31/10/2018

2018 yilning 25-26 oktyabr kunlari Jeneva shahrida (Shveytsariya) ekologik statistika va ko`rsatkichlar bo`yicha qo`shma Ishchi guruhning 15-sessiyasi  bo`lib o`tdi.

Mazkur sessiyada O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasidan Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi N. Dexkanova ishtirok etdi.

Sessiyada Sharqiy Yevropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo mamlakatlarining statistika xizmatlari vakillari, Yevropa atrof-muhit agentligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo`yicha dasturi ekspertlari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika bo`limi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasining vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ekologik statistikani va ko`rsatkichlarni integratsiyalash va modernizatsiya qilish maqsadida oldindan qabul qilingan yoki rejalashtirilgan turli xalqaro, mintaqaviy va milliy tashabbuslar bo`yicha Sharqiy Yevropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasini o`rganishga, shuningdek barqaror rivojlanish va “yashil iqtisod” sohasidagi masalalarini ko`rib chiqishga yo`naltirildi.

Axborot xizmati