Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti – hisobot davrida qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi sub`ektlar tomonidan ishlab chiqarilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari hajmlarining qiymatini belgilab, ishlab chiqarishning umumiy hajmini ifodalaydi.

Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini isloh qilishni diversifikatsiyalash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, zamonaviy yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish hamda xo`jaliklarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo`yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti hajmi 2016 yilda 47486,1 mlrd. so`mni tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 2,7 martaga o`sishini ta`minladi. Shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari hajmi 29042,4 mlrd. so`mni (2,8m.), chorvachilik mahsulotlari hajmi
18443,7 mlrd. so`mni (2,6m.) tashkil etdi. 2010-2016 yillar davomida jami qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi barqaror sur`atlarda o`sib bordi, bunda o`sish sur`ati yiliga 6-7 foizni tashkil etdi

1-rasm

Qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining 2000-2016yillardagi o`sish sur`ati

Qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni xo`jaliklar toifalari kesimida tahlil etilganda, yildan-yilga fermer xo`jaliklarining ulushi oshib borayotganligi, o`z navbatida qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ulushi esa kamayib borayotganligi kuzatilmoqda. Respublikamizda faoliyat yuritib kelayotgan past rentabelli qishloq xo`jaligi tashkilotlari yer maydonlarini qisqartirilib, ular negizida mustahkam moddiy texnika bazasiga ega bo`lgan ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarining tashkil etilishi, jami qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotida fermer xo`jaliklari ulushining 2000 yildagi 5,5 foizdan 2016 yilda 32,9 foizgacha ko`payishida hamda qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ulushini esa 2000 yildagi 27,8 foizdan 2016 yilda 2,0 foizgacha kamayishida o`z ifodasini topdi (2-rasm).

2-rasm

2016 yilda qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining xo`jaliklar toifalari bo`yicha taqsimlanishi


2016 yilda qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi xo`jaliklar toifalari bo`yicha hududlar kesimida tahlil qilinganda barcha hududlarda eng yuqori ko`rsatkichlar dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklariga to`g`ri kelishi kuzatildi. eng yuqori ko`rsatkichlar Surxondaryo (73,9%), Navoiy (71,9%) hamda Buxoro (70,8%) viloyatlari hissasiga to`g`ri keldi.

Fermer xo`jaliklarining qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotidagi barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi hududlar bo`yicha tahlil qilinganda, eng yuqori ko`rsatkichlar Samarqand (39,9%), Sirdaryo (37,5%) va Qashqadaryo (37,1%) viloyatlari hissasiga to`g`ri keldi (3-rasm).

3-rasm

2016 yilda qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining xo`jaliklar toifalari bo`yicha taqsimlanishi

(barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi ,foizda)

Shuningdek, 2016 yilda qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti tarkibida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 2000 yildagi 50,2 foizdan 61,2 fozgacha ko`paydi va shu davr mobaynida mos ravishda chorvachilik mahsulotlarining ulushi 49,8 foizdan 38,8 foizgacha kamaydi (4-rasm).

4-rasm

2000-2016 yillarda qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining tarkibi

(foizda)

Qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlari asosiy, takroriy, oraliq, qator oralig`i ekinlari bo`yicha alohida hisobga olinadi.

5-rasm

2000-2016 yillarda jami qishloq xo`jaligi ekinlari maydoni

(ming gektar)

 

6-rasm

2000-2016 yillarda asosiy turdagi qishloq xo`jaligi ekinlarining maydoni

(ming gektar)

Tahlillar 2000 yilda asosiy turdagi qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlarining barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan bo`lgan ulushi fermer xo`jaliklarida 5,0-20,7 foizni tashkil qilgan bo`lsa, 2016 yilda mos ravishda 21,4-99,2 foizga teng bo`lganligini ko`rsatdi.

Bu ko`rsatkichlar mos ravishda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari bo`yicha 2000 yilda 12,1-78,2 foizni, 2016 yilda 12,5-77,7 foizni, qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 2000 yilda 16,8-79,3 foizni, 2016 yilda 0,8-8,4 foizni tashkil etdi.

Tahlillardan don ekinlari va g`o`za maydonlarining asosiy qismi fermer xo`jaliklari, kartoshka, sabzavotlar, poliz, meva va uzum maydonlari fermer va dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari ixtiyorida qolayotganligi kuzatildi (1-jadval).

1-jadval.

2000-2016 yillarda asosiy turdagi qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlarining xo`jaliklar toifalari bo`yicha taqsimlanishi

(barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi,foizda)

 

Fermer
xo’jaliklari

 

Dehqon
(shaxsiy yordamchi) xo’jaliklari

Qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar

 

2000 y.

2016 y.

2000 y.

2016 y.

2000 y.

2016 y.

Don ekinlari

15,8

85,4

12,1

12,5

72,1

2,1

Paxta

20,7

99,2

79,3

0,8

Kartoshka

5,0

21,4

78,2

77,7

16,8

0,9

Sabzavotlar

6,5

36,5

66,7

61,9

26,8

1,6

Poliz

17,6

53,9

42,0

44,1

40,4

2,0

Meva

7,1

61,5

28,8

30,1

64,1

8,4

Uzum

5,8

65,1

21,9

31,2

72,3

3,7

 

7-rasm

2000-2016 yillarda mevali bog`lar va tokzorlar maydoni

(ming gektar)

2000-2016 yillar davomida qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlarining tarkibiy tuzilmasini maqbullashtirish bo`yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, 2016 yilda 2000 yilga nisbatan asosiy maydonga ekilgan jami don ekinlari maydonlari 75,4 ming gektarga, kartoshka – 32,4 ming gektarga, sabzavotlar – 76,1 ming gektarga, poliz ekinlari – 21,9 ming gektarga, mevali bog`lar – 75,6 ming gektarga, tokzorlar – 11,2 ming gektarga ko`payib, ular hisobiga texnik ekinlar – 178,6 ming gektarga, ozuqa ekinlari – 95,5 ming gektarga kamaydi (7 va 8-rasmlar).

8-rasm

Asosiy turdagi qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlarining jami ekin ekilgan maydonga nisbatan ulushi

(foizda)

2000 yilda asosiy turdagi dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan fermer xo`jaliklarining ulushi 4,2-18,3 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2016 yilda mos ravishda 23,1-99,5 foizga teng bo`ldi.

Bu ko`rsatkichlar mos ravishda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari bo`yicha 2000 yilda 18,6-80,1 foizni, 2016 yilda 18,3-76,1 foizni, qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 2000 yilda 15,7-81,7 foizni, 2016 yilda 0,5-2,1 foizni tashkil etdi.

Tahlillardan don ekinlari va paxta xom-ashyosi ishlab chiqarishda fermer xo`jaliklari, kartoshka, sabzavotlar, poliz, meva va uzum ishlab chiqarishda fermer va dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari asosiy ishlab chiqaruvchilar bo`lib qolayotganligi kuzatildi (2-jadval).

2-jadval

2000-2016 yillarda asosiy turdagi dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish
hajmlarining xo`jaliklar toifalari bo`yicha taqsimlanishi

(barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi,foizda)

 

Fermer
xo’jaliklari

 

Dehqon
(shaxsiy yordamchi) xo’jaliklari

Qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar

 

2000 y.

2016 y.

2000 y.

2016 y.

2000 y.

2016 y.

Don ekinlari

14,4

80,4

18,6

18,3

67,0

1,3

Paxta

18,3

99,5

81,7

0,5

Kartoshka

4,2

23,1

80,1

76,1

15,7

0,8

Sabzavotlar

4,9

34,8

75,0

64,3

20,1

0,9

Poliz

11,2

49,5

63,5

48,9

25,3

1,6

Meva

4,3

45,8

58,9

52,1

36,8

2,1

Uzum

4,7

53,1

33,0

45,4

62,3

1,5

2000-2016 yillardagi qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlari tuzilmasidagi o`zgarishlar tahlili, umumiy ekin maydoniga nisbatan don ekinlari mos ravishda 42,7 foizdan – 45,6 foizgacha, kartoshka 1,4 foizdan – 2,3 foizgacha, sabzavotlar 3,4 foizdan – 5,5 foizgacha, poliz 1,0 foizdan – 1,6 foizgacha ko`payganligini, shu bilan birga, texnik ekinlar 40,0 foizdan 36,0 foizgacha, ozuqa ekinlari 11,4 foizdan 9,0 foizgacha kamayganligini ko`rsatdi (8-rasm).

Qishloq xo`jaligi ekinlarining yig`ib olingan yalpi hosili – barcha qishloq xo`jaligi ekinlari ekilgan maydonlar (asosiy, takroriy, oraliq, qator oralig`i ekinlari)dan yig`ib olingan mahsulot. Qishloq xo`jaligi ekinlarining yig`ib olingan yalpi hosili birlamchi kirim qilingan (fizik) vaznda hisobga olinadi va alohida har bir ekin turi bo`yicha hamda ekinlar guruhlari bo`yicha umumlashtiriladi.

Respublikada oziq-ovqat ekinlari yetishtirish hajmlarini ko`paytirish va shu asosda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabini qondirish bo`yicha tizimli choralarning amalga oshirilishi natijasida, 2016 yilda respublikaning barcha toifadagi xo`jaliklarida jami don – 8261,3 ming tonna (2000 yilga nisbatan 2,0 marta ko`p), kartoshka – 2958,4 ming tonna (4,0m.), sabzavotlar – 11275,8 ming tonna (4,3m.), poliz – 2044,9 ming tonna (4,5m.), mevalar va rezavorlar – 3042,8 ming tonna (3,8m.), uzum – 1735,8 ming tonna (2,8m.) ishlab chiqarilishiga erishildi. 2016 yilda 2959,0 ming tonna paxta xom-ashyosi ishlab chiqarilib, bu 2000 yilga nisbatan 98,6 foizni tashkil etdi. (9-rasm)

9-rasm

Asosiy turdagi dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

(ming tonna)

Tez sur`atlarda o`sib borayotgan mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash maqsadida, oziq-ovqat ekinlari maydonlarining kengaytirilishi natijasida, 2016 yilda 21,0 mln.tonna meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarildi (10-rasm).

10-rasm

2016 yilda meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish

Qishloq xo`jalik ekinlarining hosildorligi – ekin maydonlari birligidan (sotok, gektar) olingan o`rtacha hosil. Qishloq xo`jaligi ekinlarining o`rtacha hosildorligi, asosiy maydondan (oraliq, takroriy, qator oralig`i ekinlarisiz) yig`ib olingan yalpi hosilni yig`ib olingan maydonga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi.

2016 yilda o`rtacha 1 gektar ekin maydonidan yig`ib olingan qishloq xo`jaligi ekinlari hosildorligining 2000 yilga nisbatan tahlili, don ekinlarining hosildorligi 16,8 sentnerga, paxta – 1,6 sentnerga, kartoshka – 95,8 sentnerga, sabzavotlar – 87,3 sentnerga, poliz – 77,0 sentnerga, mevalar – 77,2 sentnerga, uzum – 78,8 sentnerga ko`payganligini ko`rsatdi (3-jadval).

3-jadval

Asosiy turdagi qishloq xo`jaligi ekinlarining hosildorligi

(ts/ga)

  2000 y. 2005 y. 2010 y. 2015 y. 2016 y.

Don va dukkakli don ekinlari, jami

28,2 40,7 44,2 45,3 45,0

Paxta

21,8 25,3 25,4 25,9 23,4

Kartoshka

129,3 170,3 194,9 219,1 225,1

Sabzavotlar, jami

183,8 215,8 252,5 271,0 271,1

Oziqbop poliz

132,4 169,1 192,6 203,6 209,4

Meva va rezavorlar

56,9 62,3 92,6 128,1 134,1

Uzum

63,1 64,7 90,8 133,1 141,9

 

11-rasm

2000-2016 yillarda aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan asosiy qishloq xo`jaligi mahsulotlari

(kg, tuxum-dona)


Keltirilgan jadval ma`lumotlari 2000-2016 yillar davomida asosiy turdagi chorva mollari va parrandalar bosh sonining asosiy qismi yoki 62,0-94,5 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari hissasiga to`g`ri kelganligini ko`rsatdi.

Fermer xo`jalikalari va qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda asosiy turdagi chorva mollari va parrandalar bosh sonining ulushi 2000-2016 yillarda 0,9-26,4 foiz oralig`ida o`zgarib turdi (4-jadval).

4-jadval.

2000-2016 yillarda asosiy turdagi chorva mollari va parrandalar bosh sonining
xo`jaliklar toifalari bo`yicha o`zgarishi

(barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi,foizda)

 

Fermer
xo’jaliklari

 

Dehqon
(shaxsiy yordamchi) xo’jaliklari

Qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar

 

2000 y.

2016 y.

2000 y.

2016 y.

2000 y.

2016 y.

Yirik shoxli qoramollar

3,7

4,7

86,2

94,1

10,1

1,2

shu jumladan
sigirlar

2,4

4,6

89,9

94,5

7,7

0,9

Qo’y va echkilar

2,2

7,7

67,4

83,9

30,4

8,4

Parrandalar

2,9

11,6

62,0

62,0

35,1

26,4

Respublika aholisini qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan ta`minlash darajasining oshirilishiga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, 2016 yilda 2000 yilga nisbatan aholi jon boshiga don ishlab chiqarishni 100 kg.ga, kartoshkani 63 kg.ga, sabzavotlarni 247 kg.ga, poliz mahsulotlarini 46 kg.ga, mevalarni 64 kg.ga, uzumni 30 kg.ga, go`shtni 34 kg.ga, sutni 158 kg.ga, tuxumni 142 donaga ko`payishiga olib keldi (11-rasm).

Chorva mollari va parrandalar bosh soni – xo`jaliklardagi, ularning yaylovda yoki xo`jalikdan tashqari boshqa joylarda bo`lishidan qat`iy nazar, mavjud barcha turdagi qishloq xo`jaligi hayvonlari va parrandalarning fizik birlikda (boshda) bosh sonini o`z ichiga oladi.

2017 yil 1 yanvar holatiga, respublikaning barcha toifadagi xo`jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 12181,4 ming boshni (2001 yil 1 yanvar holatidagi umumiy bosh soniga nisbatan 2,3 marta ko`p), shu jumladan sigirlar – 4217,3 ming boshni (180,0 foiz), qo`y va echkilar – 19697,9 ming boshni (2,2m.), cho`chqalar – 85,5 ming boshni (99,7 foiz), otlar – 221,4 ming boshni
(151,3 foiz), tuyalar – 17,4 ming boshni (113,0 foiz), parrandalar – 67037,7 ming boshni (4,6m.), asalari oilalari – 428,9 mingtani (3,0m.) tashkil etdi (12-rasm).

12-rasm

2001-2017 yillarning 1 yanvar holatiga chorva mollari va parrandalar bosh soni

(ming bosh)


2016 yilda tirik vaznda 2172,5 ming tonna go`sht ishlab chiqarildi va 2000 yilga nisbatan 2,6 martaga o`sish ta`minlandi. Shuningdek, 9703,4 ming tonna sut (2,7m.), 6152,5 mln.dona tuxum (4,9m.), 37103,0 tonna jun (2,3m.), 1055,4 ming dona qorako`l teri (141,2 foiz), 12050,0 tonna asal (4,5m.), 26355,6 tonna pilla (159,9 foiz) ishlab chiqarildi (13-rasm).

13-rasm

2000-2016 yillarda asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish

(ming tonna: mnl dona)


Tahlil qilinayotgan ma`lumotlar 2000-2016 yillar davomida asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarining asosiy qismi yoki 57,7-95,7 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari zimmasida qolayotganligini ko`rsatdi.

Fermer xo`jaliklari va qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarining barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi 2000-2016 yillarda 0,7-31,6 foizga teng bo`ldi (5-jadval).

5-jadval

2000-2016 yillarda asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarining xo`jaliklar toifalari bo`yicha taqsimlanishi

(barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi,foizda)

 

Fermer
xo’jaliklari

 

Dehqon
(shaxsiy yordamchi) xo’jaliklari

Qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar

 

2000 y.

2016 y.

2000 y.

2016 y.

2000 y.

2016 y.

Go’sht, tirik vaznda

1,3

2,9

91,1

94,4

7,6

2,7

Sut

1,5

3,6

93,6

95,7

4,9

0,7

Tuxum

1,0

10,7

59,9

57,7

39,1

31,6

Jun

1,1

8,0

74,3

85,5

24,6

6,5

Qorako’l teri

1,1

5,4

32,1

83,5

66,8

11,1

Fermer xo`jaliklarining qishloq xo`jaligi faoliyati to`g`risida

Fermer xo`jaliklari – ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo`jaligi mahsuloti ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi, mustaqil xo`jalik yurituvchi sub`ektdir.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 16 martdagi 47-sonli “Fermer xo`jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish yakunlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, 66134 ta fermer xo`jaliklari tashkil etildi.

2017 yil 1 yanvar holatiga, faoliyat yuritayotgan fermer xo`jaliklarining soni 132356 tani tashkil etib, ularga biriktirilgan umumiy yer maydoni 5806,2 ming gektarga teng bo`ldi va bitta fermer xo`jaligiga o`rtacha 43,9 gektar yer maydoni to`g`ri keldi (14 va 15-rasmlar).

14-rasm

2000-2016 yillarda fermer xo`jaliklarining soni

(birlikda)


 

15-rasm

2000-2016 yillarda o`rtacha 1 fermer xo`jaligiga to`g`ri keladigan yer maydoni

(gektar)

2000-2016 yillarda, fermer xo`jaliklarining barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi, don ekinlari maydonlari bo`yicha 15,8 foizdan 85,4 foizgacha, g`o`za 20,7 foizdan 99,2 foizgacha, kartoshka 5,0 foizdan 21,4 foizgacha, sabzavotlar 6,5 foizdan 36,6 foizgacha, poliz 17,5 foizdan 53,8 foizgacha, mevali bog`lar 7,1 foizdan 61,5 foizgacha, tokzorlar 5,8 foizdan 65,1 foizgacha ko`paydi (16-rasm).

16-rasm

Fermer xo`jaliklarining barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi

(foizda)

Tahlil natijalari, fermer xo`jaliklarida paxtachilik, donchilik, meva-sabzavotchilik va dehqonchilikning boshqa sohalarining yuqori sur`atlarda rivojlanayotganligidan dalolat beradi.

Shuningdek, 2000-2016 yillarda fermer xo`jaliklarida ishlab chiqarilgan don ekinlarining barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi 14,4 foizdan 80,4 foizgacha, paxta xom-ashyosi 18,3 foizdan 99,5 foizgacha, kartoshka 4,2 foizdan 23,1 foizgacha, sabzavotlar 4,9 foizdan 34,8 foizgacha, poliz 11,2 foizdan 49,5 foizgacha, mevalar 4,3 foizdan 45,8 foizgacha, uzum 4,7 foizdan 53,1 foizgacha ko`paydi.

Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklarining qishloq xo`jaligi faoliyati to`g`risida

Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaligi – oilaviy mayda tovar xo`jaligi bo`lib, oila a`zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig`iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo`jaligi mahsuloti yetishtiradi va sotadi.

2016 yilda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari soni 4769,0 mingtaga yetib, 2000 yilga nisbatan o`sish 147,0 foizni, 2005 yilga nisbatan 104,9 foizni va 2015 yilga nisbatan 100,8 foizni tashkil etdi (17-rasm).

17-rasm

2000-2006 yillarda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari soni

(mingta)

2001 yil 1 yanvar holatiga, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklarining barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi, yirik shoxli qoramollar bo`yicha 86,2 foizni, 2017 yil 1 yanvar holatiga 94,1 foizni tashkil etdi. Tahlil qilinayotgan davrlarda, yuqoridagi ulushlarning o`sishi quyidagi turlar bo`yicha ham kuzatildi: sigirlar 89,9 foizdan 94,5 foizgacha, qo`y va echkilar 67,4 foizdan 83,8 foizgacha, cho`chqalar 44,3 foizdan 78,7 foizgacha, otlar 70,2 foizdan 85,0 foizgacha, tuyalar 33,1 foizdan 62,4 foizgacha, asalari oilalari 50,0 foizdan 74,1 foizgacha (18-rasm).

18-rasm

2000-2006 yillarda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklarining barcha toifadagi xo`jaliklardagi ulushi

(foizda)

2000 va 2016 yillarda, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklarining barcha toifadagi xo`jaliklardagi ulushi, go`sht ishlab chiqarishda mos ravishda 91,1 va 94,4 foizni, sut – 93,7 va 95,6 foizni, tuxum – 59,9 va 57,3 foizni, jun – 74,3 va 85,4 foizni, qorako`l teri – 32,1 va 83,7 foizni, olingan asal – 55,3 va 79,2 foizni tashkil etdi.

Qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyati to`g`risida

Qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar – xo`jalik yuritish jarayonida yerga hamda boshqa mulklarga egalik qiluvchi, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiga xizmat qiluvchi yuridik shaxsdir.

2000-2016 yillarda, qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning barcha toifadagi xo`jaliklardagi ulushi, don ekinlari maydonlari bo`yicha 72,1 foizdan 2,2 foizgacha, g`o`za 79,3 foizdan 0,8 foizgacha, kartoshka 16,7 foizdan 0,9 foizgacha, sabzavotlar 26,8 foizdan 1,6 foizgacha, poliz 40,7 foizdan 2,0 foizgacha, mevali bog`lar 64,0 foizdan 8,4 foizgacha, tokzorlar 72,2 foizdan 3,7 foizgacha kamaydi.

Tahlil etilayotgan davrlarda, qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi, yirik shoxli qoramollar bosh soni bo`yicha 10,1 foizdan 1,2 foizgacha, sigirlar 7,7 foizdan 0,9 foizgacha, qo`y va echkilar 30,4 foizdan 8,4 foizgacha, cho`chqalar 45,1 foizdan 8,5 foizgacha, otlar 24,3 foizdan 5,5 foizgacha, tuyalar 63,6 foizdan 31,7 foizgacha, parrandalar 35,1 foizdan 26,4 foizgacha, asalari oilalari 43,4 foizdan 7,8 foizgacha kamaydi.

Asosiy qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlarining, chorva mollari va parrandalar bosh sonining tahlil qilinayotgan davrlarda kamayishi, o`z navbatida ishlab chiqarilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining kamayishiga ham sabab bo`ldi (19-rasm).

19-rasm

Qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning asosiy turdagi qishloq xo`jaligi

mahsulotlariniishlab chiqarishdagi barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi

(foizda)

Xulosalar

Mustaqillik yillarida respublikada qishloq xo`jaligi sohasiga bozor tamoyillarini joriy qilish va mulkchilik shakllarini to`liq o`zgartirish bilan tub islohotlar o`tkazildi, natijada xo`jalik yuritishning yangi shakllari paydo bo`lib, ular qishloq xo`jaligi iqtisodiyotining rivojlanishida o`z aksini topdi.

Paxta monokulturasidan chekinish, oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatda don mahsulotlari bilan o`zini-o`zi ta`minlash hamda oziq-ovqat mustaqilligiga erishish, qishloq xo`jaligini rivojlantirish strategiyasining asosiy tamoyillari bo`lib hisoblanadi.

Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va oziq-ovqat mustaqilligini ta`minlash bo`yicha qishloq xo`jaligini strategik rivojlantirish doirasida o`tkazilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida, so`nggi yillarda sohada yuqori sur`atlarga erishildi.

Yuqori sur`atlarda o`sib borayotgan mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash maqsadida, oziq-ovqat ekinlari maydonlarining kengaytirilishi hisobiga g`o`za ekin maydonlari qisqartirildi. Ozuqa ekinlari maydonlarining qisqartirilishi, chorva mollari va parrandalarni mustahkam ozuqa bazasi bilan ta`minlash yaxshi yo`lga qo`yilgan takroriy, oraliq, qator oralig`i ekinlarini ekish hisobidan qoplanayotganligi bilan izohlanadi.

Respublikada ekin maydonlari tarkibiy tuzilmasini oziq-ovqat ekinlari maydonlarini kengaytirish hisobiga bosqichma-bosqich maqbullashtirish bo`yicha aniq maqsadli yo`naltirilgan chora-tadbirlar ko`rilmoqda, shuningdek dehqon (shaxsiy yordamchi) va fermer xo`jaliklarida chorva mollari va parrandalar bosh sonini ko`paytirishni rag`batlantirish bo`yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tahlillar natijalari, fermer xo`jaliklarida asosan paxtachilik, donchilik, meva-sabzavotchilik va dehqonchilikning boshqa yo`nalishlari, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklarida esa chorvachilikning yuqori sur`atlarda rivojlanayotganligidan dalolat bermoqda.

Respublika aholisini dehqonchilik mahsulotlari bilan ta`minlash asosan fermer xo`jaliklari tomonidan, chorvachilik mahsulotlari bilan ta`minlash esa dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari tomonidan amalga oshirilayotganligi kuzatilmoqda.

Axborot xizmati 

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
EKSPRESS-MA`LUMOTLAR
USLUBIY MATERIALLAR
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI
OVOZ BERISH
Davlat xizmatlarini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Tugmani bosing Tinglash