aktivlar va majburiyatlar o`rtasidagi farq mamlakatning sof investitsion pozitsiyasini tashkil etadi.XIP XVJning To`lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiya bo`yicha qo`llanmasining 6-nashrida (XVJ, 2009 y.) keltirilgan tavsiyalar hamda XVJning uslubiy xususiyatga ega bo`lgan boshqa quyidagi nashrlaridagi uslubiy tavsiyalar asosida shakllantiriladi:

  • Milliy hisoblar tizimi – 2008;
  • Tashqi qarz statistikasi bo`yicha qo`llanma, 2013;
  • Xalqaro zaxiralar va chet el valyutasidagi likvid vositalar;
  • Xalkaro investitsion pozitsiya, 2002.

XIPni shakllantirishda foydalaniladigan asosiy axborot manbalari quyidagilar hisoblanadi:

  • Markaziy bankning moliyaviy korporatsiyalar tashqi iqtisodiy faoliyati to`g`risidagi ma`lumoti;
  • davlat boshqaruvi sektorining tashqi qarzlari;
  • nomoliyaviy tashkilotlarning tashqi iqtisodiy operatsiyalari bo`yicha statistik kuzatuv ma`lumotlari;
  • to`lov balansining moliyaviy oqimlari;
  • boshqa ma`muriy axborot manbalari.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 sentyabrdagi 5054-sonli Farmoyishiga asosan O`zbekiston Respublikasining xalqaro investitsion pozitsiyasi bo`yicha ma`lumotlarni shakllantirish va tarqatish O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining (bundan keyin Davlat statistika qo`mitasi) vazifasiga kiradi.

Hozirgi kunda XIP ko`rsatkichi ishlab chiqilish jarayonida. Davlat statistika qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda XIP hisob-kitoblarini statistika amaliyotiga joriy qilish ustida ish olib bormoqda.

 

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash