10/12/2018

2018 yil 5-6 dekabr kunlari “Yoshlar statistikasini rivojlantirish masalalari” mavzusida Moskva shahrida ishchi kengash bo’lib o’tdi. Mazkur ishchi kengash Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Statistika qo’mitasi tomonidan tashkil etildi.

Seminarda Davlat statistika qo’mitasining Demografik ko`rsatkichlarni shakllantirish va tahlil etish bo`lim bo’lim boshliq o’rinbosari R.Satvaldiyev ishtirok etdi.

Seminarda Armaniston, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyasi va O’zbekiston davlatlari milliy Statistika idoralari, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Statistika qo’mitasi rahbar va mustahassislari, Rossiya oliy ta’lim muassasalari va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik bo’yicha jamg’armasi hududiy ofis vakillari ishtirok etishdi.

Seminarda Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlarida yoshlar: muammolar va yoshlarga oid statistikani takomillashtirish, Barqaror Rivojlanish Maqsadlari monitoringgi va zamonaviy jamiyat ehtiyojlarini hisobga olib ijtimoiy va demografiya statistikasini rivojlantirish va takomillashirish masalalari muhokama qilindi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech