Joriy yilning 2123- fevral kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashabbusi bilan Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi Chimyon qishlogʻida an’anaviy “Chimgan challenge 2025” qishki sport festivali oʻtkazildi.

jami-ishtirokchilar-1-rasmytytyt_p26795

Ushbu festivalda 120 ta vazirlik, idora va tashkilotlarning sport targʻibotchilari o‘rtasida sportning mini-futbol, voleybol, stritbol va stol tennisi sport turlari bo‘yicha o‘zaro musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

b_-djalilov-2-rasmrtrtrt_p99494

“Chimgan challenge – 2025” qishki sport festivali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlarining sport targ‘ibotchilari orasida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishni keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

jami-sihtirokchilar-3-rasmrtrtr_p68586

Festivalning dastlabki kunida tadbir ishtirokchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Mo‘mindjanov Davlatimiz rahbari tomonidan aholi o‘rtasida sportni ommalashtirish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi.

seminar-4-rasmtytytyt_p43739

Mazkur festivalda Statistika agentligining sport targ‘ibotchisi Djalilov Bobur ishtirokidagi jamoa “Mini futbol” sport musobaqasida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

s

Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

taqdirlash-6-rasmtrtrtr_p23326