Joriy yilning 17-24 noyabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamkorligida vazirlik, idora va tashkilotlarning markaziy apparat xodimlari o`rtasida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi munosabati bilan “Do`stlik spartakiadasi” sport musobaqalari o`tkazilmoqda.
Ushbu “Do`stlik spartakiadasi”da sportning futbol, shashka, badminton, shaxmat va stol tennisi turlari bo`yicha musobaqalar bo`lib o`tmoqda.
“Do`stlik spartakiadasi” sport musobaqalarida Davlat statistika qo`mitasi xodimlari jamoasi stol tennisi, shaxmat va futbol bo`yicha yuqori natijalarga erishdi.
Axborot xizmati