02/12/2018

2018 yilning 26-27 noyabr kunlari Minsk (Belorussiya Respublikasi) shahrida energiya ishlab chiqarish va iste’mol qilish ko’rsatkichlarini shakllantirish,sanoat ishlab chiqarishda energosamaradorlik hisob-kitoblarini amalga oshirishda Belorussiya Respublikasi Milliy statistika qo’mitasining tajribasini o’rganish bo’yicha uchrashuv bo’lib o’tdi. Ushbu yig’ilish Xalqaro energiya agentligi (IEA) tomonidan tashkil etildi.

Ushbu yig’ilishda Belorussiya Respublikasi milliy statistika qo'mitasining mutaxassislari, Xalqaro energiya agentligining davlatlar bo’yicha ekspertlari va Davlat statistika qo`mitasinig Sanoat statistikasi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari A.Avakova, Energetika, energiyaning qayta tiklanadigan manbaalari statistikasi va energosamaradorlik hisob-kitoblar sho’basi mudiri X. Jalilov hamda yetakchi mutaxassisi A. Abdullayevlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda Belarussiya Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi mutaxassislari uy xo'jaliklarida energiya iste'molini o'rganish metodikasi, energetika statistikasi bo'yicha axborot yig'ish tizimini takomillashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar va mamlakat energetika balansining tarkibini batafsil yoritib berishdi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech