O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o’rinbosari

1981- yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. Millati o`zbek. Oliy ma’lumotli, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2016- yilda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi raisi o`rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Mehnat faoliyati:

1998-2002- yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetida tahsil olgan.

2002-2004- yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘qishni davom ettirgan.

2003-2004- yillarda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi Aholi demografiyasi va ijtimoiy soha bo`limi 1-toifali iqtisodchisi, Davlat registrini yurtish bo`limi 1-toifali iqtisodchisi, yetakchi iqtisodchisi bo‘lib ishlagan.

2004-2006- yillarda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasining Statistik ishlarni monitoringi va muvofiqlashtirish bo`limi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

2006-2007- yillarda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi Kichik tadbirkorlik statistikasi boshqarmasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshlig`i o`rinbosari;

2007-2011- yillarda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi Yig`ma statistika ishlari boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari, boshqarma boshlig`i vazifasini bajaruvchi, boshqarma boshlig`i;

2011-2015- yillarda Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o`zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig`ma axborot-tahlil departamentining Aholi bandligi va turmush darajasini oshirish masalalari bo`yicha yetakchi mutaxassisi;

2015-2016- yillarda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi Yig`ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig`i;

2016 -2017- yillarda 2017-2023 yillarda buyon O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi Raisining iqtisodiy statistika bo`yicha o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan;

2023- yilning 31- yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-37-son Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.

Oilali, uch nafar farzandi bor.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech