Joriy yilning 14 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi xodimlarining Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki maslahatchilari bilan kichik va o'rta biznes bozorlarini o'rganish va o'zbek ayollarini ish bilan ta'minlash bo’yicha o’zaro axborot almashuv masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki maslahatchilari Davlat statistika qo`mitasi xodimlariga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.
Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi.
Аxborot xizmati