02/12/2018

2018 yilning 28 noyabrida Kishinyovda (Moldova Respublikasi) Energetika statistikasi mutaxassislari tarmog'i (SSE) ning 5-yig'ilishi bo'lib o'tdi. Uchrashuv Xalqaro energiya agentligi tomonidan tashkillashtirildi. Unda Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Gruziya, Moldova, Qirg'iziston, Qozog'iston, Tojikiston, Ukraina, O'zbekiston statistika organlarining vakillari ishtirok etdilar.

Yig'ilishda milliy va xalqaro statistika tashkilotlarida energetika statistikasi sohasidagi ekspertlar ishtirok etdilar.

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Davlat qo'mitasidan sanoat statistikasi boshqarma boshlig'i o'rinbosari A. Avakova ishtirok etdi.

Uchrashuvda uy xo'jaliklarida energiya iste'moli kuzatuvlarini tashkil qilish va o'tkazish, yoqilg'i-energetika balansini tayyorlash bo'yicha uslubiy tavsiyalar, energiya statistikasi sohasida axborot tarqatishda ayrim mamlakatlar tajribasi muhokama qilindi.

Axborot xizmati