O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (BMT YeIK) ekspertlar guruhi bilan hamkorlikda “O`zbekiston Respublikasida xalqaro statistik standartlar va ilg`or tajribalarni joriy etish holati bo`yicha Umumiy sharh” o`tkazildi
2018 yilning 29 oktyabridan 2 noyabriga qadar O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (BMT YeIK) ekspertlar guruhi bilan hamkorlikda “O`zbekiston Respublikasida xalqaro statistik standartlar va ilg`or tajribalarni joriy etish holati bo`yicha Umumiy sharh” o`tkazildi.
“Umumiy sharh”da Davlat statistika sohasida O`zbekiston Respublikasida xalqaro statistik standartlar va ilg`or tajribalarni joriy etish masalalari ko`rib chiqildi.
Mazkur tadbir, O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi tizimi faoliyatining mavjud darajasini baholash, yutuqlar va kamchiliklarni aniqlash hamda kelgusidagi rejalarni belgilash orqali tizim faoliyatini yanada takomillashtirish imkonini beradi.
Axborot xizmati