19/12/2018

2018 yilning 12-13 dekabr kunlari Moskva shahrida MDH statistika organlari mutaxassislari ishtirokida Xalqaro taqqoslash dasturi bo`yicha uchrashuv bo`lib o`tdi. Mazkur tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belorusiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O`zbekiston va MDH Statistika qo`mitasining vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasidan Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig`i M.Umarov va Makroiqtisodiy ko`rsatkichlar va milliy hisoblar boshqarmasi bosh mutaxassisi I.Tishenko qatnashdi.

Uchrashuv davomida MDH mamlakatlaridagi milliy hisoblar tizimi (MHT) ko`rsatkichlarini hisoblash amaliyotida 2017 yilgi MDH XTD-2017 bo`yicha asosiy guruhlar, yaIMni  birlamchi guruhlari bo`yicha taqsimlash, uning xarajatlari tasnifida asosiy farqlar, shuningdek, MDH XTD-2011, 2014 va 2017 yillardagi ma`lumotlari atroflicha muhokama qilindi.  Milliy hisoblar ma`lumotlarini retrospektiv qayta ko`rib chiqish, milliy hisoblar uchun ma`lumotlar to`liqligi, tovarlar oqimi uslubidan foydalanish, norasmiy sektorni ishlab chiqarishini baholash, MHTning boshqa makroiqtisodiy statistika tizimlari bilan bog`lanishi, milliy hisob ko`rsatkichlarining yillik hisob-kitoblarini takomillashtirish, globallashuv va milliy hisoblarda raqamlashtirish jarayonlarini aks ettirish va yana bir qator boshqa masalalar ko`rib chiqildi.

Axborot xizmati