Islom hamkorlik tashkiloti Statistika qoʻmitasining 12-sessiyasi davom etmoqda

NASHR ETILGAN: 04/10/2023
Avval xabar berganimizdek, Saudiya Arabistoni Qirolligining Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Statistika qoʻmitasining 12-sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Mazkur nufuzli sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya vakillari ham ishtirok etmoqda. Sessiya kun tartibiga koʻra, bugun rasmiy statistikada elektron taʼlim dasturlarini yaxshilash boʻyicha ma’lumotlar berildi. Statistika boʻyicha arab taʼlim va tadqiqot instituti, Gʻarbiy Osiyo uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya ekspertlarining hisobot va tavsiyalari tinglanib, Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning bu boradagi tajribalarini oʻrganildi. Shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlari: BRM-8 (munosib mehnat va iqtisodiy oʻsish) koʻrsatkichlari monitoringi va hisoboti boʻyicha Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti, BMT Statistika departamenti, milliy statistika idoralari rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Statistika agentligi delegatsiyasi tadbirlar doirasida chet el statistika idoralari rahbariyati va xorijlik ekspertlar bilan uchrashib, istiqboldagi hamkorlik masalalari boʻyicha fikr-mulohaza almashishdi.

Islom hamkorlik tashkiloti Statistika qo‘mitasining 12-sessiyasi boshlandi

NASHR ETILGAN: 03/10/2023
Joriy yilning 3-oktabr kuni Saudiya Arabistoni Qirolligining Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Statistika qoʻmitasining 12-sessiyasi boshlandi. Shu yilning 3–4-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur nufuzli sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya vakillari ham ishtirok etishmoqda. Sessiyasining kun tartibiga koʻra, statistik salohiyatni rivojlantirish, butunjahon aholi va uy-joyni roʻyxatga olish 2020-yil raundi, aholini roʻyxatga olish faoliyatini qoʻllab-quvvatlashda geofazoviy texnologiyalardan foydalanish va rasmiy statistikada elektron taʼlim dasturlarini yaxshilash kabi masalalar muhokama qilinadi. Shuningdek, tadbir davomida Barqaror rivojlanish maqsadlarini monitoring qilish hamda Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning bu boradagi ilgʻor tajribalari ham oʻrganiladi. Maʼlumot uchun: Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Birlashgan Millatlar Tashkilotidan keyingi yirik hukumatlararo tashkilot boʻlib, tarkibiga 57 aʼzo davlatlar kiradi va toʻrt qitʼani qamrab oladi. Aytish lozimki, mazkur tadbir jarayonida koʻrib chiqiladigan yoʻnalishlar mamlakatimizda statistika sohasida keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Delegatsiya vakillarining sessiyadagi ishtiroki va xalqaro tashkilotlar hamda boshqa davlatlar statistika idoralari vakillari bilan boʻladigan uchrashuvlar haqida yana qoʻshimcha axborotlar berib boriladi.

Vashington shahrida “Milliy hisoblar statistikasi” mavzusida o‘quv kursi tashkil etildi

NASHR ETILGAN: 03/10/2023
Joriy yilning 18-29-sentabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vashington shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining Statistika boshqarmasi tomonidan “Milliy hisoblar statistikasi” mavzusida chuqurlashtirilgan darajadagi o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘quv kursida Afrika, Janubiy Amerika, Karib hududi mamlakatlari, Okeaniya va Osiyo davlatlarining milliy hisoblar statistikasini shakllantirishda mas’ul bo‘lgan xodimlari ishtirok etishdi. O‘quv kursida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Ziyoda Kamilova ham ishtirok etdi. Kursning asosiy maqsadi milliy hisoblar statistikasi ko‘rsatkichlarini shakllantirishning yanada takomillashgan usullaridan foydalanish boʻyicha ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Kurs davomida ishtirokchilar institutsional birliklar va sektorlarni aniqlash, narx va hajm ko‘rsatkichlari, resurslar va ishlatilish jadvallarini shakllantirish, asosiy kapital iste’moli hamda zaxiralardagi o‘zgarishlarni baholash borasida o‘zaro tajriba almashishdi.

Statistika agentligi va Qirg‘iz Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 03/10/2023
Joriy yilning 29-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Qirg‘iz Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi vakillari o‘rtasida videokonfrensaloqa tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda statistika sohasida ikki tomonlama hamkorlikda amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida fikr-mulohaza bildirildi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiz Respublikasi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo uchrashuvida mamlakatlar oʻrtasida ochiq va doʻstona munosabatlar, oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish, statistika sohasida oʻzaro tajriba almashish masalalarida ko‘plab taklif va tavsiyalar berilgan edi. Videokonfrensaloqada ham ishtirokchilar o‘zaro hamkorlik doirasida Statistika agentligi va Qirg‘iz Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish masalalarida fikr almashishdi. Shuningdek, Statistika agentligi va Qirg‘iz Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi kelgusida statistika sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini belgilab beruvchi “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib olishdi.

Xalqaro seminar natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 29/09/2023
Avval xabar berganimizdek, 2023-yilning 18–20-sentabr kunlari Birlashgan Аrab Аmirliklarining Dubay shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlari monitoringini takomillashtirish va statistika idoralari o‘rtasida hamkorlikni yaxshilash bo‘yicha seminar va sessiyalar tashkil etilgan edi. 2023-yilning 29-sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Dubay shahrida tashkil etilgan mazkur seminar va sessiyalar yakunlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Taqdimotda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi hamda Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Mamadaliyev hamda Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Barqaror rivojlanish va ijtimoiy soha tarmoqlari statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi boshlig‘i Jahongir Qambarov tomonidan Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarini shakllantirish bo‘yicha metodologiyani takomillashtirish, Barqaror rivojlanish maqsadlari monitoringi bo‘yicha malaka oshirish, ushbu yo‘nalishda ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha samarali usullarini aniqlash to‘g‘risida olingan bilim va ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Statistika agentligi delegatsiyasi Eurostat tomonidan tashkil etilgan yuqori darajadagi seminarda ishtirok etdi

NASHR ETILGAN: 29/09/2023
Joriy yilning 26–28- sentabr kunlari Latviyaning Riga shahrida Yevropa Komissiyasi statistika xizmati Yevrostat tomonidan Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EFTA) va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) bilan birgalikda Yevropa Qo‘shnichilik Siyosati dasturi doirasida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun statistika idoralarining “Statistika tizimini modernizatsiya qilish” mavzusida yuqori darajadagi seminar tashkil etildi. Statistika idoralarining ushbu nufuzli yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ikromov Agzam Anvardjonovich boshchiligidagi delegatsiya vakillari ham ishtirok etdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan seminarda so‘nggi yillardagi islohotlar, innovatsiyalar va statistika tizimini modernizatsiya qilish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Seminar davomida Statistika agentligi delegatsiya vakillari Agzam Ikramov va Ulugbek Noipov O‘zbekistonda so‘nggi yillarda milliy statistika tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘zgarishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar va rejalar haqida tadbir qatnashilarini tanishtirib o‘tishdi. Shuningdek, Statistika agentligi delegatsiyasi BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) vakillari, Latviya Markaziy Statistika Byurosi, Tojikiston va Qozog‘iston Respublikasi statistika idoralari vakillari bilan tajriba almashishdi va kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Statistika agentligi delegatsiyasi “Statistika tizimini modernizatsiya qilish” mavzusidagi yuqori darajadagi seminarda ishtirok etmoqda

NASHR ETILGAN: 26/09/2023
Joriy yilning 26–28-sentabr kunlari Latviyaning Riga shahrida Yevropa Komissiyasi statistika xizmati – Yevrostat tomonidan Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EFTA) va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) bilan birgalikda Yevropa Qo‘shnichilik Siyosati dasturi doirasida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun statistika idoralarining “Statistika tizimini modernizatsiya qilish” mavzusida yuqori darajadagi seminar tashkil etildi. Statistika idoralarining ushbu nufuzli yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining o‘rinbosari Ikromov Agzam Anvardjonovich boshchiligidagi delegatsiya vakillari ham ishtirok etmoqda. Yuqori saviyada tashkil etilgan seminarda so‘nggi islohotlar, innovatsiyalar va statistika tizimini modernizatsiya qilish chora-tadbirlari muhokama qilinmoqda. Ushbu tadbir zamonaviy rasmiy statistika sohasidagi ilg‘or tajriba almashish uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qiladi. Tadbir doirasida Statistika agentligi delegatsiyasining Yevrostat, BMT YIK va boshqa mamlakatlarning statistika idoralari vakillari o‘rtasida uchrashuvlar, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan. Statistika agentligi delegatsiyasining tadbirlardagi ishtiroki, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlarning statistika boshqarmalari vakillari bilan uchrashuvlar yakunlari haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan seminar va ekspertlar guruhi yig‘ilish natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 26/09/2023
Avval xabar berganimizdek, 2023-yilning 18–22-sentabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi tomonidan "Aholini ro‘yxatga olish haftaligi - 2023: aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar va ekspertlar guruhining yig‘ilishi" tashkil etilgan edi. 2023-yilning 26-sentabr kuni Statistika agentligida Jeneva shahrida tashkil etilgan mazkur seminar hamda ekspertlar yig‘lishi yakunlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Taqdimotda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi hamda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.

Jeneva shahrida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 25/09/2023
2023-yilning 18-22-sentabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida “BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining aholini ro‘yxatga olish haftaligi – 2023” aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi, Ro‘yxatga olish metodologiyasi va kartografik hujjatlar bilan ishlash bo'limi boshlig‘i o‘rinbosari Eshniyazov Jamshid Jahongirovich ham ishtirok etdi. Tadbirning maqsadi – ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish sohasida tajriba almashish, aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish, aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish sohasida Yevropa statistiklari konferensiyasi tavsiyanomasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadbirda Jamshid Eshniyazov O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari to‘g‘risida taqdimot qilib, tadbir ishtirokchilariga aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek, aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish sohasida Yevropa statistiklari konferensiyasi tavsiyanomasini takomillashtirish bo‘yicha 13 ta maqsadli guruhlarning hisobotlari tinglandi. Shu bilan bir qatorda, tadbirda ishtirokchi davlatlar o‘rtasida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish sohasida tajriba almashilib, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Tadbir so‘ngida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishni o‘tkazish samadorligini yanada oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

BAAning Federal raqobatbardoshlik va statistika organiga xizmat safari amalga oshirildi

NASHR ETILGAN: 22/09/2023
2023-yil 18–20-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlaridan iborat guruh Birlashgan Arab Amirliklarining Federal raqobatbardoshlik va statistika organiga xizmat safarini amalga oshirdi. Mazkur xizmat safari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarining moliyaviy va texnik yordamini jalb etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoyishi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash hamda O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Mazkur tadbirda Statistika agentligidan Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Mamadaliyev Odiljon Toirovich hamda Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Qambarov Jahongir Hoshimjanovich ishtirok etdi.

Pragadagi YeXHT forumida ishtirok natijalari bo‘yicha seminar

NASHR ETILGAN: 22/09/2023
2023-yil 22-sentabr kuni Statistika agentligida mas’ul xodimlar uchun Pragada YeXHTning Iqtisodiy va ekologik mezoni bo‘yicha “Barqaror rivojlanish va barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishga erishish orqali YeXHT hududida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash” mavzusidagi forumda agentlik vakilining ishtiroki natijalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Seminarda ta’kidlanganidek, forumning asosiy mavzulari quyidagilar bo‘ldi: - barqaror va iqlimga chidamli rivojlanish, iqlim o‘zgarishiga qarshi birgalikda kurashish bo‘yicha hamkorlikni oshirish; - YeXHT hududida iqtisodiy barqarorlikni oshirish, boshqaruvni rivojlantirish va korrupsiyaning oldini olishda yangi texnologiyalarning roli; - tabiiy yoki inson tomonidan yaratilgan ofatlardan kelib chiqadigan zararlarning oldini olish va kamaytirishda tabiiy ofatlar xavfini boshqarish mezonlarini hal qilishning ahamiyati, hamkorlik va birgalikdagi harakatlarni rivojlantirish; - barqaror rivojlanish, oziq-ovqat xavfsizligi, savdo va transport. Ushbu forumda “O‘zbekistonda ochiq ma’lumotlarni rivojlantirish” mavzusidagi prezentatsiya taqdim etildi. Seminarda aytib o‘tilganidek, O‘zbekistonning so‘nggi yillarda ochiq ma’lumotlar sohasida erishgan yutuqlari forum ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Statistika agentligida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi missiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

NASHR ETILGAN: 22/09/2023
2023-yilning 21-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Birlashgan Vena instituti direktori Ervi Joli va Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻuliston salohiyatini rivojlantirish mintaqaviy markazi direktori Norbert Funke bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida agentlik markaziy apparati mutaxassislari hamda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi missiyasi vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Statistika agentligi direktori Bahodir Begalov hamda Birlashgan Vena instituti direktori Ervi Joli, Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻuliston salohiyatini rivojlantirish mintaqaviy markazi direktori Norbert Funke Birlashgan Vena instituti tajribasi va tomonlarning kelgusidagi hamkorlik masalalari yuzasidan o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi. Uchrashuv samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi. Kelgusida Birlashgan Vena instituti tajribasidan foydalanish, turli onlayn va oflayn seminarlar tashkil etish hamda samarali hamkorlik kilishga kelishib olindi. Shuningdek, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti rahbariyati hamda Birlashgan Vena instituti direktori Ervi Joli, Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻuliston salohiyatini rivojlantirish mintaqaviy markazi direktori Norbert Funke kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti mutaxassislarini qayta tayyorlash sohasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida suhbatlashdi.

Jahon banki missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

NASHR ETILGAN: 20/09/2023
2023-yil 20-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Jahon banki eksperti Obert Pimhidzay boshchiligidagi Qashshoqlik va tenglik masalalari bo‘yicha missiya vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich, missiya vakillari Obert Pimhidzay, Ikuko Uochi, Rahimjon Assangaziyev “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida fikr-mulohaza almashishdi. Tadbir davomida "O'zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash" loyihasini amalga oshirishning hozirgi holati, qashshoqlik profilini tahlil qilish bo'yicha texnik ko'maklashish masalalari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Jahon banki va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi o‘rtasidagi hamkorlik hamda kelgisida bajariladigan chora-tadbirlarga oid masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv iliq va do'stona ruhda bo'lib o'tdi.

BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan trening natijalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 21/09/2023
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 11–15-sentabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) tomonidan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirishning to‘liqligidagi tengsizlikni baholash” mavzusida trening tashkil etilgan edi. Mazkur treningda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirgʻiz Respublikasi, Kambodja, Sharqiy Timor, Vyetnam, Shri-Lanka, Butan, Hindiston, Indoneziya va Mongoliya davlatlarining mavzuga aloqador tashkilotlari, shu jumladan, statistika idoralari vakillari ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Abrayev ham qatnashdi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirishning toʻliqligidagi tengsizlikni baholash boʻyicha mintaqaviy seminar oʻtkazildi

NASHR ETILGAN: 18/09/2023
Joriy yilning 11–15-sentabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) tomonidan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirishning toʻliqligidagi tengsizlikni baholash” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiz, Turkmaniston, Kambodja, Sharqiy Timor, Vyetnam, Shri-Lanka, Butan, Hindiston, Indoneziya, Mongoliya davlatlarining mavzuga aloqador tashkilotlari, statistika idoralari, shuningdek, ESKATO hamda YUNISEF vakillari ishtirok etishdi. Mazkur seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sherzod Abrayev ham qatnashdi. Seminar doirasida ekspertlar tomonidan ikkilamchi maʼlumotlar manbalaridan foydalangan holda tugʻilish va oʻlimni qayd etishning toʻliqligini baholash masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, seminarda fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirishning toʻliqligini baholash yuzasidan turli mamlakatlarda oʻtkazilgan tajribalar natijalari namoyish etildi. Shuningdek, tugʻilish va oʻlimni qayd etishning toʻliqligini statistik tahlil qilish maqsadida ishlab chiqilgan maʼlumotlardan foydalangan holda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Statistika agentligi xodimi Pragadagi YeXHT forumida ishtirok etdi

NASHR ETILGAN: 18/09/2023
2023-yil 14–15-sentabr kunlari Chexiyaning Praga shahrida YeXHTning Iqtisodiy va ekologik mezoni bo'yicha “Barqaror rivojlanish va inklyuziv iqtisodiy o‘sishga erishish orqali YeXHT hududida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash” mavzusida forum tashkil etildi. Ushbu forumda YeXHTga a‘zo davlatlar vakillari, shuningdek, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Forumning asosiy mavzulari: - barqaror va iqlimga chidamli rivojlanish, iqlim o‘zgarishiga qarshi birgalikda kurashish bo‘yicha hamkorlikni oshirish; - YeXHT hududida iqtisodiy barqarorlikni oshirish, boshqaruvni rivojlantirish va korrupsiyaning oldini olishda yangi texnologiyalarning roli;

BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 15/09/2023
2023-yil 14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyayev Zohidjon Muratovich boshchiligida agentlikning Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi, Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi hamda Yig`ma-axborot ishlari boshqarmasi xodimlari qatnashdi. Tadbirda, shuningdek, UNODCning Venadagi shtab-kvartirasi Tadqiqot va tahlil bo‘limi boshlig‘i Anjela Meh, UNODCning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Ashita Mittal, BMTning Narkotik moddalar va jinoyatchilikka oid transmilliy tahdidlarni tadqiq va tahlil qilish axborot markazi rahbari Salome Flores Sierra Franzoni ishtirok etdi. Uchrashuvda ishtirokchilar Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish koʻrsatkichlarini takomillashtirish masalalarida o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

Statistika agentligi delegatsiyasi MDHga aʼzo davlatlar statistika idoralari rahbarlari Kengashining navbatdagi 67-yigʻilishida ishtirok etdi

NASHR ETILGAN: 14/09/2023
Joriy yilning 12–14-sentabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasi tomonidan Statistika ishlab chiqaruvchilari va foydalanuvchilari Xalqaro Forum hamda MDHga aʼzo davlatlar statistika idoralari rahbarlari Kengashining navbatdagi 67-yigʻilishi oʻtkazildi. Ushbu xalqaro forumning uchinchi kunida MDHga aʼzo davlatlar statistika xizmatlari rahbarlari Kengashining navbatdagi 67-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda MDHga aʼzo davlatlarning statistika idoralari rahbarlari, davlat boshqaruvi organlari vakillari, biznes-tuzilmalar va xalqaro tashkilotlar xodimlari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi. Tadbir davomida statistika ishlarini tashkil etishda yangi uslublar, statistika maʼlumotlarini ishlab chiqarishni takomillashtirish va ushbu jarayonni boshqarish, katta maʼlumotlar va muqobil maʼlumotlar manbalari imkoniyatlaridan keng foydanish masalalari muhokama qilindi.

BMT Statistika komissiyasi tomonidan videokonferensiya tashkil etildi

NASHR ETILGAN: 14/09/2023
2023-yil 13-sentabr kuni BMT Statistika komissiyasi tomonidan ma’lumotlar dinamikasini aks ettiruvchi inklyuziv jarayonlarni kengaytirish masalalari yuzasidan videokonferensiya tashkil etildi. Mazkur videokonferensiyada milliy statistika idoralari vakillari hamda ko‘plab xalqaro ekspertlar ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Mamadaliyev hamda Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Zokirov ham onlayn ravishda qatnashdi. Tadbirda BMT Statistika boʻlimi direktori Stefan Shvaynfest, Jorj-Simon Ullrix (Shveytsariya) hamda BMT Statistika komissiyasi raisi oʻrinbosari Gabriella Vukovich (Vengriya) seminarda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Videokonferensiya davomida BMT Statistika komissiyasi tomonidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, xususan, BMT Statistika Komissiyasining yaqinlashib kelayotgan, 2024-yildagi 55-sessiyasiga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.

Statistika ishlab chiqaruvchilari va foydalanuvchilar xalqaro forumi oʻtkazildi

NASHR ETILGAN: 13/09/2023
Avval xabar berganimizdek, 2023-yilning 12–14-sentabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasi tomonidan Statistika ishlab chiqaruvchilari va foydalanuvchilari Xalqaro forumi hamda MDHga aʼzo davlatlar statistika idoralari rahbarlari Kengashining navbatdagi 67-yigʻilishi oʻtkazilmoqda. Mazkur xalqaro forumda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya vakillari ham ishtirok etishdi. Xalqaro forumning birinchi kunida ishtirokchilar statistika maʼlumotlarini ishlab chiqarishni takomillashtirish, raqamli statistik ekotizimlar hamda xizmatlar masalalari boʻyicha oʻzaro fikr-mulohaza almashishdi. Bu borada bugungi kundagi ilgʻor tajriba va metodikalar haqida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, forum davomida foydalanuvchilar nuqtayi nazarida zamonaviy statistika va unda inson salohiyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Statistika agentligi delegatsiyasi tadbirlar doirasida MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasi rahbariyati bilan ham uchrashib, istiqboldagi hamkorlik masalalari boʻyicha fikr-mulohaza almashishdi.

ESKATO tomonidan "Rasmiy statistika uchun katta hajmli maʻlumotlar" loyihasi doirasida konferensiya tashkil etildi

NASHR ETILGAN: 13/09/2023
Joriy yilning 11–13-sentabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida BMTning Osiyo va Tinch okeani boʻyicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) tomonidan "Rasmiy statistika uchun katta hajmli maʻlumotlar" loyihasi doirasida konferensiya tashkil etildi. Mazkur konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Ziyayev Zohidjon Muratovich ham onlayn ravishda ishtirok etdi. Xalqaro konferensiyada tashkilotchilar “Rasmiy statistika uchun katta hajmli maʻlumotlar" loyihasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr-mulohaza almashishdi. Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Zohidjon Ziyayev "Oʻzbekiston rasmiy statistikasida katta hajmli maʻlumotlar: bugungi kun va istiqboldagi vazifalar" mavzusida taqdimot qildi. Konferensiya davomida xalqaro ekspertlar tomonidan yaqin kunlarda Jakarta shahrida ochiladigan Katta hajmli maʼlumotlar markazini ishga tushirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tayyorgarlik jarayoni xususida ham maʼlumotlar berildi. Tadbir yakunida ESKATO vakillari hamda xalqaro ekspertlar "Rasmiy statistika uchun katta hajmli maʻlumotlar" loyihasi doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha oʻz taklif va tavsiyalarini berishdi.

Statistika agentligi delegatsiyasi Statistika ishlab chiqaruvchilari va foydalanuvchilari Xalqaro forumida ishtirok etmoqda

NASHR ETILGAN: 12/09/2023
Joriy yilning 12–14-sentabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasi tomonidan “Statistika ishlab chiqaruvchilari va foydalanuvchilari Xalqaro forumi hamda MDHga aʼzo davlatlar statistika idoralari rahbarlari Kengashining navbatdagi 67-yigʻilishi oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu xalqaro Forumda statistik maʼlumotlar ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar oʻrtasidagi muloqotni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, statistik maʼlumotlardan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini toʻliq qondirish, statistik maʼlumot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasidagi masalalar muhokama qilinadi. Shuningdek, statistika maʼlumotlarining keng omma eʼtiboriga havola qilish hamda foydalanuvchilarning talablariga toʻliq javob berish maqsadida ularni qayta ishlash va tarqatish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha ham tajribalar koʻrib chiqiladi. Statistika idoralarining ushbu nufuzli yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya vakillari ham ishtirok etishadi. Tadbir doirasida Statistika agentligi delegatsiyasi MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasi rahbariyati bilan uchrashib, istiqboldagi hamkorlik masalalari boʻyicha fikr-mulohaza almashishi rejalashtirilgan. Delegatsiya vakillarining Forumdagi ishtiroki va xalqaro tashkilotlar hamda boshqa davlatlar statistika idoralari vakillari bilan boʻladigan uchrashuvlar yakuniga oid yana qoʻshimcha axborotlar berib boriladi.

Ozarbayjon Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 12/09/2023
Joriy yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi vakillari hamda Ozarbayjon Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi vakillari o‘rtasida mehnat statistikasi bo‘yicha onlayn uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mehnat statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va hisobga olish amaliyoti, xususan, mehnat statistikasi kuzatuvlarini metodologiyasi, ma’lumotlar manbalari, kuzatuv so‘rovni tashkil etish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashildi. Uchrashuv yakunida tomonlar statistika idoralari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish sohasida kelgusida ham hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv kursi natijalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 08/09/2023
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 21-avgust–1-sentabr kunlari Avstriyaning Vena shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamda Birlashgan Vena instituti tomonidan “Iste’mol narxlari indeksi (chuqurlashtirilgan)” mavzusida o‘quv kursi tashkil etilgan edi. Mazkur o‘quv kursida O‘zbekiston, Armaniston, Albaniya, Bosniya va Gersogovina, Gruziya, Moldova, Qozog‘iston, Qirgʻiz Respublikasi, Turkiya, Avstriya, Tojikiston, Ozarbayjon va Ukraina davlatlarining statistika idoralari vakillari ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Umarov, Toshkent shahar statistikasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Shavkat Norqulov, shuningdek, Narxlar statistikasi boshqarmasi mutaxassislari Javohirbek Jamoliddinov, Shahnoza Ismailova va Aziz To‘ychiyev ishtirok etishdi. Kurs davomida ishtirokchilar iste'mol narxlari indeksi hisob-kitoblari amaliyoti bo'yicha tajriba almashishdi. Indekslarni shakllantirish bo'yicha nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'ldilar. Joriy yilning 7-sentabr kuni Statistika agentligida Vena shahrida tashkil etilgan o‘quv kursi yakunlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Seminarda Narxlar statistikasi boshqarmasi, Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi, Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi hamda Toshkent viloyati va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Narx statistikasi bo'limi xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda “Iste’mol narxlari indeksi” mavzusidagi o‘quv kursida orttirilgan tajriba, seminarlar davomida olingan bilim va ko'nikmalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Qirg‘iz Respublikasining Issiqko‘l viloyatida “Raqamli transformatsiya” mavzusida mintaqaviy forum o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 06/09/2023
2023-yilning 28-30-avgust kunlari Xalqaro elektr aloqa ittifoqi taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasining Issiqko‘l viloyatida “Raqamli transformatsiya” mavzusida mintaqaviy forum bo‘lib o‘tdi. Xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Raqamli transformatsiya” mavzusidagi mintaqaviy forumda Rossiya, Qirg‘iz, Qozog‘iston, Belorus, Azarbayjon, Oʻzbekiston va boshqa MDH davlatlari vakillari qatnashdi. Mazkur mintaqaviy forumda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Bahodir Qarshiboyev ham ishtirok etdi. Ushbu xalqaro tadbirda ishtirokchilar raqamli transformatsiyani o‘lchash, zamonaviy AKT orqali statistika ma’lumotlarini tahlil qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi. Forum tashkilotchilari va qatnashchilari bunday nufuzli tadbirlarni kelgusida ham hamkorlikda tashkil etish bo‘yicha kelishib olishdi.

Statistika agentligi vakillari MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi

NASHR ETILGAN: 29/08/2023
Joriy yilning 23–25- avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) Davlatlararo statistika qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan yigʻilishda qatnashdi. Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi MDH Davlatlararo Statistika qoʻmitasi Raisi Konstantin Emilevich Laykam bilan ham uchrashdi. Shuningdek, 24-25-avgust kunlari Moskva shahrida statistik maʼlumotlarni foydalanuvchilarga taqdim etishda zamonaviy elektron dastur mahsulotlarini qoʻllagan holda tezkor, haqqoniy, qulay va shaffof statistik maʼlumotlarni shakllantirish va statistika tizimiga joriy qilish yuzasidan seminar tashkil etildi. Mazkur seminarda Aholining turmush darajasi indikatorlarini shakllantirish va tahlil etish boʻlimi boshligʻi R. Urazbayev, Xalqaro hamkorlik va aloqalar boʻlimi boshligʻi D. Xamdamov, Demografik koʻrsatkichlarni shakllantirish boʻlimi boshligʻi R. Satvaldiyev, Axborot tizimlarini rivojlantirish va joriy etish boʻlimi boshligʻi G.ʻ Eshmurodov va Statistika hisobotlarni raqamlashtirish va vazifalarni dasturlashtirish boʻlimi boshligʻi D. Tojiboyevlar ishtirok etdi. Seminarda ishtirokchilar mavzu yuzasidan oʻzaro fikr-mulohaza almashib, zamonaviy AKT vositalari tizimga joriy etish hamda ular asosida statistik maʼlumotlarni shakllantirish boʻyicha oʻz tajribalarini boyitishdi.

Statistika agentligi xodimlari Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv kursida ishtirok etdi

NASHR ETILGAN: 24/08/2023
Joriy yilning 21-avgust–1-sentabr kunlari Avstriyaning Vena shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamda Birlashgan Vena instituti tomonidan tashkil etilgan “Iste’mol narxlari indeksi (chuqurlashtirilgan)” o‘quv kursi bo’lib o’tmoqda. Mazkur kursda O‘zbekiston, Armaniston, Albaniya, Bosniya va Gersogovina, Gruziya, Moldova, Qozog‘iston, Qirgʻiz Respublikasi, Turkiya, Serbiya, Tojikiston, Ozarbayjon va Ukraina davlatlarining statistika idoralari vakillari ishtirok etishmoqda. Mazkur kursda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Umarov, Toshkent shahar statistikasi boshqarmasi boshlig’ining birinchi o‘rinbosari Shavkat Norkulov, shuningdek, Narxlar statistikasi boshqarmasi mutaxassislari – Javohirbek Djamaldinov, Shaxnoza Ismailova va Aziz Tuychiyev ishtirok etishmoqda. Kursning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, iste’mol narxlari indeksini shakllantirishning nazariy jihatlari to‘g‘risida bilim berish, hisob-kitoblar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirishdan iborat. Kurs davomida ishtirokchi davlatlarning iste’mol narxlari indeksini shakllantirish borasidagi tajribalari hamda xorijiy ekspertlarning tavsiyalari o‘rganilmoqda.

“Statistika agentligining xalqaro axborot almashinuvi va xalqaro reytinglarda erishilayotgan natijalari” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi

NASHR ETILGAN: 22/08/2023
2023-yil 22-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Statistika agentligining xalqaro axborot almashinuvi va xalqaro reytinglarda erishilayotgan natijalari” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rahbariyati, boshqarma boshliqlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirok etdi. Matbuot anjumanida taʼkidlanganidek, 2017-yilda 6 ta xalqaro tashkilotlarning 20 ga yaqin savolnomalari toʻldirilgan boʻlsa, 2023-yilga kelib, Statistika agentligi tomonidan 17 ta xalqaro tashkilotning 49 turdagi savolnomasi asosida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlariga oid maʼlumotlar taqdim etilishi rejalashtirilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tashqi savdo statistikasi boʻyicha maʼlumotlar bazasi “COMTRADE” va YUNISEFning “TRANSMONEE” axborot tizimlariga integratsiya amalga oshirildi.

Jahon banki vakillari bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi

NASHR ETILGAN: 18/08/2023
2023- yilning 18-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Presidenti huzuridagi Statistika agentligida “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Agentlik direktori o‘rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich boshchiligida Agentlik markaziy apparati boshqarma boshliqlari hamda Jahon banki ishchi guruhi a’zolari – Uilyam Seitz, Sevilya Muradova va boshqa ekspertlar qatnashdi. Missiyaning maqsadi “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirishdagi keyingi qadamlarni, harakat rejasini, shuningdek, loyiha doirasida ma'lumotlar bo‘yicha so‘rovlarni muhokama qilishdan iborat. Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ- 4796-sonli qaroriga muvofiq, Jahon banki ekspertlari ko‘magida ishlab chiqilgan “2020—2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi” tasdiqlangan edi. Yig‘ilishda ishchi guruh a'zolari loyihaning borishi, joriy vazifalari va kelgusidagi tadbirlar rejasi bilan tanishtirdi. Loyihaning tarkibiy qismlari, xususan, institutsional islohotlar va salohiyatni rivojlantirish, ma’lumotlarni tayyorlash, texnik imkoniyatlarni takomillashtirish, shuningdek, loyihani boshqarish masalalari ko’rib chiqildi. Muzokaralar yakunida tomonlar mazkur loyiha doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Qozog‘iston Respublikasi Milliy statistika byurosi va Statistika agentligi o‘rtasida tajriba almashildi

NASHR ETILGAN: 8/08/2023
2023-yilning 8-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlari va Qozog‘iston Respublikasi Milliy statistika byurosi (QAZSTAT) vakillari o‘rtasida sanoat va energetika statistikasi ma’lumotlarini toʻplashni tashkil etish amaliyoti bilan tanishish maqsadida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Statistika agentligi vakillari Qozogʻiston Respublikasi Milliy statistika byurosi (QAZSTAT)ning sanoat va energetika statistikasi ma’lumotlarini toʻplash va hisobini yuritish amaliyoti, xususan, sanoat va energetikani ishlab chiqarish metodologiyasi, ko'rsatkichlar, ma'lumotlar manbalari, tanlanma so'rovlarni tashkil qilish amaliyoti va boshqalar bilan tanishdi. Shuningdek, oʻz navbatida statistika agentligi vakillari Qozogʻiston Respublikasi Milliy statistika byurosidagi hamkasblariga Oʻzbekistonning sanoat va energetika statistikasi ma’lumotlarini yigʻish va hisobini yuritish amaliyotini namoyish etdilar. Uchrashuvda sanoat va energetika statistikasi bo‘yicha ikki tomon vakillarini qiziqtirgan masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar ikki statistika idorasi oʻrtasida statistik faoliyat boʻyicha oʻzaro tajriba almashish hamda kelgusida hamkorlikni davom ettirish toʻgʻrisida kelishib oldilar.
  

Xalqaro valyuta jamg‘armasi eksperti bilan milliy hisoblar statistikasi bo‘yicha yakuniy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

NASHR ETILGAN: 7/08/2023
2023-yilning 4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro valyuta jamg‘armasining milliy hisoblar statistikasi bo‘yicha texnik ko‘maklashish missiyasi vakili – XVF statistika departamenti real sektor bo‘limi iqtisodchisi Levan Gogoberishvili bilan yakuniy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ikromov A’zam Anvardjonovich hamda xalqaro ekspert Levan Gogoberishvili milliy hisoblar statistikasini takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohaza almashdilar. Missiyanining asosiy maqsadi – milliy hisoblarni tuzish uchun ma’lumotlar manbalarini takomillashtirishdan iborat. Tadbir davomida ma’lumotlar manbalari hamda milliy hisoblar amaliyotini takomillashtirishda xalqaro tajribalardan foydalanish masalalarida fikr almashildi. Bundan tashqari, ushbu uchrashuvda tomonlar kelgusidagi hamkorlik rejalariga oid masalalarni muhokama qildilar. Tadbir so‘ngida Levan Gogoberishviliga Statistika agentligining esdalik sovg‘asi topshirildi.

Aholini ro‘yxatga olish tadbirlarida ro‘yxatga olish uchastkalari hududlarini taqsimlash bo‘yicha Belorus tajribasi o‘rganildi

NASHR ETILGAN: 1/08/2023
Joriy yilning 24-26-iyul kunlari Belorus Respublikasining Minsk shahrida Aholini ro‘yxatga olish uchastkalarini tashkil etish bo‘yicha Belorus Respublikasi tajribasini o‘rganish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) hamda Belorus Statistika qo‘mitasi bilan hamkorlikda amaliy uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Aholini roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi bosh mutaxassisi Sardar Guseynov hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va axborotlashtirish interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi bosh mutaxassisi Zufar Toymasov va O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi vakillari ishtirok etishdi. Ushbu yig'ilishda Belarus Milliy statistika qo'mitasi mutaxassislari aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rishda elektron kartografik ma'lumotlardan foydalanish, aholini ro'yxatga olish hududlarini tashkil etish, shuningdek, hududni ro'yxatga olish va ro'yxatga olish hududlariga bo'lish uchun GIS texnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, Geografik ma'lumotlar bazalarini yaratish uchun modullar bo'yicha amaliy tavsiyalar berib o‘tishdi.

Olmaota shahrida “Oylik iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari” bo‘yicha mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi

NASHR ETILGAN: 24/07/2023
Joriy yilning 17-21-iyul kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston davlatlari uchun salohiyatni rivojlantirish mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etilgan “Oylik iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari” mavzusida mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminarda Armaniston, Gruziya, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Qirgʻiz Respublikasi, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistondan statistika xizmati vakillari ishtirok etishdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Sanoat statistikasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Sanoat ishlab chiqarish sohasida tizimli statistik kuzatuvlar bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Karimov, Xizmatlar, transport va axborot infratuzilmasi sohasida tizimli statistik kuzatuvlar bo‘limi boshlig‘i Alisher Raximov hamda Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil etish bo‘limi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Husniddin Mamatmuradovlar ishtirok etishdi. Seminarning asosiy maqsadi oylik iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini shakllantirish boʻyicha mamlakatlarning o‘ziga xos tajribalarini o‘rganish hamda ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilar oylik iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini shakllantirishda kerak bo‘ladigan ma‘lumot manbalarini takomillashtirish usullari borasida o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlatlararo statistika qoʻmitasi rahbariyati Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

NASHR ETILGAN: 20/07/2023
Avval xabar qilinganidek, 2023-yil 18-19-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasiga Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlatlararo statistika qo‘mitasi delegatsiyasi tashrif bilan keldi. Joriy yilning 19-iyul kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlatlararo statistika qo‘mitasi delegatsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rahbariyati uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mintaqaviy hamkorlik va statistikani rivojlantirishning keng ko‘lamli masalalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining MDH mintaqasidagi valyutalarning xarid qobiliyati paritetiga asoslangan xalqaro taqqoslash dasturidagi ishtiroki, xususan, MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatkichlarini hisoblash masalalari muhokama qilindi. 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan xalqaro taqqoslash dasturi natijalariga muvofiq, milliy valyutaning xarid qobiliyatini aniqlash maqsadida ularni yil oxirigacha eʻlon qilinishi taʼkidlandi. Uchrashuvda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlatlararo statistika qo‘mitasi raisi – Konstantin Emilevich Laykam O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlatlararo statistika qoʻmitasi rahbariyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida tashkil etilgan “Statistika muzeyi”da boʻlib, oʻzining dil soʻzlarini yozib qoldirdi. Shuningdek, mehmonlar Statistika agentligi xodimlarining ish jarayonlari va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

YUNESKO eksperti Tobi Mendel bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

NASHR ETILGAN: 19/07/2023
Joriy yilning 18-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan taklif etilgan, Axborot kodeksi loyihasi bo‘yicha ekspert Tobi Mendel bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Statistika agentligidan Axborot xizmati rahbari – direktorning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Usmon Abdurasulov, Yig`ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig‘i Xurshid Jo‘rayev, Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Omonilla Umarov, Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jahongir Qambarov, YUNESKO eksperti Tobi Mendel, YUNESKOning Aloqa va axborotlashtirish sektori mutaxassisi Marius Lukosinas, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasidan Aloqa va axborotlashtirish bo‘yicha mutaxassis Sanjarbek Allayarov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Statistika agentligi xodimlari va xorikjlik ekrspertlar – Tobi Mendel, Marius Lukosinas axborot yig‘ish va undan foydalanish, ma’lumotlarni axborot kodeksida aks ettirish, ochiq ma’lumotlar bilan ishlash hamda barqaror rivojlanish maqsadlari masalalari yuzasidan fikr-mulohaza almashishdi.

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlatlararo statistika qoʻmitasi rahbariyati Oʻzbekistonga keldi

NASHR ETILGAN: 19/07/2023
18-19-iyul kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlatlararo statistika qoʻmitasi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Oʻzbekiston Respublikasiga keldi. Joriy yilning 18-iyul kuni tashrif dasturi doirasida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlatlararo statistika qoʻmitasi delegatsiyasi Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi va Samarqand viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati bilan soha faoliyati muhokama qilindi. Muhokama davomida MDH mintaqasidagi valyutalarning xarid qobiliyati paritetiga asoslangan xalqaro taqqoslash dasturi doirasidagi ishlarni rivojlantirish masalalari va strategiyasi, xususan, mintaqaviy darajadagi narxlarni oʻrganish masalalari koʻrib chiqildi. Maʼlumot uchun: PPS asosidagi xalqaro taqqoslash dasturi (XTD) dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarning statistik xizmatlarini birlashtirgan eng yirik xalqaro loyihadir. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi jahon iqtisodiyoti va uning asosiy mintaqalari haqida noyob maʼlumotlarni olish imkonini beradi. 2021-yilgi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladigan Global XTD jarayonida dastlabki maʼlumotlarga koʻra 177 mamlakat ishtirok etmoqda. Bular orasida MDHning xalqaro taqqoslash dasturi roʻyxati (MDH XTD 2021 Global XTD 2021 tarkibi)da Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Moldova, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston ham mavjud.

AQShning Vashington shahrida “Ochiq ma’lumotlar sifatini oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar” mavzusida trening tashkil etildi

NASHR ETILGAN: 20/07/2023
Joriy yilning 12-14-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi xodimlari YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko‘magi bilan Vashingtonda (AQSh) Open Data Watch (ODW) tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan ma’lumotlarning ochiqligi va sifati, metama’lumotlar va ma’lumotlarni tarqatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan treningda ishtirok etishdi. Trening Oʻzbekistonda ochiq maʼlumotlar tizimini yanada yaxshilash, davlat sektorining ochiqligini va sogʻlom biznes muhitini takomillashtirish maqsadlariga qaratildi. YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va ODW tomonidan ko‘rsatilayotgan texnik yordami bilan 2018-yildan boshlab “Open Data Inventory” (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida O‘zbekiston 48 ballga o‘sdi va bu ODIN tarixidagi eng yuqori o‘sishlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari Statistika agentligi xodimlari tashrif davomida quyidagi tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi. Global ma’lumotlar barometri (Global Data Barometer - GDB) reytingi direktori Silvana Fumega (Silvana Fumega) bilan Zoom orqali O‘zbekiston Respublikasining Global Ma’lumotlar Barometridagi (GDB) erishgan natijalari va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda hamkorlikda ishlash haqida kelishib olindi. Tashrif davomida Korporativ ochiq ma’lumotlar markazi (Center for Open Data Enterprise vakillari) vakillari Djoel Gurin (Joel Gurin) va Pol Kuxne (Paul Kuhne) bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda veb-saytdan foydalanish qulayligi, qidirish qobiliyati va ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish kabi interaktiv xususiyatlarni o’z ichiga olgan ma’lumotlarni tarqatishning eng yaxshi amaliyoti muhokama qilindi. Jahon banki bosh statistigi Xayshan Fu (Haishan Fu) xonim va Djuderika Dias (Juderika Dias) bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Jahon banki vakillari O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar reytingida o‘rnini keskin yaxshilayotganini ijobiy baholadi.

Olmaota shahrida “Soliq-byudjet statistikasi sifatini oshirish” mavzusida mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi

NASHR ETILGAN: 17/07/2023
Joriy yilning 10–14-iyul kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston davlatlari uchun salohiyatni rivojlantirish mintaqaviy markazi tomonidan “Soliq-byudjet statistikasi sifatini oshirish” mavzusida tashkil etilgan davlat moliyasi statistikasi va davlat sektori qarzi statistikasi bo‘yicha beshinchi mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminarda Armaniston, Gruziya, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Qirgʻiz Respublikasi, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan moliya va statistika idoralari vakillari ishtirok etishdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Ziyoda Kamilova ham qatnashdi. Seminarning asosiy maqsadi davlat moliyasi statistikasi va davlat sektori qarzi statistikasini shakllantirish va ushbu ma’lumotlardan milliy hisoblar statistikasida foydalanish boʻyicha ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilar davlat moliyasi statistikasi hamda milliy hisoblar ko‘rsatkichlarini shakllantirishda kerak bo‘ladigan ma‘lumot manbalarini takomillashtirish usullari borasida o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

2030-yilgacha Barqaror rivojlanish sohasida statistik hamkorlik, muvofiqlashtirish va salohiyatni oshirish bo‘yicha oliy darajadagi guruhning 31-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

NASHR ETILGAN: 14/07/2023
2023-yil 13-iyul kuni 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish sohasida statistik hamkorlik, muvofiqlashtirish va salohiyatni oshirish bo‘yicha oliy darajadagi guruhning 31-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika bo'limi tomonidan tashkil etdi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich va Agentlik markaziy apparati boshqarma boshliqlari ishtirok etdi. Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich Barqaror rivojlanish sohasida statistik hamkorlik, muvofiqlashtirish va salohiyatni oshirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, kun tartibiga muvofiq, 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish sohasida statistik hamkorlik, muvofiqlashtirish va salohiyatni oshirish bo'yicha quyidagi masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi: – 2024-yil noyabr oyida Kolumbiyaning Medellin shahrida boʻlib oʻtadigan BMTning Butunjahon maʼlumotlar forumiga tayyorgarlik; – Keyptaun global harakat rejasi bilan bog'liq ishlar bo'yicha chora-tadbirlarni belgilash; – global ma'lumotlarni moliyalashtirish va boshqa tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash. Tadbir so‘nggida dolzarb masalalar muhokama qilinib, ishtirokchilar kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.

Statistika agentligi va Gruziya milliy statistika xizmati o‘rtasida tajriba almashildi

NASHR ETILGAN: 11/07/2023
2023-yil 11-iyul kuni Statistika agentligi vakillari va Gruziya milliy statistika xizmati (Geostsat) xodimlari o‘rtasida tajriba almashish, xususan, statistik biznes registrni tuzish va yuritish hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo‘yicha ikki tomonlama tajriba almashish doirasida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida Statistika agentligining Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boshqarmasi xodimlari va Gruziya milliy statistika xizmatining Biznes registr bo‘limi xodimlari o‘rtasida statistik biznes registrni tuzish va yuritish tartibi bo‘yicha o‘zaro muloqot o‘tkazildi. Shuningdek, statistik biznes registrni tuzish va yuritishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishdagi ilg‘or tajriba va ushbu jarayonda foydalanilgan zamonaviy uslubiyot ham muhokama qilindi.

Yerevan shahrida “Rasmiy statistika toʻgʻrisidagi model qonuni”ni takomillashtirish boʻyicha seminar oʻtkazildi

NASHR ETILGAN: 12/07/2023
2023-yilning 4–5-iyul kunlari Armanistonning Yerevan shahrida “Rasmiy statistika toʻgʻrisidagi model qonuni”ni takomillashtirish boʻyicha tajriba oʻrganish maqsadida oʻquv-tanishuv safari tashkil etildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YEIK)ning “Rasmiy statistika toʻgʻrisidagi model qonuni” boʻyicha tashkil etilgan seminarda Norvegiya, Gruziya, Albaniya, Serbiya, Moldova, Armaniston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiz milliy statistika idoralari vakillari va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi ekspertlari ishtirok etdi. Tadbirda qatnashgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Ochiq maʻlumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Omonilla Umarov Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan taqdimot qildi. Taqdimotda qonunni ishlab chiqish asoslari, uning tarkibi va tuzilmasi hamda oʻrganilgan xalqaro tajribalar haqida maʼlumotlar berildi.

Kolumbiyaning Bogota shahrida “Ko‘p qirrali kambag‘allik o‘lchovi”ga bag‘ishlangan oʻquv seminari boʻlib oʻtmoqda

NASHR ETILGAN: 7/07/2023
Joriy yilning 4–14- iyul kunlari Kolumbiyaning Bogota shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi hamda Oksford universiteti hamkorligida “Ko‘p qirrali kambag‘allik o‘lchovi”ga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazilishi belgilangan. Ushbu seminarda kambag‘allikni qisqartirish bilan shug‘ullanuvchi hukumat idoralarining professional xodimlari, xalqaro rivojlanish institutlari mutaxassislari va tadqiqotchilar qatnashmoqda. Seminar Qashshoqlikni kamaytirish va inson taraqqiyoti bo'yicha Oksford tashabbusi direktori Sabina Alkayr va uning jamoasi, ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indekslarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan tadqiqotchilar tomonidan olib borilmoqda. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Madaminov Umid Kanjaboevich hamda Qorаqаlpog‘iston Respublikаsi Stаtistikа boshqаrmаsi boshlig‘i Ganiev Temirbay Turg'anbaxievich ham qatnashmoqda. Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indekslarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha xalqaro miqyosda tasdiqlangan usullarni o‘rganishdan iborat.

Statistika agentligi va Singapur Statistika Departamenti oʻrtasida tajriba almashildi

NASHR ETILGAN: 6/07/2023
2023-yil 5-iyul kuni Statistika agentligi vakillari va Singapur Statistika Departamenti (DOS) xodimlari oʻrtasida tajriba almashish, xususan, sanoat va mehnat statistikasini takomillashtirish, aholini roʻyxatga olish tadbirlarini oʻtkazish, statistik biznes registrni tuzish va yuritish masalalari muhokamasiga bagʻishlangan onlayn uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida Statistika agentligi vakillari ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha Singapur Statistika Departamentining tarmoq statistikasini hisobga olish metodologiyasi, tanlanma kuzatuvlarni tashkil etish tartibi va amaliyoti bilan ham tanishdi. Oʻz navbatida Statistika agentligi vakillari singapurlik hamkasblariga Oʻzbekistonning tarmoq statistikasini yigʻish va hisobga olish amaliyotini namoyish etdilar. Tadbirda Singapurning 2020-yildagi aholini roʻyxatga olish tadbirlarini o‘tkazishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishdagi ilg‘or tajribasi va ushbu jarayonda foydalanilgan zamonaviy uslubiyot, ya’ni onlayn ro‘yxatga olish va CAPI uslubida planshetlar yordamida ro‘yxatga olishni oʻtkazish ishlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar statistika idoralari oʻrtasida kelgusida ham oʻzaro tajriba almashish borasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida kelishib oldilar.

Olmaota shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha oʻquv seminari boʻlib oʻtmoqda

NASHR ETILGAN: 5/07/2023
2023- yilning 3–5-iyul kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadlarining 16-maqsadi, 16.4.1 indikatori “Kiruvchi va chiquvchi noqonuniy moliyaviy oqimlarning umumiy hajmi”, soliq va tijorat bo‘yicha noqonuniy moliyaviy oqimlarni oʻlchash” mavzusida oʻquv seminari o‘tkazilishi belgilangan. Mazkur seminarda Armaniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiz, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonning BRM 16-maqsadi, 16.4.1 indikatorini shakllantirishga aloqador vazirlik va idoralarning mas’ul vakillari ishtirok etmoqda. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Qambarov Jahongir Hoshimjonovich ham qatnashayapti. Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, BRM 16-maqsadi, 16.4.1 indikatorini shakllantirish va monitoringi uchun sifatli statistik ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni yig‘ish bo‘yicha xalqaro miqyosda tasdiqlangan usullarni o‘rganishdan iborat.

Statistika agentligi xodimlari XTD-2021 global dasturi doirasida MDH mintaqasi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etishdi

NASHR ETILGAN: 3/07/2023
Jahon banki ko‘magi ostida MDH davlatlararo statistika qo‘mitasi tomonidan 2023- yilning 27–28- iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida MDH davlatlari statistika xizmatlarining mutaxassislari ishtirokida Xalqaro Taqqoslash Dasturi (XTD) -2021 global dasturi doirasida MDH mintaqasida 2021- yil ma’lumotlari asosida YAIM xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muvozanatlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiz, Moldova, Rossiya, Tojikiston hamda Oʻzbekistonning statistika idoralari vakillari, shuningdek, MDH davlatlararo statistika qo‘mitasining rahbarlari va xodimlari qatnashdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasining Jamg‘arma va yordamchi hisoblar bo‘limi boshlig‘i Xamrayev Zafar Mamasaidovich hamda Narxlar statistikasi boshqarmasining Xalqaro taqqoslash dasturi bo‘yicha narx kuzatuvlari statistikasi bo‘limi boshlig‘i Nishonboyev Bunyodbek Tuxtapo‘lat o‘g‘li ishtirok etishdi. Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad XTD-2021 global dasturi doirasida MDH mintaqasida 2021- yil ma’lumotlari asosida YAIM xarajatlarini taqsimlash bo‘yicha milliy statistika xizmatlari tajribasini muhokama qilish hamda XTD doirasida narxlar ma’lumotlarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilari XTD-2021 global dasturi doirasida XTDning navbatdagi bosqichida ishtirok etish uchun ma’lumotlarni tayyorlash jarayonida yuzaga keladigan muammoli masalalar va ularni hal etish yo‘llari bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi.

Statistika agentligi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlantirish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi

NASHR ETILGAN: 21/06/2023
Joriy yilning 21-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlantirish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv maslahatchi ofisida tashkil etildi. Uchrashuv doirasida tomonlar oʻz faoliyatiga doir maʼlumotlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar, shuningdek, muammoli masalalar boʻyicha fikr almashdilar. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi tomonidan maslahatchi janoblariga tizimda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijalari, Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasidagi oʻzgarishlar boʻyicha maʼlumot berib oʻtildi hamda oʻrta muddatli istiqbolga moʻljallangan faoliyatning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha oʻrtoqlashildi. Tomonlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar va uchrashuv soʻnggida oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarda yaqindan hamkorlik qilish masalalarini kelishib oldilar.

Qozog‘iston Respublikasi Milliy statistika byurosi va Statistika agentligi o‘rtasida tajriba almashildi

NASHR ETILGAN: 20/06/2023
2023-yil 19-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlari va Qozog‘iston Respublikasi Milliy statistika byurosi vakillari o‘rtasida ta'lim statistikasini yig‘ish amaliyoti bo‘yicha onlayn uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida Statistika agentligi vakillari ta’lim turlari bo‘yicha axborot to‘plash manbalari, ta’lim to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash mexanizmi, vazirlik va idoralar ma’lumotlar bazalarining Qozog‘iston Respublikasi Milliy statistika byurosi bilan integratsiyalashuvi jarayonlari bilan tanishdi. Shuningdek, SDG-4 bo'yicha ma'lumotlarni yig'ish, SDG-4 ko'rsatkichlari ma'lumotlarni shakllantirish masalalari yuzasidan ham fikr almashishdi. Oʻz navbatida, Statistika agentligi xodimlari qozogʻistonlik hamkasblariga Oʻzbekistonning taʼlim statistikasini yigʻish va hisobga olish amaliyotini namoyish etdilar. Uchrashuv davomida Qozog‘iston Respublikasi Milliy statistika byurosining ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi bo‘yicha faoliyatiga oid masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar ikki statistika idorasi oʻrtasida statistik faoliyat boʻyicha oʻzaro tajriba almashish hamda kelgusida ham hamkorlik qilish toʻgʻrisida kelishib oldilar.

Gender tengligi va ayollar huquqlarini kengaytirish bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.

NASHR ETILGAN: 15/06/2023
Joriy yilning 15- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gender tengligi va ayollar huquqlarini kengaytirish bo‘yicha tashkiloti missiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda BMT Ayollar tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori o‘rinbosari Elisa Fernandes Saens va O‘zbekiston Respublikasidagi dastur menejeri Jeren Gyuven Gyures ishtirok etishdi. Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Zohidjon Ziyayev olib bordi. Tadbir davomida gender strategiyasini tashkil etishni jadallashtirish, har jabhada ayollar ishtirokini kengaytirish hamda hamkorlikda dastlabki yoʻl xaritasini tayyorlash va boshqa gender tengligi bo‘yicha masalalar muhokama qilindi. Tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti missiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi

NASHR ETILGAN: 13/06/2023
Joriy yilning 13- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) missiyasi, JSST Yevropa mintaqaviy byurosi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda sog‘liqni saqlash sohasidagi ma’lumotlarni raqamlashtirish masalalarini muhokama qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Statistika agentligi markaziy apparati xodimlari hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakillari ishtirok etishdi. Yig‘ilish davomida ishtirokchilar tomonidan sog‘liqni saqlash statistikasi, demografik ko‘rsatkichlar (tug‘ilish, o‘lim darajasi), migratsiya masalalari, idoralararo axborot almashinuvi va sog‘liqni saqlash sohasida ma’lumotlarni integratsiya qilish kabi masalalar muhokama qilindi. Tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

Xalqaro transport forumining Asosiy transport statistikasi xalqaro maʼlumotlar bazasida Oʻzbekiston boʻyicha maʼlumotlar eʼlon qilina boshlandi

NASHR ETILGAN: 12/06/2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4273-son hamda 2020-yil 3-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4796-son qarorlari doirasida Xalqaro transport forumiga aʼzo boʻlishga erishish va Xalqaro transport forumining Asosiy transport statistikasi (Key Transport Statistics, International Transport Forum) maʼlumotlar bazasida Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisida maʼlumotlarni aks ettirish vazifasi belgilangan. Qarorlar talablari ijrosi yuzasidan 2019-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan oʻzaro bir qancha yigʻilishlar, seminarlar tashkil etildi. Shuningdek, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti xalqaro eksperti bilan ZOOM orqali fikrlar almashinildi. Hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijasida 2020-2021-yillar mobaynida Oʻzbekiston Xalqaro transport forumiga aʼzo mamlakatlar orasidan joy oldi. Hozirgi kunga kelib ushbu tashkilotga 66 ta davlat aʼzo boʻlgan. Natijada, 2023-yil may oyidan boshlab, Asosiy transport statistikasi, Xalqaro transport forumi (Key Transport Statistics, International Transport Forum) xalqaro maʼlumotlar bazasida Oʻzbekiston boʻyicha maʼlumotlar eʼlon qilina boshladi. Maʼlumot uchun, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti huzuridagi Xalqaro transport forumi 66 ta davlat aʼzosi boʻlgan hukumatlararo tashkilotdir. U transport siyosati boʻyicha tahlil markazi sifatida ishlaydi va Transport vazirlarining yillik sammitini tashkil qiladi. Xalqaro transport forumi barcha transport turlarini qamrab oladigan yagona global tashkilotdir. Tashkilotning asosiy missiyasi transportning iqtisodiy oʻsish, ekologik barqarorlik va ijtimoiy bogʻliqlikdagi rolini chuqurroq tushuntirishga koʻmaklashish orqali transport siyosatining jamoatchilik orasida mavqeini oshirishdan iborat.

Statistika agentligi delegatsiyasi xalqaro seminarida ishtirok etdi

NASHR ETILGAN: 12/06/2023
Joriy yilning 6-8-iyun kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi Yevrostat taklifiga binoan Yevropa statistika tizimining “Yevropa amaliyoti kodeksi” va sifatni taʼminlash boʻyicha standartlarni joriy etish boʻyicha tajribasini oʻrganishga bagʻishlangan seminarda ishtirok etdi. Seminar Polshaning Krakov shahrida boʻlib oʻtdi. Seminarda Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Kozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Moldova, Ukraina va Oʻzbekiston, shuningdek, Yevrostat ekspertlari ishtirok etishdi. Unda Yevrostat ekspertlari tomonidan Yevropa statistika tizimining “Yevropa amaliyoti kodeksi” va sifatni taʼminlash boʻyicha standartlarni joriy etish boʻyicha tajribasi namoyish etildi. Shuningdek, tadbirda ishtirok etuvchi davlatlarning statistika idoralari vakillari alohida masalalar boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi institutsional muhit va statistik jarayonlar sifatini oshirish borasida taqdimot qildi. Taqdimotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi vakillari tadbir ishtirokchilarini Oʻzbekistonda statistika tizimi faoliyatini takomillashtirish masalalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar va istiboldagi rivojlantirish rejalari bilan tanishtirib oʻtdilar. Seminar yakuni boʻyicha delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining masʼul boʻlinmalariga sifatni taʼminlash standartlari yuzasidan kelgusidagi amaliy ishlar boʻyicha oʻz tavsiyalarini taqdim etdi.

O‘zbekistonda 2050- yilgacha demografik rivojlanish prognozlari natijalariga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 08/06/2023
Joriy yilning 8-iyun kuni poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi va hududlarining 2050- yilgacha demografik rivojlanish prognozlari natijalari va respublikada tug‘ilish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlanma so‘rov natijalari taqdimotiga bag‘ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi. Mazkur davra suhbatida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar va elchixonalarning vakillari, vazirlik, idoralar, ilmiy tadqiqot institutlar va universitetlarning rahbar va xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyayev Zohidjon Muratovich tadbirni tashkil etishdagi hamkorligi uchun BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi. 2023-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etgan. Respublikamizning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan. Mamlakatimiz aholisi 2023-yil boshidan buyon 172,8 ming kishiga koʻpaygan. Oʻzbekiston aholisi 2023-yilning har bir oyida oʻrtacha 57,6 ming kishiga oshgan. 2023-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,9 ming kishiga koʻpaymoqda. Shuningdek, tadbirda Statistika agentligining “Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi” boshlig’i Zoyir Yuldoshev ham ishtirok etib, mamlakatimizda demografiya statistikasi sohasi yuzasidan fikr almashdi. 2022-yilning yanvar-dekabr oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy nofaol soni jami 4 423,3 ming kishini tashkil etgan. Ushbu koʻrsatkichni, 2021-yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda 69,1 ming kishiga koʻpaygan. Mazkur davra suhbatida ko‘tarilgan masalalar mamlakatimizda demografiya va mehnat bozori sohasida qisqa va uzoq muddatli dasturlarni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Statistika agentligi va Gruziya milliy statistika boshqarmasi oʻrtasida tajriba almashildi

NASHR ETILGAN: 06/06/2023
2023-yil 5-iyun kuni Statistika agentligi vakillari va Gruziya milliy statistika boshqarmasi (GEOSTAT) xodimlari oʻrtasida tajriba almashish, xususan, narxlar, qurilish, sanoat va xizmatlar statistikasini takomillashtirish maqsadida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida Statistika agentligi vakillari ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha GEOSTATning tarmoq statistikasini hisobga olish metodologiyasi, tanlanma kuzatuvlarni tashkil etish tartibi va amaliyoti bilan tanishdi. Oʻz navbatida Statistika agentligi vakillari gruziyalik hamkasblariga Oʻzbekistonning tarmoq statistikasini yigʻish va hisobga olish amaliyotini namoyish etdilar. Tadbirda tadbirkorlik, xizmatlar, sanoat, qurilish va energetika statistikasi, shuningdek, narxlar statistikasi sohalaridagi tarmoq boshqarmalari faoliyatiga oid masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar statistika idoralari oʻrtasida kelgisida ham oʻzaro tajriba almashish borasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida kelishib oldilar.

Statistika agentligi vakili mehnat statistikasi bo‘yicha xalqaro seminarda ishtirok etdi

NASHR ETILGAN: 31/05/2023
2023- yilning 24–25- may kunlari Italiyaning Turin shahrida Yevropa ta’lim jamg‘armasi tomonidan “Kasbiy ko‘nikmalarga e’tibor qaratgan holda mehnat bozori va mehnat faoliyatiga o‘tish bo‘yicha ma’lumotlarni birlashtirish va ulardan foydalanish” mavzusida seminar tashkil etildi. Mazkur tadbirda sohaga aloqador davlat va nodavlat tashkilotlar, jumladan statistika, mehnat va ta’lim tashkilotlari vakillari, xalqaro ekspertlar, shuningdek, Yevropa ta’lim jamg‘armasi vakillari ishtirok etdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig’i Zoyir Yo‘ldoshev ham ishtirok etdi. Tadbirda ishtirokchilar Yevropa Ittifoqiga qo‘shni mamlakatlarda faol mehnat bozori siyosati, o‘lchash usullari, yondashuvlari, natijalari va asosiy muammolari bo‘yicha statistik ma’lumotlarning mavjudligi haqida umumiy ma’lumotlarni olish bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi. Shuningdek, xalqaro seminar davomida faol mehnat bozori siyosatining aniq ma’lumotlarini kengaytirish, monitoring va baholash masalalari bo‘yicha mamlakatlar tajribasi o‘rganildi.

YEOII statistikasida innovatsiyalar va yangi maʻlumotlar manbalari

NASHR ETILGAN: 30/05/2023
Joriy yilning 24–25- may kunlari Moskvada II Yevroosiyo iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi. Unda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga aʼzo va kuzatuvchi davlatlar rahbarlari ishtirok etdi. 35 ta sessiyadan iborat boʻlgan mazkur biznes forumning shiori – “Koʻp qutbli dunyoda Yevroosiyo integratsiyasi” deb nomlangan. Mazkur forumda 59 davlatdan 2700 nafardan ortiq ishtirokchi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Yevroosiyo Iqtisodiy forumi doirasida “YeOII statistik maʼlumotlaridagi innovatsiyalar va yangi maʼlumotlar manbalari” sessiyasi boʻlib oʻtdi. Ushbu sessiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshligʻi Botir Irgashev ham ishtirok etdi. Ushbu iqtisodiy forumning asosiy mavzulari YeOIIdagi integratsiya jarayonlarining eng dolzarb va ommabop masalalari, jumladan, yangi uzoq muddatli rejalashtirish hujjatlarini tayyorlash va 2030- va 2045- yillarga qadar integratsiyaviy hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilash, hamkorlikni rivojlantirish boʻldi. Shuningdek, YeOII va MDHga aʼzo boʻlmagan davlatlar oʻrtasida bojxona xizmatini tartibga solish va YeOII ichki bozorining istiqbollari, raqamli transformatsiya va xalqaro toʻlovlar mexanizmlarini takomillashtirish borasida ham maʼlumotlar berildi. Tadbirlar yetti yoʻnalishga boʻlingan holda tashkil etildi: Inson kapitali, Texnologiya va hamkorlik, Oʻzgaruvchan dunyoda YeOII, Yevroosiyo aloqalari, YeOII ichki bozori: bojxona hamkorligi, raqobat va davlat xaridlari, Strategik blok, YeOII ishbilarmonlar kengashi bloki. Ma’lumot uchun: YeOIIga aʼzo davlatlar – Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Rossiya va Qirgʻiz Respublikasi. Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibida Moldova va Kuba bilan birgalikda kuzatuvchi maqomiga ega. Tadbir kun tartibida rasmiy statistik maʻlumotlarni toʻplash, qayta ishlash va tarqatish jarayonlarini takomillashtirishda yangi axborot manbalari va axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.

“Aholini roʻyxatga olish: muammolar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro forum yakunlandi

NASHR ETILGAN: 26/05/2023
Avval xabar berilganidek, Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Aholini ro‘yxatga olish: muammolar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro forum yakunlandi. Xalqaro forumda 2020- yil raundida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi hududidagi davlatlar va MDHga a’zo davlatlarda aholini ro‘yxatga olish natijalari, aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlari va samarali siyosiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda foydalanish kabi muhim masalalarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, forumda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishni an’anaviy usulidan yangi usullarga o‘tish, jumladan, aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishda Big Data va BI platformalarini qo‘llash istiqbollari muhokama qilindi. Ushbu xalqaro forumda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Zohidjon Ziyayev hamda Statistika agentligining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi boshligʻi Qobil Berdiqulov ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, jumladan, 2021-yilda o‘tkazilgan sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish natijalari to‘g‘risida taqdimot qilishdi. Xalqaro forum davomida Belorus Respublikasi milliy statistika qo‘mitasi raisi – I. Medvedeva va Qozog‘iston Milliy statistika byurosi rahbari – J. Shaymardanov bilan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish, natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama etildi va kelishib olindi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining milliy hisoblar statistikasi bo‘yicha eksperti bilan uchrashuv o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 26/05/2023
2023- yilning 26- may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro valyuta jamg‘armasi texnik yordam missiyasining milliy hisoblar statistikasi bo‘yicha vakili Mariya Mancheva bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich hamda xalqaro ekspert Mariya Mancheva milliy hisoblar statistikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashdi. Missiyanining asosiy maqsadi – milliy hisoblarni tuzish uchun ma’lumotlar manbalarini takomillashtirishdan iborat. Tadbir davomida ma’lumotlar manbalari hamda milliy hisoblar amaliyotini takomillashtirishda xalqaro tajribalardan foydalanish masalalarida fikr almashildi. Uchrashuvda tomonlar hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasidagi zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olishdi. Tadbir so‘ngida Mariya Manchevaga Statistika agentligi jamoasi nomidan esdalik sovg‘asi topshirildi.

Olmaota shahrida “Aholini roʻyxatga olish: muammolar va imkoniyatlar” mavzusida forum boʻlib oʻtdi.

NASHR ETILGAN: 23/05/2023
2023- yilning 22-24- may kunlari Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahrida “Aholini roʻyxatga olish: muammolar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro forum boʻlib oʻtdi. Ushbu xalqaro forumda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktor oʻrinbosari Zohidjon Ziyayev hamda Statistika agentligining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi boshligʻi Qobil Berdiqulov ishtirok etdi. Forumda kun tartibiga koʻra quyidagi masalalar muhokama qilindi: - hamdoʻstlik davlatlarida 2020-yil raundida aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, uni oʻtkazish, uning natijalarini tahlil qilish va tarqatish boʻyicha milliy tajribalarni almashish; - barqaror milliy rivojlanishga erishishni monitoring qilish, aholining turmush darajasini oshirish, munosib mehnatni taʼminlash, sogʻliqni saqlash, taʼlim, ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish, mamlakatdagi ichki nomutanosiblikni tenglashtirishga qaratilgan dasturlarni rejalashtirish uchun eng muhim maʼlumotlar manbai sifatida aholini roʻyxatga olishning ahamiyati. Forum kun tartibiga qoʻyilgan masalalar – qizgʻin baxs-munozalarga va muhokamalarga boy boʻldi.

Moskvada ilk bor “I Xalqaro talabalar statistika festivali” doirasida statistika boʻyicha xalqaro talabalar olimpiadasi tashkil etildi

NASHR ETILGAN: 19/05/2023
Joriy yilning 15-19-may kunlari Moskva shahridagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetida MDH Statistika qoʻmitasi tomonidan ilk bor “I Xalqaro talabalar statistika festivali” doirasida statistika boʻyicha xalqaro talabalar olimpiadasi tashkil etildi. Unda Oʻzbekistondan ham ikkita jamoa ishtirok etdi. Ushbu festivalda Tojikiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Rossiya, Belarus va Oʻzbekiston jamoalari uch bosqichli tanlovdan oʻtdi. Bundan tashqari, festival doirasida, statistika sohasidagi boshqa davlatlarning OTM va ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish nazarda tutilgan. Mazkur tadbir oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad soha uchun malakali kadrlarni shakllantirib borish, statistikaning mavqeini yanada mustahkamlash hamda xalqaro talabalar ilmiy hamkorligini yanada rivojlantirishdir. “Xalqaro talabalar statistika festivali” doirasida talabalar olimpiadasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti talabalari ham munosib ishtirok etishdi. Xususan, vakillarimiz “Eng yaxshi mintaqaviy tahlil” va “Ilmiy tadqiqotlarda ijodkorlik” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib bo'lishdi.

Statistika agentligi direktori boshchiligidagi delegatsiya "Markaziy Osiyoda iqtisodiy rivojlanish uchun samarali boshqaruv” mavzusidagi xalqaro konferensiyada qatnashmoqda

NASHR ETILGAN: 18/05/2023
Joriy yilning 17-18-may kunlari Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahrida “Markaziy Osiyoda iqtisodiy rivojlanish uchun samarali boshqaruv” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazilmoqda. Muzkur xalqaro konferensiyada Qozogʻiston, Qirgʻiz R., Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Moʻgʻuliston, Buyuk Britaniya kabi 150 dan ortiq davlat organlari vakillari va ekspertlar ishtirok etmoqda. Xalqaro konferensiya Buyuk Britaniya hukumati tomonidan Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, Hamdoʻstlik va taraqqiyot departamenti orqali moliyalashtiriladigan va Jahon banki hamda Texnik hamkorlik va taraqqiyot agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan Iqtisodiy rivojlanish uchun samarali boshqaruv (YEGED) dasturi doirasida oʻtkazilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya ham mazkur xalqaro konferensiyada qatnashmoqda. Statistika agentligi direktori oʻz maʼruzasida Oʻzbekistonda statistika sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy yutuqlar borasida alohida toʻxtalib oʻtdi: - tizimni isloh qilish, faoliyatga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, shu jumladan, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash borasida tizim elektron axborot resurslarini eng soʻnggi andozalar asosida takomillashtirish va yoʻlga qoʻyish (Statistika integrallashgan axborot tizimi (SIAT)), xalqaro eʼtirof etilgan kuzatuvlarni (Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS), Xalqaro taqqoslashlar dasturi (XTD)) tashkil etish va oʻtkazish borasida erishilgan yutuqlar, aholini roʻyxatga olish tadbirlariga puxta tayyorgarlik koʻrib borish borasida amalga oshirilayotgan tadbilar; - ochiqlik, va shafffoflik borasida erishilgan yutuqlar; - statistika jarayonlari, xususan statistika maʼlumotlarini ishlab chiqarish, tahlil qilish va ulardan davlat siyosatini shakllantirish maqsadlarida foydalanish borasida milliy statistika tizimi ishtirokchilari oʻrtasida samarali munosabatlarni oʻrnatish borasida Oʻzbekiston tajribasi; - statistika dasturlarini shakllantirish, maʼlumotga boʻlgan ehtiyojni aniqlash va statistika maʼlumotlaridan foydalanish masalalarida jamoatchilikning ishtirokini taʼminlash va boshqa erishilayotgan natijalar bilan oʻrtoqlashdi.

Koreya Respublikasi Statistika idorasi vakillari Samarqand viloyati Statistika boshqarmasiga tashrif buyurdi

NASHR ETILGAN: 17/05/2023
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 15-19-may kunlari Koreya Respublikasi Statistika idorasi delegatsiyasi statistika sohasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va ikki tomonlama dolzarb mavzularda oʻzaro tajriba almashish masalalarida amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turibdi. Koreya Respublikasi Statistika idorasi delegatsiyasi Samarqand shahriga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Samarqand viloyat boshqarmasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar. Uchrashuv doirasida, tomonlar oʻz faoliyatlari boʻyicha taqdimotlar oʻtkazdilar, qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

BMTning 4-butunjahon ma’lumotlar forumida Statistika agentligi vakili ishtirok etdi

NASHR ETILGAN: 02/05/2023
2023- yil 24–27- aprel kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti Statistika bo‘limi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Milliy statistika byurosi tomonidan BMTning 4-butunjahon ma’lumotlar forumi tashkil etildi. Mazkur forumda 150 ga yaqin mamlakatdan 7 mingdan ortiq mutaxassislar onlayn va bevosita ishtirok etdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon ma’lumotlar forumi hukumatlar, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor, donor va xayriya tashkilotlari, xalqaro va mintaqaviy agentliklar, geokosmos hamjamiyati, ommaviy axborot vositalari, ilmiy doiralar va rasmiy idoralarning ma’lumotlari va statistik ekspertlari hamda foydalanuvchilarini birlashtiradi. Ma’lumotlar bo’yicha mutaxassislar va foydalanuvchilar ma’lumotlarning yangilanishini rag’batlantirish, ma’lumotlarga yuqori darajadagi siyosiy va moliyaviy yordamni safarbar etish va barqaror rivojlanish uchun yaxshiroq ma’lumot olish yo’lini yaratish uchun yig’ilishadi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Akrom Sultanov qatnashdi. Forum doirasida nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan turli uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan: BMT Statistika departamenti direktori Stefan Shvaynfest; Osiyo va Tinch Okeani bo‘yicha Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi statistika qo‘mitasi direktori Reychl Biven; Open Data Watch xalqaro tashkiloti ijrochi direktori Sheyda Badi; Global Data Barometer loyihasi direktori Silvana Fumega. Shuningdek, Gruziya, Tojikiston, Indoneziya, Mongoliya, Kambodja statistika idoralarining rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlar va muzokaralarning asosiy maqsadi, mamlakatimizda ochiq ma’lumotlar sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va erishilayotgan natijalar haqida xabardor qilib borish, shuningdek, so‘nggi xalqaro tavsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etish masalalarida yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qaratilgan.

Statistika agentligining Koreya Respublikasi Statistika idorasi bilan hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichda

NASHR ETILGAN: 17/05/2023
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 15-19-may kunlari Koreya Respublikasi “Statistiks Koreya” idorasi delegatsiyasi statistika sohasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va ikki tomonlama dolzarb mavzularda oʻzaro tajriba almashish masalalarida amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turibdi. Tashrifning ikkinchi kuni davomida Koreya Respublikasi “Statistiks Koreya” idorasi delegatsiyasi oʻz ishini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga davom ettirdi. Tizim faoliyatiga sifatni boshqarishning ilgʻor tizimlarini va raqamli texnologiyalarni joriy etish borasida oʻzaro tajriba almashildi. Tomonlar oʻz tajribalari boʻyicha taqdimotlar oʻtkazib, mavjud savollarga javoblar olishdi va kelgusidagi hamkorlik yoʻnalishlarini kelishib oldilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Koreya Respublikasi “Statistiks Koreya” idorasi bilan hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichda

NASHR ETILGAN: 15/05/2023
Joriy yilning 15-19-may kunlari Koreya Respublikasi “Statistiks Koreya” idorasi delegatsiyasi statistika sohasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va ikki tomonlama dolzarb mavzularda oʻzaro tajriba almashish masalalarida amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turibdi. Tashrifning ilk kuni Koreya Respublikasi “Statistiks Koreya” idorasi delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar Statistika agentligi direktori bilan uchrashdilar va tashrif mavzusiga doir masalalarda fikr almashdilar. Soʻngra, Koreya Respublikasi “Statistiks Koreya” idorasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi oʻrtasida yangilangan memorandum imzolandi. Maʼlumot uchun: Koreya Respublikasi “Statistiks Koreya” idorasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi (avvaldi Davlat statistika qoʻmitasi) oʻrtasida ilk bor aloqalar 2011-yilda oʻrnatilgan boʻlib, oʻzaro hamkorlik tgʻrisidagi memorandum 24-avgustda Toshkent shahrida imzolangan. Oʻtgan davr mobaynida umumiy hisobda statistika sohasiga doir 40dan ziyod (asosiy yoʻnalishlar boʻyicha) masalalarda tajriba almashilgan. Yangilangan memorandum ikki tomonning hamkorlik aloqalarini davom ettirish va hamkorlik jabhalarini kengaytirishga tayyorligining rasmiy ifodasi boʻlib xizmat qiladi. Delegatsiyaning Statistika agentligiga tashrif doir yangiliklar berib boriladi.

BMTning urbanizatsiya darajasini baholash metodologiyasini joriy etish boʻyicha mintaqaviy seminari boʻlib oʻtdi

NASHR ETILGAN: 16/05/2023
2023-yilning 8–12- may kunlari Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika boʻlimi (UNSD) BMT-Habitat bilan hamkorlikda hamda Yevropa Komissiyasi tomonidan urbanizatsiya darajasini baholash metodologiyasini amalga oshirish boʻyicha mintaqaviy seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Respublikasi mutaxassislari qatnashdi. Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Aholini roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi bosh mutaxassisi Sardor Guseynov hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va axborotlashtirish interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi bosh mutaxassisi Zufar Toymasov ishtirok etdi. Seminarda urbanizatsiya darajasini baholash metodologiyasini joriy etish, shaharlar va qishloq joylarini ilmiy asosda boʻlib chiqish, shuningdek, GIS texnologiyalaridan foydalangan holda aholini roʻyxatga olishning roʻyxatga olish va hisob uchastkalariga boʻlish usullarini qoʻllash, bundan tashqari, aholini roʻyxatga olish natijalarini eʻlon qilishda GIS texnologiyalaridan foydalanish masalari boʻyicha oʻquv-mashgʻulotlar boʻlib oʻtdi.

Statistika agentligi vakillari gender statistikasi bo‘yicha xalqaro seminarda ishtirok etdi

NASHR ETILGAN: 16/05/2023
2023- yilning 9–12- may kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan gender statistikasi bo'yicha ekspertlar guruhi yig'ilishi tashkil etildi. Ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasida BMTning gender tengligi bo'yicha 24 nоrmativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan, BMTning 5 ta asosiy minimal gender ko'rsatkichlari to'plamlarining tavsiyasiga asosan O'zbekiston Respublikasida 180 ta gender statistikasining ko'rsatkichlari shakilantirildi. Mazkur tadbirda AQSH, Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyoning statistik idora xodimlari hamda 12 ta xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etdi. Kun tartibida gender statistikasida ekspertlar tomonidan ish haqi va daromadlar, gender va atrof-muhit ko'rsatkichlari o‘lchovi, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik ko'rsatkichlari, gender statistikasi uchun yangi ma'lumotlar manbalari, savdo va boshqa masalalar ko'rib chiqildi. Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Demografik ko'rsatkichlarni shakillantirish bo'limi boshlig'i o'rinbosari Shodiyev Ma'ruf Sharif o'gli va Protokol xizmati boshlig'i Maksumova Komila Shuxratovna ham qatnashdi.

Belarus Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi vakillari bilan onlayn seminar tashkil etildi

NASHR ETILGAN: 11/05/2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi hamda Belarus Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi Ichki savdo va xizmatlar statistika bosh boshqarmasi xodimlari oʻrtasida onlayn seminar tashkil etildi. Mazkur tadbirda Belarus Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi Ichki savdo va xizmatlar statistika bosh boshqarmasi boshligʻi Chigireva Irina Gennadyevna hamda Statistika agentligi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshligʻi Botir Irgashev tarkibiy oʻzgarishlar va inklyuziv rivojlanish jarayonida ichki savdo statistikasi koʻrsatkichlarini shakllantirish boʻyicha oʻzaro fikr-mulohaza almashishdi. Seminar davomida tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi sohasini rivojlantirish, tizimdagi mavjud muammolar va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilish boʻyicha ham fikr almashildi. Aytish lozimki, ushbu seminarda olingan oʻzaro tajribalar asosida soha boʻyicha fundamental tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi.

Samarqand shahrida migratsiya bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi.

NASHR ETILGAN: 03/05/2023
Bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Migratsiyaga oid statistik ma’lumotlar bilan ishlash: mavjud amaliyot va istiqboldagi rejalar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur davra suhbatida Markaziy Osiyo mamlakatlari statistika idoralarining yuqori darajadagi vakillari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya vakillari, MXT mutaxassislari va ekspertlari, shuningdek, O‘zbekistonning tegishli davlat idoralari, Qozog‘iston, Qirg‘iz va Tojikiston davlat idoralari, MXTning Venadagi Mintaqaviy ofisi, Markaziy Osiyo davlatlaridagi missiyalarining vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich tadbirni tashkil etishdagi hamkorligi uchun Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga o‘z minnatdorchiligini bildirgan holda ishtirokchilarni O‘zbekistonga tashrifi bilan qutladi hamda mavzuga oid xalqaro uchrashuvlarning ahamiyati, migratsiyaga oid statistik ma’lumotlarning dolzarbligi haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek, Statistika agentligining boshqarma boshliqlari Odiljon Mamadaliyev va Zoyir Yuldoshev so‘zga chiqib, mamlakatimizda migratsiyaga oid statistik ma’lumotlarning shakllantirilishi, ma’lumotlar tarkibi va sifatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida ishtirokchilarga taqdimot qildi hamda savollarga atroflicha javoblar berildi.

Xalqaro tadbirda Statistika agentligi xodimi ishtirok etdi

NASHR ETILGAN: 02/05/2023
2023- yilning 25–27- aprel kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan milliy hisoblar bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi tashkil etildi. Mazkur tadbirda MDH va xorijiy mamlakatlar milliy statistika xizmatlari hamda Markaziy (Milliy) banklari, shuningdek, BMT YIK, XVJ, Yevrostat va Jahon banki hamda bir qator xalqaro tashkilotlarning ekspertlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i Abrorali Mamadjanov ham qatnashdi. Seminarning asosiy maqsadi ilg‘or tajribalardan foydalanishni rag‘batlantirish hamda tavsiyalar va uslubiy materiallarni ishlab chiqishga hissa qo‘shish orqali milliy hisoblar tizimi, to‘lov balansi va boshqa tegishli xalqaro statistika uslubiyotlarini amaliyotga joriy etishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

BMTning 4-butunjahon ma’lumotlar forumida Statistika agentligi vakili ishtirok etdi

NASHR ETILGAN: 02/05/2023
2023- yil 24–27- aprel kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti Statistika bo‘limi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Milliy statistika byurosi tomonidan BMTning 4-butunjahon ma’lumotlar forumi tashkil etildi. Mazkur forumda 150 ga yaqin mamlakatdan 7 mingdan ortiq mutaxassislar onlayn va bevosita ishtirok etdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon ma’lumotlar forumi hukumatlar, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor, donor va xayriya tashkilotlari, xalqaro va mintaqaviy agentliklar, geokosmos hamjamiyati, ommaviy axborot vositalari, ilmiy doiralar va rasmiy idoralarning ma’lumotlari va statistik ekspertlari hamda foydalanuvchilarini birlashtiradi. Ma’lumotlar bo’yicha mutaxassislar va foydalanuvchilar ma’lumotlarning yangilanishini rag’batlantirish, ma’lumotlarga yuqori darajadagi siyosiy va moliyaviy yordamni safarbar etish va barqaror rivojlanish uchun yaxshiroq ma’lumot olish yo’lini yaratish uchun yig’ilishadi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Akrom Sultanov qatnashdi. Forum doirasida nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan turli uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan: BMT Statistika departamenti direktori Stefan Shvaynfest; Osiyo va Tinch Okeani bo‘yicha Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi statistika qo‘mitasi direktori Reychl Biven; Open Data Watch xalqaro tashkiloti ijrochi direktori Sheyda Badi; Global Data Barometer loyihasi direktori Silvana Fumega. Shuningdek, Gruziya, Tojikiston, Indoneziya, Mongoliya, Kambodja statistika idoralarining rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlar va muzokaralarning asosiy maqsadi, mamlakatimizda ochiq ma’lumotlar sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va erishilayotgan natijalar haqida xabardor qilib borish, shuningdek, so‘nggi xalqaro tavsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etish masalalarida yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qaratilgan.

Statistika agentligi xodimlari xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi

NASHR ETILGAN: 17/04/2023
2023- yilning 12–13- aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahrida Rossiya statistika Assotsiatsiyasi hamda Iqtisodiyot oliy maktabi tomonidan “Hukumat qarorlari samaradorligini oshirish, iqtisodiyot uchun raqamli infratuzilmani yaratish, statistika fanlari va ta’limini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida MDH statistik hamjamiyatini rivojlantirish” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Ushbu xalqaro konferensiyada Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiz, Rossiya, Tojikiston hamda Oʻzbekistonning statistika idoralari vakillari, tadqiqot hamjamiyatlari xodimlaridan iborat mutaxassislar qatnashdi. Xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktorining o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Turayev Botir Eshboyevich hamda Agentlikning Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasining Jamg‘arma va yordamchi hisoblar bo‘limi boshlig‘i Xamrayev Zafar Mamasaidovich ishtirok etishdi. Xalqaro konferensiyaning asosiy maqsadi MDH davlatlarining statistika hamjamiyatini birlashtirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashishni o‘z ichiga olishdan iborat. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari iqtisodiyot uchun raqamli infratuzilmani yaratish, statistika fanlari va ta’limini rivojlantirish borasida ham o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Presidenti huzuridagi Statistika agentligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

NASHR ETILGAN: 13/04/2023
2023- yilning 12- aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Presidenti huzuridagi Statistika agentligida “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Agentlik Direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Agentlik markaziy apparati boshqarma boshliqlari, hamda Jahon banki ishchi guruhi a’zolari – Uilyam Seitz, Sevilya Muratova va boshqa ekspertlar qatnashdi. Missiyaning maqsadi “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirishdagi keyingi qadamlarni, harakat rejasini, shuningdek, loyiha doirasida ma'lumotlar bo‘yicha so‘rovlarni muhokama qilishdan iborat. Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ- 4796-sonli qaroriga muvofiq, Jahon banki ekspertlari ko‘magida ishlab chiqilgan “2020—2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi” tasdiqlangan edi. Yig‘ilishda ishchi guruh a'zolari loyihaning borishi, joriy vazifalari va kelgusidagi tadbirlar rejasi bilan Agentlik Direktori tanishtirdi. Loyihaning tarkibiy qismlari, xususan, institutsional islohotlar va salohiyatni rivojlantirish, ma’lumotlarni tayyorlash, texnik imkoniyatlarni takomillashtirish, shuningdek, loyihani boshqarish masalalari ko’rib chiqildi. Muzokaralar yakunida tomonlar mazkur loyiha doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Atrof-muhit statistikasi va ko`rsatkichlari bo`yicha tadbir o`tkazildi

NASHR ETILGAN: 29/10/2020
2020- yil 26–27 oktabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Atrof-muhit statistikasi va ko'rsatkichlari bo'yicha qo‘shma ishchi guruhning 17-sessiyasi va Atrof-muhitni monitoring qilish hamda baholash bo‘yicha ishchi guruhininig 22-sessiyasi tashkil qilindi. Onlayn ravishda tashkil etilgan ushbu tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Sh.G‘ulomov hamda bosh mutaxassis A.Gafurova qatnashdi. Sessiyalarda Albaniya, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iz, Moldova, Tojikiston, Ukraina, Shimoliy Makedoniya hamda BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE)ga a’zo boshqa davlatlar vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, mazkur onlayn tadbirni xorijlik atrof-muhit bo‘yicha yetakchi mutaxassislar, statistika idoralari vakillari, atrof-muhit masalalari bilan shug‘ullanuvchi ekspertlar kuzatib borishdi. 17- sessiyada "Janubiy–Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlarida 2030- yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni qo‘llab-quvvatlash uchun atrof-muhit monitoringi va baholashni takomillashtirish" loyihasi doirasidagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi. Mavjud imkoniyatlarni mustahkamlash bo‘yicha qator tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Sessiya davomida ekologik ko‘rsatkichlarni qo‘llash bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilgan qo‘llanmalar muhokama qilinib, ayrim ko‘rsatkichlarni, masalan, iqlim o‘zgarishi va boshqa ko‘rsatkichlarni almashtirish yoki qo‘shimcha kiritish zaruriyatiga oid masalalar ko‘rib chiqildi. 22- sessiyada mavjud ekologik ko'rsatkichlar va ularning onlayn rejimida mavjudligi muhokama etildi. Atrof-muhit monitoringi va baholash bo'yicha ishchi guruhining ish faoliyati taqdimot qilindi. Ekologik axborot umumiy tizimining sharqiy mintaqadagi tamoyili va amaliyoti hamda Ishchi guruh tomonidan 2021- yilda o'tkaziladigan tadbirlar jadvali ko'rib chiqildi.

Narxlar statistikasi bo`yicha vebinar tashkil etildi

NASHR ETILGAN: 27/10/2020
Joriy yilning 26- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Narxlar statistikasi boshqarmasiga texnik ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan o‘n kunlik vebinarning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalqaro valyuta jamg‘armasi Statistika departamenti bosh iqtisodchisi Brayan Graf ham ishtirok etdi. Vebinar davomida ishlab chiqaruvchilar narxlari statistikasining hisob-kitoblari va indekslarning shakllanish jarayonlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar narxlari indeksi yuzasidan fikr-mulohazalar bildiridi. Shu yil 6- noyabrga qadar davom etadigan mazkur vebinarda ishtirokchilar mavzu yuzasidan fikr-mulohaza almashib, kelgusida narxlar statistikasi bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi. Vebinar samimiy va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi.

BMTning 75 yilligini nishonlash yuzasidan onlayn muloqot o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 23/10/2020
2020- yilning 23- oktabr kuni BMTning 75 yilligini nishonlash va global kompaniyaning natijalarini taqdim etishga bag‘ishlangan onlayn muloqot tashkil etildi. Xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva, BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov va boshqalar ishtirok etishdi. Mazkur onlayn muloqotni Davlat statistika qo‘mitasi vakillari ham kuzatib bordi. Ta'kidlash lozimki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz BMT bilan yaqindan va uzviy hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda. Bu borada oliy darajadagi muloqotlar muntazam o‘tkazilib, BMTning turli maydonlarida mamlakatimiz tomonidan ilg‘or tashabbuslar ilgari surilmoqda. 2020- yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilganining 75 yilligini nishonlash maqsadida, shu yilning yanvar oyida tashkilot bosh kotibi tomonidan “BMT 75” global kompaniyasiga start berildi. Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi – a'zo mamlakatlar bilan birgalikda dunyoning rivojlanishini jadallashtirish va global muammolarga yechim topish, shu jumladan, koronavirus pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etish, istiqbolli kelajakni qurish uchun global hamkorlik rolini o‘rganishdan iborat. Tadbirda “Inson” videoroligi taqdimoti o‘tkazildi. Ishtirokchilar “BMT 75” global kompaniya doirasida davlat idoralari va fuqarolik jamiyati institutlari, NNT bilan o‘zaro hamkorlik masalalarida fikr-mulohaza almashdi. Shuningdek, “BMT 75” global kompaniyasining ilk natijalari taqdimoti namoyish etildi.

Energetika statistikasini takomillashtirilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 22/10/2020
Joriy yilning 22- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” doirasida Xalqaro energiya agentligi vakillari bilan videokonferensaloqa tarzida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari, Xalqaro energiya agentligidan Markus Fager-Pintilla, Antonio Carvalho, Celine Rouquette hamda agentlikning yurtimizdagi vakili Tolib Sultonov ishtirok etdi. Ushbu tadbirda energetika sohasidagi statistikani xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va uy xo‘jaliklari tomonidan yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish holatini aniqlash, zarur bo‘lgan yuqori sifatli yoqilg‘i-energetika balansini shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasi Sanoat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Abdullayev so‘z yuritdi. Shuningdek, Sanoat bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni va sanoatni rivojlantirish dasturlarining indikatorlarini shakllantirish bo`limi boshlig‘i A. Avakova mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Tadbir yakunida, ekspertlar energetika statistikasi bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarini tahlil qilib, aniqlangan muammo va kamchiliklar bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan kelishib oldi.

Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarida gender statistikasi masalasi muhokama qilindi

NASHR ETILGAN: 13/10/2020
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi gender statistikasi bo‘yicha tajriba almashish va sohada ilg‘or xalqaro uslublarni ommalashtirish bo‘yicha turli targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etib keladi.
Shu yil 12- oktabr kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida tashkil etilgan navbatdagi yig‘ilish videokonferensaloqa rejimida bo‘lib o‘tdi. 14- oktabrga qadar davom etadigan ushbu tadbirda mutaxassislar Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari milliy statistika idoralari hamda xalqaro tashkilotlarda gender statistikasini baholash masalalari, shuningdek, pandemiya davrida yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilishadi.
Ushbu tadbirlarda Davlat statistika qo‘mitasidan Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Zoyir Yo‘ldoshev ishtirok etmoqda.
Tadbir yakunida, ekspertlar gender statistikasi bo‘yicha BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi guruhlari tomonidan gender statistikasi sohasida amalga oshirilayotgan uslubiy ishlarini tahlil qiladi. Aniqlangan muammo va kamchiliklar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, inqirozga qarshi ko’riladigan choralar muhokama qilinadi.

Osiyo–Tinch okeani mintaqasida xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi bo'yicha vebinar tashkil etildi

NASHR ETILGAN: 12/10/2020
Joriy yilning 12- oktabr kuni Xalqaro mehnat tashkiloti va Koreya statistika boshqarmasi hamkorligida Osiyo–Tinch okeani mintaqasida xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi bo'yicha vebinar tashkil etildi.
Mazkur seminar videokonferentsaloqa tarzida joriy yilning 15- oktabriga qadar davom etadi. Unda Davlat statistika qo'mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Abrayev ishtirok etmoqda.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan mazkur vebinar joriy yilning 15- oktabriga qadar davom etadi. Unda Davlat statistika qo'mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Abrayev ishtirok etmoqda.
Tadbirda Xalqaro mehnat tashkiloti va Koreya statistika boshqarmasi xodimlaridan tashqari Avstraliya, Armaniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Butan, Gruziya, Eron, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iz, Mongoliya, Nepal, Yangi Zelandiya, Tojikiston, Pokiston, Papua - Yangi Gvineya, Koreya, Samoa, Turkmaniston, Turkiya, Fidji, Shri-Lanka, Yaponiya davlatlari vakillari ham qatnashmoqda. Vebinar davomida xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi, ma'lumotlarni yig'ish, ma'muriy ma'lumotlardan foydalanish strategiyasi, turli manbalardan foydalangan holda xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasini shakllantirish metodikasi masalalari yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.
Tadbir ishtirokchilari Osiyo–Tinch okeani mintaqasida xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirmoqda.

Aholini ro’yxatga olish ishlariga ko’rilayotgan tayyorgalik bo’yicha onlayn konferensiya tashkil qilindi

NASHR ETILGAN: 09/10/2020
Joriy yilning 9- oktabr kuni Davlat statistika qo’mitasi, BMTning aholishunoslik jamg’armasi (UNFPA) va hamkor tashkilotlar o’rtasida videokonfersaloqa tarzida uchrashuv tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvda, O’zbekiston Respublikasida 2022- yilda o’tkaziladigan aholini ro’yxatga olish ishlariga ko’rilayotgan tayyorgarlik ishlarining hozirgi natijalari bo’yicha ma’lumot berildi. Tadbirda BMTning aholishunoslik jamg’armasining O’zbekistondagi vakili Yu Yu ham qatnashdi.
Tadbirda Davlat statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari M. Ziyadullayev boshchiligida qo’mita vakillari 2020- yil 3-chorak yakunlari bo’yicha aholini ro’yxatga olish ishlariga ko’rilayotgan tayyorgarlik yuzasidan taqdimot o’tkazishdi. Shuningdek, uchrashuvda aholini ro'yxatga olish so'rovnomasini to'ldirish, uslubiy hujjatlar va yo'riqnomalarni tayyorlash, kartografik materiallarni tayyorlash hamda xalqaro hamkorlik masalalariga alohida urg’u berildi.
Tadbir so’nggida, tomonlar fikr-mulohaza almashib, aholini ro’yxatga olish borasida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan kelishib oldi.

O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash

NASHR ETILGAN: 02/10/2020
Joriy yil 2- oktabr kuni Jahon banki boshchiligida “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida videokonferensiya tashkil etildi. Unda Jahon banki, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Davlat statistika hamda Soliq qo‘mitalari vakillari onlayn ravishda o‘zaro fikr-mulohaza almashdi. Onlayn konferensiyada Davlat statistika qo‘mitasidan raisining birinchi o‘rinbosari Dilshod Xolmurodov, Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i Aziz Mamirov, Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Mamadaliyev, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Zoyir Yuldoshev, Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish bo'limi boshlig‘i Ziyoda Kamilova ishtirok etdi.
Tadbirda ishtirokchilar statistik maqsadlar uchun norasmiy sektor va yashirin iqtisodiyotni aniqlash, mehnat bozorida norasmiy sektorining statistik ko'rsatkichlari, korxona va muassasalar o'rtasida norasmiy sektorni o'lchash, rasmiy va norasmiy biznes haqida ma'lumotlar, rasmiylikni rag'batlantirish choralarini yaratish masalalarida so‘z yuritdi.
Jahon bankidan katta iqtisodchi Uilyam Zeyts statistika tizimini mustahkamlashda xorij tarjibasi, amaliyotga tatbiq etilayotgan metodlar, mavjud muammo va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Davlat statistika qo‘mitasidan raisining birinchi o‘rinbosari Xolmurodov Dilshod Ibragimovich milliy statistika tizimini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha batafsil ma'lumot berdi. Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga soha ekspertlari atroflicha javob qaytardi.

O’zbekistonda bolalar nafaqalari tizimini isloh qilish bo’yicha loyiha muhokamasi

Nashr etilgan: 30/09/2020
2020- yil 30- sentabr kuni Moliya vazirligi va UNICEF o'rtasida imzolangan 2019-2020-yillarga mo'ljallangan qo'shma ikki yillik ish rejasini amalga oshirish doirasida “O'zbekistonda bolalar nafaqalari tizimini isloh qilishda investitsiyaviy asoslarni tayyorlash” masalasini muhokama qilish bo'yicha onlayn-konsultatsiya bo'lib o'tdi.
Davlat statistika qo'mitasidan tadbirda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi demografik ko'rsatkichlarni shakllantirish bo'limi boshlig'i – Raximjon Satvaldiyev va Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasiAaholining turmush darajasi indikatorlarini shakllantirish va tahlil etish bo`limi bosh mutaxassisi - Muslima Muxamedova ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda respublikadagi tegishli vazirlik va idoralarning tegishli xodimlari onlayn qatnashishdi.
Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ijtimoiy soha va ilm – fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshlig'i Nodir Mulitdinov hamda UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi ijtimoiy siyosat bo'limi boshlig'i v.b. Umid Aliyev ochib berishdi.
Uchrashuvda xalqaro ekspert – Metyu Townshend “O’zbekistonda bolalar nafaqalarini to'lash masalalarida joriy siyosat va yondashuvlarni qo'llashni davom ettirish bilan bog'liq harakatsizlik qiymatini tahlil qilish natijalari bo'yicha hisobot loyihasi – iqtisodiy xarajatlar” mavzusida taqdimot qildi.
Shuningdek, bolalarning nafaqalarini to'lash masalalarida joriy siyosat va yondashuvlarni qo'llash bilan bog'liq iqtisodiy xarajatlarni baholashni nazarda tutuvchi harakatsizlik qiymatini tahlil qilishda qo'llaniladigan taxminlarni (farazlarni) va boshlang'ich ma'lumotlar muhokama qilindi.
Vazirlik va idoralarning mas'ul xodimlari taqdim etilgan ma'lumotlarni tahlil qilish va yig'ish metodologiyasini yaxshilash bo'yicha konstruktiv sharhlar va tavsiyalar berdi.

Elektroaloqa/AKT bo‘yicha ekspertlar guruhi va uy xo‘jaliklarida AKT ko‘rsatkichlari bo‘yicha takroriy uchrashuv

Nashr etilgan: 29/09/2020
2020- yil 29- sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida videokonferentsiya rejimida telekommunikatsiya/AKT sohasidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ekspertlar guruhining 11-yig‘ilishi va uy xo‘jaliklarida AKT ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekspertlar guruhining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad joriy yilning 14- sentabrida bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlis xulosalarini e’lon qilishdan iborat bo‘lib, ushbu tadbirda kotibiyatning 2020-yilda AKTni rivojlantirish indeksini e’lon qilish bo‘yicha takliflarini muhokama qilish uchun 300 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar, Xizmatlar sohasi statistikasi, Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi hamda Narxlar statistikasi boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.
Joriy yilning 14-18- sentabr kunlari AKT sohasidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ekspertlar guruhining 11-yig‘ilishi va uy xo‘jaliklarida AKT ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekspertlar guruhining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvlarning maqsadi hozirgi ish davrida telekommunikatsiya/AKT bo‘yicha ekspertlar guruhi va uy xo‘jaliklari ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekspertlar guruhining onlayn muhokamalar forumlari ishtirokchilaridan olingan takliflarni ko‘rib chiqish va muhokama qilingan mavzular bo‘yicha ishlarni yakunlashdan iborat edi.
Telekommunikatsiya/AKT bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishida 5G ko‘rsatkichlari, AKT xizmatlari narxi, xizmat ko‘rsatish sifati va xalqaro rouming kabi mavzular muhokama qilindi. Bundan tashqari, xalqaro elektraloqa Ittifoqining barcha MSE elektron tarjima tillarida telekommunikatsiya/AKT bo‘yicha ma’muriy ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilgan ma’lumotnomasi rasmiy ravishda taqdim etildi.
Uy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishida AKT foydalanish ko‘nikmalarini hisoblash va internet foydalanuvchilari sonini hisoblash usullari kabi mavzular muhokama qilindi. Xalqaro elektraloqa ittifoqining AKTdan foydalanishni hisoblash va ularni uy xo‘jaliklari va shaxslar darajasida MSE elektron tarjima tilida ishlatish bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilgan qo‘llanma rasmiy ravishda taqdim etildi.

Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha ekspertlar guruhining navbatdagi yig‘ilishi

Nashr etilgan: 29/09/2020
Joriy yilning 29- sentabr kuni Shveytsariyaning Jeneva shahrida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur yig‘ilish 1- oktabrgacha davom etadi. Unda Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari statistika idoralari vakillari hamda xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etadi.
Onlayn ravishda o‘tkazilayotgan tadbirda pandemiya sharoitida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, tadbirni o‘tkazishda innovatsion usullar, ma'muriy va boshqa axborot manbalaridan foydalanish, ma'lumotlar sifatini baholash, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirish, aholini ro‘yxatga olish va ijtimoiy kuzatuvlarni integratsiyalash kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasdan Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Berdiqulov Qobil G‘ulomovich ham qatnashmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi – Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish 2020- yil raundi doirasida amalga oshirilgan ishlar va ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazgan davlatlar tajribasini muhokama qilishdan iborat.
Yig‘ilish davomida Qobil Berdiqulov so‘zga chiqib, O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelajakdagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Davlat statistika qo‘mitasi vakilining ma’ruzasi xalqaro ekspertlarda katta taassurot qoldirdi. Mutaxassislar O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.

Islom hamkorlik tashkiloti statistika qo‘mitasining 9-sessiyasi boshlandi

Nashr etilgan: 28/09/2020
Joriy yilning 28- sentabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Islom hamkorlik tashkiloti statistika qo‘mitasi (SESRIC)ning 9- sessiyasi o‘z faoliyatini boshladi.
Videokonferensiya tarzida tashkil etilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi qo‘mita jamoasi ham qatnashmoqda.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda rasmiy statistikani rivojlantirish, ma’lumotlarni xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarish, tarqatish va tahlil qilish maqsadida milliy statistika idoralari salohiyatini mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdan iborat.
28- sentabrdan 1-oktabrgacha bo‘lib o‘tadigan mazkur sessiyada Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika va Tinch okeani mamlakatlari delegatlarining ma'ruzalari tinglanadi va bildirilgan tashabbuslar ko‘rib chiqiladi.
Jumladan, sessiyasi doirasida quyidagi masalalar kun tartibidan o‘rin olgan:
✓ 2030- yilga mo‘ljallangan Islom hamkorlik tashkiloti statistika qo‘mitasining strategik qarashlari va 2021–2025- yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturini qabul qilish;
✓ milliy statistika tizimlari salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan yangi yondashuvlarni muhokama qilish;
✓ Barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha monitoring va hisobot masalalarini ko‘rib chiqish (qashshoqlikning barcha ko‘rinishlarini bartaraf etish);
✓ rasmiy statistikada noan’anaviy ma’lumot manbalarini qo‘llash.
(Ma'lumot uchun: SESRIC – Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash markazi bo'lib, Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) statistika komissiyasining byurosi va Ijroiya organi hisoblanadi).

Xalqaro axborotdan foydalanish kuniga bag'ishlangan onlayn videokonferensiya bo'lib o'tdi

Nashr etilgan: 28/09/2020
2020- yil 28- sentabr kuni YEXHTning O'zbekistondagi loyihasi koordinatori va Milliy ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan Xalqaro universal ma'lumotlardan foydalanish kuniga bag'ishlab onlayn videokonferensiya tashkil etildi.
Onlayn tadbir davomida ommaviy axborot vositalarida huquqiy jihatlar, erkinlik va islohotlar, shuningdek, hukumatga yo'l olgan ochiq axborotdan universal foydalanish: ochiq ma'lumotlar, ma'lumotlarni to'plash, eng yaxshi milliy va xalqaro amaliyotlar ko'rib chiqildi.
Shundan so'ng, ikki mavzuli blokda xalqaro va milliy ekspertlarning ma'ruzalari tinglandi. Jumladan,
• Elchi Jon Makgregor, YeXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori;
• Elchi Ulrik Funered, EXHT da Shvetsiya doimiy vakili va 2021- yilda YEXHT doimiy kengashi raisi;
• Natalya Karfi, ochiq ma'lumotlar Xartiyasi direktorining o'rinbosari (Open Data Charter);
• Komil Allamjonov, Milliy ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik Kengashi raisi;
• Helena Freyzer, BMTning O'zbekistondagi doimiy koordinatori;
• Melissa Fleming, Global aloqa bo'yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibining o'rinbosari;
• Bibigul Jeksenbay, Qozog'iston Respublikasi Bosh muharrirlar klubi prezidenti, Qozog'iston Respublikasi Axborot va ijtimoiy rivojlanish vaziri maslahatchisi;
• Oleg Pekos, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari;
• Aleksandra Kolesnichenko, Milliy ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori
• Farhod Ibragimov, O'zbekiston IT-parki direktori mavzu yuzasidan fikr bildirdi.
Onlayn videokonferensiyada O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi Ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i Akrom Sultonov ishtirok etdi.

Mahallalarda MICS savolnomalarini to‘ldirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Nashr etilgan: 23/09/2020
Davlat statistika qo‘mitasi hamda BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF) hamkorligida MICS savolnomalarini to‘ldirish bo‘yicha videoseminar tashkil etib kelinmoqda.
Onlayn tarzda o‘tkazilgan mazkur o‘quv-seminarda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, xalqaro ekspertlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyati va poytaxtimizdan tanlab olingan supervayzer va intervyuerlar ishtirok etayabdi.
Seminarda multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazish bo‘yicha tayyorlangan savolnomalarni sinov tariqasida tekshirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, 2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida hukumatimiz UNICEF va UNFPA tashkilotlari ko‘magida mamlakatimizda onalar va bolalar turmush tarziga oid muhim statistik ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha kuzatuv o‘tkazish borasida turli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Shu yil 14- sentabrdan buyon o‘tkazilib kelinayotgan ushbu o‘quv-seminarida supervayzer va intervyuerlar Davlat statistika qo‘mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mutaxassislari tomonidan o‘qitilayabdi.
21–22- sentabr kunlari o‘quv-seminari ishtirokchilari Toshkent viloyati va poytaxtimizdan tanlab olingan mahallalarda multiindikator klaster kuzatuvlari savolnomalarini to‘ldirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Gender tengligi masalasida hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi

Nashr etilgan: 18/09/2020
2020- yil 17- sentabr kuni “Markaziy Osiyo mamlakatlarida mintaqalararo va xalqaro savdoni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash” loyihasi doirasida gender masalalari bo‘yicha videokonferensiya tashkil etildi.
Unda Davlat statistika qo'mitasi, Xalqaro savdo markazi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qo'mitasi vakillari hamda loyiha koordinatorlari ishtirok etdi.
Ta’kidlash lozimki, “Markaziy Osiyo mamlakatlarida mintaqalararo va xalqaro savdoni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash loyihasi” 4 yillik muddatga mo'ljallangan. Loyihani amaliyotga joriy etish orqali mamlakatlarning barqaror va har tomonlama iqtisodiy rivojlanishiga amaliy ko‘mak beriladi.
Videokonferensiya davomida gender statistikasi bo'yicha ma'lumotlar yig'ishni takomillashtirish masalalari, xususan, tadbirkor ayollar, mintaqaviy va xalqaro savdoda ishtirok etuvchi xotin-qizlar, ayollar ishtirok etadigan biznesning asosiy yo'nalishlari yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Aholini ro‘yxatga olish savolnomasi qanday to‘ldiriladi?

Nashr etilgan: 16/09/2020
2020- yilning 16- sentabr kuni “2022- yilda aholini ro‘yxatga olish savolnomasi va uni to’ldirish yo’riqnomasi” loyihasi doirasida vebinar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu onlayn o‘tkazilgan tadbir MDHning Statistika qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi. Vebinarda MDHning Statistika qo‘mitasi vakillari hamda Davlat statistika qo’mitasining Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi hamda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi xodimlari qatnashdi.
Vebinarda MDHning Statistika qo‘mitasi raisi V.L. Sokolin hamda boshqarma boshlig’i I.A. Zbarskaya 2022- yilda aholini ro‘yxatga olish savolnomasi va uni to’ldirish yo’riqnomasi loyihasini tahlil qilib, aholini ro‘yxatga olish savolnomasini to’ldirish tartibi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.
Tadbir davomida 2022- yilda aholini ro‘yxatga olish savolnomasini to’ldirish yo’riqnomasi loyihasini takomillashtirish yuzasidan fikr-munozaralar bildirildi.

Valyutalar xarid qilish qobiliyatining tengligi: iqtisodiyotning qamrovi va tuzilishini o'lchash

Nashr etilgan: 16/09/2020
2020- yil 15- sentabr kuni Moskvada Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Davlatlararo statistika qo'mitasi tomonidan videokonferensaloqa tashkil etildi. Onlayn ravishda o‘tkazilgan tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi vakillari ham ishtirok etdi.
Mazkur xalqaro konferensiyani Belarus, Qozog'iston, Qirg'iz, O'zbekiston, Moldova milliy statistika idoralari vakillari, ROSSTAT, Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki, Iqtisodiyot oliy maktabi vakillari hamda boshqa taniqli iqtisodchi ekspertlar kuzatib bordi.
Konferensiyada MDH Davlatlararo statistika qo'mitasi raisining o'rinbosari Andrey Yevgeniyevich Kosarev "Valyutalar xarid qilish qobiliyatining tengligi: iqtisodiyotning qamrovi va tuzilishini o'lchash" mavzusida taqdimot o‘tkazdi.
Taqdimotda xalqaro taqqoslash global dasturining boshlanishi, hisob-kitoblarni amalga oshirish bosqichlari to'g'risidagi tarixiy ma'lumotlar, valyutalar xarid qobiliyatining tengligi asosida xalqaro taqqoslashning asosiy nazariy va amaliy jihatlari, shuningdek, 2017- yil jarayonining natijalari taqdim etildi.
Onlayn konferensiya davomida 2017- jarayonining natijalari muhokama qilindi. Andrey Kosarev hisob-kitoblar uslubiyatining dolzarb masalalari hamda global xalqaro taqqoslash dasturi – 2020 jarayonini o'tkazish bo‘yicha batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Xalqaro valyuta jamg'armasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Nashr etilgan: 04/09/2020
2020- yil 3- sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Xalqaro valyuta jamg'armasi missiyasi rahbari Ron van Ruden bilan videokonferensaloqa rejimida muloqot o'tkazdi.
Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad – keng qamrovli hamkorlik masalalarini muhokama qilishdir.
Muloqot davomida davlatimiz rahbarining "O'zbekiston Respublikasi milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori mazmun-mohiyati va ijrosi xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, 2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amaliyotga joriy qilish, foydalanuvchilarni statistik ma'lumotlar bilan yuqori darajada ta'minlash borasida fikr-mulohaza almashildi.
Tomonlar makroiqtisodiy statistika masalalariga batafsil to'xtalib, Xalqaro valyuta jamg'armasi tomonidan amalga oshirilayotgan istiqbolli hamkorlik va texnik ko'mak masalalari xususida so‘z yuritdi. Xalqaro ekspertlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning, jumladan, statistika organlari faoliyatining ijobiy dinamikasi haqida gapirib, O'zbekistonning ma'lumotlarni tarqatishning maxsus standartiga o'tish doirasida Xalqaro valyuta jamg'armasiga katta ko'mak berayotganini qayd etdi.
Uchrashuv iliq va do'stona ruhda o'tdi.

Bangkok shahrida ESKATOning 7- sessiyasi boshlandi

Nashr etilgan: 26/08/2020
Joriy yil 26- avgust kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO)ning 7- sessiyasi boshlandi. Ushbu xalqaro vebinarda Davlat statistika qo‘mitasi vakillari ham ishtirok etmoqda.
Mazkur onlayn ko‘rinishdagi tadbirni o‘tkazishdan ko'zlangan maqsad – ESKATOga a'zo mamlakatlarda rasmiy statistikani rivojlantirish masalalarini muhokama qilish, mintaqalardagi milliy statistika idoralari uchun xalqaro standartlarga mos ma'lumotlarni ishlab chiqarish, tarqatish va tahlil qilish ko‘nikmasini oshirishdan iborat.
Shu yil 26–28- avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbirda Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi 50 mamlakatdan delegatlar so'zga chiqadi. Ular 2030- yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibi uchun rasmiy statistikani takomillashtirish masalalarini ko'rib chiqadi.
Muhokamalar jarayonida statistika idoralarining tashabbuslari o‘rganilib, integratsiyalashgan statistika, ma'lumotlarni tahlil qilish, rasmiy statistikani modernizatsiya qilish hamda ma'lumotlardan samarali foydalanish masalalari bo'yicha tajriba almashiladi.
Shuningdek, tashabbuslarni amalga oshirish monitoringini muhokama qilish, fuqarolik holati dalolatnomalarini ro'yxatga olish va aholining tabiiy harakati statistikasi va kun tartibi kabi masalalar yuzasidan ishtirokchilarning fikr-mulohazasi o‘rganiladi.
Davlat statistika qo'mitasi vakillari ham ESKATOning 7- sessiyasi yakunlari bo'yicha mintaqada milliy statistika tizimlarining rolini oshirish va rasmiy statistikani takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbir va tavsiyalar ishlab chiqadi.

Iqtisodiy rivojlanish maqsadidagi samarali boshqaruv

Nashr etilgan: 25/08/2020
Joriy yilning 24-avgust kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O'zbekistondagi elchixonasi vakillarining O'zbekiston Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuvi bo'lib o‘tdi.
Uchrashuvda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O'zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Timoti Torlot, Buyuk Britaniya xalqaro taraqqiyot vazirligining (BBXTV) Markaziy Osiyo vakolatxonasi rahbari Honor Flanagan hamda BBXTV Markaziy Osiyo vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Devid Rinnert ishtirok etdi.
O’zbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir o'rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorov boshchilik qildi. Shunindek, uchrashuvda Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni kamaytirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etdi.
Tadbirda Buyuk Britaniyaning xalqaro taraqqiyot vazirligi tomonidan O'zbekiston uchun maxsus tayyorlangan “Iqtisodiy rivojlanish maqsadidagi samarali boshqaruv” loyihasining tafsilotlari haqida ma'lumot berildi. Ishtirokchilar inson kapitalini rivojlantirish, xususan, tadbirkorlik ta'limi va davlat tomonidan, shu jumladan ayollar va yoshlarni qo'llab-quvvatlash, mehnat bozorini rivojlantirish va rasmiy sektorni kengaytirish kabi sohalardagi hamkorlikning muhimligi to'g'risida kelishib oldilar.
Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qilishning muhim jihati sifatida O‘zbekiston Respublikasida statistikaning rivojlanishiga texnik ko'mak ko'rsatilishi borasida fikr-mulohaza almashdi.
Uchrashuv so‘nggida Buyuk Britaniyaning Xalqaro taraqqiyot vazirligi ko'magida tayyorlangan “Iqtisodiy rivojlanish maqsadidagi samarali boshqaruv” maxsus dasturini tasdiqlash bo'yicha keyingi qadamlar ishlab chiqilib, unda mamlakatning statistik salohiyatini shakllantirishda texnik yordam ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida qayd etildi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘yicha mavjud yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi

Nashr etilgan: 20/08/2020
Joriy yilning 20- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi tomonidan vebinar tashkil etildi. Unda qo‘mitaning Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.
Vebinarda Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda ijrosi haqida so‘z yuritildi. Vebinar davomida hududiy statistika boshqarmalarining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi xodimlari bilan savol-javob o‘tkazildi. Savollarga javob berish jarayonida tashqi va ichki savdo statistikasini takomillashtirish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Jumladan, 2020- yilning yanvar-iyun oylari yakuniga ko‘ra, respublikaning tashqi savdo aylanmasi 15 855,8 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 3 528,0 mln. AQSh dollariga yoki 18,2 % ga kamaygani ta’kidlandi.
Tadbir so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Bu kabi seminarlar grafik asosida joriy yilning 5- sentabrgacha sohadagi barcha xodimlarni qamrab olgan holda davom ettiriladi.

Davlat statistika qo‘mitasi va Malayziya statistika departamenti o‘rtasida videomuloqot tashkil qilindi

Nashr etilgan: 11/08/2020
Joriy yilning 10- avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi diplomatik konsulligi ko‘magida, Davlat statistika qo‘mitasi va Malayziya statistika departamenti o‘rtasida videomuloqot bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796 sonli qarori doirasida tashkil etilgan bo‘lib, tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi hamda Malayziya statistika departamenti rahbariyati va mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi favqulotda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov ochib berdi.
Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Baxodir Abdusalomovich statistika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796 sonli qarori bilan qatnashuvchilarni tanishtirib o‘tdi.
Videomuloqot davomida, Malayziya statistika departamenti direktori, doktor Moxd Uzir Maxidin O‘zbekiston Respublikasinig Milliy statistika tizimini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga yuksak baho berdi.
Tomonlar “Kuzatilmaydigan (yashirin) iqtisodiyot”ni statistik baholashda Malayziyaning ilg'or tajribasini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma vebinarlarni tashkil etish orqali ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, tomonlar ishlab chiqarish jarayonida AKTlarning ilg‘or imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha Malayziya tajribasini o‘rganish maqsadida, Malayziya statistika departamentining mas'ul xodimlarini jalb etgan holda, Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari bilan tajriba almashish vebinarlarini tashkil etishga kelishib olindi.
Tadbir yakunida, tomonlar statistika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va Malayziya statistika departamenti o‘rtasida, o‘zaro anglashuv va hamkorlik Memorandumini imzolash masalasini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

Jahon banki eksperti bilan videomuloqot bo‘lib o‘tdi

Nashr etilgan: 04/08/2020
Joriy yilning 4-avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislarining Jahon banki eksperti bilan videomuloqoti bo‘lib o‘tdi.
Videomuloqotda, mamlakatda “kuzatilmaydigan (yashirin) iqtisodiyot”ni statistik baholash va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda yanada to‘liqroq aks ettirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan bu boradagi jahon tajribasi o‘rganilayotganligi, shuningdek, hozirgi kunda O‘zbekistonda “kuzatilmaydigan (yashirin) iqtisodiyot”ni statistik baholash bo‘yicha amaldagi tajriba yuzasidan ma'lumot berildi.
Shuningdek, “kuzatilmaydigan (yashirin) iqtisodiyot”ning tarkibiy qismlari, yashirin iqtisodiyotni baholash usullari hamda yashirin iqtisodiy faoliyatni statistik baholash amaliyoti yuzasidan fikr almashildi. O‘z navbatida, Jahon banki eksperti Uilyam Xatchins Zeyts tomonidan “yashirin iqtisodiyot”ni baholash bo‘yicha ishlarni tashkil etishda alohida e'tibor qaratilishi zarur bo‘lgan masalalar, bu boradagi jahon tajribasi va xalqaro tashkilotlar tavsiyalari bo‘yicha ma'lumot berildi.
Muzokara yakuniga ko‘ra, Jahon banki tomonidan mamlakatda “kuzatilmaydigan iqtisodiyot”ni baholash borasida ishlarni tashkil etishda, Davlat statistika qo‘mitasiga zarur texnik va ekspert ko‘maklarini ko‘rsatish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Statistik amaliyotning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi

Nashr etilgan: 30/07/2020
Joriy yilning 21, 27, 28, 29- iyul kunlari ikki tomonlama hamkorlik va statistik hisobni takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va Serbiya Respublikasi statistika boshqarmasi vakillari o‘rtasida videokonferensaloqa tarzida uchrashuvlar tashkil etildi.
Ikki tomonlama uchrashuvlar kun tartibida tashkilotlar faoliyatining uslubiy va amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Tomonlar sanoat, xizmat va transport statistikasi, investitsiyalar va qurilish, biznes-registrlar, tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo, qishloq xo‘jaligi va ekologiya, milliy hisoblar, tadbirkorlik faoliyati hamda AKT bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va chop etish bo‘yicha fikr almashishdi.
Uchrashuvlar mavzuga oid taqdimotlar va boshqa dolzarb masalalar taqdimoti hamda ularning muhokamasi tarzida tashkil etildi.
Tadbir so‘nggida tomonlar statistik amaliyotning barcha dolzarb masalalari bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

O‘zbekiston ochiq ma'lumotlar manbalari soni bo‘yicha jahonda 6-o’rinni egalladi

Nashr etilgan: 30/07/2020
“Open data Inception” ma’lumotiga ko‘ra, jahon mamlakatlari orasida O‘zbekiston 70 ta ochiq ma'lumotlar manbalari bilan ochiq ma'lumotlar manbalari soni mavjudligi bo‘yicha jahonda 6-o’rinni egalladi.
Open Data Inception - bu Open Data Soft tomonidan ishlab chiqilgan 2600 dan ortiq ochiq ma'lumotlar portallarining to‘liq ro‘yxatidir. opendatainception.io sayti butun dunyoda keng foydalaniladigan va eng katta ochiq ma'lumotlar manbalaridan biri hisoblanadi.
Ochiq ma'lumotlar manbalari bo‘yicha birinchi o‘ntalikka kiruvchi mamlakatlar ro‘yxati:

Davlat nomi Manbalar soni
1 Amerika Qo‘shma Shtatlari 644
2 Ispaniya 304
3 Fransiya 111
4 Buyuk Britaniya 105
5 Kanada 99
6 O‘zbekiston 70
7 Avstraliya 59
8 Germaniya 57
9 Italiya 48
10 Gollandiya 31

Shuningdek, “Open Data Inception”da Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) eng yirik 21 ta ochiq ma’lumot manbalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Eslatib o’tamiz, BMTning “Elektron hukumat kuzatuvi 2020”da “Ochiq davlat ma'lumotlari indeksi” bo‘yicha O‘zbekiston eng yuqori (Very High OGDI) ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan jahonning 41 ta mamlakati orasidan joy oldi. Jami ushbu indeksda 193 ta mamlakat baholangan hamda O‘zbekiston eng yuqori ball to‘play olgan.
YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Jahon banki va BMTTD O‘zbekiston Respublikasining ochiq ma'lumotlar sohasini faol rivojlantirishga ko‘maklashmoqda.

Pandemiya davrida ochiqlik va shaffoflikni oshirishda ochiq ma'lumotlarning ahamiyati

Nashr etilgan: 22/07/2020
2020- yilning 22- iyul kuni Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning iqtisodiyot va ekologik faoliyat bo‘yicha koordinatori ofisi tomonidan “Pandemiya davrida ochiqlik va shaffoflikni oshirishda ochiq ma'lumotlarning ahamiyati” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.
Vebinar qatnashchilari ochiq ma'lumotlar va raqamli vositalarning hukumat shaffofligi hamda yaxlitligini mustahkamlashdagi roli bo‘yicha fikr-mulohaza yuritdi. Samarali boshqaruvni targ'ib qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish YXHTning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Davlat organlarida hisobdorlikni oshirish, korrupsiyani kamaytirish maqsadida ochiq ma’lumotlar platformalari va yaxshi boshqaruvni rag'batlantirishda raqamlashtirish muhim ahamiyatga ega. Bu borada YXHT ishtirokchi davlatlarni ochiq ma'lumotlarni taqdim etish, monitoring qilish va tahlil qilish uchun raqamli vositalardan foydalanish imkoniyatini oshirishda qo‘llab-quvvatlaydi.
Tadbir davomida YXHTning davlat boshqaruvi direktori Barbara Ubaldi, Ochiq shartnoma hamkorligi dasturining katta menejeri Karolis Granitskas, Sarayevo jurnalistik tekshiruv markazi xodimi Leyla Bichakchich, YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi vakili Murod Husanov favqulodda vaziyatlarda ma’lumotlarni chop etish bo‘yicha ilg‘or metodlar, milliy tajriba va ochiq ma’lumotlar bilan bog’liq muammolar yuzasidan fikr bildirdi.
Shuningdek, onlayn videokonferensiyada O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i Akrom Sultanov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

Davlat statistika qo`mitasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

2019 yilning 11-fevral kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv  bo`lib o`tdi.Uchrashuvda Davlat statistika qo’mitasi va Jahon banki o’rtasidagi o’zaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Jahon banki vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga  tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi. Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi.

Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi yuzasidan onlayn muloqot

Nashr etilgan: 21/07/2020
Joriy yilning 21- iyul kuni Davlat statistika qo'mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Jahon bankining yetakchi ekspertlari bilan “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasida Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan onlayn muloqot qildi.
Vebinarda Jahon banki tamonidan tavsiya etilgan savolnomalar asosida 2020- yil davomida sinov tariqasida uy xo'jaliklarida planshetlar yordamida o'tkazilgan tanlama kuzatuvlar natijalari batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, Jahon bankining ekspertlari 2021- yilda planshetlar orqali kuzatish rejalashtirilayotgan uy xo'jaligi tanlama kuzatuvi savolnomalarini takomillashtirish bo'yicha o'zining kerakli tavsiyalarini berdi. Vebinar munozara va fikr-mulohaza almashish shaklida bo'lib o'tdi.
Axborot xizmati

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan O'zbekistonda "To'yib ovqatlanmaydiganlar ulushi" qayta ko'rib chiqildi

Nashr etilgan: 15/07/2020
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 9- apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-son qarori va joriy yilning 2- iyunidagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi PF-6003 son farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, 2019- yilda Davlat statistika qo‘mitasi raisi topshirig‘iga binoan, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan e'lon qilinadigan “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichini tadqiq qilish bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M. Ziyadullayev boshchiligida ekspertlar guruhi tashkil etilgan edi.
2019- yilning 10-12- dekabr kunlari Toshkent shahrida FAO ekspertlari tomonidan tashkil etilgan seminar davomida Davlat statistika qo‘mitasi ekspertlar guruhi vakillari H.Xudoyqulova FAO ekspertlari bilan mazkur masala bo‘yicha ya’ni O‘zbekistonda “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichini hisoblashdagi kamchiliklar yuzasidan bahs-munozaralar olib borishdi. FAO mutaxassislari Davlat statistika qo‘mitasi vakillarining ushbu kamchiliklar haqidagi isbot-dalillarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichini 2014- yildan boshlab New Food Balance Sheet asosida qayta hisoblashni amalga oshirdi. Qayta hisoblash natijasida bu ko‘rsatkich 2016-2018- yillar uchun 2,8 % (0,9 mln. kishi) va oxirgi 2017-2019- yillar uchun 2,6 % (0,8 mln. kishi) ni tashkil etdi.
Bu ma'lumotlar rasman 2020- yil 13- iyul kuni bo‘lib o‘tgan “Jahondagi oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish holati 2020” (SOFI - 2020) dokladi taqdimoti onlayn yig‘ilishida va FAO rasmiy sayti orqali e'lon qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoda ochiq ma'lumotlar portallarining eng keng qamrovli ro'yxatiga kiritilgan birinchi mamlakat bo'ldi

Nashr etilgan: 10/07/2020
O'zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portali data.gov.uz va O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti stat.uz ochiq ma'lumotlar portallarining eng keng qamrovli DataPortals.org ro'yxatidan joy oldi.
DataPortals.org bu dunyodagi ochiq ma’lumotlar portallarining to'liq ro'yxati bo’lib, u mahalliy, mintaqaviy va milliy hukumatlar, Jahon banki kabi xalqaro tashkilotlar va ko'plab nodavlat tashkilotlar vakillari, shu jumladan, butun dunyodagi yetakchi ochiq ma'lumotlar mutaxassislari guruhi tomonidan nazorat qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portali data.gov.uz va O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti stat.uz DataPortals.org keng qamrovli ro'yxatiga kirish va unga mos kelishi uchun ekspertlar tomonidan to’liq o’rganilib, muhokama qilingan.
Hozirgi vaqtda 589 ta ochiq ma’lumotlar portallari mazkur keng qamrovli ro'yxatga kiritilgan.
Ayni kunga qadar, O'zbekiston Markaziy Osiyodagi ushbu ro'yxatga ikkita ochiq ma'lumot manbasiga ega bo'lgan yagona mamlakat sifatida kiritilgan.

Davlat statatistika qo’mitasi raisi B. Begalov va YUNISEFning O’zbekistondagi vakolotxonasi rahbari Sasha Grauman o’rtasida masofaviy video muloqot bo’lib o’tdi

Nashr etilgan: 02/07/2020
Joriy yilning 1- iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi raisi B. Begalov va YUNISEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Grauman o’rtasida onlayn video muloqot bo’lib o’tdi.
Suhbat davomida “2020- yilga mo’ljallangan hamkorlik dasturi bo’yicha ishchi reja” doirasida va xususan Respublikadagi “COVID-19” bilan bog’liq qiyin vaziyat holatida Multiindikator klaster kuzatuvi (MICS)ni o’tkazish jarayoni muhokama qilindi.
Shuningdek, MICS loyihasini amalga oshirishni davom ettirish bo’yicha kelishib olindi. Davlat statistika qo’mitasi va YUNISEF o’rtasida bolalar huquqlarini monitoring qilish bo’yicha statistik va ma'muriy ma'lumotlar bazalarini o'z ichiga oladigan tizimni ishlab chiqish bo’yicha hamkorlik qilinadi.
Uchrashuv yakunida statistik to’plam va O’zbekistonda bolalar to’g’risidagi ma’lumotlarni jamlovchi veb-portal yaratish bo’yicha kelishib olindi.
Axborot xizmati

Statistika idoralari faoliyatini boshqarishning zamonaviy modellari

Nashr etilgan: 01/07/2020
Joriy yilning 1- iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Statistika idoralari faoliyatini boshqarishning zamonaviy modellari” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Axborotlarni tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda qo‘mita markaziy apparati boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.
Seminar avvalida ishtirokchilar 2020- yilning 1- iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan statistika tizimini takomillashtirish, sohada mutaxassis-kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan berilgan topshiriqlar xususida to‘xtalib o‘tdishdi.
Shundan so‘ng, Axborotlarni tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvi boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Mamadaliyev Statistik ma’lumotlarning universal modeli (GSIM), Statistik ma’lumotlarni ishlab chiqarish jarayonlarining namunaviy modeli (GSBPM), Statistika idoralari faoliyatini boshqarishning universal modellari (GAMSO) haqida batafsil ma`lumot berdi hamda ushbu modellarni statistika sohasiga joriy qilish masalalariga ham to`xtalib o`tdi.
Shuningdek, seminarda sifatni boshqarish bo‘yicha bazaviy prinsiplar haqida ham so`z yuritildi va ishtirokchilar o`zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob oldi.
Axborot xizmati

Ochiq ma'lumotlar bo‘yicha bir guruh trenerlarning salohiyatini oshirish uchun o‘quv seminari o‘tkazildi

Nashr etilgan: 01/07/2020
Joriy yilning 30- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida Jahon bankining “Ochiq ma'lumotlar ekotizimini rivojlantirish, salohiyatni oshirish va joriy etish” loyihasiga ko‘ra, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori ko‘magida ilgari o‘qitilgan ochiq ma'lumotlar bo‘yicha milliy trenerlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminari tashkil etildi.
Tadbir davomida Jahon banki eksperti Ivan Fost ochiq ma'lumotlarni boshqarish metodologiyasi, ma'lumotlarni inventarizatsiya qilish yondashuvlari, mos yozuvlar ma'lumot manbalarini ajratish, ma'lumotlar sifatini baholash haqida ma’lumot berdi.
Trening natijalariga ko‘ra, trening ishtirokchilari ochiq ma'lumotlar yetkazib beruvchilar bilan ishlashda tizimli yondashuvga, O‘zbekistonning ochiq ma'lumotlari faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar sifatida yakunlanishi va qabul qilinishi mumkin bo‘lgan individual uslubiy hujjatlar loyihalari, texnologik imkoniyatlar, tartibga solish cheklovlari, foydalanuvchi so‘rovlari, bo‘limlarning kadrlar imkoniyatlari o‘rtasidagi ma'lumotlarni ochishda muvozanatli ish algoritmi kabi tushunchalarni chuqurroq o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ta’kidlash joizki, 2019- yilda YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori tomonidan “Training of trainers in Open Data” o‘quv-seminari doirasida yurtimizdagi 88 ta vazirlik va idoradan 185 nafar xodim o‘qitildi. 2020- yilda ochiq ma'lumotlar bilan ishlash bo‘yicha mas'ul vazirlik va idoralar xodimlari uchun o‘quv kurslarini davom ettirish rejalashtirilgan. O‘z malakasini oshirgan trenerlar Davlat statistika qo‘mitasi, IT-Park, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori va Jahon banki ko‘magida o‘qishni davom ettiradi.

Yevropa statistiklari konferensiyasining 68- yalpi majlisi

Nashr etilgan: 22/06/2020
Joriy yilning 22- iyun kuni Shveytsariyaning Jeneva shahrida videokonferensiya shaklida Yevropa statistiklari konferensiyasining 68-yalpi majlisi (CES) o'z ishini boshladi.
Ma’lumot o’rnida eslatib o’tish joizki, CES dunyodagi nufuzli statistik tashkilotlardan biri bo’lib, 1953- yilda tashkil etilgan.
Tadbirda, Davlat statistika qo'mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida tarmoq boshqarma boshliqlari ham onlayn tarzda ishtirok etdi.
22-24 - iyun kunlari bo'lib o'tadigan CES yig’ilishining kun tartibida CES yangi yo'riqnomalari va tavsiyalari, 2020 va 2021- yillarda BMT YEIK statistika dasturlari delegatlar tomonidan ko'rib chiqiladi.
Shuningdek, globallashuv va iqtisodiy statistikaning kelajagi, raqamli transformatsiyani o'lchash, o'zgarayotgan dunyoda NSO ma'lumotlarini boshqarish va boshqa ko'plab mavzular ko’rib chiqiladi.
CES ishtirokchilari xalqaro statistika standartlarini ko'rib chiqib, tasdiqlaydilar hamda ilg'or xalqaro amaliyot va statistika sohasidagi so'nggi tavsiyalar va yutuqlar bilan tanishadilar.
Tadbir yakunida 2021- yilga mo'ljallangan CES ning ish rejasi, CES ning amaliy tavsiyalari ishlab chiqiladi, bu milliy statistika institutlari faoliyatini strategik rejalashtirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Ochiq ma'lumotlar bo'yicha ishchi guruhining salohiyatini oshirishga qaratilgan vebinar o‘tkaziladi

Nashr etilgan: 19/06/2020
2020- yil 22- iyun kuni soat 14:00–17:00da O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tomonidan Jahon banki ko'magida ochiq ma'lumotlar bo'yicha ishchi guruhining salohiyatini oshirishga qaratilgan vebinar tashkil etiladi.
Ayni pandemiya davrida dunyo bo'ylab COVID–19 pandemiyasiga qarshi kurashishda rasmiy ma'lumotlarning, ochiq ma'lumotlarning e’lon qilinishi, kasallik oqibatlarini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Vebinar davomida dunyoda pandemiyaga qarshi kurashish bo'yicha ochiq ma'lumotlarga asoslangan yechimlar hamda O'zbekistonda amalga oshirilgan harakatlar bo'yicha taqdimot namoyish etiladi. Taqdimotda davlat, xususiy sektor va nodavlat tashkilotlarining sog'liqni saqlash, mehnat, biznesni qo'llab-quvvatlash, ta'lim va boshqa tashabbuslari, global pandemiya davrida qaror qabul qilishda ochiq ma'lumotlarning ahamiyati haqida fikr bildiriladi.
Jahon banki ekspertlari, shuningdek, turli davlat tuzilmalari, xususiy sektor va ilmiy doiralar vakillari tomonidan ochiq ma'lumotlar va ularning ta'sir ko'rsatishi hamda davlatlar uchun iqtisodiy imkoniyatlar yaratishi haqida suhbat o'tkaziladi.
Ekspertlar O'zbekistonda hukumat, xususiy sektor, fan va akademiya, shuningdek, tadbirkorlik istiqbollari haqida so'z yuritadi. Muhokamadan so'ng ishtirokchilar “Ma'lumotlarni depersonalizatsiya qilish” va “Ochiq ma'lumotlar uchun metama’lumot” kabi dolzarb mavzularga bag'ishlangan onlayn seminarlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ma'lumotlarni anonimlashtirish va ochiq ma'lumotlar bilan ishlashni soddalashtirish uchun metama’lumotdan foydalanishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan usullar haqida axborot beriladi. Vebinarda quyidagi havola orqali ishtirok etish mumkin:
https://worldbankgroup.webex.com/worldbankgroup/j.php?MTID=mcb014d9aea6b9dda27cbb17abd9ad31a

"Dunyo va O‘zbekistonda Covid-19 pandemiyasi ta’siri bo‘yicha ochiq ma'lumotlarga asoslangan yechimlar" mavzusida vebinar

Nashr etilgan: 16/06/2020
Davlat statistika qo'mitasi, Toshkent shahridagi Amity universiteti va Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida "O‘zbekistonda Covid-19 pandemiyasi ta’siri bo‘yicha ochiq ma'lumotlarga asoslangan chora-tadbirlar" mavzusida vebinar tashkil etiladi.
Eng yirik moliyaviy manbalaridan biri bo'lgan Jahon banki guruhi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun pandemiyaga qarshi kurashish uchun tezkor choralarni kuchaytirishda yordam bermoqda. Sana: 2020- yil 17- iyun.
Vaqt: 15:00.
Vebinar tili: Ingliz tili.
Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://attendee.gotowebinar.com/register/8590758533817603854
Axborot xizmati

YUNISEF vakillari bilan MICS bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi

Nashr etilgan: 15/06/2020
Davlat statistika qo‘mitasi va BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF)ning mas'ul ekspertlari tomonidan Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazish bo‘yicha videoseminar tashkil etildi.
Videoseminarda Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari, xalqaro ekspertlar hamda hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Seminarda MICS kuzatuvini olib borishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu borada xorijiy tajriba qanday ekani to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Ta’kidlash lozimki, Multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi “2020–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Shunga ko‘ra, MICS kuzatuvini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida birqancha tadbirlar rejalashtirilgan.
Mazkur tashkil etilgan tadbirda ham Vazirlar Mahkamasining qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.
Videoseminarda MICS bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni tashkil etish, xaritalar ustida ishlash, mahallalarni segmentlarga ajratish qoidalari kabi masalalar bo‘yicha tushuncha berib o‘tildi.

Davlat statistika qo`mitasida Xalqaro valyuta jamg`armasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Joriy yilning 26-fevral kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovich bilan Albert Yeger boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg`armasi vakillari o’rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda, O`zbekistonda “Yig`ma ma`lumotlar milliy sahifasi”ning yuritilishi, milliy hisoblar tizimi, iste`mol narxlari indeksi bo`yicha masalalar muhokama etildi.Missiya vakillari, uchrashuv davomida qo`yilgan barcha savollar bo`yicha to`liq javob va tushuntirishlar oldilar.Uchrashuv yakunida Xalqaro valyuta jamg`armasi vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga  tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.

 KOSTAT delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Joriy yil 25-mart kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovichning Koreya Respublikasining statistika tashkiloti (KOSTAT) Кomissiоneri o’rinbosari janob Song Vuk Choy boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.Uchrashuv jarayonida, aholini ro'yxatga olish amaliyotini o'rganish va tajriba almashish, Koreya milliy statistikasini rivojlantirishning strategik rejasi, shu jumladan, statistika xizmatini ko'rsatishning zamonaviy usullari bilan bog’liq bo’lgan masalalar muhokama qilindi.Tashrif davomida ikki tomon mutaxassislari ishtirokida bir qator seminarlar o`tkazilаdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik bo`yicha jamg`armasining (UNFPA) aholini ro`yxatga olish masalalari bo`yicha eksperti bilan uchrashuv

Joriy yil 8 aprel kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovichning BMTning Aholishunoslik bo`yicha jamg`armasining (UNFPA) aholini ro`yxatga olish masalalari bo`yicha xalqaro eksperti bilan bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Uchrashuv jarayonida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro`yxatga olishni o`tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi PF-5655-son Farmoni va 2022 yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi. BMTning Aholishunoslik jamg`armasining (UNFPA) aholini ro`yxatga olish masalalari bo`yicha xalqaro eksperti joriy yilning 8-19 aprel kunlari Davlat statistika qo`mitasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan aholini ro`yxatga olish bo`yicha muhokama olib boradi.

Davlat statistika qo`mitasida "Bloomberg" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

 Joriy yilning 17 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasida MDH davlatlarida "Bloomberg" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda, Davlat statistika qo'mitasi va "Bloomberg" kompaniyasi o'rtasida hamkorlik qilish, shuningdek, "Bloomberg" platformasida (O'zbekiston bo'yicha mamlakat statistikasi) statistik ma'lumotlarni joylashtirish bo`yicha masalalar muhokama etildi. Missiya vakillari, uchrashuv davomida qo`yilgan barcha savollar bo`yicha to`liq javob va tushuntirishlar oldilar.chrashuv yakunida "Bloomberg" kompaniyasi vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga  tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.

Davlat statistika qo`mitasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Joriy yilning 22 aprel kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv  bo`lib o`tdi. Uchrashuvda Davlat statistika qo’mitasi va Jahon banki o’rtasidagi o’zaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, milliy statistika tizimini rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni qo’llab-quvvatlash kelishildi.  Uchrashuv yakunida Jahon banki vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga  tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.

Davlat statistika qo‘mitasida YUNISEF vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Davlat statistika qo‘mitasi raisi o'rinbosari Mahmudjon Ziyodullayev  boshchiligida o‘tgan tadbirda 2020–2021 yillarda YUNISEF bilan hamkorlikda O‘zbekistonda multiindikator klaster tekshiruvlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. YUNISEFning mintaqaviy konsultanti Sinan Turkyilmaz multiindikator klaster tekshiruvlarini o‘tkazish uchun tanlamani shakllantirish jarayoni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.  Uchrashuv yakunida YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Afshin Parsi Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyatiga  tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, bunday hamkorlik aloqalari statistika sohasi rivojida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

 Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Joriy yilning 20 may kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Osiyo taraqqiyot bankining Bilim va texnik ko`mak: Rivojlanish uchun ma`lumot – Mamlakat ichida trening missiyasi expertlari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda, Davlat statistika qo`mitasi va Osiyo taraqqiyot banki o`rtasidagi hamkorlik, korxonalarning statistic registri, Davlat statistika qo`mitasi veb-saytida informatsion panellar yaratish kabi masalalar muhokama qilindi. Bundan tashqari, Osiyo taraqqiyot banki expertlari joriy yilning 20 mayidan 31 mayiga qadar Davlat statistika qo`mitasida ma`lumotlarni vizuallashtirish va tarqatish, veb-saytda informatsion panellar yaratish kabi masalalar bo`yicha trening o`tkazmoqda. Uchrashuv yakunida Osiyo taraqqiyot banki vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga  tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirdi. 

Osiyo taraqqiyoti banki mutaxassislari bilan uchrashuv o`tkazildi

2019 yilning 21 yanvaridan 1 fevraligacha Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyoti banki tashabbusi bilan “Salohiyat va bilimlarni oshirish (KSTA) 9356-REG (Rivojlanish uchun ma`lumotlar)” nomli texnik ko`mak loyihasi doirasida trening tashkil etildi.  Missiya OTB mutaxassislari: statistika va loyihalar bo`yicha mutaxassis – Moxintan Jozef Mariasingam, maslahatchi – Nikko Anjelo D. Antonio, maslahatchi – Juletta S. Magallens va maslahatchi – Jon Arvin S.Bernabe tomonidan o`tkazildi. Treningda Davlat statistika qo`mitasi Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi, Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish boshqarmasi hamda Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasining mutaxassislari ishtirok etishdi. Treningda resurslar va ishlatilishi, xarajatlar-ishlab chiqarish jadvallarini tuzish hamda tahlil qilish bo`yicha savollar ko`rib chiqildi. Shuningdek, biznes registr yuritish va uy xo`jaliklari byudjettlari bo`yicha kuzatuvini o`tkazish baholandi. Davlat statistika qo`mitasi mutaxassislari tomonidan yuqorida keltirilgan masalalarga doir keng ko`lamli prezentatsiyalar o`tkazildi.

 Olmota shahrida (Qozog’iston) “ BRM ko‘rsatkichlarini ishlab chiqarishda an’anaviy bo‘lmagan ma’lumotlar manbalarini integratsiyalash ” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.

2017 yil 28-30 noyabr kunlari “Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) ko‘rsatkichlarini ishlab chiqarishda an’anaviy bo‘lmagan ma’lumotlar manbalarini integratsiyalash” mavzusida Olmota shahrida (Qozog’iston) seminar bo’lib o’tdi. Mazkur ishchi seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Statistika bo’limi, Yevropa bo’yicha iqtisodiy komissiyasi, Atrof muhit bo’yicha dasturi va Qozog’iston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligining statistika qo’mitasi tomonidan tashkil etildi.

Seminarda Davlat statistika qo’mitasining Ta’lim, sog’liqni saqlash, fan va innovatsiya sohalarida statistik kuzatuvlar bo’limi boshlig’i v.b. D.Raxmatullayev va Notijorat tashkilotlari faoliyati, madaniyat va turizm sohalarida statistik kuzatuvlar bo'limi bosh mutaxassisi A.G’afurovlar  ishtirok etdi.

Seminarda Sharqiy Evropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo (ShEKMO), Mongoliya, Rossiya, Turkiya milliy statistika idoralari vakillari, BMTning statistika bo`limi, BMTning Yevropa bo`yicha iqtisodiy komissiyasi statistika bo’limi, Jahon Banki, BMTning oziq- ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti, BMTning Atrof muhit bo’yicha dasturi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Seminarda BRM indikatorlarini shakllantirishda an’anaviy bo‘lmagan ma’lumotlar (ma’muriy ma’lumotlar, registr ma’lumotlari, geografik ma’lumotlar)dan foydalanishni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro valyuta fondi eksperti bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Joriy yilning 24 noyabr kuni Davlat statistika qo`mitasida Xalqaro valyuta fondi eksperti bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda, to`lov balansi statistikasini shakllantirish, tashqi savdo statistikasi, uy xo`jaliklarini kuzatuvi, sanoat va taqshi iqtisodiy faoliyat statistikasi masalalari muhokama etildi. Uchsharuv iliq va do`stona ruhda o`tdi. 

O`zbekistondagi Germaniya Federativ Respublikasi elchisi Gyunter Overfeld uchrashuvi bo`lib o`tdi

Uchrashuvda, O`zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o`rtasida ko`plab sohalardagi samarali hamkorlik yo`lga qo`yilayotganligi e`tirof etilib, ikki davlat statistika organlari o`rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.  

Uchrashuv yakunida Germaniya Federativ Respublikasi elchisi Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorchilik bildirdi va kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirdi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi. 

Tedjon shahrida (Janubiy Koreya) “Osiyo va Tinch Okeani mintaqalarida aholini ro’yxatdan o’tkazish uslubiyatini ishlab chiqish va uni qo’llash” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.

21-22 noyabr 2017

2017 yil 21-22 noyabr kunlari “Osiyo va Tinch Okeani mintaqalarida aholini ro’yxatdan o’tkazish uslubiyatini ishlab chiqish va uni qo’llash” mavzusida Tedjon shahrida (Janubiy Koreya) seminar bo’lib o’tdi. Mazkur seminar Janubiy Koreya Respublikasining statistika tashkiloti (KOSTAT) va Osiyo-Tinch Okeani mintaqalari bo’yicha aholishunoslik instituti (APPI) tomonidan tashkil etildi.

Seminarda Davlat statistika qo’mitasining Mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq to’lash ko`rsatkichlarini shakllantirish va tahlil etish bo`limi yetakchi mutahassisi Z.Khudayarova ishtirok etdi.

Seminarda AQSh, Niderlandiya, Mongoliya, Vetnam, Tayland, Shri-Lanka, Janubiy Koreya, O’zbekiston milliy statistika idoralari mutaxassislari, Osiyo va Tinch Okeani mintaqalari bo’yicha aholishunoslik instituti (APPI), Janubiy Koreya milliy universiteti mutaxassislari va ekspertlari ishtirok etishdi.

Seminarda aholini ro’yxatdan o’tkazishda zamonaviy uslublardan foydalanish texnologiyasini shakllantirish, aholini ro’yxatdan o’tkazishda ma’muriy ma’lumotlardan foydalanishning afzalligi, internet va aholi registri ma’lumotlari bazasi yordamida aholini ro’yxatdan o’tkazishni takomillashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Birlashgan Millatlar tashkiloti va YuNDAF bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning birgalikdagi yig`ilishi

13 noyabr 2017

2017 yilning 13 noyabrida “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasida Birlashgan Millatlar tashkiloti va YuNDAF bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning birgalikdagi ikkinchi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu tadbirda 2017-2020 yillardagi O`zbekiston Respublikasi va Birlashgan Millatlar tashkilotining hamkorligini yanada rivojlantirish bo`yicha amaliy choralar Rejasi (“Yo`l xaritasi”) muhokama qilindi. 

Bundan tashqari, ishtirokchilar Yo`l xaritasi, Harakatlar strategiyasi (2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi), barqaror rivojlanish sohasidagi Kun tartibi va YuNDAF orasidagi o`zaro bog`liqligi bilan ham tanishtirildi.  

Yig`ilishda BMT Bosh kotibining yordamchisi Jixan Sultono`g`li xonim, BMTning O`zbekiston Respublikasidagi doimiy muvofiqlashtiruvchi vakili Xelena Freyzer xonim hamda tegishli vazirlik va idoralar, shu jumladan Davlat statistika qo`mitasi vakillari ishtirok etdilar. 

Davlat statistika qo`mitasida Yevropa ittifoqi komissiyasi ekspertlari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

13 noyabr 2017

2017 yil 13 noyabr kuni, Davlat statistika qo`mitasida Yevropa ittifoqi komissiyasi ekspertlari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda, davlat statistika organlarining faoliyati, ekspertlarning ishi uchun zarur bo`lgan statistik ma`lumotlarni o`z vaqtida va qulay tarzda taqdim etilishi masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi. 

Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

10 noyabr 2017

Joriy yilning 10 noyabr kuni Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy sector bo’yicha Konsultativ missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvdan ko`zlangan maqsad, O`zbekiston Respublikasi Xalqaro valyuta fondining kengaytirilgan Ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimiga qo’shilishi yuzasidan erishilgan natijalar, shuningdek Missiyaning O`zbekiston Respublikasida faoliyatini davom ettirishi uchun statistik ma’lumotlarni olish bilan bog`liq bo`lgan masalalarni muhokama qilish edi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi. 

2017 yil 30-31 oktabr va 1-2 noyabr kunlari  Jeneva shahrida (Shveytsariya) “Migratsiya statistikasi” mavzusida ishchi sessiya va seminar bo’lib o’tdi.

30 oktabr va 2 noyabr 2017

2017 yil 30-31 oktabr va 1-2 noyabr kunlari “Migratsiya statistikasi” mavzusida Jeneva shahrida (Shveytsariya) ishchi sessiya va seminar bo’lib o’tdi. Mazkur ishchi sessiya va seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa bo’yicha iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) va Yevrostat tomonidan tashkil etildi.

Ishchi sessiya va seminarda Davlat statistika qo’mitasining Demografik ko`rsatkichlarni shakllantirish va tahlil etish bo`limi yetakchi mutahassisi D.Yeshniyazov ishtirok etdi.

Ishchi sessiya va seminarda BMT YIK a’zo mamlakatlari milliy statistika idoralari vakillari, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Statistika Qo’mitasi, Yevropa Statistika idorasi (Yevrostat), Moskva Davlat universiteti, BMTning Yevropa bo`yicha iqtisodiy komissiyasi statistika bo`limi, UNFPA, UNICEF, UNHCR, Jahon Savdo Tashkiloti, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, Xalqaro Migratsiya Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Ishchi sessiya va seminarda migratsiya statistikasi ma’lumotlarini shakllantirishda ma’muriy ma’lumotlar va uy xo’jaligida tanlanma kuzatuv ma’lumotlaridan foydalanishni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. 

Davlat statistika qo`mitasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

7 noyabr 2017 

2017 yil 7 noyabr kuni, Davlat statistika qo`mitasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda, ijtimoiy himoya va kambag`allik darajasini aniqlash sohasida Davlat statistika qo`mitasining o`rni hamda aholini ijtimoiy himoyalash bo`yicha ma`lumotlarni shakllantirish va taqdim etilishi masalalari yuzasidan muhokamalar bo`lib o`tdi.

Shuningdek, uchrashuvda aholi turmush darajasi statistikasiga oid dolzarb yo`nalishlarda Jahon banki tomonidan texnik va uslubiy jihatdan ko`maklashish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.

2017 yil 16-21 аprel kunlari KOSTAT delegatsiyasi O’zbekistonga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 16-21 aprel kunlari Koreya Respublikasining statistika tashkiloti (KOSTAT)ning 5 kishidan iborat vakillari Davlat statistika qo`mitasiga tashrif buyurishdi. Mazkur tashrif Davlat statistika qo`mitasi va Koreya Respublikasi statistika tashkiloti (KOSTAT) o`rtasida 2011 yil 24 avgustda imzolangan “Statistika sohasida hamkorlik to`g`risidagi Anglashuv memorandumi”ga muvofiq tashkil etildi.

Tashrif davomida 17-18 aprel kunlari Davlat statistika qo`mitasida ikki tomon mutaxassislari ishtirokida bir qator seminarlar o`tkazildi. Jumladan, KOSTAT vakillari “Koreya Milliy Statistika tizimi”, “Jamoat bilan aloqa”, “aholini ro’yhatga olish va demografiya statistikasi tizimlari”, “ Xalqaro Migratsiya Statistikasi” mavzularida taqdimotlar o`tkazishib, Koreya Respublikasi tajribasi to`g`risida batafsil axborot berishdi. Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasi vakillari Qo’mitaning faoliyati, tashkiliy tuzilmasi, vazifalari bilan mehmonlarni tanishtirishdi va hamda “Fuqorolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish va aholining tabiiy harakati statistikasi”, “Inson resurslari boshqaruvi tizimi (inson resurslarini rivojlantirish, baholash), xodimlar boshqaruvi va farovonligini qo'llab-quvvatlash” va “Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlar markazi” mavzularida taqdimotlar namoyish etildi.

 19 – 21 aprel kunlari KOSTAT delegatsiyasi Samarqand va Buxoro viloyati statistika boshqarmalariga tashrif buyurishdi va Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarining tarixiy obidalarini hamda diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi.

KOSTAT delegatsiyasining O`zbekistonga tashrifi va Davlat statistika qo`mitasi vakillari bilan uchrashuvlari juda iliq va do`stona ruhda o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi bilan Qirg`iziston Respublikasi Milliy statistika qo`mitasi o`rtasida o`zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi:

Memorandum joriy yilning 5 oktyabr kuni, Ko`ksaroy qarorgohida,  Qirg`iziston Respublikasi rasmiy delegatsiyasining O`zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida, O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi Raisi Begalov Baxodir Abdusalomovich va Qirg`iziston Respublikasi Milliy statistika qo`mitasi Raisi Sultanov Akilbek Shakirovich tomonidan tantanali ravishda imzolandi.

Mazkur memorandum xalqaro iqtisodiy va statistika tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etishda, ayniqsa, statistik ma’lumot bazalarini boshqarish va statistik ma’lumotlarni to’plashda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha tajriba almashish, ilmiy va metodologik tadqiqotlar hamda o’zaro manfaatli loyihalarda hamkorlik qilish, har ikki mamlakatdahi iqjtimoiy-iqtisodiy holat haqidagi nashrlarni almashish, statistic kuzatuvlarni o’tkazish, statistic tizimlarni yaratish va yuritish uchun muhim bo’lgan statistik materiallar va metodologik hujjatlarni almashish hamda statistic ma’lumotni yigish, qayta ishlash va tahlil qilish bo’yicha  mutaxassislarning o’zaro tajriba almashuv tashriflarini tashkil etish kabi yo’nalishlarda keg qamrovli va samarali hamkorlikni ko’zda tutadi.

Shuningdek, memorandumda  statistika sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, tenglik va o`zaro manfaatdorlik asosida ikki tomonlama hamkorlikni yanada ilgari surish maqsadlari o`z aksini topgan.

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi (Goskomstat) bilan Koreya Respublikasi “Koreya Statistiks” (KOSTAT) o`rtasida Toshkent shaxrida 2011 yil 24 avgust kuni imzolangan statistika sohasida hamkorlik to`g`risida Anglashuv Memorandumi doirasida 2011-2015 yillarda quyidagi ikkitomonlama uchrashuvlar amalga oshirilgan:

05.09-09.09.2016y. Goskomstat vakillarining KOSTAT va Goskomstatda metama’lumotlar almashinuvi standartlari, aholi bandligi va mehnat statistikasi, ma'muriy ma'lumotlarni yig’ish va ulardan foydalanish sohalarida tajriba almashish borasidagi  KOSTATga tashrifi.

Tashrif chog'ida tomonlar yuqorida keltirilgan mavzularda, shuningdek Goskomstat va KOSTATning statistik tizimlari to’g’risida prezentatsiyalar namoish qilishdi. Prezentatsiya chog’ida ishtirokchilar KOSTATning tashkiliy tuzilishi, tarixi, asosiy vazifalari, ko'rsatkichlari va xalqaro hamkorligining ustuvor yo’nalishlari bilan tanishishdi. Shuningdek xar bir prezentatsiyadan so’ng  munozaralar bo'lib o'tdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Goskomstat vakillari  Tedjon shaxridagi statistika rivojlanishi tarixiga bag'ishlangan ko'rgazma zaliga tashrif buyurishdi. Shuningdek, Dongnam (Busan) hududiy  statistika boshqarmasiga tashrif uyushtirildi. Dongnam hududiy  statistika boshqarmasi direktori va xodimlari bilan uchrashuv tashkillashtirildi. Narx statistikasi kuzatuvi bo’yicha videorolik va presentatsiya namoyish etildi.

30.11 - 04.12.2015y. Goskomstat vakillarining qishloq xo`jaligi va baliqchilik soxasida ro`yxatga olish kuzatuvlari bilan tanishish maqsadida o`tkazilgan treningda qatnashish uchun KOSTATga tashrifi.

Treningning asosiy maqsadi Goskomstat vakillarini Koreyaning qishloq xo`jalik va baliqchilik sohasida kuzatuvlarini o`tkazilish tartibi, ma`lumotlarni yig`ish usullari, kuzatuv natijalarini umumlashtirish va shakllantirish tartibi bilan tanishtirish hamda shu yo`nalishdagi tajribalar bilan o`zaro almashish edi.

Tashrif mobaynida Goskomstat vakillari Busan, Sejon, Xion Doy, Dongnam va Seul shaharlaridagi xududiy statistik boshqarmalari faoliyati bilan hamda qishloq xo`jaligi va baliqchilik sohasida statistik kuzatuvini tashkillashtirish, olingan ma`lumotlarni tahlil qilish, ma`lumotlarni dasturiy ta`minotga kiritish jarayoni bilan tanishib chiqishdi.

Tashrif dasturiga asosan, Goskomstat vakillari Gijang markaziy boshqarmasiga va axborot markaziga hamda qator fermer va uy xo`jaliklariga tashrif uyushtirishdi.

26.04 - 01.05.2015у. KOSTAT vakillarining O`zbekiston va Koreyaning aholi sonini xisoblashning amaldagi metodikasi bilan tanishish, aholini ro`yxatga olish, qishloq xo`jaligini ro`yxatga olishni tashkillashtirish masalalari bo`yicha Goskomstatga uyushtirgan tashrifi.

Ikki tomonlama uchrashuv mobaynida Goskomstat tomonidan O`zbekiston Respublikasi aholi sonini amaldagi ro`yxatga olish metodikasi, 2011 yilgi aholi sonini tanlanma kuzatuvini tashkillashtirish va o`tkazilish jarayoni, O`zbekistonda qishloq xo`jaligi statistikasi bilan bog`liq masalalarga izox berildi.

KOSTAT vakillari Koreyada muntazam o`tkaziladigan aholini va qishloq xo`jaligini ro`yxatga olinishi to`g`risida prezentatsiyalarini namoyish qilishdi.

Tashrif doirasida KOSTAT vakillarini Samarqand viloyati statistika boshqarmasiga tashrifi tashkillashtirildi.

25.05 - 01.06.2014y. Goskomstat vakillarining statistik ma`lumotlarni tarqatish jarayonida ma`lumotlarni vizuallashtirish, statistik tizimni yaxshilash borasida Koreya strategiyasini o`rganish, uy xo`jaliklari daromad va harajatlari kuzatuvi jarayonida elektron kundalikdan foydalanish sohalarida tajriba almashish borasidagi KOSTATga tashrifi.

Uchrashuv davomida Goskomstat amaliyotida qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilari va qishloq xo`jaligi maxsulotlari narxlari bo`yicha statistik kuzatuvlarni tashkillashtirish borasida fikrlar almashinuvi bo`lib o`tdi. Goskomstat vakillari Koreyaning qishloq xo`jaligi statistikasi va guruch yetishtirish kuzatuvini tashkillashtirish tartibi bilan tanishib chiqishdi.

Uchrashuv doirasida Goskomstat vakillari Dong-nam xududiy statistik boshqarmasi faoliyati bilan tanishishdi.

17.09 - 20.09.2013y. KOSTAT vakillarining ishchi kuchi kuzatuvlarini internetdan foydalangan holda tashkillashtirish, uy xo`jaligi daromad/xarajatlari kuzatuvlarida, uy xo`jaligi turmush darajasi kuzatuvlarida va moliyaviy kuzatuvlarida elektron jurnaldan foydalanish bo`yicha tajriba almashish borasida Goskomstatga tashrifi.

KOSTAT vakillari O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy statistikani qamrab oluvchi sohalar, ularning statistik kuzatuv usullari, statistik kuzatuvlar jarayonida, statistik ma`lumotlarning davriyligini shakllantirishda Goskomstat tomonidan foydalaniladigan statistik hisobot turlari, statistik nashrlar va foydalanuvchilar turlari bilan qisqacha tanishib chiqishdi. Shuningdek, uchrashuv doirasida yuqorida ko`rsatilgan mavzularda namoyish etilgan prezentatsiyalar bo`yicha qiziqtirgan savollar muxokama qilindi.

KOSTAT delegatsiyasi 19-20 sentyabr kunlari tashrif dasturiga binoan Samarqand viloyat statistikasiga tashrif buyurib, Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini ko`zdan kechirishdi.

18.06 – 22.06.2012 y. Goskomstat vakillarining milliy statistika tizimlarining tuzilishi va faoliyati bo`yicha tajriba almashish borasidagi KOSTATga tashrifi.

19 dan 21 iyunga qadar Tedjon va Sunchen shaharlarida O`zbekiston va Koreya statistika vakillarining statistik tizimni muvofiqlashtirish va strategik rejalashtirish, sifat tizimini joriy qilish, statistika tizimida Internet-texnologiyalarni amaliyotda qo`llanishini tashkil etish bilan bog`liq masalalarda muzokaralar bo`lib o`tdi.

Tashrif doirasida tomonlarning tegishli taqdimotlari namoyish etildi.

Shuningdek Goskomstat vakillari KOSTATning hududiy boshqarmalari faoliyati, ularning statistik ma`lumotlarni yig`ish va qayta ishlashda foydalanadigan texnologiyalari bilan tanishib chiqishdi.

22.08 - 26.08.2011 y. KOSTAT vakillarining Anglashuv Memorandumini imzolash, davlatlarning milliy statitika tizimlari bilan o`zaro tanishuvi borasidagi Goskomstatga tashrifi.

2011 yil 24 avgust kuni Goskomstat va KOSTAT o`rtasida statistika sohasida hamkorlik to`g`risida Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Ikki tomonlama uchrashuv mobaynida KOSTAT delegatsiyasi O`zbekiston Respublikasi statistika tizimi va davlat statistikasi rivojlanishining yakin istiqboldagi asosiy yo`nalishlari bilan tanishishdi. Tomonlar, shuningdek, statistika sohasidagi hamkorlik mavzusida muzokaralar o`tkazishdi.

Uchrashuv mobaynida KOSTAT vakillari Samarqand viloyat statistika boshqarmasiga tashrif buyurishdi hamda Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini ko`zdan kechirishdi.