31/10/2018

2018 yil 23-25 oktyabr kunlari Kiyev shahrida (Ukraina)“Rasmiy statistikani takomillashtirish” mavzusida Sharqiy Yevropa, Kavkaz, O’rta Osiyo davlatlari uchun yuqori darajadagi seminar bo’lib o’tdi. Ushbu seminar Yevropa Ittifoqi statistika boshqarmasi (EVROSTAT) tomonidan tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Davlat statistika qo’mitasi Yig`ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari - Yig’ma tezkor ma'lumotlarni va indikator ko’rsatkichlarini shakllantirish bo’limi boshlig’i O.Rustamov hamda Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i S.Melixujayev ishtirok etishdi.

Seminarda turli mamlakatlar milliy statistika idoralarining 40 dan ortiq rahbar va mutaxassislari, jumladan, Armaniston, Ozarbayjon, Belarusiya, Gruziya, Islandiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Latviya, Litva, Moldova, Sloveniya, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston, Ukraina va boshqa mamlakatlar, shuningdek, Yevropa Ittifoqi statistika boshqarmasi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE), Yevropa erkin savdo uyushmasi (EFTA) va boshqa xalqaro tashkilotlar mutaxassislari va ekspertlari ishtirok etishdi.

Seminar davomida zamon talabiga mos ravishda rasmiy statistikani takomillashtirish, statistik ma’lumotlar ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish va muqobil axborot manbalaridan foydalanish, Barqaror rivojlanish maqsadlari ko`rsatkichlarining hisobini yuritish bo’yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasi o’rganildi. Shuningdek, idoraviy ma’lumotlardan maqsadli foydalanish hamda statistik ma’lumotlarni ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar o’rtasidagi munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech