2018 yil 26-30-noyabr kunlari Chiba (Yaponiya) shahrida barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) ko'rsatkichlari bo'yicha mintaqaviy kurs bo'lib o'tdi. Kurs Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani statistik instituti (SIAP) hamda Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan tashkil etildi.
Ushbu kurs Osiyo va Tinch okeani statistika institutida (OTOSI) o'tkazildi. Unda Afg'oniston, Butan, Hindiston, Eron Islom Respublikasi, Yaponiya, Laos Xalq Demokratik Respublikasi, Malayziya, Maldiv orollari, Mongoliya, Yangi Zelandiya, Papua-Yangi Gvineya, Koreya Respublikasi, Samoa, Tailand, Turkmaniston va O'zbekiston Respublikasining statistika idoralari mutaxassislari ishtirok etishdi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasidan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarma boshlig`i X. Murodxo'jaev va qishloq xo'jaligi va ekologiya bo'limi xodimi M.Mirkomilov qatnashdi.
O`quv kursida Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkilotining (FAO) Barqaror rivojlanish maqsadlarini monitoringi va amalga oshirilishida mintaqaviy va milliy darajalardagi roli, shuningdek, Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti boshchiligida yig`iladigan BRMning ayrim ko`rsatkichlari bo`yicha metodologiyalari ko`rib chiqildi va muhokama qilindi.
Axborot xizmati