30/11/2018

O`zbekiston Respublikasi Asosiy fondlar tasniflagichi (O`R AFT) Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa komissiyasi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Halqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhlarining Milliy hisoblar tizimi (MHT 2008)ga muvofiq asosiy vositalarning holati va xarakati to`g`risidagi ma`lumotlarni shakllantirishga yondashuvlarni uyg`unlashtirish maqsadida idoraviy “O`zbekiston Respublikasining asosiy fondi tasniflagichi”  ishlab chiqilib, Davlat statistika qo`mitasining 2018 yil 29 noyabrdagi 110-sonli buyrug`i bilan tasdiqlandi.

O`R AFTni tuzishda Mustaqil davlatlar hamdo`stligining asosiy fondlari model statistik tasniflagichidan (uni ishlab chiqishda MHT 2008 dan tashqari Yevrostatning: “Inshootlar turlari klassifikatsiyasi” (СС/КС 1998), “Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha maxsulotlarning statistik klassifikatsiyasi” (СРА/КПЕС 2008) qo`llanilgan), shuningdek СРА/КПЕС 2008ga asoslangan “O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagichidan (O’zDSt  2914:2014), Qozog`iston Respublikasining asosiy fondlar davlat tasniflagichidan (GK RK 12-2009), Rossiya asosiy fondlar tasniflagichidan (OK 013-2014 (SNS 2008)) va Qirg`iziston Respublikasi asosiy fondlar davlat tasniflagichidan (GK 026 – 2017) foydalanilgan.

Mazkur tasniflagich makroiqtisodiy ko`rsatkichlar hisob-kitoblariga hamda moliya va investitsiya statistikasiga bosqichma-bosqich 2019-2020 yillar davomida joriy etiladi.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech