Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

O`zbekiston Respublikasida jami sport inshootlari soni 2016 yil oxiriga 50853 tani tashkil etib, shundan 51,1 foizi qishloq joylarda joylashgan. Jami sport inshootlari 2000 yilga nisbatan 9,4 foizga ko`paygan. Ularning bir kunlik quvvati (o`tkazish imkoniyati) 1999,8 ming kishini tashkil etadi, 2000 yilga nisbatan taqqoslaganda 24,4 foizga ko`p.

1-jadval

Jami sport inshootlari soni, birlik (2000-2016 yillar).

  2000 y. 2005 y. 2010 y. 2016 y.

Jami

46487 51198 50668 50853

Shahar joylarda

9149 9539 9377 24852

Qishloq joylarda

37338 41659 41291 26001

 

1-rasm

Jami sport inshootlarining hududlar bo’yicha taqsimlanishi (2016 yil).

Sport inshootlarining xududlar bo`yicha taqsimlanishidan (1-rasm) ko`rinadiki, sport inshootlari soni bo`yicha ayniqsa Farg`ona (jamiga nisbatan 11,4%), Samarqand (10,8%), Qashqadaryo (9,7%) va Toshkent viloyatlari (8,7%) yetakchilik qiladi. Sport seksiyalari va jamoalarida jami shug`ullanuvchilarni hududlar bo`yicha tahlil qilinganda (2-rasm), jismoniy tarbiya darslarida jismoniy tarbiya bilan shug`ullanuvchilar soni bo`yicha ham yuqorida keltirilgan viloyatlar yuqori ko`rsatkichlarga erishgan.

2-rasm

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchilar to’g’risida hududlar bo’yicha ma’lumot (2016 yil).

 

2-jadval

Sport inshootlarining turlari bo’yicha soni, birlik (2000-2016 yillar).

  Jami Shu jumladan:
stadionlar sport zallari suzish basseynlari otish tirlari sport maydoncha va maydonlari otchoparlar manejlar o'q otish va stendga otish joylari

2000 y.

46487 305 5721 276 1591 38584 2 2 1

2005 y.

51198 384 6678 196 1187 42731 10 7 0

2010 y.

50668 366 9008 218 520 40535 8 11 2

2016 y.

50853 399 10397 295 131 39574 11 17 29

Sport inshootlarining turlari bo`yicha tayyorlangan jadvalga ko`ra (2 jadval), stadionlar 2000 yilga nisbatan 30,8 foizga, sport zallari 81,7 foizga, suzish basseynlari 6,9 foizga, sport maydoncha va maydonlari 2,6 foizga oshgan.

3-rasm

Muassasa turlari bo'yicha 2016 yilda jismoniy tarbiya jamoalari soni.

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarning asosiy qismini jismoniy tarbiya darslarida jismoniy tarbiya bilan shug`ullanuvchilar tashkil etadi. Ular asosan ta`lim muassasalarida tashkil etilgan sport jamoalarida, umumta`lim maktablaridan boshlab, oliy ta`lim muassasalarigacha sport bilan muntazam shug`ullanib kelmoqda (3-rasm).

4-rasm

2016 yilda sport turlari bo'yicha sport seksiyalari va bo'limlarida sport bilan shug'ullanuvchi shaxslar soni, ming kishi

4-rasm ma`lumotlaridan sportning futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, yengil atletika, shashka, shaxmat va gandbol kabi turlariga aholining qiziqishi yuqoriligi kuzatiladi.

5-rasm

2016 yilda sport turlari bo’yicha sport seksiyalari va bo’limlarida sport bilan shug’ullanuvchi shaxslar

Sport seksiyalari va bo`limlarida sport bilan shug`ullanuvchi shaxslarni 4 -rasmda jinsi bo`yicha tahlil qilinganda, aksariyat sport turlari bo`yicha ayollar faolligini kuzatish mumkin. Sportning badiiy gimnastika, shaxmat, shashka, badminton, voleybol, gandbol, stol tennisi kabi turlarida ayollar ulushi yuqoriligi kuzatiladi. Ayollarning hattoki boks, futbol, mini futbol va erkin kurash kabi sport turlari bilan ham shug`ullanayotganligini ko`rish mumkin.

6-rasm

2016yilda faoliyat yuritayotgan seksiya va sport makrablarida tayyorlangan sportchi-razryadchilar soni

2016 yilda sport seksiya va maktablarida tayyorlangan sportchilar toifalari bo`yicha 5 - rasmda ko`rsatib o`tilgan. Andijon, Namangan, Toshkent va Farg`ona viloyatlari, shuningdek Toshkent shahri sport seksiya va maktablari tomonidan ko`plab sport ustaligiga nomzodlar hamda sport ustalari yetishtirib chiqarilganligini ko`rish mumkin. Bundan tashqari 2016 yilda Respublika bo`yicha 254 nafar xalqaro toifadagi sport ustalari, ulardan 164 nafari Toshkent shahrida tayyorlangan.

7-rasm

Jismoniy tarbiya - sport sohasida jami xodimlar, ulardan ayollar hamda murabbiylarni alohida ajratilgan holda soni (2012-2016 yillar).

So`nggi besh yil davomida jismoniy tarbiya – sport sohasidagi jami xodimlar soni 4,3 foizga kamayganligi kuzatildi. Lekin sport murabbiylari soni 12,4 foizga oshgan. 2016 yilda jami murabbiylardan 21,7 foizini ayollar tashkil etdi.

Axborot xizmati rahbari Akrom Sultonov

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Tugmani bosing Tinglash