Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Murojaat uchun shaxs №1

F.I.SH.:

Abrorov Ilxom Ibroximovich

Lavozimi:

Mehnat migratsiyasi va mehnat bozorini tahlil qilish Yig`ma axborot-tahlil boshqarmasi boshlig`i

Tashkilot:

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Manzil:

Toshkent sh, Mirobod tumani Mirobod ko`chasi, 15 uy

Viloyat:

Toshkent shahar

Davlat:

O‘zbekiston Respublikаsi

Pochta indeksi:

100100

Telefon (davlat kodi/shahar kodi/raqam)

998-71-2398833

Faks(davlat kodi/shahar kodi/raqam)

998-71-2398845

Elektron pochta:

 

Murojaat uchun shaxs №2

F.I.SH.:

Ruxitdinov Baxtiyor Matxitdinovich

Lavozimi:

Band bo`lmagan aholini ishga joylashtirishni tashkil qilish boshlig`i

Tashkilot:

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Manzil:

Toshkent sh, Mirobod tumani Mirobod ko`chasi, 15 uy

Viloyat:

Toshkent shahar

Davlat:

O‘zbekiston Respublikаsi

Pochta indeksi:

100100

Telefon (davlat kodi/shahar kodi/raqam)

998-71-2394137

Faks(davlat kodi/shahar kodi/raqam)

998- 71- 2394532

 

0. ASOSLAR

0.2 Resurslar

0.2.1 Kadrlar, moddiy-texnik, elektron hisoblash va moliyaviy resurslar (tavsiya etiladigan kategoriya)

Respublika miqyosida ishsizlik bo`yicha ma`lumotlarni shakllantirishni Mehnat migratsiyasi va mehnat bozorini tahlil qilish Yig`ma axborot-tahlil boshqarmasi va Band bo`lmagan aholini ishga joylashtirishni tashkil qilish boshqarmasi xodimlari amalga oshiradi, shuningdek hududiy darajada ushbu ko`rsatkichlarni hududiy bandlik Bosh boshqarmalari band bo`lmagan aholini ishga joylashtirishni tashkil etish bo`limlari xodimlari shakllantiradi.

Mehnat migratsiyasi va mehnat bozorini tahlil qilish Yig`ma axborot-tahlil boshqarmasi va Band bo`lmagan aholini ishga joylashtirishni tashkil qilish boshqarmasida 6 ta xodim, hududiy bandlik Bosh boshqarmalari band bo`lmagan aholini ishga joylashtirishni tashkil etish bo`limlarida o`rtacha 2 xodim ishlaydi (tumanda kimlar ishsizlarni ruyxatga oladi).   

Umuman ishsizlik bo`yicha ma`lumotlarni shakllantirishda qo`yilgan topshiriqlarni bajarish uchun xodimlar soni yetarli bo`lib, xodimlar ko`nikmalarni rivojlantirish va saqlash bo`yicha qo`yilgan topshiriqlar bajarilishini ta`minlaydi.

Barcha xodimlar oliy ma`lumotga ega. Mehnat organlari kadrlari malakasini oshirish bo`yicha respublika kurslarida muntazam ravishda 2 yilda 1 marta o`qitilishi, ko`nikmalarni qo`llab-quvvatlash va rivojlantirishga yordam beradi. 

Har bir ish o`rni lokal tarmoqqa ulangan shaxsiy kompyuter bilan ta`minlangan. Dasturiy ta`minot davriy yangilanib, qo`yilgan va yuzaga kelishi mumkin bo`lgan masalalarga javob beradi.

 

2. METODOLOGIYA

2.1 Kontseptsiya va ta`riflar

2.1.1 Kontseptsiya va ta`riflar(talab etiladigan kategoriya)

Ishsizlik bo`yicha kontseptsiya va ta`riflar Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) standartiga asoslangan.

Metodologiya quyidagi xujjatlarga asoslangan:

Xalqaro mehnat tashkilotining  bosh konferentsiyasida qabul qilingan Konventsiya (1985 yil mehnat statistikasi to`g`risida (№160)) va Tavsiyalar (1985 yil mehnat statistikasi to`g`risida (№170)). Iqtisodiy faol aholi statistikasi, bandlik, ishsizlik va to`liqsiz bandlik statistikasi bo`yicha rezolyutsiyasi (13-Xalqaro mehnat statistiklari konferentsiyasida (1982 yil oktyabr) qabul qilingan, 16-Xalqaro mehnat statistiklari konferentsiyasida (1989 yil oktyabr) ma`qullangan.

Milliy me`yoriy va huquqiy hujjatlar:

O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi (O`zbekiston Respublikasining 21.12.1995 y. 161-I-son Qonuni bilan tasdiqlangan);

O`zbekiston Respublikasi 1998 yil 1 maydagi “Aholini ish bilan ta`minlash to`g`risida”gi 616-I-son Qonuni, yangi tahrirda;

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 maydagi “Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo`lmagan aholini hisobga olish metodikasini takomillashtirish to`g`risida” 106-son Qarori;

Rasmiy ravishda ro`yxatga olingan ishsizlar: 16 yoshdan pensiya bilan ta`minlanish huquqini olish yoshigacha bo`lgan, ish, ish haqi va daromadga ega bo`lmagan, mehnat organlarida ish qidiruvchi, ishlashga, kasb bo`yicha tayyorgarlikdan va qayta tayyorgarlikdan o`tishga, malaka oshirishga tayyor shaxs sifatida ro`yxatga olingan shaxslar.

2.2 Statistik qamrov

2.2.1 Statistik qamrov(talab etiladigan kategoriya)

2.2.1.1 Ma`lumotlarning statistik qamrovi

Ma`lumotlarning geografik qamrovi o`z ichiga Qoraqalpog`iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahrini oladi.

Aholi qamrovi: rasmiy ravishda ro`yxatga olingan ishsizlar.

Mavzu bo`yicha qamrov: rasmiy ravishda ro`yxatga olingan ishsizlar mehnat resurslari balansida keltirilgan.

2.2.1.2 Statistik qamrovdan istisnolar

Ishsizlarga kiritilmaydi:

- ish bilan band bo`lganlar;

- ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta`lim olayotganlar;

- homiladorlik, tug`ish va 3 yoshgacha bola parvarish qilish ta`tilidagi ayollar;

- uy bekalari hamda bola va boshqa oila a`zolarini parvarishi bilan band bo`lgan shaxslar;

- ozodlikdan mahrum etish muassasalaridagi va ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band bo`lmagan shaxslar.

2.2.1.3 Aniqlanmagan faoliyat

.

2.3 Klassifikatsiya/sektorlar bo`yicha bo`lish

2.3.1 Klassifikatsiya/sektorlar bo`yicha bo`lish(ma`lumotlar kategoriyasiga aloqador sifatida talab etiladigan kategoriya)

Tasniflash:

Iqtisodiy faoliyat turlari: Ishsizlar mehnat organlarida avvalgi ish bilan bandligidan qat`iy nazar ro`yxatga olinadi.

2.4 Hisobga olish asosi

2.4.1 Baholash(ma`lumotlar kategoriyasiga aloqador sifatida talab etiladigan kategoriya)

Rasmiy ravishda ro`yxatga olingan ishsizlar soni kishida hisobga olinadi.

2.4.2 Hisobga olish asosi(ma`lumotlar kategoriyasiga aloqador sifatida talab etiladigan kategoriya)

Ishsizlar - o`n olti yoshdan to pensiya bilan ta`minlanish huquqini olishgacha bo`lgan yoshdagi, haq to`lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg`ulotga ega bo`lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo`lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o`tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo`lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta`lim muassasalarida ta`lim olayotganlar mustasno).

Ishga joylashishda ko`mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ular tomonidan ish qidiruvchi sifatida ro`yxatga olingan shaxslar ishsiz deb e`tirof etiladi.

2.4.3 Yalpi/sof ko`rsatkichlarni hisoblash tartiblari(tavsiya etiladigan kategoriya)

Xalqaro standartlarga asosan ishsizlik darajasi ro`yxatdan o`tgan ishsizlar sonini iqtisodiy faol aholi soniga nisbati orqali hisoblanadi.

 

3. ANIQLILIK VA ISHONCHLILIK

3.1 Boshlang`ich ma`lumotlar

3.1.1 Boshlang`ich ma`lumotlarni yig`ish dasturlari(talab etiladigan kategoriya)

Ro`yxatga olingan ishsizlar sonini hisoblashda asos sifatida mehnat organlarida rasmiy ravishda ishsiz deb qayd etilgan aholi soni olinadi.

3.1.2 Ta`riflar, statistik qamrov, klassifikatsiyalar, baholashlar va boshlang`ich ma`lumotlarni hisobga olish davri(tavsiya etiladigan kategoriya)

Statistik qamrov, klassifikatsiya, baholash va boshlang`ich ma`lumotlarni hisobga olish davri talab qilinadigan ta`riflar parametriga yetarli darajada yaqin keladi.

3.1.3 Boshlang`ich ma`lumotlarning o`z vaqtida tayyor bo`lishi(tavsiya etiladigan kategoriya)

Ma`lumotlarni yig`ish dasturi ularni o`z vaqtida olishni ta`minlaydi.

Ma`lumotlar har chorak yakuni bo`yicha respublika va hududlar kesimida belgilangan tartibda umumlashtiriladi.

3.2 Boshlang`ich ma`lumotlarni baholash

3.2.1 Boshlang`ich ma`lumotlarni baholash

Ro`yxatga olingan ishsizlar sonini baholash amalga oshirilmaydi.

3.3 Statistik usullar

3.3.1 Boshlang`ich ma`lumotlar bilan ishlashda statistik usullar(ma`lumotlar kategoriyasiga aloqador kategoriya sifatida talab etiladigan kategoriya)

Ishsizlik darajasi mehnat organlarida ro`yxatdan o`tgan ishsizlar sonini iqtisodiy faol aholi soniga nisbati orqali hisoblanadi.

3.3.2 Boshqa statistik jarayonlar(ma`lumotlar kategoriyasiga aloqador sifatida talab etiladigan kategoriya)

Ma`lumotlarni qayta hisoblash va to`g`rilash amalga oshirilmaydi.

3.4 Ma`lumotlarni taqqoslash

3.4.1 Oraliq natijalarni taqqoslash(tavsiya etiladigan kategoriya)

Avvalgi davr ma`lumotlari bilan solishtirish amalga oshiriladi.

3.4.2 Oraliq ma`lumotlarni baholash

 

3.4.3 yakuniy statistik ma`lumotlardagi farqlarni va boshqa muammolarni baholash

 

3.5 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish tahlili

3.5.1 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqishni o`rganish va tahlil qilish(tavsiya etiladigan kategoriya)

Mehnat organlarida ro`yxatga olingan ishsizlar soni qayta ko`rib chiqilmaydi.

 

4. AMALIY YAROQLILILIK

4.1 Davriylik va o`z vaqtidaligi

4.1.1 Davriylik(talab etiladigan kategoriya)

Ishsizlik bo`yicha ma`lumotlar choraklik va yillik davriylikda shakllantiriladi.

4.1.2 O`z vaqtidaligi(talab etiladigan kategoriya)

Ro`yxatdan o`tgan ishsizlar soni to`g`risidagi ma`lumotlar belgilangan tartibda shakllantiriladi.

4.2 Qiyosiylik

4.2.1 Ichki qiyosiylik(ma`lumotlar kategoriyasiga aloqador sifatida talab etiladigan kategoriya)

 

4.2.2 Vaqt bo`yicha qiyosiylik(tavsiya etiladigan kategoriya)

Ma`lumotlarning dinamik qatorlari mavjud bo`lib, ishsizlar soni 1992 yildan shakllantiriladi.

4.2.3 Sektorlar va sohalar o`rtasidagi qiyosiylik

 

 


4.3.1 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqish jadvali

Mehnat organlarida ro`yxatga olingan ishsizlar soni yakuniy hisoblanib, qayta ko`rib chiqilmaydi.

Ro`yxatga olingan ishsizlik darajasi hisobot davridan keyingi yilning iyun oyida mehnat resurslari balansi ko`rsatkichlarini shakllantirishda qayta ko`rib chiqiladi.

4.3.2 Dastlabki va/yoki qayta ko`rib chiqilgan ma`lumotlarni aynan shu toifasi bo`yicha belgilash

Mehnat organlarida ro`yxatga olingan ishsizlar soni yakuniy hisoblanib, qayta ko`rib chiqilmaydi.

4.3.3 Ma`lumotlarni qayta ko`rib chiqishni tahlil qilish va o`rganish bo`yicha olingan natijalarni tarqatish

 

 

 


5. QULAYLIGI

 

5.1 Ma`lumotlar

5.1.1 Statistik ma`lumotlarni taqdim etish shakli

Mehnat organlarida ro`yxatga olingan ishsizlar soni to`g`risidagi ma`lumotlar respublika hududlari kesimida jadvallar va grafiklar ko`rinishida e`lon qilinadi.

5.1.2 Ma`lumotlarni tarqatish vositalari va shakllari

5.1.2.1 Bosma shaklida – yangi nashrlar

 

5.1.2.2 Bosma shaklida – yangi nashrlar

 

5.1.2.3 Bosma shaklida – Oylik byulletenlar

 

5.1.2.4 Bosma shaklida – Choraklik byulletenlar

«O`zbekiston Respublikasining statistik holati» ( o`zbek, rus va ingliz tillarida).

5.1.2.5 Bosma shaklida – Boshqalar

Foydalanuvchilarning so`rovlariga asosan mehnat organlarida ro`yxatga olingan ishsizlar soni to`g`risidagi ma`lumotlar taqdim etiladi.

5.1.2.6 Elektron shaklda – Onlayn byulletenlar yoki ma`lumotlar

 

 5.1.2.7 Elektron shaklda – Boshqalar

 

5.1.5 So`rov bo`yicha ma`lumotlarni tarqatish


Hisoblash usuli Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan belgilangan normalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan hamda O`zbekiston Respublikasining ish bilan ta`minlash va mehnat bozorining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi.

5.2.1 Kontseptsiyalar, statistik qamrov, klassifikatsiyalar, hisobga olish asosi, ma`lumotlar manbasi va statistik usullar to`g`risidagi hujjatlarni tarqatish5.2 Metama`lumotlar

 

9. REJALAR

9.1 Oxirgi

9.1.1 Takomillashtirish rejalari – Oxirgi takomillashtirishlar

 

 9.2 Umumiy

9.2.1 Takomillashtirish rejalari – Qisqa muddatlilari

 

9.2.2 Takomillashtirish rejalari – O`rta muddatlilari

 

9.3 Moliyaviy

9.3.1 Takomillashtirish rejalari – Texnik yordam/moliyalashtirishga ehtiyojlar – Qisqa muddatli

 

9.3.2 Takomillashtirish rejalari - Texnik yordam/moliyalashtirishga ehtiyojlar– O`rta muddatli

 
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
EKSPRESS-MA`LUMOTLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
USLUBIY MATERIALLAR
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI
Tugmani bosing Tinglash