2018 yil 4-9 noyabr kunlari Nevshatel shahrida (Shveytsariya) “Axborotlarni tahlil qilish va ma’lumotlarni modellashtirish” o’quv kursi tashkil etildi.
O’quv kursi Yevropaning erkin savdo assotsiatsiyasi va Shveytsariyaning Federal statistika boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.
Seminarda, Davlat statistika qo’mitasining Ma’lumotlarni tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari A.Sultanov va qo’mitaning Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlarni markazi B.G’ayibnazarov qatnashdi.
Seminarda Armaniston, Belorus, Gruziya, Moldova, Mongoliya, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Mongoliya, Ukraina milliy statistika idoralari mutaxassislari, shuningdek, Shveytsariyaning Federal statistika boshqarmasi va Bern instituti mutaxassislari hamda ekspertlari ishtirok etishdi.
Ахborot xizmati