O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining iqtisodiy statistika bo’yicha o’rinbosarining funksional vazifalari

- O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha statistika kuzatuvlarini o`tkazilishi, statistik ma`lumotlarning to`liqligi, haqqoniyligi va o`z vaqtida taqdim etilishini ta`minlash;

- respublikaning makroiqtisodiy rivojlanishi, davlat boshqaruvi organlarida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirish maqsadli dasturlarini amalga oshirilishi monitoringi uchun statistik axborotlarni tayyorlash va taqdim etish ishlarini muvofiqlashtirish;

- davlat statistika hisobotlari tizimini doimiy asosda takomillashtirib borish va Davlat statistika ishlari dasturi loyihasini shakllantirish bo`yicha ishlarni tashkil etish;

- davlat statistika hisobotlarini elektron ko`rinishda qabul qilish jarayonida xo`jalik yurituvchi subyektlarga yuqori darajada qulay shart-sharoitlarni ta`minlash bo`yicha ishlarda ishtirok etish;

- ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha tahliliy ma`lumotlarni shakllantirish va ular asosida statistik axborotlarni tayyorlanishini tashkil etish;

- tadbirkorlik subyektlari o`rtasida profilaktika ishlarini, shu jumladan, statistika organlari rahbarlarining ommaviy axborot vositalarida muntazam chiqishlarini tashkil etish;

- investitsiyalar va qurilish sohasida iqtisodiy jarayonlarni o`rganish, umumlashtirish va tahlil qilish, investitsiya dasturlarining bajarilishi yuzasidan statistik kuzatuvlarni tashkil etish;

- tashqi va ichki savdo sohasida maqsadli dasturlarning amalga oshirilishi, eksport va import tovarlar strukturasi masalalari bo`yicha statistik axborotlar shakllantirilishini tashkil etish;

- sanoat statistikasiga oid hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to`g`risidagi statistik axborotlarni yig`ish, tahlil qilish va e`lon qilish ishlarini muvofiqlashtirish;

- qishloq, o`rmon va baliqchilik xo`jaligi hamda ekologiya sohalari rivojlanish jarayonlarini tahlil qilish uchun statistik axborotlar tayyorlanishini ta`minlash;

- mutasaddilik qilinadigan bo`linmalarga bevosita rahbarlik qilish;

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech