07/11/2018

2018 yil 30 oktabr-1noyabr kunlari “Osiyo va Tinch Okeani mintaqalarida xalqaro mehnat migrasiyasi statistikasi ma’lumotlarini yig’ish” mavzusida Tedjon shahrida (Janubiy Koreya) 4-xalqaro seminar bo’lib o’tdi. Mazkur seminar Janubiy Koreya Respublikasining statistika tashkiloti (KOSTAT), Xalqaro mehnat tashkiloti (ILO) va Osiyo-Tinch Okeani mintaqalari bo’yicha aholishunoslik instituti (APPI) tomonidan tashkil etildi.

Seminarda Davlat statistika qo’mitasining Mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq to’lash ko`rsatkichlarini shakllantirish va tahlil etish bo`limi bosh mutahassisi Z. Khudayarova ishtirok etdi.

Seminarda Armaniston, Bangladesh, Butan, Nepal, Hindiston, Pokiston, Gruziya, Turkiya, Ozarbayjon, Xitoy, Eron, Samoa, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Mongoliya, Shri-Lanka, Janubiy Koreya, O’zbekiston milliy statistika idoralari mutaxassislari, Xalqaro mehnat tashkilotining (ILO) xalqaro mehnat migrasiyasi statistikasi bo’yicha ekspertlari, Osiyo va Tinch Okeani mintaqalari bo’yicha aholishunoslik instituti (APPI), Janubiy Koreya Respublikasining statistika tashkiloti (KOSTAT) rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminarda xalqaro migrant ishchilar bo’yicha Mehnat Statistikasining 20-Xalqaro Konferensiyasi ko’rsatmalari tahlili, xalqaro mehnat migrasiyasini baholashda tanlanma kuzatuv metodlarining ahamiyati va mehnat migrantlarini ishga yollash xarajatlarini aniqlash uslublari kabi masalalar muhokama qilindi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech