Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

 

 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi 105-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2020 yil uchun Davlat statistika ishlari dasturi”ga muvofiq davlat statistika organlari tomonidan joriy yilning iyun oyida korxona (tashkilot, muassasa)larning mahsulot ishlab chiqarish va sotishga yo‘naltirilgan xarajatlari tarkibining bir martalik tanlanma kuzatuvini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
   Sizning korxonangiz mazkur kuzatuvga tasodifiy ravishda tanlab olindi. Shu munosabat bilan, Sizdan 1-xarajat (___) so‘rovnomasini internet tarmog‘idan foydalangan holda statistik hisobotlarni elektron shaklda yig‘ish tizimi (“eStat 3.0”) orqali to‘ldirib, joriy yilning __ iyunidan kechiktirmasdan taqdim etishingizni so‘raymiz.
   Siz tomoningizdan taqdim etilgan ma’lumotlar umumlashtirilgan holda davlat boshqaruvi organlari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan iqtisodiyot tarkibini tarmoqlar va mahsulotlar kesimida batafsil tahlil qilish, tarmoqlararo bog‘liqlikni aniqlash, iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni prognozlashtirish hamda iqtisodiy siyosat borasidagi muhim qarorlarni qabul qilishda foydalaniladi.
   Shu munosabat bilan, Sizdan mazkur statistik kuzatuv so‘rovnomalarini to‘liq va to‘g‘ri taqdim etishingizni hamda mamlakatimiz iqtisodiy ko‘rsatkichlarining sifatli shakllantirilishida o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz.
   Statistik hisobotlarni elektron shaklda to‘ldirish va taqdim etish tartibi “eStat bo‘yicha qo‘llanma”da keltirilgan.
  Tanlanma kuzatuvda ishtirok etishda foydalaniladigan ma’lumotnoma hujjatlari:
- Kuzatuvga tushgan korxona va tashkilotlar ro‘yxati, taqdim etiladigan so‘rovnoma turi;
- Kuzatuv so‘rovnomalari va ularni to‘ldirish bo‘yicha tushuntirishlar;

-Mantiqiy va qo'shimcha nazorat
- Tanlanma kuzatuvini tashkil etish va o‘tkazish tartibi;
- O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha Mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar)ning statistik tasniflagichi (MST).
 

Hamkorligingiz uchun tashakkur!
  Murojaat uchun telefonlar: 71 230 80 95 (96).
  Kuzatuv so‘rovnomasini to‘ldirishga o‘tish

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash