31/10/2018

Joriy yilning 30 oktyabr kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Baxodir Abdusalomovichning janob Albert Yeger boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg`armasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda, O`zbekistonda “Yig`ma ma`lumotlar milliy sahifasi”ning yuritilishi, milliy hisoblar tizimi, iste`mol narxlari indeksi va tashqi savdo statistikasi bo`yicha masalalar muhokama etildi.

Missiya vakillari, uchrashuv davomida qo`yilgan barcha savollar bo`yicha to`liq javob va tushuntirishlar oldilar.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech