2018 yil 22 oktyabr - 2 noyabr kunlari Vena shahrida “Milliy hisoblar statistikasi” mavzusida o`quv kursi bo`lib o`tdi.
O`quv kursda Davlat statistika qo`mitasining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Joriy hisoblar bo`limi boshlig`i U.Obidov, Jamg`arma va yordamchi hisoblar bo`limi boshlig`i R.Urazbaev va Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil etish bo`limi bosh mutaxassisi F.Ganiev ishtirok etdi.
O`quv kursda Albaniya, Armaniston, Belarus, Bosniya va Gertsogoviniya, Gruziya, Kosovo, Latviya, Litva, Makedoniya, Rossiya, Serbiya, Tojikiston, Xorvatiya, eron, O`zbekiston va Qirg`iziston statistika idoralari, Xalqaro valyuta fondi va milliy hisoblar bo`yicha ekspert xodimlari ishtirok etishdi. Ushbu o`quv kurs davomida tinglovchilarga yaIM ni ishlab chiqarish va yakuniy iste`mol usullarida joriy va doimiy baholarda xalqaro tamoyillarga asoslangan holda shakllantirish, ushbu tamoyillarni amaliyotda qo`llash tartiblari va kontseptual asoslari keng yoritilib, tushunchalar berildi.
Shuningdek, seminar davomida ayrim davlatlar tajribasi va ularning Milliy hisoblar statistikasini shakllantirish bo`yicha o`z usullari, ish jarayonida duch kelinayotgan qiyinchiliklar, yutuqlar va kelgusidagi rejalari bilan o`rtoqlashildi.
Axborot xizmati