Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog`lomlashtirish, ma`rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to`lanadigan faoliyat bilan shug`ullanmagan holda uzog`i bilan bir yil muddatga jo`nab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi.

1-rasm

O’zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va ketgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari soni*)

*) Rasmiy deklaqasiyadan o’tganlar, O’zabekiston Respublikasi Davlat bojhona qo’mitasi ma’lumotlariga asosan

2016 yilda O`zbekiston Respublikasiga 2157,7 ming nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan, bu 2000 yilga nisbatan 7 barobarga (1855,3 ming nafar) ko`paygan. O`zbekistondan chet elga chiqqan fuqarolar 5310,0 ming nafarni tashkil qilib, 2000 yilga nisbatan 12 barobarga (4867 ming nafar) ko`proqdir.

2-rasm

2016 yilda O’zbekiston Respublikasiga kelgan shaxslarning safar maqsadlari bo’yicha taqsimoti, ming kishi

Davlat bojxona qo`mitasining ma`lumotlariga ko`ra 2016 yilda O`zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslarning 2,0 foizi (150,6 ming nafar) xizmat yuzasidan, 0,1 foizi (6,3 ming nafar) o`qish maqsadida, 0,7 foizi (53,1 ming nafar) ishlash maqsadida, 2,4 foizi (175,7 ming nafar) sayoxat qilish maqsadida, 22,6 foizi (1661,6 ming nafar) qarindoshlarini yo`qlash uchun, 0,4 foizi (27,3 ming nafar) davolanish maqsadida, 71,5 foizi (5255,3 ming nafar) doimiy yashash joyiga, 0,2 foizi (17,2 ming nafar) tijorat maqsadida kelgan.

3-rasm

2016 yilda O’zbekiston Respublikasidan ketgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining safar maqsadlari bo’yicha taqsimoti, ming kishi

2016 yilda O`zbekiston Respublikasidan ketgan respublika fuqarolarining 5,6 foizi (298,0 ming nafar) xizmat yuzasidan, 0,8 foizi (40,4 ming nafar) o`qish maqsadida, 27,3 foizi (1449,5 ming nafar) ishlash maqsadida, 5,5 foizi (294,6 ming nafar) sayoxat qilish maqsadida, 59,3 foizi (3146,6 ming nafar) qarindoshlarini yo`qlash maqsadida, 0,7 foizi (35,9 ming nafar) davolanish maqsadida, 0,2 foizi (12,6 ming nafar) doimiy yashash joyiga, 0,6 foizi (32,3 ming nafar) tijorat maqsadida ketgan.

4-rasm

Turistik faoliyatni amalga oshirgan tashkilotlar va ular tomondan xizmat ko’rsatilgan shaxslar soni (2012-2016 yillar)

2016 yilda faoliyat yuritgan turistik firmalar soni 433 tani tashkil qilgan, 2012 yilga nisbatan 75 taga ko`p. Ular tomonidan xizmat ko`rsatilgan shaxslar soni 2012 yilda 511,6 ming nafarni tashkil qilgan bo`lsa, 2016 yilda 465,4 ming nafarga yetgan.

1-jadval

2016 yilda sotilgan sayyohlik yo`llanmalarining soni va qiymati

 

Soni, birlik

Qiymati, mln.so`m

Sotilgan sayyohlik yo`llanmalari jami

103093

100906,1

Ulardan bevosita aholiga

101703

99431,3

shu jumladan:

   

O`zbekiston hududi bo`yicha O`zbekiston fuqarolariga

44763

17996,3

Chet el mamlakatlari bo`yicha O`zbekiston fuqarolariga

15194

12797,4

O`zbekiston xududi bo`yicha MDH fuqarolariga

9942

11971,0

O`zbekiston xududi bo`yicha boshqa chet el mamlakatlari fuqarolariga

31804

56666,6

 

2016 yilda sayyohlik yo`llanmalarining 98,7 foizi (101,7 ming dona) bevosita aholi tomonidan sotib olingan. Jumladan Respublika hududi bo`yicha O`zbekiston fuqarolariga 44,8 ming dona (44,0 foiz), MDH fuqarolariga 9,9 ming dona (9,8 foiz), boshqa chet el mamlakatlari fuqarolariga 31,8 ming dona (31,3 foiz) yo`llanma sotilgan. Shuningdek chet el mamlakatlari bo`yicha O`zbekiston fuqarolariga 15,2 ming dona yo`llanma sotilgan.

5-rasm

Mehmonxona va shunga o`xshash joylashtirish vositalari (2012-2016 yillar)

2016 yilda mehmonxona va shunga o`xshash joylashtirish vositalari soni 750 tani tashkil qildi va 2012 yilga nisbatan 44,0 foizga (229 ta) ko`paydi. Ulardagi o`rinlar soni 2012 yilga nisbatan 40,8 foizga (11 ming o`rin) ko`payib, 37,8 ming o`ringa yetdi. Mehmonxonalarga joylashgan shaxslar soni 2016 yilda 1513,1 ming kishini tashkil qilib, 2012 yilga nisbatan 27,2 foizga (323,5 ming nafar) ko`paydi.

6-rasm

Hududlar bo`yicha mehmonxona va shunga o`xshash joylashtirish vositalarida joylar fondidan foydalanish koeffisienti

(foizda)

O`zbekiston Republikasi bo`yicha mehmonxona va shunga o`xshash joylashtirish vositalarida joylar fondidan foydalanishkoeffisienti (o`rinlarning yil davomida band bo`lishi) 2016 yilda 26,1 foizni tashkil qilmoqda. Jumladan, eng yuqori ko`rsatkich Sirdaryo viloyatida 40,0 foiz, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida 36,5 foiz, Toshkent shahrida 35,7 foizni tashkil qilmoqda, shuningdek yil davomida joylarning band bo`lishi Xorazm viloyatida 14,1 foiz, Farg`ona viloyatida esa 14,6 foizni tashkil etgan.

Axborot xizmati 

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Tugmani bosing Tinglash