Joriy yilning 3 iyun kuni Davlat statistika qo`mitasi Markaziy apparati xodimlari uchun 2019 yilning 23-25 aprel kunlari Tailandning Bangkok shahrida bo`lib o`tgan 6-ekspert guruhi kengashida ishtirok etib kelgan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi mutaxassi Hurriyat Xudoyqulova tomonidan seminar tashkil etildi.

Seminar davomida "Osiyo va Tinch okeani mintaqasida tabiiy ofatlar statistikasi: 1, 11 va 13-Barqaror Rivojlanish Maqsadlari ko'rsatkichlari uchun tabiiy ofatlar statistikasini takomillashtirish bo'yicha 6-ekspert guruhi kengashi" mavzusida taqdimot bo'lib o'tdi. Unda tabiiy ofatlar statistikasi: 1, 11 va 13-Barqaror Rivojlanish Maqsadlari ko'rsatkichlari uchun tabiiy ofatlar statistikasini takomillashtirish bo'yicha  masalalar muhokama qilindi.

Axborot xizmatii

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech