Joriy yilning 1-may kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻqituvchi va talabalari Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Statistika  agentligi markaziy apparati ish jarayonlari bilan tanishishdi.

1-7b5a7465

2-7b5a7488

Talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Farhod Toʻrayev hamda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori Bahodir Gʻayibnazarov statistika tizimida amalga oshirilayotgan ishlar borasida batafsil tushunchalar berib oʻtishdi.

3-7b5a7444

4-7b5a7423

Jumladan, Narxlar statistikasi boshqarmasi, Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi, Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi, Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi hamda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmalarining ish jarayonlari bilan tanishish orqali nazariy ko‘nikma olishdi.

5-7b5a7425

6-7b5a7404

Shuningdek, talabalar Agentlikda tashkil etilgan “Statistika muzeyi” bilan ham tanishtirildi.

7-7b5a7388

8-7b5a7384

Shundan soʻng, universitet oʻqituvchilari, talabalar va ilmiy izlanuvchilarining oʻzlarini qiziqtirgan savollariga Agentlik mutaxassislari batafsil javob berishdi.

9-7b5a7519

10-7b5a7537

Kelgusida ham bunday uchrashuvlarni doimiy oʻtkazilishiga kelishib olindi.