Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonda 596,9 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 40 mingtaga yoki 7,2 foizga oshgan.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni:
Toshkent shahri — 113 573 ta;
Toshkent viloyati — 56 400 ta;
Samarqand viloyati — 55 066 ta;
Farg‘ona viloyati — 50 630 ta;
Qashqadaryo viloyati — 45 937 ta;
Andijon viloyati — 36 582 ta;
Buxoro viloyati — 36 341 ta;
Namangan viloyati — 34 986 ta;
Xorazm viloyati — 34 742 ta;
Surxondaryo viloyati — 33 123 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 30 341 ta;
Jizzax viloyati — 27 459 ta;
Navoiy viloyati — 24 751 ta;
Sirdaryo viloyati — 16 925 ta.



