Joriy yilning 7 dekabr kuni Davlat statistika qo`mitasi Markaziy apparati xodimlari uchun 19-29 noyabr kunlari Koreya Respublikasi, 26-30 noyabr kunlari Yaponiya, 26-27 noyabr kunlari Belorus Respublikasi hamda 28 noyabr kunlari Moldova Respublikalarida bo`lib o`tgan konferensiya, seminar va o`quv kurslarida ishtirok etib kelgan qo`mita mutaxassislari tomonidan seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda qo`mita xodimlariga “Kuzatuvlarni tashkil etish borasida statistika idoralari salohiyatini oshirish”, “Barqaror rivojlanish maqsadlari ko`rsatkichlari bo`yicha mintaqaviy kurs”, “Energetika statistikasi ko`rsatkichlarini takomillashtirish bo`yicha tajriba almashish uchrashuvi” va “Energiya statistikasi tarmog`ining 5-yig`ilishi” masalalarida malaka oshirib kelgan Davlat statistika qo`mitasi mutaxassislari prezentatsiyalar taqdim etdi.
Axborot xizmati