07/11/2018

Joriy yilning 6 noyabr kuni  Davlat statistika qo’mitasi Rаisining iqtisodiy statistika bo’yicha o’rinbosari Ikramov Agzam Anvarjonovich hamda qo’mita xodimlari ishtirokida,  “Qishloqlarni yaxshilash” loyihasi bo’yicha  Jahon banki vakillari bilan “Obod qishloq” davlat dasturini qo’llab-quvvatlash bo’yicha uchrashuv  bo’lib o’tdi. Uchrashuvda  loyiha monitoringi hamda strategiyasini baholash bo’yicha masalalar muhokama etildi.Uchrashuv davomida Jahon banki vakillari o’zlarining qiziqtirgan barcha savollariga  atroflicha javob va tushuntirishlar oldilar. Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.

Axborot xizmati