Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar nafaqat korxonalarda ishlatiladigan texnika va texnologik jarayonlarni yangilashni, balki boshqaruv va hisobini tashkil etishda innovatsion yondashuvni talab etadi. Shu nuqtai nazardan korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni baholashning amaliyotda qo‘llaniladigan ayrim jihatlarini tadqiq etish katta ahamiyatga ega.

Quyidagi grafikda so‘nggi yillarda o‘z kuchi bilan innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqargan korxona va tashkilotlar dinamikasi keltirilgan.

1-rasm

O‘z kuchi bilan innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqargan korxona va tashkilotlar soni (2010-2016 yillar)

Innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqargan korxona va tashkilotlar soni 2010 yildan 2016 yilga qadar 8 barobarga ko‘payib, 289 tadan 2374 taga yetdi. Jumladan birinchi marta innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirgan korxonalar soni 696 taga ko‘paydi.

2-rasm

Innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar hajmi va xarajatlari dinamikasi (2010-2016 yillar)

Innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar hajmi 2016 yilda 10688,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatkich 2015 yilga nisbatan 1,3 barobar, 2008 yilga nisbatan 8 barobarga ko‘paygan. Innovatsiyalarga xarajatlar 2008 yilga nisbatan 5 barobarga ko‘paygan bo‘lsa, 2015 yilga nisbatan 53 foizga kamaygan.

3-rasm

2016 yilda o‘z kuchi bilan ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar,ishlar, xizmatlar hajmi (QQS va aksizsiz)

2016 yilda o‘z kuchi bilan ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar hajmining asosiy qismi Toshkent shahriga (48 foizi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (18,3 foizi), Toshkent viloyati (9,3 foiz) va Andijon viloyatiga (8,3 foizi) to‘g‘ri kelmoqda, qolgan 16,1 foizi respublikaning boshqa viloyatlari hissasiga to’g’ri keladi.

1-jadval

Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha texnologik, marketing va tashkiliy innovatsiyalarga xarajatlar, mlrd.so‘m (2010-2016 yillar)

  2010y. 2011y. 2012y. 2013y. 2014y. 2015y. 2016y.
               
Texnologik, marketing va tashkiliy innovatsiyalarga xarajatlar 264,4 372,6 311,9 4634,2 3757,4 5528,3 2571,4
shu jumladan moliyalashtirish manbalari bo‘yicha:              
tashkilotning o‘z mablag‘lari 184,3 263,2 213,4 2501,5 1381,5 1251,8 1180,0
xorijiy kapital 48,3 24,9 39,9 1228,7 32,3 156,6 314,9
tijorat banklari kreditlari 30,0 63,7 26,8 533,5 262,5 280,1 157,3
boshqa mablag‘lar 1,8 20,9 31,7 370,6 2081,0 3839,7 919,1

2010 yilda innovatsiyalar asosan tashkilotning o‘z mablag‘lari hisobidan (69,7 foizi) moliyalashtirilgan. 2014 yildan boshqa mablag‘lar hissasi (55,4 foiz) oshgan. 2016 yilda tashkilotning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish 2010 yilga nisbatan 6,4 barobar oshgan.

4-rasm

2016 yilda moliyalashtirish manbalari bo‘yicha texnologik, marketing va tashkiliy innovatsiyalarga xarajatlar

2016 yilda texnologik, marketing va tashkiliy innovatsiyalarga xarajatlarning 45,9 foizi (1180,0 mlrd.so’m) takilotning o‘z mablag‘lari hisobidan, 12,2 foizi (314,9 mlrd.so’m) xorijiy kapital, 6,1 foizi (157,3 mlrd.so’m) tijorat banklari kreditlari, 35,7 foizi (919,1 mlrd.so’m) boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan.

2-jadval

Joriy qilingan innovatsiyalar soni (2016 yil)

  Jami Shu jumladan tadqiq qilinganlar:
o‘z kuchi bilan boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ulardan : boshqa tashkilotlar tomonidan
ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda
             
Texnologik innovatsiyalar 1816 1523 117 41 5 176
shu jumladan:            
mahsulotlar bo’yicha innovatsiyalar 1118 973 73 15 4 72
jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalar 698 550 44 26 1 104
Marketing innovatsiyalar 51 39 - - - 12
Tashkiliy innovatsiyalar 39 29 - - - 10

 

2016 yilda 893 ta korxona va tashkilotlar tomonidan 1816 turdagi texnologik innovatsiya joriy etildi. Joriy qilingan texnologik innovatsiyalarning 44 foizi (799 tasi) kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

5-rasm

Innovatsiya joriy qilgan tashkilotlar va innovatsiyalar soni (2016 yil)

Respublika bo‘ycha 2016 yilda xar bir innovatsion faol tashkilot o‘rtacha 2 tadan innovatsiya joriy qildi. Jumladan xar bir innovatsion faol tashkilotga Andijon, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahrida o‘rtacha 3 tadan innovatsiya, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida o‘rtacha 2 tadan innovatsiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyalarida o‘rtacha 1 tadan innovatsiya joriy qilingan.

6-rasm

2016 yilda o‘z kuchi bilan ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar hajmining innovatsiyalarni o‘zlashtirilgan muddatlari bo‘yicha taqsimlanishi

(foizda)

2016 yilda o‘zlashtirilgan innovatsiyalar jami ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar hajmining 20,8 foizini (2221,5 mlrd.so’m) tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich eng yuqori bo‘lgan Andijon viloyatida 80 foizni (709 mlrd.so’m), Buxoro viloyatida 54,5 foizni (42,1 mlrd.so’m) tashkil qilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Sirdaryo viloyatlarida bo‘lsa ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlarning katta qismi (mos ravishda 97 foiz hamda 76,4 foiz) 2014-2015 yillarda o‘zlashtirilgan innovatsiyalar hissasida to‘g‘ri kelgan.

Axborot xizmati 

OVOZ BERISH
Davlat xizmatlarini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Tugmani bosing Tinglash